Mualliflar

  • Beknazarov Boburjon Baxodir o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Beknazarov Boburjon Baxodir o‘g‘li

    Alfraganus universiteti Klinik fanlar kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90798

Annotasiya

Fan va texnika taraqqiyotigacha insoniyat faqat yer sharining elektromagnit maydoni va quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida yashagan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, mazkur elektromagnit fonni texnologik tavsifga ega bo‘lgan juda ko‘plab elektromagnit maydon (EMM) chastotalari to‘ldirib bormoqda, ular esa bizni xar tomonlama va doimiy ravishda o‘rab turibdi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

182

INSON ORGANIZMIGA ELEKTROMAGNIT MAYDON VA UNING

MANBALARINING TA’SIRI

Beknazarov Boburjon Baxodir o‘g‘li

Alfraganus universiteti Klinik fanlar kafedrasi assistenti

Fan va texnika taraqqiyotigacha insoniyat faqat yer sharining elektromagnit

maydoni va quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida yashagan bo‘lsa, hozirgi

kunga kelib, mazkur elektromagnit fonni texnologik tavsifga ega bo‘lgan juda

ko‘plab elektromagnit maydon (EMM) chastotalari to‘ldirib bormoqda, ular esa

bizni xar tomonlama va doimiy ravishda o‘rab turibdi.

Elektromagnit nurlanish manbasi bo‘lib, televideniye translyasiya stansiyalari,

radioapparaturalar, yuqori voltli elektr uzatish liniyalari, kundalik hayotda

qo‘llaniladigan har qanday mobil qurilmalar-mikroto‘lqinli pechlar, noutbuk,

televizor va hatto dazmol ham bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda insoniyat

tomonidan kashf etilgan, uning tarmoqlarida elektr toki harakatlanadigan har

qanday qurilma ko‘zga ko‘rinmaydigan elektromagnit, jumladan mikroto‘lqinli

nurlanish manbasi bo‘lib hisoblanadi. Ular nurlanish quvvati bo‘yicha bir biridan

farq qilishi, turli diapazondagi elektromagnit fonni yaratishi mumkin, biroq ular

atrof muhit,jumladan insonlar uchun ham zararli ta’sir manbasi bo‘lib hisoblanadi.

Elektromagnit nurlanishning zararli ta’sir tavsiflari orasidagi eng xavfli omil

bo‘lib, elektromagnit maydonning chastotasi va keskinligini aytib o‘tish mumkin.

EMMning juda xavfli ta’siridan guvohlik beruvchi yana bir o‘ziga xosligi bo‘lib,

garchi kuchli nurlanishda ulardan ajralib chiqayotgan issiqlik his etilsada, ularni

organizmga ta’sirining aniq belgilarini mavjud emasligini aytib o‘tish mumkin.

Elektromagnit maydonning mos bo‘lgan keng spektri ta’siri bilan zararlangan

joylarda doimiy ravishda bo‘lish, markaziy asab tizimining funksional

buzilishlariga olib keladi, endokrin tizimiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. EMM ning

uzoq muddatli ta’siri: psixosomatik va onkologik kasalliklarni yuzaga kelish xavfini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

183

oshiradi, organizmning elektrofiziologik parametrlari buzilishini yuzaga keltiradi

(uyquni buzilishi, bosh og‘rishi, taxikardiya), ko‘rish qobiliyatini keskin pasayishi,

bolalar va o‘smirlarni rivojlanishini ortda qolishiga olib keladi.

Elektromagnit nurlanish yurak qon-tomir va immun tizimi uchun xavfli, uning

ta’siri natijasida odamlarning reproduktiv organlari kuchli zararlanadi, ammo eng

xatarli xususiyati shundaki- EMMning zararli ta’siri organizmda to‘planib boradi

va qaytmas jarayonlarga olib keladi. Elektromagnit nurlanishning zararli omillari

ta’siridan himoyalanish mumkin va zarurdir. Bizlar elektromagnit nurlanish

manbalaridan voz kecholmaymiz, ammo ularni ta’sirini sezilarli darajada

kamaytirish imkoniyatiga egamiz. Bunday chora-tadbirlar orasiga EMM nurlanish

ta’siriga uchraydigan zonalarda bo‘lish vaqtini qisqartirish, manbadan uzoqlashish

uchun zaruriy bo‘lgan sanitar himoya chegaralarini o‘rnatish va ularni samarali

tashkil etish, EMM turli manbalarini bir biridan imkon darajasida uzoqlashtirish va

ulardan bir vaqtda foydalanishni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni

belgilash shular jumlasidandir.

Faydalanilgan adayubbiyotlar:

1.

Белинский С. О., Кузнецов К. Б. Оценка параметров электромагнитных

полей низкочастотного диапазона в электроустановках тягового

электроснабжения //Вестник Южно-уральского государственного

университета. Серия: энергетика. – 2012. – №. 16 (275). – С. 62-69.

2.

Соловьёв Л. П. Проблемы воздействия электромагнитных полей в

жилых помещениях на здоровье человека //Прикладные вопросы

формирования и обработки сигналов в радиолокации, связи и акустике.

– 2018. – С. 34-35.

3.

Тормосов Н. В. Биологическое действие электромагнитных излучений

на организм человека //Перспективы цифровых технологий в

технических учебных заведениях. – 2022. – С. 30-33.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

16-to’plam 2-son fevral 2025

184

4.

Сушкова Л. Т. ВОЗДЕЙСТВИЕ И ВЛИЯНИЕ ЭЛЕКТРОМАГНИТНЫХ

ИЗЛУЧЕНИЙ НА ОРГАНИЗМ ЧЕЛОВЕКА //Редакционная коллегия. –

2024. – С. 153.

5.

Субботина Т. И., Яшин М. А., Яшин А. А. Повреждающее воздействие

на организм электромагнитного излучения с длиной волны 30 см

(«Лэмбовская частота») //Вестник новых медицинских технологий. –

2016. – №. 1. – С. 149-151.