Авторы

  • Bekzod Muhammadqulov
    Toshkent davlat yuridik universiteti “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat” yoʻnalishi Magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.101338

Ключевые слова:

Boshqaruv davlat jamiyat siyosat model korrupsiya qarshi kurashish huquqiy axborot.

Аннотация

Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida xorijiy davlatlar tajribasi tajibasi tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy davlatlar tajribasiga asosan, tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda koʻmaklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish  kabi xoirj  model oʻrganilgan.


background image

64

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMIDA XORIJIY DAVLATLAR

TAJRIBASI

Muhammadqulov Bekzod Lutfullo oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti

“Korrupsiyaga qarshi kurashish

va komplayens nazorat” yoʻnalishi Magistranti

e-mail: bmuhammadqulov52@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15584823

Annotatsiya.

Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida xorijiy davlatlar

tajribasi tajibasi tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy davlatlar tajribasiga asosan,
tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻziga xos siyosatni
ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda koʻmaklashish, fuqarolik jamiyati
bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish
dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi xoirj model oʻrganilgan.

Kalit soʻzlari:

Boshqaruv, davlat, jamiyat, siyosat, model, korrupsiya, qarshi kurashish,

huquqiy axborot.

ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В СИСТЕМЕ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ

КОРРУПЦИИ

Мухаммадкулова Бекзода Лутфулло угли

Ташкентский государственный юридический университет

"Противодействие коррупции"

и комплаенс-контроль"

Магистрант

e-mail: bmuhammadqulov52@gmail.com

Аннотация:

В данной статье анализируется опыт зарубежных стран в системе

борьбы с коррупцией. Также в статье на основе опыта зарубежных стран изучена
зарубежная модель, такая как ведение следственной деятельности, разработка
конкретной политики в области борьбы с коррупцией, аналитическая деятельность,
содействие в предупреждении преступлений, сотрудничество с гражданским
обществом, сбор и анализ данных, мониторинг выполнения программы по борьбе с
коррупцией.

Ключевые слова:

Управление, государство, общество, политика, модель,

коррупция, борьба с ней, правовая информация.

EXPERİENCE OF FOREİGN COUNTRİES İN THE ANTİ-CORRUPTİON SYSTEM

Mukhammadkulov Bekzod Lutfullo ugli

Tashkent State University of Law

"Combating Corruption" and compliance control"

Master's student

e-mail: bmuhammadqulov52@gmail.com

Abstract:

This article analyzes the experience of foreign countries in the anti-corruption

system. The article also examines a foreign model based on the experience of foreign
countries, such as conducting investigative activities, developing specific anti-corruption
policies, analytical activities, assistance in crime prevention, cooperation with civil society,
data collection and analysis, and monitoring the implementation of anti-corruption programs.


background image

65

Keywords:

Governance, state, society, politics, model, corruption, combating, legal

information.


Bugun Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi
va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda
korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-
tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi.

Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy

mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan,
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi, “Maʼmuriy
tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi, “Davlat xaridlari
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator
Farmonlari qabul qilindi.

Shuni alohida qayd etish joiz, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni bosh

maqsad qilgan alohida davlat organini tashkil etish yuzasidan Prezident Farmoni loyihasini
tayyorlash boʻyicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Loyihada mazkur organning tashkil
etilishi va faoliyat yurtishining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, huquq hamda
majburiyatlari, shuningdek, mamlakat Prezidenti va parlamentiga hisobdorlik belgilanishi
nazarda tutilishi kerak. Shu munosabat bilan, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish,
ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyo tajribasidan bizga maʼlumki, korrupsiyalashgan mamlakatlarning iqtisodiyoti

toʻgʻri ishlay olmasligi, korrupsiya tabiiy qonuniyatlarning erkin ishlashiga xalaqit berishi va
mamlakat iqtisodining gullab-yashnashiga jiddiy toʻsiqdir. Korrupsiya hayotni, iqtisodiyotni
va demokratiyani yoʻq qiladi. Korrupsiya kambagʻal mamlakatlarning qashshoqlikda
qolishiga, mojarolar va beqarorliklar kelib chiqishiga, shuningdek, moʻrt muhitning paydo
boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻrganishlar rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan
mamlakatlarga nisbatan korrupsiya ancha yuqori boʻlishini koʻrsatmoqda. Korrupsiyalashgan
mamlakat iqtisodiyotida resurslar ham samarasiz taqsimlanadi, sababi toʻgʻri yoʻl bilan
gʻalaba qozona olmaydigan kompaniyalar, koʻpincha, poraxoʻrlik yoki ulush berish evaziga
davlat buyurtmalariga va loyihalariga ega boʻlishadi. Moliyaviy oqimlarning kattaligi tufayli
davlat xaridlari firibgarlik va korrupsiya tuzogʻiga tushishi ehtimoli yuqori boʻlgan eng zaif
yoʻnalishlardandir. Iqtisodiyotning korrupsiyalashishi taʼlim va sogʻliqni saqlash sifatining
yomonlashishiga, bu esa, oʻz navbatida, aholining umumiy turmush darajasining pasayishiga
olib keladi.

Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional

yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega boʻlishini koʻrsatdi. Mazkur muammoga kompleks
yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi
vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi
kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini
misol tariqasida keltirib oʻtish mumkin:


background image

66

1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish

1

;

2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari;
3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda oʻz faoliyatini olib borish, faqat davlat

hokimiyatining oliy organlariga hisobdor boʻlish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha yetakchi

xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga koʻra, huquqni
muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻp maqsadli
idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli
boʻlgan idoralar quyidagi:

tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻziga xos

siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda koʻmaklashish, fuqarolik
jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi
kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi.

Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va

Singapurning korrupsiya faoliyati boʻyicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin.
Singapur Byurosi oʻz ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, koʻmaklashish boʻlimlarini oladi.
Boʻlimlar ichida eng kattasi Tergov boʻlib, u Byuro tomonidan amalga oshiriladigan
operatsiyalar uchun masʼul sanaladi

2

. Singapur tajribasi bir qator mamlakatlarda joriy etildi.

Jumladan, 2005-yilning dekabr oyida Polsha politsiya (jinoyatni fosh qilish) hamda axborot-
tahliliy funksiyalarni bajaruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosini tashkil
etish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Byuro faoliyati Polsha maxsus organlari ishlari boʻyicha
Seyma komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu haqda maʼlumot maxfiy xarakterga ega.

Eʼtirof etish kerakki, shunga oʻxshash tajriba Latviya, Litva va Ukraina kabi sobiq ittifoq

mamlakatlarida ham qoʻllanilgan. Xususan, Latviyada korrupsiyaning oldini olish va unga
qarshi kurashish boʻyicha Byuro mavjud. Bunda qonun chiqaruvchilar tomonidan
korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish hamda Byuro faoliyati
ustidan parlament nazoratining gʻoyatda samarali mexanizmi nazarda tutilgan. Shuningdek,
bunda deputatlik soʻrovlarining umumeʼtirof etilgan amaliyoti, yuqorida qayd etilgan huquqni
muhofaza qilish idoralari rahbarlarini maxsus parlament qoʻmitalariga taklif qilish, maxsus ad
hoc komissiyalarini tuzish va boshqalar qoʻllanilib kelinmoqda.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan

organning korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalari ham faoliyatning ustuvor
yoʻnalishi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini oldini olishga
qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlar faoliyatini
yuritishda katta tajribaga ega boʻlgan Fransiya, Ruminiya, Hindiston, Koreya Respublikasi,
Finlyandiya, Norvegiya, Daniya kabi qator mamlakatlar mavjud. Masalan, bunga Fransiyada
Fransiya Adliya vazirligi shafeligida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha idoralararo organ
boʻlgan Markaziy xizmatning tashkil etilishi mantiqiy javob boʻladi

3

. Finlyandiyada

korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmani shugʻullanadi, u Finlyandiya

1

Savenko I.A. “Korrupsionnыe prestupleniya i merы ix preduprejdeniya: Na materialax Krasnodarskogo kraya”

dissertatsiya. 2006.

2

Campos, J.E,Pradhan,S. The Many Faces of Corruption: Tracking Vulnerabilities at the Sector Level. World

bank,Washington, 2007.450 pages.

3

Vain,T. ―Review of corruption in the health sector: theory, methods and interventions‖ 2007, 12 pages.


background image

67

Prezidenti tomonidan tayinlanadi va boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil
hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish organining samarali faoliyatida mahalliy boʻlinmalarning

roli muhim ahamiyatga ega. Xususan, Germaniya va Avstriya tajribasi ham korrupsiyaga
qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning muhim rol oʻynashini koʻrsatadi. Germaniyaning
davlat apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy boʻgʻini, bu, federal va yer
vazirliklari, idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus boʻlinmalar (odatda
boʻlimlar)dir

4

. Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuratura

shugʻullanadi. Uning shtab-kvartirasi Vena shahrida boʻlib, Avstriyaning barcha yirik
shaharlarida oʻz filiallariga ega.

Xulosa qiladigan boʻlsak, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan

organ vakolat, hokimiyat organlari tuzilmasidagi qoidalar, muassasa rahbarini tayinlash va
olib tashlash tartibi, ichki tashkiliy tuzilma, vazifalar, yurisdiksiya, huquq va majburiyatlar,
byudjet, kadrlar tarkibini shakllantirish qoidalari (xodimlarni tanlash qoidalari, ayrim
hollarda ularning immunitetlari toʻgʻrisidagi qoidalar va boshqalar), boshqa institutlar bilan
oʻzaro hamkorlik qilish (ayniqsa, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari), hisobdorlik
hamda hisobot berish tizimi va hokazolar aniq belgilab berilgan qonunchilik bazasiga ega
boʻlishi zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi

Konstitutsiyasi 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston

Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,
29.05.2019 y., 06/19/5729/3199-son.
4.

Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I

Ismoilov. “Turon-iqbol” nashriyoti / Toshkent-2019;
5.

Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvini takomillashtirishda korrupsiyaga qarshi kurash

omillari. Falsafa va huquq. T.: № 2, 2006.;
6.

Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Masʼul muharrir: А.Sh. Bekmurodov: –

Toshkent: “Akademiya”, 2022;
7.

Смирнова JI.II. Борьба с коррупцией в КНР: международный опыт и «особая

китайская модеть» к п н дис М.: ИДВ РАН, 2014 г., .51 с// 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor
shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.
8.

Djankov, Simeon [et al. J Disclosure by Politicians // American Economic Journal:

Applied Economics 2 .- April 2010.- pp. 179-209 // 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar
aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.

4

Lewis, M.&Pettersson,G. ―Governance in health care delivery: raising performance. World Bank Policy Research

Working Paper 207.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019 y., 06/19/5729/3199-son.

Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I Ismoilov. “Turon-iqbol” nashriyoti / Toshkent-2019;

Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvini takomillashtirishda korrupsiyaga qarshi kurash omillari. Falsafa va huquq. T.: № 2, 2006.;

Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Masʼul muharrir: А.Sh. Bekmurodov: – Toshkent: “Akademiya”, 2022;

Смирнова JI.II. Борьба с коррупцией в КНР: международный опыт и «особая китайская модеть» к п н дис М.: ИДВ РАН, 2014 г., .51 с// 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.

Djankov, Simeon [et al. J Disclosure by Politicians // American Economic Journal: Applied Economics 2 .- April 2010.- pp. 179-209 // 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.