Mualliflar

  • Tursunpulatova Barchinoy Safo qizi,

Muallif biografiyasi

  • Tursunpulatova Barchinoy Safo qizi,

    Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo‘nalishi 2 kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90507

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Buxoro viloyati oliy ta’lim ta’lim tizimi islohotlar moddiy-texnik baza zamonaviy texnologiyalar institut filial. Ключевые слова: Бухарская область высшее образование система образования реформы материально-техническая база современные технологии институт филиал. Keywords: Bukhara region higher education education system reforms material and technical base modern technologies institute branch.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1991–2024 yillar oralig‘ida Buxoro viloyatida oliy ta’lim tizimining rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan boshlab viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni va sifati sezilarli darajada o‘sgani, yangi yo‘nalishlar va ta’lim shakllari joriy etilgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda boshqa yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati alohida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida viloyatda oliy ta’lim sifatining oshgani va uning mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri yoritilgan.

Аннотация: В данной статье проанализированы процессы развития системы высшего образования в Бухарской области в период 1991–2024 годов. Отмечено, что с обретением независимости значительно возросло количество и качество высших учебных заведений в регионе, были внедрены новые направления и формы обучения. Отдельно рассмотрена деятельность Бухарского государственного университета, Бухарского инженерно-технологического института и других вновь созданных вузов. На основе результатов исследования освещено повышение качества высшего образования в области и его влияние на социально-экономическое развитие региона.

Abstract: This article analyzes the development processes of the higher education system in the Bukhara region during the period from 1991 to 2024. It highlights the significant growth in both the number and quality of higher education institutions following independence, along with the introduction of new academic programs and educational formats. The activities of Bukhara State University, the Bukhara Institute of Engineering and Technology, and other newly established institutions are examined in detail. The research findings emphasize the improvement in the quality of higher education in the region and its impact on socio-economic development.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

108

1991-2024 YILLARDA BUXORO VILOYATIDA OLIY TA’LIM

TIZIMI RIVOJI

Tursunpulatova Barchinoy Safo qizi,

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Tarix yo‘nalishi 2 kurs magistranti

Email: BarchinoyTursunpo’latova1995@mail.ru

Тел:+998909722795

Annotatsiya: Mazkur maqolada 1991–2024 yillar oralig‘ida Buxoro

viloyatida oliy ta’lim tizimining rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Mustaqillik

yillaridan boshlab viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni va sifati sezilarli

darajada o‘sgani, yangi yo‘nalishlar va ta’lim shakllari joriy etilgani ko‘rsatib

o‘tilgan. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya

instituti hamda boshqa yangi tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati

alohida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida viloyatda oliy ta’lim sifatining

oshgani va uning mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Buxoro viloyati, oliy ta’lim, ta’lim tizimi, islohotlar, moddiy-

texnik baza, zamonaviy texnologiyalar, institut, filial.

Аннотация: В данной статье проанализированы процессы развития

системы высшего образования в Бухарской области в период 1991–2024

годов. Отмечено, что с обретением независимости значительно возросло

количество и качество высших учебных заведений в регионе, были внедрены

новые направления и формы обучения. Отдельно рассмотрена деятельность

Бухарского государственного университета, Бухарского инженерно-

технологического института и других вновь созданных вузов. На основе

результатов исследования освещено повышение качества высшего

образования в области и его влияние на социально-экономическое развитие

региона.

Ключевые слова: Бухарская область, высшее образование, система


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

109

образования, реформы, материально-техническая база, современные

технологии, институт, филиал.

Abstract: This article analyzes the development processes of the higher

education system in the Bukhara region during the period from 1991 to 2024. It

highlights the significant growth in both the number and quality of higher

education institutions following independence, along with the introduction of new

academic programs and educational formats. The activities of Bukhara State

University, the Bukhara Institute of Engineering and Technology, and other newly

established institutions are examined in detail. The research findings emphasize

the improvement in the quality of higher education in the region and its impact on

socio-economic development.

Keywords: Bukhara region, higher education, education system, reforms,

material and technical base, modern technologies, institute, branch.

Kirish.

Ta’lim tizimining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan oliy

ta’limning tubdan o‘zgartirilishi mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan

islohotlarning tarkibiy qismi bo‘ldi. Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining bosh

bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bu soha jamiyatning iqtisodiyoti, fani, madaniyati va

texnologik jarayoni bilan yaxlit holda chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun

uning taraqqiyoti umummilliy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi

hisoblanadi. XXI asr globalizatsiya bilan bog‘liq holda oliy ta’limda yangi

an’analar va yangi muammolami yuzaga keltirdi. Bu jarayon dunyoning barcha

universitetlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bugungi kunda barcha universitetlar

uchun dunyo ta’lim kengliklarida o‘z mavqeyini saqlab qolish, teng huquqli

hamkor sifatida bo‘lish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Birinchi galda universitetlar ta’lim tizimining zamonaviy loyihasi

tayyorlanib, ta’lim tizimining asosi boʻlgan yangi o‘quv rejalar, dasturlar yaratildi.

1993-yildan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va bakalavrlar tayyorlashda

qoʻllanila boshladi. Viloyat markazlarida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlarida


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

110

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ularning ilmiy intellektual imkoniyat va

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 1995-yil 31-mayda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi

mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”[1] maxsus qaror qabul qilindi. Mazkur qaror 2021 yil 22 fevraldan o‘z

kuchini yo‘qotgan. Mazkur qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi va Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda oliy o‘quv

yurtlarining hamda akademik institutlarning taniqli olimlarini hamda yuqori

malakali o‘qituvchilarini pedagogik va ilmiy faoliyatni olib borish uchun, doimiy

ishdagi besh yil mobaynida ularning lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda

ustamalar belgilashni nazarda tutgan holda yo‘llash, o‘quv semestrlari davrida

Toshkent shahridagi o‘quv yurtlarining tajribali professor hamda o‘qituvchilarini

leksiyalar kurslarini o‘qish va fan, texnika hamda texnologiya yangiliklari bilan

tanishtirish maqsadida mintaqaviy yo‘llashni amalda qo‘llash, oliy o‘quv

yurtlarining ilmiy-pedagogik potensialidan va moddiy-texnika resurslaridan

samarali foydalanish maqsadida 1995-yil 1-iyulgacha oliy o‘quv yurtlarining

viloyatlardagi filiallari tarmog‘i qayta ko‘rib chiqish va ularni viloyatlar o‘quv

yurtlariga fakultetlar, o‘quv bo‘linmalari sifatida berishning maqsadga muvofiqligi

belgilab olindi. Shuningdek, qaror asosida har yili Toshkent shahar oliy o‘quv

yurtlarida viloyatlar oliy o‘quv yurtlaridan yuqori malakali mutaxassislar

tayyorlash maqsadida aspirantura va doktoranturaga yo‘llayotganlar uchun o‘rinlar

ajratish, oliy o‘quv yurtlari huzurida, ularning o‘qituvchi-professorlarini jalb qilib,

ularga oliy o‘quv yurtlari, gimnaziyalar, litseylar tashkil etish tizimi yo‘lga

qo‘yildi.

Asosiy qism.

Mustaqillining dastlabki yillarida oliy ta’lim tizimida

modernizatsiyalash jarayoni hamda fan va oliy ta’lim mushtarakligini ta’minlashga

qaratilgan islohotlar rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanilib, oliy ta’limni

tarkiban qayta qurishdan boshlandi: birinchidan, universitet ta’limining

ustuvorligi; ikkinchidan, OTMlarni bo‘lish va ixtisoslashtirish; uchinchidan,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

111

OTMlarni hududiylashtirish va joylashtirishga ahamiyat qaratildi [2].

Buxoro viloyatida ham mustaqillik yillarida oliy ta’lim sohasida bir qator

salmoqli ishlar amalga oshirildi. Viloyatdagi yetakchi universitet Buxoro davlat

universiteti hisoblanadi. Mazkur universitet 1922-yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati

qarori bilan Buxoro va Chorjo‘yda xalq maorifi instituti sifatida ochildi. Bu –

zamonaviy oliy o`quv yurti tashkil etish yo`lidagi dastlabki harakat edi. F.Xo`jayev

va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g’oyasi bilan chiqdilar,

ammo BXJning tugatilishi bilan bu g’oya amalga oshmay qoldi.

1930-yilga kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning

kimyo-biologiya va tarix-ijtimoiyot singari ikki bo‘limida 45 talaba tahsil olgan.

1935-yilda esa BuxDPI tarkibida 2 yillik o‘qituvchilar instituti hamda 5 bo‘lim

faoliyat ko‘rsatdi, keyinchalik bu bo‘limlar fakultetlarga aylantirildi. BuxDPI

urushdan keyingi yillarda respublikaning yetakchi ilm maskanlaridan biri sifatida

shuhrat topdi: talabalar soni 1946–1960-yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960–1980-

yillarda 7531 taga yetdi.

BuxDUning daslabki nomlariga ham to‘xtalib o‘tsak. 1930 yilda Buxoro

oliy pedagogika instituti deb atalgan bo‘lsa, 1931 yildan Fayzulla Xo‘jaev

nomidagi Buxoro oliy pedagogika instituti; 1933 yildan Fayzulla Xo‘jaev

nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti; 1937 yildan S.Ordjonikidze

nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti deb atalgan. 1938 yildan 1954

yilgacha S.Ordjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika va o‘qituvchilar

birlashgan instituti degan nom bilan yuritilgan [3]. 1981 yildan S. Ordjonikidze

nomidagi “Hurmat belgisi” ordenli Buxoro davlat pedagogika instituti; 1990 yildan

Fayzulla Xo’jaev nomidagi Buxoro oliy pedagogika instituti 1992 yil 15 martidan

Buxoro davlat dorilfununi (universiteti) deb atalgan [4]. 1989-yilda esa BuxDPI

huzurida tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida aspirantura ochildi.

Institut respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981-

yilda orden bilan mukofotlandi. O‘zbеkistоn Rеspublikasi 1-Prеzidеnti

I.A.Karimоvning 1992-yil 28-fеvraldagi Farmоniga asоsan Buхоrо pеdagоgika


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

112

institutiga Univеrsitеt maqоmi bеrilgach, imkоniyatlar yanada kеngaydi.

O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov 1992 yildan viloyatlardagi bir

qator pedagogika institutlarini universitetga aylantirib, xalq iqtisodiyotining turli

tarmoqlari bo’yicha keng qamrovli bilimga ega oliy malakali mutaxassislarni

tayyorlab etishtirish tashabbusi bilan chiqdi. Shunga ko’ra, 1992 yilning 15

martidan Buxoro pedagogika institutiga ham universitet maqomi berilib, uning

imkoniyatlari yanada kengaydInstitut 1992-yilda universitetga aylantirildi [5].

2004–2006-yillarda univеrsitеt bo‘yicha 2 magistr Prеzidеnt stipеndiyasi

sоhibi bo‘ldi, 9 nafar talaba davlat, 44 talaba univеrsitеt, 32 nafar talaba esa bоshqa

nоmlardagi stipеndiyalar sоvrindоri bo`lishdi. 2004–2006-yillar davоmida

univеrsitеt prоfеssоr-o‘qituvchilari tоmоnidan 12 ta darslik va o‘quv qo‘llanma,

250 dan оrtiq usuliy ishlar e’lоn qilindi, 52 ta elеktrоn o‘quv qo‘llanma, 2004–

2007-yillarda 210 dan оrtiq ma’ruza matnlarining elеktrоn vеrsiyasi yaratildi.

2004–2006-yillarda 8 ta dоktоrlik, 28 ta nоmzоdlik dissеrtatsiyalari muvaffaqiyatli

himоya qilindi.Universitetdagi fan doktorlari soni 1990-1991 o‘quv yilidagi 16

tadan keyingi 25 yil ichida 2014-2015 o‘quv yiliga kelib 3 barobarga oshir 48 tani

tashkil etdi.

Universitetda talabalar soni ham yil mustaqillik yillarida oshib bordi.

Jumladan, 1991 yilda universitetda 3200 nafar talab tahsil olgan bo‘lsa, 2015 yilga

kelib bir necha barobarga oshib 266246 nafarni tashkil etgan Hozirgi kunda

universitetda 19477 nafar talaba tahsil olmoqda [5]. Shunga mutanosib ravishda

universitetda ixtisosliklar soni 25 yil ichida 7 martaga oshib 3 tadan 21 taga, dars

beruvchi professor-o‘qituvchilar soni 2 barobardan oshib 300 tadan 747 taga yetdi.

2024 yilda professor-o‘qituvchilar soni 750 nafarni tashkil etgan.

2000 yilda universitetda 48 kafedra faoliyat yuritgan bo’lib, ularda 37 nafar

fan doktorlari va professorlar, 192 nafar fan nomzodlari va dosentlar bo’lajak

mutaxassislarga fan asoslarini o’rgatishgan. Ular orasida O’zR FA akademigi

K.Muqimov, M.Abdullayev, S.Aliyev, M.Boltayev, N.Jabborov, H.Ne’matov,

F.Qosimov, O.Safarov, R.Vohidov, A.Atoyev, O.Yoriyev, P.Musayev,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

113

S.Bo’riyev, O’.Tojiyev va boshqalar samarali natijalarga erishdilar. 2015 yilga

kelib Buxoro davlat universiteti huzurida 7 fakultet, 26 kafedra faoliyat ko’rsatgan.

O‘sha yili universitetda 35 ta’lim yo’nalishi bo‘yicha 6246 talaba, 14 mutaxassislik

bo‘yicha 129 magistr ta’lim olgan. 2000-2001 o’quv yilidan boshlab universitetda

6 ixtisoslik bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lsa, 2015 yilga

kelib 14 ixtisoslik bo’yicha magistrlar tayyorlangan [5].

1997 yildan universitet huzurida doktorantura ochilgan. 2012 yilgacha unga

aspiranturadan keyin qabul qilingan bo‘lsa, 2012 yildan boshlab magistraturani

bitirib, kamida 2 yillik pedagogik stajga ega bo‘lganlar katta ilmiy xodim-

izlanuvchi nomi bilan doktoranturaga qabul qilinmoqda. Buxoro davlat

universitetida aspirantura bo‘limi 1989 yilda 2 ta ixtisoslik bo‘yicha ochilgan

bo‘lib, shu yil aspiranturaga 5 nafar nomzod o‘qishga qabul qilingan. 2010/11

yillarda 23 ta ixtisoslik bo‘yicha (aspirantura) stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilik

faoliyat ko‘rsatgan. 2010-2011 o‘quv yilida 18 nafar nomzodlar o‘qishga qabul

qilingan.1998 yilda 3 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorantura o‘z faoliyatini boshlagan

bo‘lsa, 2010-2011 yilda 4 ta, 2015 yilda esa 19 ta ixtisoslik bo‘yicha ilmiy izlanish

olib borilmoqda. universitetda 1992–2015 yillar davomida 26 ta doktorlik, 201 ta

nomzodlik dissertasiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Hozirgi kunda Buxoro davlat universitetida 8 ta fakultet mavjud. Buxoro

davlat universitetida matematika fizika, ximiya biologiya va tuproqshunoslik,

tarix, falsafa, pedagogika, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik,

psixologiya fanlaridan yillar davomida ilmiy maktablar shakllanib kelgan va

erishgan ijobiy yutuqlari bilan nafaqat respublikamizda, balki dunyo miqyosida

ham e’tirof etilgan.

2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan

yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim

muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va

rekonstruksiya ishlari bajarildi. Jumladan, Buxoro viloyatida joylashgan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

114

universitetlarda ham ta’mirlash ishlari bajarildi.

Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab

chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish,

uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida

mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va

malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o‘quv

dasturlari joriy qilindi. Shunga mos ravishda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim

muassasalari soni ortib bordi.

Jumladan, hozirgi kunda viloyatda quyidagi davlat va nodavlat ta’lim

muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda: davlat universitetlari – Buxoro davlat

pedagogika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat

universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro tabiiy resurslarni

boshqarish instituti, Mir Arab oliy madrasasi; Nodavlat universitetlar – Turon

Zarmed universiteti, Acharya universiteti, Osiyo xalqaro universiteti, Buxoro

psixologiya va xorijiy tillar instituti, Buxoro innovatsiyalar universiteti, Buxoro

innovatsion tibbiyot instituti [6].

2017-yilda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Davlat budjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar budjet xarajatlari qismining 33,7

foizi darajasida rejalashtirilib, ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi

mamlakatimiz Yalpi ichki mahsuloti tarkibida 10-12 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim

tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qarorida [11] boshlangan islohotlar

qonuniy asosini topdi va bu tizimning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Qarorga asosan 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan

takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari, 2017-2021-yillarda oliy

ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va

modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks

chora-tadbirlari, 2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

115

dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari,

2017-2021-yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning har yili

tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalari

ro‘yxati, 2017-2021-yillarda o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan

jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy ta’lim

muassasalari ro‘yxati hamda 2017-2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarini

rivojlantirishning manzilli dasturlari tasdiqlandi.

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti

2020

-yil

27-fevralidagi

O‘zbekiston Respublikasi

prezidentining

PQ-4623-son “Pedagogik taʼlim sohasini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi

qaroridan

soʻng,

respublika

hududida joylashgan beshta universitet negizida yangi institutlar tashkil etilgan

[7].Qaror ijrosini ta’minlash hamda pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh

kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini

joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash

ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali

tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2021 yil 6 aprelda Vazirlar Mahkamasining

188-son “Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti faoliyatini tashkil

etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori asosida Buxoro davlat universitet

qoshida Buxoro davlat Pedogogika instituti tashkil qilingan [8].

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil

29-iyundagi buyrugʻi bilan

Mirzohid Daminov

Buxoro davlat universitetining

Pedagogika instituti

direktori

lavozimiga tayinlandi. Hozirgi kunda institut rektori

Ma’murov Bahodir Baxshulloyevichdir. Institutda o‘quv jarayoni

2021

/

2022

-

o‘quv yilidan boshlangan. Hozirgi kunda institutda 6 ta fakultet mavjud. Bular:

1.Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, 2.Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti,

3.Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, 4.Tillar fakulteti, 5.Jismoniy

madaniyat fakulteti, 6.Harbiy ta’lim fakulteti [9].

Buxoro shahrida 1958-yilda Toshkent Politexnika institutining sirtqi

umumiy

mexanika

fakulteti ochildi. 1972-yilda mazkur fakultet negizida Toshkent


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

116

Politexnika institutining filiali tashkil etildi.1977-yildan esa Buxoro oziq-ovqat va

yengil sanoat texnologiya instituti mustaqil taʼlim muassasasi sifatida faoliyat

koʻrsata boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2011 yil 20 maydagi

PQ-1533 son qaroriga asosan Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya

instituti negizida Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti

tashkil etildi [10].

Ikki yildan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15

apreldagi PQ-1954-sonli qaroriga asosan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

tashkil etildi. Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 5580 nafar talaba

va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 146 nafar talaba tahsil oladi. Institutda

430 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqdalar, ulardan 12 nafari fan

doktori, professor, 117 nafar fan nomzodi, docentlar, 5 nafar (PhD) falsafa

doktorlari boʻlib, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 31,0 foizni tashkil

etadi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti asosiy faoliyati mashinasozlik,

energetika, elektrotexnika, engil sanoat, toʻqimachilik, oziq-ovqat, neftgaz va

kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, birinchi navbatda „Navoiy“ erkin industrial-

iqtisodiy va „Jizzax“ maxsus industrial zonalaridagi korxonalarining yuqori

malakali muhandis va muhandis-texnologlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish

maqsadida bakalavriat va magistratura tizimida yuqori malakali mutaxassislar va

ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek kasb xunar kollejlari maxsus fan

oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish, oʻquv jarayonini

ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan integraciyasi hisoblanadi.

Institutning umumiy maydoni 25 ga. boʻlib, 4 ta oʻquv binosi, 2 ta talabalar turar

joyi, zamonaviy sport zali va akademik litseyni oʻz ichiga oladi. Hozirgi kunda

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 45 ta yo‘nalish mavjuddir.

Xulosa.

1991-2024 yillar davomida Buxoro viloyatida oliy ta’lim tizimi

jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Mustaqillikdan so‘ng ta’lim sohasiga berilgan

e’tibor natijasida viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni ortdi, ularning moddiy-


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

117

texnik bazasi mustahkamlandi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etildi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochildi, xalqaro hamkorlik aloqalari

yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik-

texnologiya institutining faoliyati hududning ilmiy va innovatsion salohiyatini

oshirishda muhim o‘rin egalladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy

ta’lim tizimidagi ushbu ijobiy o‘zgarishlar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Kelgusida esa bu yo‘nalishda

islohotlarni chuqurlashtirish va oliy ta’lim sifatini yanada oshirish dolzarb

vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

196-сон 31.05.1995. O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2. Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. Тошкент,

1992. №9. Б.45-58.

3, Бухарский государственнйпедагогический институт имени Серго

Орджоникидзе. Краткий исторический очерк (1930-1980 гг.) – Т.:Ўқитувчи,

1981.

4. Материал научно технической конференции посвяэнной 60-летию

Бухарского государственного педагогического института. – Бухара, 1990.

5.

Buxoro davlat universitet tarixi | BuxDu-Buxoro davlat universiteti

6.https://oliygoh.uz/post/buxoro-viloyatida-joylashgan-otmlar-

royxati?ysclid=m9ayg9ddf863126612

7.

https://lex.uz/uz/docs/-5355633

8.

188-сон 06.04.2021. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

9.

https://buxdpi.uz