Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
139
2017-2024 YILLARDA SAMARQAND VILOYATIDA OLIY
TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
MIRZAYEVA Baxti Xamzayevna,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo‘nalishi 2 kurs magistranti
Email: baxtimirzayeva1987@mail.ru
Тел:+998994055026
Annotatsiya: Ushbu maqolada 2017–2024 yillarda Samarqand viloyatida
oliy ta’lim tizimining rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Mazkur davr
mobaynida oliy ta’lim muassasalarining soni ortgani, yangi universitet va filiallar
tashkil etilgani, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilgani
yoritiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikning kengayishi, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning joriy etilishi va ilmiy tadqiqot faoliyatining rivojlanishi kabi
jihatlarga e’tibor qaratiladi
Kalit so‘zlar: Samarqand viloyati, oliy ta’lim, ta’lim tizimi, islohotlar,
moddiy-texnik baza, zamonaviy texnologiyalar, institut, filial.
РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ В
САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ В 2017-2024 ГОДАХ
В данной статье анализируются процессы развития системы
высшего образования в Самаркандской области в период с 2017 по 2024
годы. Рассматривается увеличение количества высших учебных заведений,
создание новых университетов и филиалов, а также проведение реформ,
направленных на повышение качества образования. Кроме того, уделяется
внимание расширению международного сотрудничества, внедрению
современных
педагогических
технологий
и
развитию
научно-
исследовательской деятельности.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
140
Ключевые слова: Самаркандская область, высшее образование,
система
образования,
реформы,
материально-техническая
база,
современные технологии, институт, филиал.
REFORMS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM OF
SAMARKAND REGION (2017-2024)
This article analyzes the development processes of the higher education
system in the Samarkand region from 2017 to 2024. It highlights the increase in
the number of higher education institutions, the establishment of new universities
and branches, and the implementation of reforms aimed at improving the quality
of education. Additionally, attention is given to the expansion of international
cooperation, the introduction of modern pedagogical technologies, and the
advancement of scientific research activities.
Keywords: Samarkand region, higher education, education system, reforms,
material and technical base, modern technologies, institute, branch.
Kirish.
2017-2024 yillar davomida Samarqand viloyatida oliy ta’lim
tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Yangi oliy ta’lim muassasalari ochildi,
mavjud universitet va institutlar modernizatsiya qilindi, ta’lim sifatini oshirish
maqsadida xorijiy universitetlar bilan hamkorlik kuchaytirildi. Jumladan, 2017
yildan boshlab Samarqand davlat universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida yangi
ta’lim yo‘nalishlari ochildi, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlar tashkil
etildi. Talabalar va o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlari yo‘lga
qo‘yildi. Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasi oshirildi,
ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar joriy qilindi. Barcha bu islohotlar
natijasida Samarqand viloyatida oliy ta’lim tizimi sezilarli darajada rivojlandi va
xalqaro standartlarga moslashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
141
tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20
maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli, 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
1875-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26
sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 278-sonli, 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim
muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 371-sonli, 2015
yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha oliy
ta’lim tizimida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Asosiy qism.
2017-2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasida 75 ta oliy
ta’lim muassasalari (59 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 16 ta filiali) faoliyat
olib borgan. Ushbu davrda rivojlangan xorijiy davlatlar nufuzli oliy ta’lim
muassasalarining 7 ta filiallari, ya’ni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot
universiteti, Toshkent shahridagi Xalkaro Vestminster universiteti (Angliya),
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituta, I.M.Gubkin
nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Turin politexnika universiteti
(Italiya), M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Toshkent
shahridagi INXA universiteti (Janubiy Koreya) ham ta’lim bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy Ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli
qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida
oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim
muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish,
ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
142
texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq 2017-2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami
180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik
infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari
olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv
laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari
bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari
o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etilishi belgilab
qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
hozirgi vaqtda yoshlar eng nufuzli oliygohlarga kirish uchun intiladi, lekin oliy
o‘quv yurtlari o‘rtasida bilimli va iqtidorli yoshlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat
yo‘q. Shu sababli, xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash
bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Yurtimizdagi 30 ta
yetakchi oliygohga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy
masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berildi [1].
Samarqand viloyatida oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi
bo‘lib, respublika qonunchiligiga muvofiq umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
professional ta’lim negizida oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Oliy
ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Bakalavriat
oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, Malaka va
ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy
ta’limdir. Dastur yakunida davlat komissiyasi tomonidan bitiruvchilarga o‘qish
yo‘nalishi bo‘yicha “bakalavr” malakasi beriladi va tasdiqlangan namunadagi
diplom topshiriladi. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik
bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. O‘qishni
tugatgandan so‘ng bitiruvchilar ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha diplom va
magistr darajasiga ega bo‘ladilar.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
143
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy Ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli
qarorida belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida
oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim
muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish,
ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq 2017-
2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya
binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida
qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53
ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng
zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim
muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan
ilmiy laboratoriyalar tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
2017-2018 o‘quv yilida Samarqand viloyatida quyidagi OTMlar bor edi:
SamDAQI - Samarkand davlat arxitektura qurilish instituti, SamDTI - Samarkand
davlat tibbiyot instituti, SamDU - Samarqand davlat universiteti, SamDCHTI -
Samarkand davlat chet tillar instituti, SamISI - Samarkand iqtisodiyot va servis
instituti, SamQXI - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti. Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Samarqand filiali [2]. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan
kelib chiqqan holda keyingi yillarda respublikada va Samarqand viloyatida oliy
ta’lim muassasalari soni ortib borishi kuzatildi. Jumladan, Chirchiq shahrida Xalq
ta’limi vazirligi tasarrufida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,
Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteta hamda Toshkent davlat agrar
universiteti filiallari, Qo‘qon shahrida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi [2]. Shu qatorida Samarqand
viloyatida ham bir qator yangi davlat va nodavlar universitetlar ochildi. Jumladan,
Samarqand davlart universitetining Kattaqo‘rg’on filiali va h.k.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
144
Samarqand viloyatida 2021/2022 o‘quv yilida institutlar – 13 ta,
universitetlar – 1 ta, akademiyalar – 0 ta bo‘lgan [3]. Oliy ta’lim tashkilotlari (oliy
harbiy ta’lim tashkilotlaridan tashqari) sonining tahlili ularning 2021/2022 o‘quv
yilida (14 ta) 2020/2021- o‘quv yiliga nisbatan (12 ta) 2 taga o‘sganini
ko‘rsatmoqda. 2022/2023-oʻquv yili boshida viloyat oliy taʻlim tashkilotlarida
tahsil olayotgan talabalar soni 84739 nafarni tashkil etgan. Oliy taʻlim
tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni esa yillar kesimida quyidagicha
bo‘lgan: 2020/2021-o‘quv yili boshiga 54 827 nafar; 2021/2022-o‘quv yili boshiga
70 772 nafar; 2022/2023-o‘quv yili boshiga 84 739 nafar [4].
Viloyatdagi yetakchi va davlatimizdagi dastlabki universitetlardan biri
Samaqrand davlat universiteti hisoblanadi. Mirzo Ulug‘bek madrasasining vorisi
sifatida faoliyat olib borayotgan Samarqand davlat universitetidan ham turli
davrlarda P.Soliyev (1927 yilda Samarqanddagi Oliy pedagogika institutida ish
boshlagan), Hamid Olimjon (1928-1931), Ibrohim Mo‘minov (1928-1931),
Mirtemir (1929-1932), Amin Umariy (1931-1934), Sharof Rashidov (1937-1941),
A.Otaxo‘jayev (1944-1948), Dushan Fayziy (1947-1952), B.Valixo‘jayev (1948-
1953), B.Boyqobilov (1958-1962), Omon Matjon (1965-1969) kabi siyosatchi,
shoir va fan arboblari yetishib chiqqan [5].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-
son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida” Farmoniga ko‘ra oliy ta’lim sohasida davlat-
xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50
foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda O‘zbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim
muassasalarining flagmaniga aylantirish belgilab olindi [6]. Mazkur konsepsiya
ijrosini ta’minlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va
ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash,
flagman oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish maqsadida 2022 yil 13
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
145
yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat universiteti
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlash
to‘g’risida” PQ-82-son Qarori qabul qilindi [7]. Ushbu qarorga ko‘ra Samarqand
davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilib,
2022-2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini
kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Shuningdek, qarorga muvofiq universitet tarkibida:
agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar
tayyorlovchi
Agrobiotexnologiyalar
va
oziq-ovqat
xavfsizligi
instituti;
muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika,
elektrotexnika,
mashinasozlik,
materialshunoslik
va
yangi
materiallar
texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;
pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan
boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi universitetning Urgut filiali tashkil etilishi
belgilandi.
Universitet tarkibidagi har uchala OTMda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv
yilidan boshlanib, ularda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib
borilmoqda. Qarorda binoan universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat
xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Agrobiotexnologiyalar
institutida davom ettiradi. Fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim
olayotgan talabalar o‘qishini Muhandislik institutida davom ettiradi.
Agrobiotexnologiyalar instituti Samarqand tumani, Gulobod qo‘rg‘onidagi
Universitet huzuridagi Gulobod agrotexnologiyalar texnikumining bir qismiga
tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi, Muhandislik instituti Samarqand
shahri, Xishrav qo‘rg‘onidagi Universitet huzuridagi Yadro fizikasi laboratoriyasi
hududining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirilishi
hamda Urgut filialiga esa Urgut tumani, Vagashti mahallasida joylashgan Urgut
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
146
iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan
birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishi belgilab olindi.
Universitet tomonidan Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va
Jizzax viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalariga ilmiy-pedagogik kadrlarni
maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish belgilangan. O‘sha davrda Samarqand davlat
universitetida 12 ta fakultet va ular tarkibida 49 ta kafedra mavjud bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra viloyatda 2024 yil birinchi yarmida 16 ta oliy
ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan
14 tasi davlat va 2 tasi nodavlat
OTM hisoblanadi [8]. Jumladan, 9 ta universitet va universitet filiallari. 1.“Ipak
yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2.Samarqand davlat
arxitektura-qurilish universiteti 3.Samarqand davlat tibbiyot universiteti
4.Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg’on filiali 5.Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
6.Samarqand davlat universiteti 7.Samarqand davlat universitetining Urgut filiali
8.Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali 9.Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali. Bu davrda viloyatda universitetlar soni
oldingi yillarga nisbatan ortib, ba’zi institutlarga universitet maqomi berilganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Viloyatda quyidagi 5 ta institut mavjud: 1.Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti 2.Samarqand davlat chet tillar instituti 3.Samarqand agroinnovatsiyalar va
tadqiqotlar instituti 4. O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti 5. Oliy sport
mahorati instituti. Mazkur davrda viloyatda 2 ta nodavlat universitet mavjud
bo‘lgan: 1. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2. Toshkent kimyo xalqaro
universiteti Samarqand filiali.
2024 yil ikkinchi yarmi ma’lumotlariga ko‘ra viloyatda shuningdek quyidagi
nodavlat universitetlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda: 1.Buxorodagi Zarmed
universiteti Samarqand filiali. 2.Toshkentdagi Oriental universiteti Samarqand
filiali 3. ISFT Samarqand filiali. 4. Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Samarqand filiali [9]. Demak, hozirgi kunda viloyatda jami 6 ta nodavlat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
147
universitet faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali–Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 307-sonli qarori asosida
tashkil topgan. Filialda 2 ta fakultet, 5 ta kafedra, 16 ta bakalavriat taʼlim
yoʻnalishlari mavjud boʻlib, 2 039 nafar (bakalavriat kunduzgi 1 778 nafar, sirtqi
261 nafar) talaba tahsil olmoqda (ilmiy salohiyat – 25.9 foiz) Bakalavriat taʼlim
yoʻnalishlari oʻquv rejalari ishlab chiqilgan, 6 ta buyurtmachi tashkilotlar
(“Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi”, “Samarqand
viloyati moliya boshqarmasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish angentligining
Samarqand viloyati boʻyicha vakolatli ofisi”, “Markaziy bank Samarqand viloyati
boshqarmasi”, “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi”, “Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali’) bilan kelishilgan. SamDU
Kattaqoʻrgʻon filialida 2 ta oʻquv binosi, 1 ta sport zal, 1 ta ARM mavjud, binolar
xizmat koʻrsatish quvvati 2 000 oʻrin, 2 ta fakultet, 5 ta kafedralarda bakalavriat
kunduzgi shaklida 16 ta taʼlim yoʻnalishida 1 778 nafar, sirtqida 2 ta taʼlim
yoʻnalishida 261 nafar (jami 2 039 nafar) talabalar tahsil olmoqda [10].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-
son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida” Farmoniga ko‘ra oliy ta’lim sohasida davlat-
xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50
foizdan oshirish maqsadi belgilangach respublikamizda nodavlat OTMlar soni
oshib borishi kuzatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda Respublikada
100 ga yaqin nodavlat oliy ta’lim muassasalari qonuniy faoliyat yuritmoqda [9].
Viloyatdagi OTMlarda turli millat va tillardagi talabalar tahsil oladi.
Jumladan, 2021/2022- o‘quv yilida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari
talabalarining ta’lim olayotgan tillari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha bo‘lgan:
o‘zbek tili – 84,3 %, rus tili – 13,4 %, tojik tili – 1 %, boshqalar – 1,3 %. Mazkur
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
148
raqamlar ba’zi tillar bo‘yicha oldingi yillarga nisbatan pasayganligini kuzatish
mumkin. Jumladan, rus tili 2020/2021 o‘quv yilida 14,3 % bo‘lib, 2021/2022 yilda
esa kamayib 13,4 %, boshqa tillar 2020/2021 o‘quv yilida 2,2 % bo‘lib, 2021/2022
yilda esa kamayib 1,3%ni tashkil etgan [3].
2021/2022- o‘quv yilida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining
yoshi
bo‘yicha
taqsimoti
esa
quyidagicha
bo‘lgan:
Mazkur yilda talabalar yoshi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 19, 20 va 21
yoshlilar, eng kam ko‘rsatkcih esa 40-undan katta, 30-34 yosh hamda 17 va undan
kichik yoshlilar tashkil etgan. Bu maktabni bitirgan bitiruvchilarning OTMga
kirish ko‘rsatkichi past bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Xulosa.
2017–2024 yillarda Samarqand viloyatida oliy ta’lim tizimi sezilarli
darajada rivojlandi. Bu davrda oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi, yangi
filiallar va xususiy universitetlar tashkil etildi. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida
zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etildi, xalqaro hamkorlik kengaydi va
talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat tomonidan oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash choralari
ko‘rildi, jumladan, moliyaviy investitsiyalar hajmi oshdi, infratuzilma yaxshilandi
va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari kengaytirildi. Samarqand
viloyatining oliy ta’lim muassasalari xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini
mustahkamlab, ilmiy tadqiqot faoliyatini kuchaytirdi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
149
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
https://president.uz/oz/lists/view/4050
2.
Олий таълим муассасалари фаолиятининг асосий кўрсаткичлари.
Статистик тўплам. (2017-2018 ўқув йили). – Тошкент, 2018. – Б. 2.
3.
O‘zbeksiton Respublikasi davlaat statistika qo‘mitasi. Samarqand
viloyatida oliy ta’lim faoliyatining asosiy statistic ko‘rsatkichlari
(2021/2022 o‘quv yili uchun). – Samarqand, 2022. – B. 2
4.
Samarqand viloyatida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan
5.
Samarqand davlat universitetining 600 yilligi deputatlar nigohida -
6.
PF-5847-сон 08.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
7.
PQ-82-сон 13.01.2022. Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
8.
Samarqand viloyatida joylashgan OTMlar ro‘yxati
9.
Qaysi nodavlat oliygohlarning filiallari mavjud? To‘liq ro‘yxat
Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali - Vikipediya