Mualliflar

  • Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

    JDPU sirtqi bo‘limda o‘qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90476

Kalit so‘zlar:

Kalit sо‘zlar: tarbiya ta’lim mehnatsevarlik erksevarlik iroda vazminlik omilkorlik shaxs ilmiy dunyoqarash xulq – atvor.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan bо‘lib, Talabalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning psixologik asoslariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar tahlil qilingan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

300

TALABALAR KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li

JDPU sirtqi bo‘limda o‘qituvchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan

bо‘lib, Talabalar kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan

foydalanishning psixologik asoslariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy adabiyotlar

tahlil qilingan.

Kalit sо‘zlar: tarbiya, ta’lim, mehnatsevarlik, erksevarlik, iroda, vazminlik,

omilkorlik, shaxs, ilmiy dunyoqarash, xulq – atvor.

Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori

samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturlari

ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu ham talabalar, ham

o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi.

Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga

bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish

qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.

So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida

talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor

qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.),

Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008

y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish

mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab

kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta

tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy

kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

301

kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga

doir adabiyotlar chop etilyapti. Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video

lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim

departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay,

ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxsan o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik

sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.

Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini

to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib

olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega

original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi.Gardner esa o‘z

tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan

amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks

ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning

yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha

o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga

ham ega bo‘lish” Biroq, o‘quv yilining oxiriga kelib oliy ta’lim muassasalarida

talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar

kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan.

Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy

faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar

ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim

oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida

yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilasa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda. Buning

sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi

talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan

qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat

bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz

kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,

ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

302

bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda

asosiy omil bo‘lar? Zotan, o‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan asosiy omil –

kreativlik bo‘lib qolaveradi. Mutaxassislarning yuqori malakali bo‘lishi,

ijodkorligining ortishi ilmiy - innovatsion faoliyat tufayligina amalga oshadi. Shu

vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib

kelingan edi. Bunday usul talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish,

tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.

Pedagog - olimlar yillar davomida ta’lim tizimida “Nega o‘qitamiz? Nimani

o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz?” savollariga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday

qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin?”-degan savoliga javob qidirdilar. Bu

esa olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni

o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik

jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.

Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar ta’limda innovatsiyalarni

qo‘llash bo‘yicha har doim izlanishlar olib borishgan. Ular “innovatsiya”,

“interfaol usullar”, innovatsion texnologiyalar to‘g‘risida yaxshi axborotlar

yig‘ishgan.

Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni

amalga oshirishni talab etadi:

-o‘quv fanini aniq maqsadini aniqlash;

-fanning hajmini va mazmunini aniqlash;

-zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

-fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;

-ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;

Kreativlik shaxsning ijodiy ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni

o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi:

1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masalalarini va kreativlik bilan

bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni o‘rganadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

303

2-yo‘nalish. Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti

ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan

tasniflanadi. Intellektual faktorlarni ta’limiy yo‘nalishlarda qo‘llanilishida,

kreativlikni o‘rganish, baholashda 1950-yillarda J. Gilford va uning izdoshlari 16

ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatadilar. Ular orasida:

- fikrning turliligi (ma’lum vaqt oralig‘idagi g‘oyalarning miqdori),

- fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga ko‘cha olishi) originalligi (o‘ziga xoslik),

- umume’tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati),

- qiziquvchanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchanlik),

- gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi),

- fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog‘liqlikning borliq hayotdan

butunlay uzilganligi).

Shu tariqa fikr yuritadigan, so‘nggi yangiliklardan boxabar o‘qituvchilar bugungi

kunda juda dolzarb va bolaning rivojlanishi uchun muhim sanalgan integrallashgan

darslarni tashkil etishga qodir bo‘ladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.Кала У.В. О креативности в сфере общения// Проблемы детской и

педагогической психологии. Обзорная информация НИИ ОП АПН СССР.

Вып. IX. Москва, 1976. — С. 35-38.

2.Клег Б. Интенсивний курс по развитию творческого мишлений. - М. : ООО

«Издателство Астрел». 2004. - 392 с.

Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish

/Monografiya. – T.: Fan, 2004.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари