44
DRAMATIK ASARLARDA INTERTEKSTUALLIK VA UNING TURLARI
Imomova Ismigul Sirojiddin qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili
adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi
e-mail ismigulimomova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15737500
ANNOTATSIYA
Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari va o’ziga xos
xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida
so’z yuritilgan. Dramatik matnni kitobxon tomonidan to’g’ri tushunilishi va matnni asl
mazmun-mohiyatini anglab yetishida intertekstual birliklarning ahamiyati juda kattadir.
Intertekstual birliklar haqida to’xtalib, ushbu hodisaning dramatik asardagi jihati izohlab
berilgan.
Kalit so’zlar:
intertekstuallik, dramatik asar, intertekstual birliklar, alliteratsiya, epigraf,
maqol, iboralar, alluziya, metafora.
“Intertekstuallik” atamasi (inglizcha “intertextuality”, fransuzcha “intertextualite”) 1967-
yilda poststrukturalizm nazariyachisi, fransuz olimasi Y.Kristeva tomonidan “Baxtin, so’z,
dialog va roman”
1
risolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. M.Baxtin intertekstuallik
atamasini bevosita ishlatmagan bo’lsa-da, uning asarlari bu tushunchaning shakllanishiga kata
ta’sir ko’rsatgan. U, ayniqsa, til, matn va madaniyat o’rtasidagi murakkab aloqalarni chuqur
tahlil qilgan. M.Baxtinning bu qarashlari keyinchalik yuqorida aytilganidek, Y.Kristeva
tomonidan intertekstuallik termini bilan umumlashtirilgan. Y.Kristeva M.Baxtinning dialogizm
g’oyasidan ilhomlanib, matnlararo munosabatlarni yanada tizimli ravishda izohlashga harakat
qilgan. “Har qanday matn sitatalar mozaikasidan tuzilgan va har qanday matn boshqa bir matn
bilan o’zaro aloqada bo’ladi”, - deya Y.Kristeva ta’rif bergan. R.Beaugrande, N.Fairelough kabi
olimlar ham intertekstuallikni matn tilshunosligidan paydo bo’lgan deydi. Ular matnshunoslik
sohasida muhim nazariyotchilardan hisoblanib, ikkalasi ham tilni faqat grammatika emas, balki
ijtimoiy va kontekstual hodisa sifatida o’rganishga harakat qilgan. Beaugrande
intertekstuallikka quyidagicha ta’rif beradi: “Intertekstuallik – bu matnlar o’rtasidagi bog’liqlik,
ya’ni yangi matnlar avvalgi matnlar asosida quriladi. Bu matnlar o’rtasidagi bog’liqlik
mazmunni shakllantiradi va o’quvchi tomonidan tushunishni osonlashtiradi”.
2
Intertekstuallik
hodisasi shu paytgacha tilshunoslar, adabiyotshunoslar, faylasuflar, madaniyatshunoslar,
umuman o‘rganish obyekti matn bo‘lgan bir qator soha olimlari tomonidan tadqiq qilingan va
hali ham bu jarayon davom etmoqda. Intertekstuallik hodisasining bevosita lingvistikaga ham
dahldorligi haqidagi qarashlar esa ingliz olimi Jonatan Kuller nomi bilan bog‘liq. U o‘zining
“Пресуппозиция ва интертекстуаллик” nomli maqolasida intertekstuallikning matndan
presupozitsiyaga bog‘liqligiga o‘z e’tiborini qaratdi
3
. Intertekstuallik muammosini o‘rgangan
ko‘plab olimlar uning aksariyat hollarda badiiy adabiyot doirasida amal qilishini taʼkidlaydilar.
Intertekstuallik til belgisi sifatida badiiy matnda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan,
1
Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967. T. 23, № 239.
2
Beagrande R. A. De. Dressier W. Introduction to text linguistics. L.:N.Y.,1981. -XVI.-270p
3
Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6. Comparative
Literature(Dec., 1976). Pp. 1380-1396.
45
havolalar, allyuziya, aforizmlar kabi. Badiiy matnni tushunishda intertekstual birliklarning
o‘rnini belgilash uchun uning turlariga to‘xtalishimiz lozim. Rus tilshunosi Fateva intertekstual
birliklarni quyidagicha tasniflaydi:
1. Allyuziya
2. Reminissensiya
3. Epigraf
4. Sarlavha
5. Havola(sitata)
6. Aforizmlar
7. Maqol, matal
4
Badiiy matndagi intertekstual elementlar birlashib uning yaxlit mazmunini ifodalash, asar
ekspressivligini oshirish va, albatta, qo’shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, intertekstuallik hodisasi o’quvchi uchun tanish bo’ladi va badiiy
matnning qabul qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari rus tilshunosi Fateva fikrini
to’ldirgan holda o’zbek tilshunoslari intertekstual birliklarning bir nechta turlarini sanab, unga
quyidagilarni kiritib o’tgan: alluziya, reminisensiya, epigraf, oksimoron, pretsedent birliklar,
geminatsiya, tagma’no, iboralar, maqollar, matallar, alliteratsiya, assonans, ko’chimlar
(metafora, metonimiya, ironiya), parafraza, anaphora, epifora, iqtibos va ellipsis.
Biz ushbu kichik tadqiqotimizda intertekstual birliklarning birinchi turi haqida so‘z
yuritamiz va badiiy matnni tushunishdagi ahamiyatiga to‘xtalamiz.
Alliteratsiya adabiy asarlarning musiqiyligini oshiradi, ularga ritm va melodiyalik beradi
hamda o‘quvchiga esda qolarli ta’sir ko‘rsatadi. Dramatik asarlarda ham bu hodisa ko’p
qo’llaniladi. Ayniqsa she’riy dramalarda yaqqol musiqiylikni hosil qiladi. Masalan
Usmon
Nosirning “Atlas”
she’riy dramasida ham musiqiylikni, ohangdoshlikni hosil qilishda
alliteratsiyaning go’zal turlaridan foydalanilgan
5
.
U keldi,
qonimga qon qo’shgan tabib,
U keldi,
ruhimga sevinchlar taqdi,
U keldi,
ishqimni aylab ixtiyor.
U keldi,
nurlardan yaralgan malak [5.192]
Ushbu asarda Usmon Nosir student Orzumand nutqida juda ko’plab alliteratsiya
vositasini qo’llash orqali qahramonning she’r aytishga ustaligi va aqlliligidan dalolat beradi.
Ha. Atlas, shoirlik yuksakdir
U
jigar qonidir, u yurak.
U
hamma. Har narsa, u butun,
U
hayot, u kulgan muhabbat,
U
ancha chalingan musiqa [5. 193]
Usmon Nosir dramada intertekstual birliklardan biri maqol va iboralardan ham unumli
foydalanib, asarning yanada ifodaliligini oshirgan. Asarda professor nutqida:
Quyoshning
quvvatidan va issig’ligidan foydalanish asrlar bo’yi olimlarning boshlarini qotirgan.
Boshini
4
Фатеева, Н.А. Интертекстуалыюсть и её функции в художественном дискурсе Текст. / Н.А. Фатеева //
Известия АН. Сер. литературы и языка, 1997. Т. 56.
5
Usmon Nosir. Atlas-she’riy drama. - Toshkent-.: Fan, 1988.
46
qotirmoq
iborasi miyasini qotirmoq, miyasini achitmoq ma’nolarida kelib
6
, haqiqatdan olimlar
ko’p kashfiyotlarni qilishi natijasida boshi qotib qolishi ayni haqiqatligini ochib bergan
yozuvchi.
Allyuziya hodisasiga adabiyotshunoslik terminlari lug‘atida quyidagicha ta’rif beriladi:
“Allyuziya (lot. allusio- ishora, hazil)- barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy,
tarixiy yoki adabiy faktga ishora qilishga asoslangan stilistik usul. Mashhur nomlarning
funktsional turlaridan biri bo’lgan allyuziv nomlarga nomlar badiiyatida uslubiy figura sifatida
qaralsa, lingvomadaniyatshunoslikda ular ikki madaniy-semiotik maydonni o’zaro
tutashtiruvchi vosita sifatida eʼtirof etiladi. Bunda quyidagi ikki jihat eʼtiborga olinmogʼi lozim:
a) allyuziv nomlarning adabiy faktga ishora qilishi va b) ularning turli ijtimoiy-tarixiy faktga
ishora qilishi.
7
Yozuvchi dramasida Nozim nutqida:
Yurakdan sevilsang yomon. Fransuz
yozuvchisi Anri Beyl Stendal ko’p kunlar ovora bo’lib, sevgi to’g’risida ikki jild kitob yozmish.
Ushbu jumlada Stendal antroponimi allyuziv nom vazifasida kelgan bo’lib, tarixiy faktga
ishoradir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967.
T. 23, № 239.
2.
Beagrande R. A. De. Dressier W. Introduction to text linguistics. L.:N.Y.,1981. -XVI.-270p
3.
Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6.
Comparative Literature(Dec., 1976). Pp. 1380-1396.
4.
Фатеева, Н.А. Интертекстуалыюсть и её функции в художественном дискурсе Текст.
/ Н.А. Фатеева // Известия АН. Сер. литературы и языка, 1997. Т. 56.
5.
Usmon Nosir. Atlas-she’riy drama. - Toshkent-.: Fan, 1988.
6.
O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / Sh.Rahmatullayev, N.Mahmudov,
Z.Хоlmanova, I.O‘razova, K.Rixsiyeva. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi,
2022. – 636 bet
6
O‘zbek tili frazeologik lug‘ati [Matn] : lug‘at / Sh.Rahmatullayev, N.Mahmudov, Z.Хоlmanova, I.O‘razova,
K.Rixsiyeva. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2022. – 636 bet.
7
7 Xudoyberganova D. Til.Tafakkur.Madaniyat. Ilmiy risola. -Toshkent: Nodirabegim, 2020. 103-bet.