Mualliflar

  • Jamshidova Sevinch Jamshid qizi

Muallif biografiyasi

  • Jamshidova Sevinch Jamshid qizi

    Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha taʼlim pedagogikasi va psixologiyasi yoʻnalishi 2- kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90782

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: tarbiya taʼlim malaka bola koʻnikma maktabgacha taʼlim tashkiloti oilaviy hamkorlik psixolog pedagog muloqot madaniyati.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanib borishi yoritib beriladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

274

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY TARBIYANING

SHAKLLANISHI

Jamshidova Sevinch Jamshid qizi -

Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha taʼlim pedagogikasi va psixologiyasi

yoʻnalishi 2- kurs talabasi

email:

jamshidovasevinch762@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy

tarbiyaning shakllanib borishi yoritib beriladi.

Kalit soʻzlar: tarbiya, taʼlim, malaka, bola, koʻnikma, maktabgacha taʼlim

tashkiloti, oilaviy hamkorlik, psixolog, pedagog, muloqot madaniyati.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi bolalarning

jamiyatga moslashishi, muloqot madaniyati va insoniy fazilatlarni oʻzlashtirish

bilan bogʻliq boʻlgan jarayon hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ijtimoiy

tarbiya berish jarayonida avvalo oila va jamiyat bilan ham hamkorlikda boʼlishlari

lozim. Masalan: ota-onalar bilan muntazam aloqa oʻrnatish, mahalla va jamoat

tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni bolalarga

singdirish.

Bolalarga ijtimoiy tarbiya berish jarayonida hurmat , doʻstlik, adolat kabi

fazilatlarni oʻrgatish, qoidalarga rioya qilish va intizomni shakllantirish, yaxshi va

yomon xatti- harakatlarni farqlashni oʻrgatib borish maqsadga muvofiq boʻladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur faol rivojlanadi. Bu jarayonda

bolalarni bir- birlari bilan turi muloqot qilishga oʻrgatish, qonun- qoidalarga rioya

qilishni tushuntirish, jamoada ishlash koʻnikmalar rivojlanib boradi.Maktabgacha

yoshdagi bolalarga kamtarlik o’rgatiladi, chunki bolalar ko’pincha o’zlari va ota-

onalari haqida maqtanish, xayol qilishni yaxshi ko’radilar. O’qituvchi esa bolaga

uning imkoniyatlarini, faoliyati natijalarini tanqidiy baholashga yordam beradi,

bolalarni kuchli va kuchsiz tomonlarini to’g’ri baholashga o’rgatadi.Maktabgacha


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

275

yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi masalasi ko‘plab pedagog va

psixolog olimlar tomonidan o‘rganilgan. Mashhur sotsial- madaniy rivojlanish

nazariyasi asoschisi L.S.Vygotskiy bolalarning rivojlanishida ijtimoiy muhitning

hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlaydi. Bolaning shaxsiyati, nutqi va

tafakkuri jamiyatdagi oʻzaro munosabatlar orqali shakllanadi. L.S.Vygotskiy

"Yaqin rivojlantirish zonasi" tushunchasini ilgari surib, bola kattalar va tengdoshlari

bilan oʻzaro taʼsir orqali oʻz imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

J.Piaget esa bolalarning ijtimoiy tarbiyasi ularning aqliy rivojlanishi bilan

chambarchas bogʻliq deya taʼkidlaydi. Bola atrof- muhit bilan oʻzaro aʼsir orqali

yangi bilim, tushuncha va koʻnikmalarni egallaydi. J.Piagetning fikriga koʻra

ijtimoiy tarbiya bolada axloqiy tarbiyaning shakllanishiga zamin yaratadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiyasi atrof-muhit, muloqot, o‘yin va

faoliyat orqali shakllanadi. Bolaning jamiyatga moslashuvi uchun unga qulay

psixologik va ijtimoiy muhit yaratish muhimdir.Ijtimoiy tarbiya bolaning hayotga

tayyorlanishida muhim o‘rin tutadi va uni kelajakda jamiyatda faol shaxs bo‘lishiga

yordam beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi ularning

kelajakdagi hayotiga asos bo‘lib, jamiyat bilan uyg‘un munosabatda bo‘lishiga,

axloqiy qadriyatlarni anglashiga va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishiga xizmat

qiladi. Bu jarayon orqali bola nafaqat atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganadi,

balki hurmat, mehr-oqibat, adolat, mas’uliyat kabi insoniy fazilatlarni ham

egallaydi.

Bolalik – inson hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lib, aynan shu

bosqichda qo‘yilgan ijtimoiy tarbiya poydevori uning kelajakdagi shaxsiyati va

jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ijtimoiy tarbiyaning to‘g‘ri shakllanishi nafaqat bolaning shaxsiy muvaffaqiyati,

balki jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1."Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy rivojlanish" – Jumayeva Malika

Aliyevna, 2023 yil.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

276

2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim

tizimidagi faoliyati.

Science and innovation

,

1

(B8), 322-326.

3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik

moslashuvchanlikni mazmun mohiyati.

Science and innovation

,

1

(B8), 2150-2153.

4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ

РАЗВИТИЯ

МЕХАНИЗМОВ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

И

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПРОБЛЕМА

СОВРЕМЕННОСТИ.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ

В МИРЕ

,

13

(8), 19-23.

5.

Akramova,

D.

E.

qizi

Suvonqulova,

MD

(2023,

January).

RIVOJLANTIRUVCHI

MARKAZLARDA

BOLALARNI

MAKTABGA

TAYYORLASH

VA

MILLIY

QADRIYATLAR

NAMUNALARIDAN

FOYDALANISHNING

AFZALLIGI.

In

INTERNATIONAL

CONFERENCES

(Vol. 1, No. 2, pp. 393-396).

6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA

TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI. In

INTERNATIONAL CONFERENCES

(Vol.

1, No. 2, pp. 382-385).

7. Ergashevna, A. D. (2025). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE

DEVELOPMENT OF SOCIALIZATION IN SCHOOLCHILDREN OF THE

PREPARATORY GROUP.

SHOKH LIBRARY

.

8. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim

tizimidagi faoliyati.

Science and innovation

,

1

(B8), 322-326.

9. Ibraimov, X., & Akramova, D. (2023). DIDACTIC CHARACTERISTICS OF

COMMUNICATIVE

TRAINING

IN

ENGLISH

LANGUAGE

TEACHING.

Science and innovation

,

2

(B11), 357-361.

10. "Umumiy pedagogika" – N.M. O‘rinova, I.I. Tuychiyeva, B.X. Baydjanov, 2024

yil.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари