Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
119
1991-2024 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA SOG’LIQNI
SAQLASH TIZIMINING RIVOJI
Adasheva Shoiraxon Maxmudillayevna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo‘nalishi 2 kurs magistranti
Email: shoiraadasheva@gmail.com
Тел:+998992220485
Annotatsiya: Ushbu maqolada 1991–2024 yillar davrida Namangan
viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanish bosqichlari, muhim islohotlar
va ularning hududiy tibbiy xizmatlar sifatiga ta’siri o‘rganilgan. Mustaqillikdan
so‘ng joriy etilgan sog‘liqni saqlash siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholi
salomatligini yaxshilashga qaratilgan dasturlar tahlil qilingan. Shuningdek,
viloyat sog‘liqni saqlash tizimining tarixiy taraqqiyotini tahlil qilish orqali mavjud
muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Namangan viloyati, sog‘liqni saqlash, tibbiy xizmatlar,
islohotlar, tibbiyot muassasalari, aholi salomatligi, shifokor, sog‘liqni saqlash
siyosati, tibbiyot markazlari.
РАЗВИТИЕ СИСТЕМЫ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ В НАМАНГАНСКОЙ
ОБЛАСТИ В 1991-2024 ГОДАХ
Аннотация: В данной статье изучены этапы развития системы
здравоохранения Наманганской области в период с 1991 по 2024 годы,
важные реформы и их влияние на качество региональных медицинских услуг.
Проанализированы основные направления политики здравоохранения,
реализуемой после обретения независимости, меры по укреплению
материально-технической базы медицинских учреждений, а также
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
120
программы, направленные на улучшение здоровья населения. Кроме того,
посредством анализа исторического развития системы здравоохранения
области выявлены существующие проблемы и перспективные направления
развития.
Ключевые
слова:
Наманганская
область,
здравоохранение,
медицинские услуги, реформы, медицинские учреждения, здоровье населения,
врач, политика в области здравоохранения, медицинские центры
THE DEVELOPMENT OF THE HEALTHCARE SYSTEM IN
NAMANGAN REGION (1991–2024)
Abstract: This article examines the stages of development of the healthcare
system in Namangan region from 1991 to 2024, key reforms, and their impact on
the quality of regional medical services. It analyzes the main directions of
healthcare policy implemented after independence, efforts to strengthen the
material and technical base of medical institutions, and programs aimed at
improving public health. Furthermore, by analyzing the historical development of
the regional healthcare system, the article identifies existing challenges and
promising directions for future development.
Keywords: Namangan region, healthcare, medical services, reforms,
medical institutions, public health, doctor, health policy, medical centers
Kirish.
Mustakillik yillarida sog‘liqni saqlash borasida ham talaygina ishlar
amalga oshirildi. Agar 1970 yilda Namangan viloyatida 98 ta shifoxona mavjud
bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib shifoxonalar soni 108 gaga yetdi [1]. 1991 yilda
esa viloyatda 19110 o‘ringa ega bo‘lgan 120 ta kasalxona, 12 ta sanatoriya, 45 ta
kishlok uchastka kasalxonasi, 470 ta feldsher-akusherlik punktlari faoliyat
ko‘rsatdi. Dorixonalar 1941 yilda 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda ularning soni
157 taga yetdi. Viloyatda respublika axamiyatiga molik «Chortoq», «Paxtaliko‘l»,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
121
«Parda Tursun» sanatoriylari qayta tashkil etildi. 1991 yil sog‘likni saqlash
tarmog‘iga ajratilgan budjet mablag‘ 14,5 mln. so‘mni tashkil etdi. Har bir kishiga
yetadigan mablag‘ 96 so‘mdan to‘g‘ri keldi [2].
Namangan viloyati tashkil topgan 1941 yili viloyat bo‘yicha sog‘liqni
saqlash sohasida bor-yo‘g‘i 91 nafar shifokor va 500 ga yaqin xamshiralar ishlagan
bo‘lsa, 2000 yilga kelib, vrachlar soni 5492 tani tashkil etdi [2].
1941 yilda viloyatda bittagina «Tez yordam» mashinasi bo‘lib, bemorlarga
shifokorlar izvoshlarda xizmat ko‘rsatgan. Kasalxonalarda 800 ta o‘rin bo‘lib, ular
moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi [2]. Buni o‘sha davrda 2-jahon urushi
boshlanib hamma narsa frontga safarbar etilganligi bilan izohlash mumkin.
Asosiy qism.
Mustakillikning dastlabki yillarida tibbiyot sohasini
rivojlantirish uchun alohida ahamiyat qaratildi. Masalan, viloyatda 1994 yili 16 ta
“Tez tibbiy yordam” stansiyasi faoliyat yuritgan [1]. Chunonchi, 1992-1994
yillarda Go‘zal mavzesida ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, ona va bolaga
mo‘ljallangan tug‘ruqxona, ayollar maslahatxonasi, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq
tumanlarida eng zamonaviy tibbiyot jihozlari, asbob-uskunalar bilan ta’minlangan
poliklinika, tibbiyot punktlari, Chernobil halokati qatnashchilari uchun sanatoriya,
Namangan shahrida yurak xastaliklarini davolovchi kardiologiya markazi barpo
etildi.
Namangan viloyatida 1991-2001 yillar mobaynida 104 ta qishloq shifokorlik
punktlari barpo etildi, 41 ta qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-
akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505
o‘rinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar
qurildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat ko‘p tarmoqli kasalxonasi,
o‘sma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yukumli
kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot
apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi
respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va
ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika salomatlik institutlarining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
122
viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari aholiga
xizmat ko‘rsatdi [3]. Bu yerlarda nafaqat viloyat aholisi, shuningdek Farg‘ona
vodiysining boshqa hududlaridan kelgan ko‘plab bemorlar yurak, qon-tomir,
xarakat-tayanch organlari va asab xastaliklari bo‘yicha davolandilar.
2001 yil Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan
filialiga Germaniyaning “Dina dentomed” firmasi bilan tuzilgan shartnomaga
ko‘ra 850 ming AQSH dollariga teng tibbiyot uskunalari keltrildi. Ilmiy markazda
9 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilib, 131 nafar malakali vrach, 320 nafar
hamshira mehnat qildi [4].
Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov
2004 yil 17 sentabrda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Namangan viloyati
kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida “Chunonchi, 1996-2003
yillarga rejalashtirilgan 209 ta qishloq vrachlik punktidan 32 tasi ishga
tushirilmagan”ini ta’kidlab, sog’liqni saqlash borasidagi ishlarni tanqid qilgan
edi[5].
2010-2023 yillarda Namangan viloyatidagi shifoxonalar soni o‘zgaruvchan
bo‘lgan. Davr mobaynida 56 ta (2011) minimal va 131 ta (2018) maksimal daraja
kuzatilgan. 2023 yilda 118 ta shifoxona faoliyat yuritgan. 2010-2023 yillarda
viloyatdagi shifoxonalar soni quyidagicha bo‘lgan: 2010 yilda 108 ta, 2011 yilda
56 ta, 2012 yilda 114 ta, 2013 yilda 105 ta, 2014 yilda 97 ta, 2015 yilda 112 ta,
2016 yilda 115 ta, 2017 yilda 125 ta, 2018 yilda 131 ta, 2019 yilda 116 ta, 2020
yilda 108 ta, 2021 yilda 110 ta, 2022 yilda 114 ta va 20223 yilda 118 ta [6]. 2011
yilda keskin pasayish (56 ta) – ehtimol, sohaga bo‘lgan davlat siyosatidagi
o‘zgarish yoki tibbiyot muassasalarining qayta tashkil etilishi sabab bo‘lgan. 2012
yilda to‘satdan 2 baravarga oshgan. 2017-2018 yillarda eng yuqori o‘sishga
erishilgan. 2019-2020 yillarda shifoxonalar soni kamaygan. 2021-2023 yillarda
qayta tiklanish kuzatilgan. 2017-2018 yillarda shifoxonalar ko‘paygan, bu tibbiy
xizmat sifatini oshirish dasturlari va viloyatda aholi soni ortib borgani sababli,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
123
tibbiy muassasalar soni ham oshishi talab etilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Kosonsoy
va Chust kabi katta aholiga ega hududlarda tibbiy muassasalar soni barqaror bo‘ldi.
2010-2023 yillar davomida Namangan shahrida shifoxonalar soni o‘zgarib borgan,
2010 yilda 40 ta bo‘lgan shifoxonalar soni 2018 yilda 55 ta gacha oshgan, keyin
esa 2021 va 2023 yillarda 47 taga kamaygan. Yillar kesimida 2010 yilda 40 ta,
2013 yilda 52 ta, 2016 yilda 50 ta, 2018 yilda 55 ta, 2021 yilda 47 ta va 2023 yilda
47 ta bo‘lgan[6].
Hududlar kesimida olsak viloyatda tashkil etilgan yangi 2 ta tuman –
Davlatobodda 2022 yildan boshlab 2 ta, Yangi Namangan tumanida esa shifoxona
mavjud emas, Ya’ni, aholi tibbiy xizmatdan foydalanish uchun Namangan
shahriga borishadi. Shifoxonalar soni bo‘yicha tumanlar kesimida eng yuqori
ko‘rsatkich Kosonsoy (2010 yilda 17 ta, 2013 yilda 7 ta, 2016 yilda 11 ta va 2019
yildan beri 14 ta) va Chust (2010 yilda 10 ta, 2013 yilda 10 ta, 2016 yilda 13 ta,
2018 yilda 15 ta va 2019 yildan beri 11 ta) tumanlarida, eng past ko‘rsatkich esa
Mingbuloq (2010 yilda 3 ta, 2011 yilda 1 ta, 2014 yilda 2 ta, 2017-2019 yillarda 3
ta, 2021 yilda 1 ta va 2023 yilda 3 ta) va Norin (2010 yilda 4 ta, 2011 yilda 1 ta,
2013 yilda 4 ta, 2016-2018 yillarda 2 ta, 2019-2021 yillarda 1ta va 2022 yildan beri
2 ta) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
2010-2023 yillar davomida Namangan viloyatida shifoxonalardagi koykalar
soni barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi. Agar 2010 yilda 10 423 ta koyka
mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 15 654 ta ga yetgan, ya’ni
50% ga oshgan. Yillar kesimida koykalar soni quyidagicha bo‘lgan: 2010 yilda
10423 ta, 2012 yilda 10555 ta, 2014 yilda 10580 ta, 2016 yilda 10971 ta, 2018
yilda 12796 ta, 2020 yilda 12244 ta va 2023 yilda 15654 ta [6]. Koykalar soni
bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Namangan shahri (2010 yilda 5324 ta, 2014 yilda
4839 ta, 2019 yilda 6824ta, 2021 yilda 5940 ta va 2023 yilda 5609 ta ), Chust (2010
yilda 579 ta, 2014 yilda 748 ta, 2018 yilda 1067 ta, 2020 yilda 849 ta va 2023 yilda
1131 ta) va Pop tumanlariga, eng past ko‘rsatkich esa Mingbuloq tumaniga (2010
yilda 287 ta, 2014 yilda 248 ta, 2016 yilda 250 ta, 2017 yilda 647 ta, 2020 yilda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
124
424 ta va 2023 yilda 515 ta ) to‘g‘ri kelgan. 2010-2016 yillarda sekin o‘sish, 2018
yilda esa keskin oshish kuzatilgan. 2023 yilda esa 15 654 tagacha oshgan.
2010 yil 2023 yilni taqqoslaganda To‘raqo‘rg‘on (2010 yilda 378 ta, 2015
yilda 865 ta, 2018 yilda 930 ta, 2020 yilda 969 ta, 2021 yilda 846 ta, 2023 yilda
1026 ta), Yangiqo‘rg‘on (2010 yilda 389 ta, 2014 yilda 450 ta, 2018 yilda 700 ta,
2021 yilda 885 ta, 2023 yilda 895 ta) tumanlarda keskin ko‘payishi kuzatildi.
Viloyat bo‘yicha 2010-2023 yillar orasida eng yuqori o‘sish foizlari
To‘raqo‘rg‘onda 171 %, Yangiqo‘rg‘onda 130%, Chustda 95% va Mingbuloqda
75 % ko‘payish kuzatilgan. Buni viloyatda aholi o‘sishi va tibbiy xizmatga ehtiyoj
ortishi, shifoxonalarda infratuzilma yaxshilanishi, yangi bino va bo‘limlar
ochilishi, davlat va xususiy investitsiyalar sohaga yo‘naltirilishi va ayrim
tumanlarda (Chust, To‘raqo‘rg‘on) tibbiy muassasalar kengayganligi bilan
izohlash mumkin.
Shifoxonalar soni ortib borishi barobarida undagi o‘rta tibbiyot xodimlari,
tibbiyot vrachlari va xodimlar soni ham o‘sib bordi. Tibbiyot xodimlari soni 2010
yilda 25502 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilda 36531 nafarga yetgan (43% oshgan).
Tibbiyot vrachlari soni esa 2010 yilda 3751 nafar bo‘lib, 2023 yilda 6192 nafar ga
yetgan (65% oshgan) [6]. Tibbiyot xodimlari va vrachlar sonining oshishiga ta’sir
qilgan omillar: Tibbiyot muassasalari soni ko‘payshi, tibbiy ta’lim va kadrlar
tayyorlash jarayoni kuchaytirilgani, davlat va xususiy investitsiyalar ortib, sohaga
katta e’tibor qaratilishi va ayrim tumanlarda tibbiyot markazlari kengayganligi.
Viloyatda tibbiyot tizimini tubdan isloh etish borasida keng qamrovli ishlar
olib borilmolqda. Buni raqamlar misolida oladigan bo‘lsak, 2019 yil uchun
respublika bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga jami 900
milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. E’tiborlisi shundaki, Namangan viloyatidagi bu
ezgu maqsadlar ro‘yobiga 76 millard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan [7].
Namangan viloyatida keyingi yillarda aholi salomatligini mustahkamlash, oilada
tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sifatli va malakali tibbiy xizmat samaradorligini
oshirish, qolaversa, sohaga yangidan yangi innovatsion g‘oyalarni keng tatbiq
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
125
etishda xususiy sektorning ulushi tobora ortib bormoqda.
2019 yil oktabrda Namangan shahridagi «Shodiyona» tantanalar
majmuasida «Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash»
mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi,
respublika Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi viloyat hududiy bo‘linmasi
va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda milliy
palataning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi hududiy
bo‘linmalari rahbarlari hamda viloyat tibbiyot jamoatchiligi vakillari qatnashdi.
Sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari
to‘g‘risida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari
nomzodi, Oliy Majlis Senati a’zosi Solijon Mo‘minov o‘z mulohazalarini bildirib
o‘tdi. Tibbiyot fanlari doktori, «Oydinshifo» shifoxonasi rahbari Mirmahmud
Mirsaydullayev, «Doktor-A» diagnostika markazi bosh shifokori Ma’murjon
Oxunov, «ANAMED» diagnostika markazida faoliyat olib borayotgan
hindistonlik doktor Paramjit Singx, «Saydana» tibbiyot markazi bosh shifokori
Baxtiyor Jo‘rayev va boshqalarning chiqishlarida sohada tatbiq qilinayotgan yangi
texnologiyalar, tibbiyot hamda farmatsevtika sanoatining istiqboli bilan bog‘liq
vazifalarga e’tibor qaratildi [7].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi
211-son Qaroriga ko‘ra viloyatda aholi salomatligini saqlash bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirish maqsadida quyidagilar rejalashtirib olindi: 1.
Birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlarini
ko‘paytirish va sifatini oshirish. 2. Erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan qon bosimi
va onkologik kasalliklarini davolash uchun, aholiga eng zarur dori vositalarini
bepul yetkazish. 3. Buyrak kasalliklarini erta aniqlash maqsadida, barcha birlamchi
tibbiyot muassasalari ekspress-test vositalari bilan ta’minlash. 4. Onkologik
kasalliklarni erta aniqlash uchun, 45 yoshdan oshgan 210 ming ayol har yili
skrining tekshiruvidan o‘tkazish. 5. 430 ming nafar bolalar va homilador ayollarni
vitaminlar bilan bepul ta’minlash.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
126
Viloyatdagi tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini yanada
mustahkamlash maqsadida 13 ta tibbiyot muassasalarida qurilish-ta’mirlash
ishlarini bajarish maqsadida Tibbiyot muassasalarida 1350 o‘rin,900 ta qatnov
tashkil etish uchun Respublika budjetidan 99,7 mlrd so‘m ajratildi [8].
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, birlamchi bo‘g‘in
muassasalari, jumladan, oilaviy shifokor punktlari faoliyatini yaxshilash
maqsadida oilaviy 6 ta mahallada shifokorlik punktlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish
(mahalliy budjet mablag’laridan 8,1 mlrd so‘m), birlamchi tibbiy sanitariya
yordami muassasalarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni aniqlash, zarur dori
vositalarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va bemorlarga bepul berish (Sog’liqni
saqlash vazirligi mablag’laridan 9,0 mlrd so‘m) hamda Uychi, Yangiqo‘rg‘on va
Chust tumanlarida tumanlararo 30 o‘rinli perinatal markazlarini tashkil qilish
uchun Sog’liqni saqlash vazirligi mablag’laridan 3,5 mlrd so‘m ajratish belgilab
olindi.
Viloyatda yangi turdagi va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga
qo‘yish uchun quyidagilar amalga oshirildi: Tuman va shaharlarda 19 turdagi
amaliyotlarni (laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar) joriy etish (hisob-
kitoblar asosida Sog’liqni saqlash vazirligi mablag’laridan), 350 nafar tug‘ma
yurak nuqsoni bor bolalarni yuqori texnologik bepul operatsiya qilish (Sog’liqni
saqlash vazirligi mablag’laridan 14 mlrd so‘m)
2022 yilda viloyatda aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish
va ixtisoslashgan markazlar faoliyatini kengaytirish uchun quyidagilar rejalashtirib
olindi: 1. Uchqo‘rg‘on, Norin, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on, Namangan, Mingbuloq,
Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoyda nevrologiya va endokrinologiya yo‘nalishlari
bo‘yicha Respublika ixtisoslashgan markazlar viloyat filiallarining tumanlararo
bo‘limlari tashkil qilish (Hisob-kitob asosida Sog’liqni saqlash vazirligi
mablag’laridan).
2. Yangiqo‘rg‘on, Davlatobod tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik
uskunalar bilan ta’minlanib, kaminvaziv operatsiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
127
(Sog’liqni saqlash vazirligi mablag’laridan 3 mlrd so‘m).
3. Yuqori texnologik, murakkab jarrohlik operatsiyalar ko‘lamini
kengaytirish uchun, Kardiologiya markazining Namangan filialini tibbiy asbob-
uskunalar bilan jihozlash (xorijiy kredit mablag’laridan 9 mln yevro).
4. Travmatologiya va ortopediya markazining Namangan filialiga yangi bino
ajratiladi va moddiy texnik-bazasini yaxshilash (Sog’liqni saqlash vazirligi
mablag’laridan 21 mlrd so‘m).
Viloyatda sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirishda xususiy sektorning
rolini oshirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, sog‘liqni
saqlash sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish uchun 1. Xususiy sheriklik va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan Namangan shahrida 2 ta loyiha ishga
tushirish (20,5 mlrd so‘m-15,0 mlrd so‘m tashabbuskorlar mablag‘i, 5,5 mlrd so‘m
bank krediti). 2.27 ta xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etish (31,0 mlrd so‘m
tashabbuskor mablag‘lar). 3. Namangan shahrida xalqaro universitet va zamonaviy
klinikadan iborat Tibbiyot klasteri tashkil etish.
Viloyatda tibbiyot sohasidagi kadrlar tayyorlashda Respublika shoshilinch
tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali asosiy muassasalardan biri
hisoblanadi. Mazkur muassasa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy
markazining eng katta filiallaridan biri bo‘lib, u 2000 yildan beri ishlaydi va 350
ta yotoqdan, shu jumladan 42ta reanimatsion. 330ta yotog‘iga ega bo‘lgan 12ta
subfilial ishini boshqaradi. 15ta klinik bo‘limida 350ga yaqin shifokor (1ta doktor
va 7 ta fan nomzodi) va 782 dan ortiq hamshira ishlaydi[9]. Ma’lumki so‘nggi
yillarda davlatimizda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda
muassasalar tegishli vazirliklarga biriktirilib, ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali qabul
komissiyasi, har yili Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, 7
xil yo‘nalishda klinik ordinaturaga xujjatlarni bevosita qabul qilib kelmoqda.
Jumladan, mutaxassislik bo‘yicha yo‘nalishlar – Anesteziologiya-reanimatologiya,
Umumiy xirurgiya, Travmatologiya va ortopediya, Ichki kasalliklar (terapiya)
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
128
(yo‘nalishlari
bo‘yicha),
Pediatriya
(yo‘nalishlari
bo‘yicha),
Bolalar
anesteziologiya va reanimatologiyasi, Shoshilinch tibbiy yordam.
RSHTYOIM Namangan filialida xorijlik mutaxassislar ishtirokida bir qator
jarrohlik amaliyotlari va ilmiy seminarlar o‘tkazilishi tendensiyasi kuchaymoqda.
Bu esa o‘z navbatida shifokorlar malakasi va tajribasini oshirish hamda bemorlarni
davolashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, 2024 yil 1 aprel kuni bir
guruh Xindistondan kelgan shifokorlar tomonidan amaliyotda mahorat darslari
tashkil etildi. Amaliy mahorat darslarini tibbiyot fanlari doktori Dr.Vaibhav Patel
va Dr.Dharmisinh Jadeja tomonidan bemorlarda zamonaviy jarroxlik amaliyoti
orqali og‘ir turdagi amaliyot bajarildi. Bemorda markazda ilk bor murakkab
jarroxlik operatsiyasi ya’ni bir vaqtning o‘zida “ikkala chanok son bugimini total
endoprotezlash” operatsiyasi o‘tkazildi
Xulosa.
1991–2024 yillar davomida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash
tizimi sezilarli darajada rivojlandi. Mustaqillikdan so‘ng amalga oshirilgan
islohotlar natijasida tibbiyot muassasalari soni ortdi, ularning moddiy-texnik
bazasi mustahkamlandi, zamonaviy tibbiy markazlar tashkil etildi va aholi
salomatligini yaxshilashga qaratilgan dasturlar faoliyat olib bordi. Sog‘liqni
saqlash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari viloyatdagi tibbiy xizmatlar sifatini
oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, shifokorlar malakasini oshirish, profilaktik
tadbirlarni kuchaytirish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish borasida muhim natijalarga erishildi. Shu bilan birga, mavjud
muammolar - kadrlar yetishmasligi, ayrim hududlarda infratuzilmaning zaifligi
kabi masalalar hali ham o‘z yechimini kutmoqda. Kelgusida bu muammolarni hal
qilish orqali Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining yanada samarali va
barqaror rivojlanishiga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Абдуллаев О. Наманган вилояти (табиати аҳолиси, хўжалиги).-
Наманган: Наманган вилояти ҳокимияти ноширлик бўлими, 1995.-Б.
143.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
129
2.
Мадатов А. Халқи сом-омон юртнинг заволи йўқ. Намангаи хақиқати
1991 й 27 март.
3.
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 6-том. – Тошкент, 2003. – Б. 253.
4.
Қувончли ўзгаришлар // Наманган ҳақиқати. 2001 йил 10 февраль
5.
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон ҳеч кимга қарам бўлмайди.
Асарлар. -Т.: Ўзбекистон, 2005.-Т.13.-Б.25-26.
6.
namstat.uz
7.
Наманганда республика анжумани: Келажак тиббиёти бугундан
8.
https://lex.uz/uz/docs/-5984308
9.
https://emerg-centre.uz/filiallar/namangan/?lang=uz