Авторы

  • Ш Эшкулова
    Ташкентский государственный стоматологический институт
  • Ш Абданбекова
    Ташкентский государственный стоматологический институт

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.young-scientists.15142

Ключевые слова:

клиническая медицина науки о здоровье фундаментальная медицина

Аннотация

Dolzarbligi. Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit eng keng tarqalgan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yarali kasalligi. Odatda bolalik davrida boshlanadi va dunyo aholisining 25% ga yaqinini qamrab oladi.


background image

154

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati::

1.

Камилов

X., et al.

«Диагностика предраковых заболевании

слизистой полости рта»

. Stomatologiya 2 (83) (2021): 17-18.

2.

Юлдашева, Н., and М. Рахимова. «Особенности диагностики и

проявления герпесвирусной инфекции полости рта у беременных»

.

Медицина и инновации 1.2 (2021): 61

-64.

3. Amrulloevich, Gafforov Sunnatullo, Abdullaev Shokir Ruzievich, and

Gafforova Sevara Sunnatulloevna. “Clinical and Laboratory Method for Assessing

the Effectiveness of Diagnosis and Treatment in Patients with Chronic Recurrent

Aphthous Stomatitis Against Infectious Pathologies of the Genitourinary System”.

JournalNX6.06 (2020): 117-127.

4.

Иногамов

Ш

.M.,

Садиков

А

.

А

.,

Ризаев

Ж

.A., &

Даминова

Н

.

Р

. (2021).

Стоматологический статус и его значимость при проведении оценки

стоматологического здоровья спортсменов. Журнал

биомедицины

и

практики

, 6(1), 9-14.

5. Yusupalikhodjaeva, Saodat. Study of the adhesive properties of Candida

strains in an in vitro test using erythrocytes as target cells. Diss. Tashkent Medical

Academy, 2018.

6. Yulbarsova, Nazokat Alisherovna, Umida Abdurasulovna Shukurova, and

Shakhnoza Musashaykhova. “”Cytokin status in pathogenesis of oral lichen

planus”. 5th International Conferenceon Innovations and Development Patterns

in Technical and Natural Sciences.2018.

7. Day, Andrew T., et al. "Head and neck oncology during the COVID-19

pandemic: Reconsidering traditional treatment paradigms in light of new surgical

and other multilevel risks." Oral oncology 105 (2020): 104684.

YOSH BOLALARDASURUNKALI QAYTALANUVCHI AFTOZSTOMATIT

KECHISHINING

O‘

ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Eshqulova Sh.B., Abdanbekova K.R.

Tashkent davlat stomatologiya institute, O ‘zbekiston

Dolzarbligi. Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit eng keng tarqalgan og‘iz

bo‘shlig‘i shilliq qavatining yarali kasalligi. Odatda bolalik davrida boshlanadi va

dunyo aholisining 25% ga yaqinini qamrab oladi. Tipik aftalar aniq

chegaralangan, yumaloq yaralar bo‘lib, periferik eritemabilan o‘ralgan, oq-

sarg‘ish rangli fibroz membrana markaziga ega. U uchta asosiy: kichik, katta va

gerpetik turlarga ega. Aftaning kichik turida odatda 4-7 kun ichida chandiq

qoldirmasdan tuzalib ketadi. Kattahajmli aftalaruzoqroq muddatli tiklanishga

muhtoj va chandiq qoldirishi mumkin. Surunkali qaytalanuvchi aftoz

stomatitning etiopatogenezi hali ham noma’lum va multifaktorial. Bir nechta

omillar qo‘zg‘atuvchi sifatida aniqlangan, jumladan mahalliy omillar, masalan,

mahalliy travma, sezuvchanlikushbu stomatitning etiologik agenti hisoblanadi.


background image

155

Sistematik omillar nuqtai nazaridan, H.pyloriinfeksiyasi kasallik rivojlanishida

mavjud etiologik omil sifatida qayd etilgan.Bundan tashqari,yarali kolit va

Kronsindromi kasalligi bilan ham bog‘liq.

Ba’zi mualliflarning ta’kidlashicha, surunkali qaytalanuvchi aftoz

stomatitga o‘xshash og‘iz yaralarining paydo bo‘lishi, gluten kasalligi bor

bemorlarda ko‘proq tarqalgan va bu ularning birinchi shikoyati bo‘lishi mumkin.

Etiologiyada irsiy omillarning roli ham katta. ChunkiSQAS bilan kasallangan

bemorlarning kamida 40% dabu holat oilasida mavjud. Bunday bemorlar og‘ir

belgilar va tez-tez uchraydigan remissiyalarga moyil.Allergiyaning ayrim turlari

SQAS ni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiy

qismlari va og‘iz orqali yuboriladigan mikrobial vositalarga yuqori

sezuvchanlikpotensial etiologik omillar hisoblanadi..SQAS va surunkali aftoz

stomatit kasalligiga chalingan bemorlarning 5-10% daoziq moddalar va qonda

mikroelementlardan temir, vitamin B12, foliy kislotasi va gemoglobin

yetishmovchiligi uchraydi.

Subyektiv ravishda SQAS bilan bog‘liq stressni keltirib chiqaradigan

hodisalarham aniqlanadi, ammo ular davomiy emas. Bundan tashqari, ushbu

yaralarning paydo bo‘lishida bolalar rejimida bo‘lishi mumkin bo‘lgano‘zgarishlar

qayd qilinadi.

SQAS ni davolash asosan simptomlarni yo‘qotishga asoslangan va ko‘pchilik

bemorlarda mahalliy davo samarali, ammo SQAS ning kichik hajmli turi va

surunkali aftoz stomatitning katta hajmli turida sistemali davolash usullari ko‘rib

chiqilishi kerak.

Tadqiqotning maqsadi. Ushbu ish yosh bolalardagisurunkali qaytalanuvchi

aftoz stomatitning etiopatogenetik o‘ziga xosligi,chastotasi, simptomologiyasi va

davolash vaqti bo‘yicha tavsiflashga qaratilgan.

Material va usullar. Ma’lumotlar TDSI Bolalar terapevtik stomatologiyasi

poliklinikasida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 43 tabemor bolalar, ota-onalar va

vasiylar orasida so‘rovnoma va ko‘rik o‘tkazish asosida olindi.Ushbu tadqiqot

surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit bilan kasallangan 43 ta bemor bolalar

tog‘risida hisoblanadi. Tadqiqotni o‘tkazish uchun bolalargatadqiqotchi

rahbarligida anketalar tarqatildi. Bolalarning javoblarini baholash qiyin bo‘lishi

mumkinligini hisobga olib, savollarni tushunishni osonlashtirish va talqin qilish

qulay bo‘lishi uchun anketa dizayniga ba’zi vositalarya’ni rasm

kartalaridan(jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i aftalari, yashil sabzavotlar kabi oziq-

ovqatlar va boshqalar dukkaklilar) foydalanildi. Anketalar har birbolaning ota-

onalari yoki vasiylariga tarqatildi va ularni uyda to‘ldirishni va keyin yetkazib

berishni so‘raldi. Statistik tahlil IBM SPSS 23.0 dasturi yordamidava Microsoft

Office Excel 2013 dasturlarida amalga oshirildi. Testda qo‘llangan 7 ta savol

ishonchliligi tekshirildi vaafta va etiologik omillarya’ni oshqozon-ichak

kasalliklari, allergiya, kundalik tish tozalash chastotasi, ortodontik asboblardan

foydalanish, og‘izda qalam yoki ruchkachaynash va ba’zi zararli mahsulotlar

iste’mol qilish omillari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi.


background image

156

Natija va muhokama. Tadqiqotda 43 bola (21 o‘g‘il va 22 qiz) ishtirok etdi.

Testda 7 ta savol uchun ota-onalarning javoblari bilan bolalar javoblari 80% dan

yuqori natijalarni berdi. Ishtirokchilarning 53% da aftaning tarqalishi aniqlandi

vabu 1,33 koeffitsientni ko‘rsatdi. Qizlarda aftalar o‘g‘il bolalarga qaraganda tez-

tez uchradi va ularning ko‘pchiligida aftalar soni 1tadan 5 tagacha (95.8%) va

lablar va tanglayda joylashishi, 4 kundan 7 kungacha davrda tuzalishi qayd etildi.

33.7% bolalarda o‘rtacha og‘riq bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot qilingan

bolalarning46.4%da SQAS genetik omilga bog‘liqligi va asosan ona tomonda ko‘p

uchrashi qayd etildi. Tekshirilganlarning 29.6% da aftalar og‘iz bo‘shlig‘ishilliq

qavati travmalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Boshqa tomondan, ota-onalarning 9.8 %i

aftalarning sababini stress bilan bog‘ladi va bola asabiy va tajang bo‘lgan paytda

aftalar paydo bo‘lishini ta’kidlashdi.6% da aftaning paydo bo‘lishigastrointestinal

kasallik bilan yaqqol bog‘liqligi aniqlandi. Aftalar paydo bo‘lishining boshqa

sabablari,jumladan allergiya, kundalik ravishda tish tozalamaslik, ortodontik

apparatlardanfoydalanish, qalam va ruchkani og‘izga solish yoki zarar li ovqat

mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘rinadigan darajada bo‘lmadi.

Xulosa. Ushbu tadqiqot natijalari bo‘yicha aftaning klinik belgilari

adabiyotlar bilan mos keladi. Adabiyotlarda afta va oshqozon-ichak kasalliklari

o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lgan va ushbu tadqiqotda hambu aloqa aniqlandi.

Aftalar paydo bo‘lishi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi travmatik

hodisalaryoki stress hodisalari bilan bog‘liqligi ham aniqlandi, ammo boshqa

omillarga qaragandakam nisbatda topildi. Genetik tomondan sezilarli

ko‘rsatkichasosan ona tomonida ekanligi aniqlandi. Shuningdek ushbu

tadqiqotkasallikning yashash sifatigasalbiy ta’sir etish to‘g‘risidagi adabiyotdagi

ma’lumotlarni mustahkamlash vamahalliy terapiyaga e’tibor qaratish kerakligi

haqida xulosa qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Numonovna, Umarova Odinakhan. "Modem Approaches to the Treatment

of Viral Stomatitis in Children." Central Asian Journal of Medical and Natural

Science 3.4 (2022): 25-29.

2.

Камилов,

X

. П., Ибрагимова,

M. X

., Убапдуллаева, Н.

IL

, & Камилова, А.

Этпопатогенез, клиника

II

лечение хронического рецидивирующего

афтозного стоматита при хроническом холецистите

.

Библиографические ссылки

Numonovna, Umarova Odinakhan. "Modem Approaches to the Treatment of Viral Stomatitis in Children." Central Asian Journal of Medical and Natural Science 3.4 (2022): 25-29.

Камилов, X. П., Ибрагимова, M. X., Убапдуллаева, Н. IL, & Камилова, А. Этпопатогенез, клиника II лечение хронического рецидивирующего афтозного стоматита при хроническом холецистите.