22
IQTISODIY DIVERSIFIKATSIYA KONSEPSIYASI VA UNING MAKROIQTISODIY
AHAMIYATI
Ergasheva Dilnavoz Xamzayevna
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti
Iqtisodiyot yo‘nalishi, 2-kurs magistrant
https://doi.org/10.5281/zenodo.15179419
Аннотация.
Ushbu maqolada diversifikatsiya atamasi, uning globallashuv jarayonida
xizmatlar sohasidagi o`rni, ahamiyati, uning turlariga ta`rif berilgan va tahlil qilingan.
Raqobatli bozor sharoitida diversifikatsiya qanday yordam bera olishi yoritib berilgan bo`lib,
u orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkinligi, u bozorda o`z o`rniga ega bo`lishi,
xatarlarni baholay olish qobiliyatiga ega bo`lishi, resurslarni to`g`ri taqsimlay olishi, iqtisodiy
tanazzulga chidamlilik, sohaga oid qiyinchiliklarga yechim kabilarga bardosh bera olishi
mumkinligi haqida batafsil keltirib o`tilgan. Xizmatlarni diversifikatsiya qilish orqali
mijozlarni ko`paytirish, ularning sodiqliligiga erishish mumkinligi to`g`risida maqolada
ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
gorizontal diversifikatsiya, vertikal diversifikatsiya, lateral
diversifikatsiya, konsentrik diversifikatsiya, markazlashtirilgan diversifikatsiya, xizmatlarni
diversifikatsiya qilish, kompaniya brend imiji, bozorni diversifikatsiya qilish,
raqobatbardoshlik.
Kirish.
Tovar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish bu muhim strategiyalardan biri
bo'lib, hozirgi globalizatsiya sharoitida mijozlarning sodiqligi mehnat ko'rsatuvchi korxonalar
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o'rin
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo
bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil chuqurlashtirish, yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadallashgan
rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik
yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Diversifikatsiya atamasi lotin tilidan olingan bo'lib (diversify catio -
diversus har xil taraqqiyot) korxona (birlashma)larning faoliyat sohalari va ishlab
chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab
chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish
va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning
(sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, moliya va hokazo) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari
xizmat ko'rsatish sohalariga birinchi navbatda yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi
ularning xo'jalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida
turli tuman ishlab chiqaradigan, xizmat ko'rsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar
bilan band bo'lgan keng tarmoqli ammo hamisha ham texnologik jihatdan o'zaro
bog'lanmagan majmualar vujudga keladi. O'zbekiston xalq xo'jaligida yangi barpo etilgan
sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qo'shimcha mahsulotlar, xalq iste'mol
tovarlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Diversifikatsiya atamasi odatda tashkilot mahsulotining o`zgarishi bilan bog`liq jarayon
hisoblanadi. U oxirgi chora hisoblanib, ayni vaqtdagi mahsulot va bozordan voz kechishni
talab etadi (Ansoff, 1957).
23
Kotlerning (1996) diversifikatsiyaga bergan tarifida “korxonananing yangi bozorlar
uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va chiqarish qobiliyati” deya belgilaydi.
Vixanskiy (1998) diversifikatsiyani tashkilotning o`sish, rivojlanish strategiyasi deb
bilgan va diversifikatsiyani qo`llash faqatgina aniq bir mahsulot ma`lum bozorda o`z o`rniga
ega bo`lmagan sharoitda qo`llaniladi degan. U diversifikatsiya strategiyalarini 3 turga bo`ladi:
1.
Markazlashtirilgan
2.
Gorizontal
3.
Konglomerat
Pits va Xopkins (1982) diversifikatsiyani bir vaqtda bir qancha faoliyat turlari bilan
shug`ullanish deb qaraydi.
Buz, Alen va Gamilton (1985) o`z qarashlarida diversifikatsiyani bir necha sifatlarini
hisobga olib, uni o`sish va xavfni pasaytirish uchun va biznesni kattalashtirish omili sifatida
belgilaydi:
1.
Hamma
investitsiyalarni
o`z
ichiga
oladi
faqatgina
mavjud
biznesning
raqobatbardoshlilikni saqlashga qaratilganlari emas.
2.
Investitsiyalar yangi mahsulotlar, xizmatlar, geografik bozor va segment shaklida
bo`lishi mumkin.
3.
Tashkilotni ichki rivojlanishi, litzsenziya shartnomalari, qo`shma korxona sifatida
faoliyat olib borish, biror mahsulot yoki xizmatni sotib olib egalik qilish huquqiga ega bo`lish
orqali diversifikatsiyaga erishishish mumkin.
Ramanyam va Vadarajan (1989) o`z ishlarida diversifikatsiyani tashkilotning yangi
faoliyat sohasiga ichki o`sishi, sotib olish orqali kirishi sifatida qaraydi va bu tashkilot
boshqaruv tuzilmasi va boshqarish jarayonlarining o`zgarishiga olib kelishini ta`kidlaydi.
Ko`rinib turibdiki, mualliflarning diversifikatsiya to`g`risidagi ta`riflari bogan sari
murakkab va to`liq bo`lib borgan. Hozirgi zamonaviy sharoitda diversifikatsiya tashkilotning
muvaffaqiyat kaliti sifatida qaraladi. Mualliflar ta`riflarida turlicha farqlarni sezish mumkin,
ular diversifikatsiyani xavfni kamaytirish, daromad, kapitalni yo`qotishdan saqlash sifatida
ko`rsa, ba`zilari maqsadga erishishda tashkilot tashkil etish, boshqa sohalarda faoliyat
sohasini kengaytirish, bozorda yangi tovarlar assortimentini ko`paytirish, yangi tarmoqlarga
kirib borish deya tushunishadi.
Bundan tashqari, diversifikatsiya ishlab chiqarishning ajralmas qismi sifatida
xarakterlanmagan, shuningdek, tashqi muhitga qarshi “omon qolish” mexanizmi sifatida
qaralmagan.
Zamonaviy iqtisodiyotda diversifikatsiyaning o‘rni va rolini tadqiq etish bo‘yicha mikro,
mezo va makroiqtisodiy yondashuvlarni birlashtirish diversifikatsiyaning tashkiliy prinsiplari
va ularning konkret turlari doirasida o‘rganishni talab etadi. Ayrim mualliflarning iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda “diversifikatsiya davri” tugaganligi to‘g‘risidagi fikrlari chuqur
tanqidiy mulohazalarni talab etmoqda.
Ortiqcha moliyaviy kapitalning nazoratsiz harakati jahonn xojaligiga sezilarli xavf
tug‘diradi. Rivojlangan va bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori riskli pul
mablag‘larini joylashtirish evaziga iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha betartib urinishlar u
yoki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi 1998-2000 yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan inqirozda va 2008 yildan beri davom etayotgan inqiroz
sabablaridan ko‘rinib turibdi. Moliyaviy tartibsizliklardan himoyalanishning muhim
24
vositalaridan biri samarali diversifikatsiyalangan sanoat siyosati hisoblanadi. Shu sababdan
O‘zbekistonning jahonn xojaligidagi o‘rni mavjud va qazib olinayotgan tabiiy boyliklarning
turi va soniga, hamda metallar, gaz-kimyo materiallar, plastiklarni qayta ishlash qobiliyatiga,
undan tashqari ma'lum bir foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi materiallarni olish
imkoniyatlariga bog‘liqdir. Texnik bilim va texnologik qobiliyat darajasi qancha yuqori bo‘lsa
O‘zbekistonning shuhrati, jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarga, o‘z manfaatlaridan
kelib chiqqan holda ta'sir kuchi shunchalik katta bo‘ladi.
O‘zbekistonda bunday o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarida (masalan, avtomobilsozlikda, iqtisodiy o‘sishning negiziga aylanayotgan oziq-
ovqat sanoati, yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida) konsentratsiya qilish amalga
oshirilgandan so‘ng vujudga keldi. Bunda etakchi, yirik ishlab chiqaruvchilar ketidan
komplektlovchi ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi va turli xizmatlar ko‘rsatuvchi kichik va
o‘rta biznes korxonalari birlashadilar.
Shundan kelib chiqqan holda quyidagi ta`rifni berish mumkin. Bizning fikrimizcha ushbu
ta`rifni berishni lozim topdik.
Diversifikatsiya - ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlarni
sotishda samaradorlikka erishish, yangi bozorlarga kirib borish, ishlab chiqarish va
tashkilotlar faoliyatini kengaytirish, xizmatlar va mahsulotlar assortimentini
ko`paytirish, yangilab turish va shu orqali iqtisodiy foyda olishga qaratilgan strategiya
turidir.
Ushbu ta`rifni asoslaydigan bo`lsak; birinchidan har qanday sohada ya`ni ishlab
chiqarish, tashkilot faoliyati, xizmatlarni mijozga taqdim etishda va mahsulot ishlab
chiqarishda samaradorlikka erishish nazarda tutilgan bo`lib har bir tashkilot uchun muhim
hisoblanadi. Ikkinchidan yangi mijozlar topish, yangi bozorlarga kirib borish ishlab
chiqarishda va xizmatlar taqdim etadigan tashkilotlar uchun ahamiyatlidir chunki mijoz
talabiga javob bera oladigan mahsulot va xizmatlar bozorda o`z o`rniga ega bo`la oladi.
Uchinchidan faoliyatni kengaytirishga ahamiyat qaratish lozimligi keltirilgan. To`rtinchidan
xizmatlar va mahsulot hajmini, assortimentini ko`paytirish, yangi mahsulotlarni, xizmatlarni
mijozlarga taqdim etish mijoz uchun ham xizmat taqdim etuvchilar uchun ham birday
manfaatlidir.
Beshinchidan iqtisodiy foyda olish nazarda tutilgan bo`lib faoliyatdan asosiy
maqsad ham foyda hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ishni to`liq o`rganib chiqish, uning uslubiy asosini yangilash,
to`liq ta`rif berish, tizimli tahlil, tasniflash, statistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mijozlar sodiqligini oshirishda xizmatlarni
diversifikatsiya qilishning ahamiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak;
1.
Mijozlarning qoniqish darajasini oshirish
. Kompaniyaning bir nechta xizmatlarni
taklif etishi, mijozlarni qoniqish ehtimolini oshiradi. Mijozlar uchun turli variantlar taqdim
etilishi, ulardan birini tanlanishi va yana sodiqlikning saqlanishiga ham olib keladi.
2.
Raqobatda ustunligi
. Mijozlar tarafidan bir qancha xizmatlari taklif eta oladigan
xizmatlar ko`rsatish korxonasi mijozlar tomonidan tanlanishi ustunroq, cheklangan xizmat
taklif qiladigan korxonaga nisbatan, bu esa o`z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi va
korxonalarning o`z ustida ishlashi va raqobatbardoshligini oshiradi.
3.
Savdo imkoniyatlarining kengayishi.
Daromad va mijozlarni ushlab turish uchun
yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Masalan: mijoz avtosalondan mashina harid qilganda, shu
salonning o`zida unga sug`urta, texnik xizmat ko`rsatish xizmati, notarius xizmatlarining
ko`rsatilishi xizmat ko`rsatuvchilar uchun savdoning kengayishi uchun vositadir.
25
4.
Kompaniyaning brend imidji mashhurligi.
Xizmatlar turining ko`pligi, sifatliligi mijoz
ishonchiga sazovor bo`ladi va mijozlar orqali og`zaki reklama qilish orqali xizmat ko`rsatish
korxonasi mavqei ko`tariladi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, diversifikatsiya orqali moliyaviy
barqarorlikka erishish mumkin bo'lib, u o'z o'rnida ega bo'lishi, xatarlarni baholay olishi
qobiliyatiga ega bo'lishi, resurslarni to'g'ri taqsimlay olishi, iqtisodiy tanazzulga chidamlilik,
sohaga oid qiyinchiliklarga yechim kabi javoblarni bera olish mumkin. Korxona yuqori
sur'atda o'sayotgan bo'lsa ham, unga chegara qo'yish emas, balki yanada rivojlantirish uchun
yangiliklar joriy etish, innovatsiyalarni qo'llash uni yana kelajakda rivojlanishini ta'minlaydi.
Diversifikatsiya iqtisodiyot industriyasida muhim sanaladi. U muxlislar va bozor talablarini
to‘liq amalga oshirishga yordam beradi. Yangi usullar va yo‘llarni tadbiq qilish, tovar
yaratuvchilar uchun imkoniyatlar ochadi va muxlislarning qiziqishini saqlashda muhim rol
o‘ynaydi. Diversifikatsiya yo‘qotishlardan 100 foiz himoyani kafolatlamaydi, ammo bu xavfni
sezilarli darajada kamaytirishi va uzoq muddatda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini
oshirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ansoff, H. I. (1957). Strategies for diversification. Harvard Business Review, 35(5), 113-
124.
2.
Booz, Allen, Hamilton. (1985) Diversification // A Survey of European Chief Executives.
N.Y. Booz, Allen, Hamilton.
3.
Pitts, R.A., Hopkins, H.D. (1982) Firm diversity: conceptualization and measurement //
Academy of Management Review. No. 7.
4.
Ramanujam, V., Varadarajan, P. (1989) Research on corporate diversification: a
synthesis // Strategic Management Journal. Vol. 10. No. 6. Nov.-Dec.
5.
Vikhansky, O.S. (1998) Strategic Management: Textbook. 2nd edition, revised and
expanded. – Moscow: Gardarika.
