34
QORAQALPOQ XALQ ZARGARLIGI
Abdumo‘minova Farangiz Yolqin qizi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Amaliy san’at: me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15208840
Annotatsiya.
XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo
va hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining zargari
mavjud edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va
firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq
va qoziqtishlardan foydalanishgan.
Kalit so’zlar:
zargarlik, qoraqalpoq amaliy san’ati, izlanishlar, “shar tuyme” , “jez bilezik”,
“ jalpaq sirga”, “baldaqli sirga “,”arebek”,”ongirmonshaq”,”saukele.
XIX-XX asr boshlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish barcha savdo va
hunarmandchilik markazlarida keng tarqalgan. Har bir katta ovullar o’zlarining zargari mavjud
edi. Qoraqalpoq zargarlari o’z mahsulotlari uchun kumush, oltin, bronza, serdolik va
firuzaga oid toshlar, shuningdek, marjon, yirtqich hayvon va qushlarning tirnoq va
qoziqtishlardan foydalanishgan.Qoraqalpoq zargarlik san’ati uslubi o’zining hashamati,
simmetrik shakli va jonli aylana konturlari bilan ajralib turadi. Zargarlar asosan ayollar
zargarlik buyumlari va bolalar tumorlarini ishlab chiqarishgan. Erkaklar uchun, uzuklar,
kamarlar va kamar to’qasi, qurol-yarog’ qismlari va ot anjomlari yasalgan. Barcha zargarlik
buyumlari yovuzlikdan asrovchi va baxtga eltuvchi tumorlar hisoblangan. Qoraqalpoq
zargarlik sanati haqida toxtalib otadigan bolsak, qoraqalpoqlar Orta Osiyo va
Qozogistonning boshqa xalqlari singari qadimdan zargarlik bilan shugullanganlar.
Zargarlik qoraqalpoq xalqi ananaviy kasbining eng kam organilgan sohasi bolib, u
etnografik adabiyotlarda juda kam yoritilgan. Shuningdek,tarixiy va etnografik
tadqiqotlarni organar ekanmiz, birinchi navbatda uning nazariy —uslubiy jihatlariga
tayangan holda ilmiy xulosa chiqarishga etibor qaratiladi, hamda xalq ananaviy
hunarmandchiligi turlarining otmishda va bugun ham dehqonchilik, chorvachilik, sanoat
ishlab chiqarishi, zamonaviy sanoat bilan bir qatorda jamiyat madaniy va iqtisodiy
hayotida muhim ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz kerak.
Maqola etnologiya metodlari -etnografik dala tadqiqotlari asosida,xususan, bugungi
kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi aka-uka Said,
Hamid Samatovlar oltindan buyurtmaga kora zargarlik buyumlarini yasash bilan
shugullanib kelayotganliklari, shuningdek, 1996-yil Beruniy tumanida tugilgan axborotchi
Alimov Shoxrux ham,asosan kumushdan buyurtmaga kora uzuk, zirak, boyinga
taqadigan zanjir, bilaguzuk kabi zargarlik buyumlarini yasashini va sulolaning 3-avlodi
ekanligini tasdiqlagan axborotchilar bergan malumotlar kiritilgan.[9,1] Zargarlar
tomonidan olingan anketa sorovlari natijalari va ilmiy adabiyotlar bilan umumlashtirilib
tarixiy izchillik va qiyoslash metodi orqali tahlil qilingan.Qoraqalpoqlar etnografiyasini
organish 1917 yilgi ozgarishlardan keyin tizimli va keng miqyosda amalga oshirilgani bois,
masala qoraqalpoq xalq amaliy sanatini organgan A.S.Morozova, S.P.Tolstov,
T.A.Jdankolarning dala tadqiqotlari va ilmiy maqolalari orqali,shuningdek, sanatshunos kabi
bir qancha etnografik manbalari asosida toplangan.Xususan, T.A.Jdanko SSSR FA Etnografiya
35
instituti va Qozogiston ekspeditsiya jamiyatining Xorazm arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasi materiallari asosida ”Qoraqalpoq xalq bezak sanatini organish” nomli
maqolasida qoraqalpoqlarning bezak sanatiga alohida etibor qaratilganligini qayd etish
lozim.Shuningdek, T.A.Jdanko 1958-yilda SSSR FA Xorazm arxeologiya va etnografiya
ekspeditsiya dala tadqiqotlari asosida “Qoraqalpoqlarning xalq bezak sanati” nomli asarida
hunarmandchilikning quyidagi: yogoch oymakorligi, zargarlik, kashtachilik, kigiz bosish
turlari haqida malumot bergan. Qoraqalpoq ayollarining ulkan ko’krak zargarlik buyumlarida
(haykel) shoxi tepaga qayrilgan buqa va shoxi pastga qayrilgan qo’y tasvirlari bilan bog’liq
shoxsimon uchlari bo’lgan. “Xaykel” nomi ularning ajdodlarining sig’inishlari va totemizmdan
kelib chiqqan. Kuchli buqa vaserpusht qo’yning shoxi yovuz kuchlardan asrovchi
xususiyatga ega deb hisoblangan va “oy buqasi” va “quyosh qo’yi” ramzlari sifatida ko’rilgan.
Boshqa turdagi qoraqalpoq zargarlik buyumlari, qal’a devori (boshpana ramzi) va gullagan
uchbarg butasi (Umayramzi -homilador ayol va bolalar himoyachisi) tasvirlarini o’zida aks
ettirgan edi. Zargarlik buyumining markazida tumor-kovak g’ilof bo’lib, uning ichida qadimdan
“yovuzlik kuchlaridan asrovchi” igna saqlangan. Hududga Islom dini kirib kelganidan so’ng,
ignaning o’rnini qog’ozda yozilgan duo egalladi. Xaykel kelin sepining asosiy zargarlik
buyumi hisoblangan. Uni kelin, farzand ko’rishgacha bo’lgan butun davr davomida tumor qilib
taqib yurgan. Qadimda turmushga chiqqan qoraqalpoq ayollarni oltin yoki kumush arebek deb
nomlangan burun uzugini taqib yurishgan. Shunga o’xshash burun uzuklari turkmanlar,
o’zbek-qipchoqlari, arablar va boshqalarda uchragan.Qoraqalpoq ayollari qo’l bilaguzuklari
qatorida: relyef bezakli og’ir quyma bilaguzuk (kuyma-bilezik), hamda, “ilon izi” naqshli va
ikki-uch qator serdolikli katta bilaguzuk (xasil-tasli-bilegizik)lar alohida ajralib turgan.
Bilaguzukning uchi, yirtqich hayvonlarning tishlari va panjasini eslatadi.
Aholining zargarlik buyumlariga talabi katta bolgani bois, mijoz oz buyurtmasini
bir necha oy kutishga majbur bolgan. Zargarlar mahsulotlarida deyarli farq bolmagan,
ular bir turdagi zargarlik buyumlarini yasaganlar. Zargarlik buyumlarini yashash uchun
on yilgacha vaqt kerak bolgan, shuning uchun qoraqalpoq zargar ustalari imkon
qadar oz ogli, yaqin qarindoshining ogli, oila azolariga yoshligidan zargarlik sirlarini
orgatishga harakat qilgan. Xususan, axborotchilar bergan malumotlarga kora, bugungi
kunda Qoraqalpogiston Respublikasi, Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi aka-uka Said,
Hamid Samatovlar oltindan buyurtmaga kora zargarlik buyumlarini yasash bilan
shugullanib kelayotganliklarini aytib otdi. Shuningdek, 1996-yil Beruniy tumanida
tugilgan axborotchi Alimov Shoxrux ham,asosan kumushdan buyurtmaga kora uzuk, zirak,
boyinga taqadigan zanjir,bilaguzuk kabi zargarlik buyumlarini yasashini va sulolaning
3-avlodi ekanligini takidlab otdi. [9, 1]Qoraqalpoq zargarlari ayollar bezaklarining barcha
turlarini: sirga (sirga), bilaguzuk (bilezik), uzuk (juzik), qisqich (qarsyilgek), kokrak
bezaklari (xaykel), ongirmonshaq, turli xil tugma va broshlar(tuime), tumor ( tumarsha)
yasaganlar. Aynan bu davrda milliy libos kiygan qoraqalpoq ayol va qizlarini bayramlarda,
oilaviy tantanalarda rang —barang kumush taqinchoqlarsiz tasavvur qilib
bolmagan.Keng tarqalgan ayollar taqinchoqlaridan biri bu —bilaguzuk ( bilezik) maxsus
qoliplar yordamida yasalgan va zargar bir vaqtning ozida ikkitadan beshtagacha bilaguzuk
ustida ishlay olgan. Bilaguzuklar koproq kumushdan tayyorlangan va qimmatbaho
toshlarbilan bezatilgan. Odatda bunday bilaguzuklar turmushga chiqayotgan qizning
qoliga taqilgan.Zargarlar har xil turdagi sirgalar ham yasagan bolib, ular “ jalpaq sirga”,
36
“baldaqli sirga “ deb atalgan, uni 12 yoshdan to turmushga chiqquniga qadar taqib
yurishgan.
Zargarlik sanati -qoraqalpoq amaliy sanatining yorqin va oziga xos korinishlaridan
biridir. Qoraqalpoq xalq amaliy sanatining boshqa turlari qatorida zargarlik buyumlarining
xom-ashyosi va ishlab chiqarish texnikasi M.Osiyoning boshqa xalqlarinikidan tuzilishi
jihatidan ajralib turgan. Shuningdek, zargarlik sanati xalqning etnik tarixi,madaniyati va
iqtisodiy munosabatlarini organishda qimmatli manbadir. Xulosa ornida yana shuni aytish
mumkinki, Markaziy Osiyoda ozining qadimdan shakllanib kelgan boy etnografik
ananalarini hozirda ham saqlab qolgan qoraqalpoq xalq hunarmandchiligi XX asrda ham
turli transfarmatsion jarayonlarga qaramay azaliy ananalarini malum bir manoda saqlab qola
olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
https://karakalpakstan.travel/jewellery/?lang=uz
2.
Usanov, Q., & Xudayarova, M. (2023). O ‘ZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA
OTLARNING KELISHIK KATEGORIYALARINING QIYOSIY TADQIQI.
3.
Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук, 3(6), 54-56.
4.
Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков.племенная
структура и расселение в XIX-начале. М.Л.,Изд-во Акад.наук СССР, 1950
5.
Отемисов А. Каракалпаклардың енер-кэсиплери. Нокис, 1991.
6.
Алиева З.Ж. К вопросу классификации женских ювелирных украшений
каракалпаков //Сб. НИИ искусствознания «Саньатшунос». Ташкент, 1998, с. 44-50; ее же:
Ритуальные ювелирные украшения каракалпаков XIX -начала XX в. (в комплексе
народного женского костюма) // 8АЫАТ, Ташкент, 2003, No 2,
7.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси.T.2005 3-ж.
8.
Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати Энциклопедия. II-ж.
9.
Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати Энциклопедия. II-ж.
10.
Жданко Т. А., Камалов С. К. Этнография Каракалпаков. XIX-начало XX века
(Материалы и Исследования) Ташкент издательство „Фан" Узбекской ССР. 1980.