PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR

Annotasiya

Ushbu maqola pedagogika oliy ta’limida kollaborativ madaniyatni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritadi. Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish, kichik guruhlar, fasilitatorlik roli, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kreativ hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar tahlil qilinadi. Vygotskiyning yondashuvi asosida talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligi, motivatsiyasi va kompetensiyalarini kuchaytirish yo‘llari asoslanadi; jamoaviy qaror va konstruktiv nizolar ko‘rib chiqiladi. Natijada ta’lim jarayonining demokratlashuvi, tengdoshlar hamkorligi va kompetensiyalar mustahkamlanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
23-26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Badalova, G. . (2025). PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 23–26. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133429
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola pedagogika oliy ta’limida kollaborativ madaniyatni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritadi. Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish, kichik guruhlar, fasilitatorlik roli, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kreativ hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar tahlil qilinadi. Vygotskiyning yondashuvi asosida talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligi, motivatsiyasi va kompetensiyalarini kuchaytirish yo‘llari asoslanadi; jamoaviy qaror va konstruktiv nizolar ko‘rib chiqiladi. Natijada ta’lim jarayonining demokratlashuvi, tengdoshlar hamkorligi va kompetensiyalar mustahkamlanadi.


background image

23

PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY

ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR

Badalova Gulira’no Mirolimjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16811640

Annotatsiya:

Ushbu maqola pedagogika oliy ta’limida kollaborativ madaniyatni

shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritadi. Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish,
kichik guruhlar, fasilitatorlik roli, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kreativ hamda tanqidiy
fikrlashni rivojlantiruvchi usullar tahlil qilinadi. Vygotskiyning yondashuvi asosida talabaning
ijtimoiy-psixologik barqarorligi, motivatsiyasi va kompetensiyalarini kuchaytirish yo‘llari
asoslanadi; jamoaviy qaror va konstruktiv nizolar ko‘rib chiqiladi. Natijada ta’lim jarayonining
demokratlashuvi, tengdoshlar hamkorligi va kompetensiyalar mustahkamlanadi.

Kalit so‘zlar

: kollaborativ madaniyat; hamkorlikda o‘qish; fasilitatorlik; kichik guruhlar;

tanqidiy va kreativ fikrlash; yaqin rivojlanish zonasi.

КОЛЛАБОРАТИВНАЯ КУЛЬТУРА В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ВЫСШЕМ

ОБРАЗОВАНИИ: ТЕОРИЯ, МЕТОДИКА И РАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ

Аннотация:

Статья раскрывает теоретические и методические основы

формирования коллаборативной культуры в педагогическом высшем образовании.
Анализируются обучение, ориентированное на сотрудничество, работа в малых группах,
фасилитационная роль преподавателя, уважение и ответственность, а также методы,
развивающие креативное и критическое мышление. Опираясь на идею зоны
ближайшего развития Л. С. Выготского, обосновываются пути укрепления мотивации,
социально-психологической устойчивости и компетенций студентов; рассматриваются
коллективное принятие решений и конструктивное разрешение конфликтов;
подчеркивается демократизация образовательной среды.

Ключевые слова

: коллаборативная культура; обучение в сотрудничестве;

фасилитация; малые группы; критическое и креативное мышление; зона ближайшего
развития.

COLLABORATİVE CULTURE İN TEACHER EDUCATİON: THEORY, METHODS,

AND COMPETENCY DEVELOPMENT

Abstract

: The article elucidates the theoretical and methodological foundations of

building a collaborative culture in teacher education. It examines cooperation-oriented
instruction, small-group work, the teacher’s facilitator role, mutual respect and responsibility,
and techniques that foster creative and critical thinking. Drawing on Vygotsky’s zone of
proximal development, the paper outlines ways to strengthen students’ motivation, socio-
psychological resilience, and competencies; it discusses collective decision-making and
constructive conflict management, arguing that democratizing the learning process and peer
collaboration consolidate transferable skills.

Keywords

: collaborative culture; cooperative learning; facilitation; small groups; critical

and creative thinking; zone of proximal development.


Kollaborativ madaniyat bugungi oliy ta’lim tizimida talaba shaxsini kompleks


background image

24

rivojlantirishning muhim omilidir. Hamkorlikka tayangan o‘quv jarayoni talabalarda o‘zaro
hurmat, mas’uliyat, samarali muloqot, murosa, kreativ va tanqidiy fikrlashni shakllantiradi.
Bunda o‘qituvchi ma’ruzachi emas, balki fasilitator sifatida guruh ishini yo‘naltiradi,
tengdoshlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni rag‘batlantiradi. Kichik guruhli munozaralar,
aqliy hujum, rollarni almashish, muammoli vaziyatlarni birgalikda tahlil qilish singari usullar
talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligini mustahkamlaydi. Vygotskiyning yaqin rivojlanish
zonasi yondashuvi asosida jamoaviy faoliyat bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, motivatsiyani
oshirish va kompetensiyalarni amaliyotga ko‘chirishga xizmat qiladi. Shuningdek, konstruktiv
nizolarni boshqarish, qaror qabul qilishda barcha a’zolar hissasini e’tirof etish, ijtimoiy
ishonchni mustahkamlash jihatlar ta’lim muhitini demokratlashtiradi.

Jahonda oliy ta’lim tizimi jadal o‘zgarayotgan bir vaqtda, talabalarning hamkorlikda

ishlash madaniyatini rivojlantirish ta’lim strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, kollaborativ madaniyat - ya’ni jamoaviy fikrlash, qaror qabul qilishda
ishtirok etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat asosida muloqot qilish qobiliyatlari - zamonaviy
pedagogik ta’lim standartlarining ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Bu madaniyatni
shakllantirish orqali talaba mustaqil fikrlovchi, jamoada ishlay oladigan, ijtimoiy-psixologik
barqaror shaxs sifatida yetishadi.Pedagogik ta’lim jarayonida raqobat emas, balki hamkorlik
tamoyillarini ilgari surish o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini chuqur anglashga
olib keladi. Ushbu dissertatsiya pedagogika oliy ta’limi sharoitida kollaborativ madaniyatni
rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlab, uni metodik jihatdan ta’minlash, jamoaviy
faoliyatni kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirish yo‘llarini ilmiy asoslab beradi.

Kollaborativ madaniyat (hamkorlik madaniyati) – bu o‘quv muhitida talabalarning

birgalikda ishlashga moyil tamoyillari, o‘zaro hurmat va jamoaviy mas’uliyat kabi qadriyatlar
majmuasidir. Zamonaviy pedagogikada ta’lim jarayonini talaba faolligi va hamkorligiga
asoslangan holda tashkil etish dolzarb masalaga aylandi[1. 2024:B.133]. Xususan, XXI asr
kompetensiyalari tarkibida talabalar uchun kommunikativ va kollaborativ ko‘nikmalar alohida
ahamiyat kasb etmoqda[2. 2006:B.14]. Bugungi ta’lim sohasidagi global tendensiyalar ta’lim
sifatiga qo‘yilayotgan talablarni oshirdi – talabalarda mustaqil fikrlash bilan birga jamoa bo‘lib
muammoni hal etish qobiliyatini ham shakllantirish zarurati tug‘ildi. Shu bois O‘zbekistonda
ham ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, interfaol va hamkorlikka asoslangan usullarni joriy
etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Kollaborativ madaniyatli ta’lim muhiti quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

talabalarning faol ishtiroki va hamma uchun ochiq munozara, g‘oyalarni erkin ifoda qilish
imkoniyati, barcha a’zolar hissasining qadrlanishi va o‘zaro yordamga tayyorlik. Bunday
muhitda o‘qituvchi “ma’ruza o‘quvchi”dan ko‘ra ko‘proq fasilitator (yo‘llaguvchi) rolini bajaradi
– ya’ni talabalar o‘zlari yechim topishlari uchun yo‘l ko‘rsatib, muloqot va hamkorlikni
rag‘batlantiradi. Natijada, talabalarda bir-birining fikrini tinglash, o‘z nuqtai nazarini himoya
qila olish va jamoaviy qaror qabul qilish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Pedagogik
tadqiqotlar tasdiqlashicha, barcha talabalarning dars jarayoniga jalb qilinishi ularning
kooperativ va kollaborativ ko‘nikmalarini shakllantirishga olib keladi, shuningdek, kichik
guruhlardagi bahs-munozaralar mavzuga qiziqishni oshiradi. Talaba dars davomida yetakchi
rolni bajarib ko‘rish, tengdoshlaridan o‘rganish va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga
ega bo‘lsa, bu uning hamkorlik madaniyatini mustahkamlaydi. Demak, pedagogik nuqtai
nazardan kollaborativ madaniyat – bu maxsus tashkiliy-pedagogik sharoit yaratilgandagina


background image

25

rivojlanadigan sifat bo‘lib, uning negizida ta’lim jarayonini demokratlashtirish, o‘qituvchi va
talaba hamkorligini ta’minlash yotadi.

Guruh ichida o‘zaro ishonch va hurmat muhitining mavjudligi kollaborativ madaniyatning

muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, aynan ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi atmosfera talabalarning erkin
fikr bildirishiga imkon yaratadi. Bir guruh tadqiqotchilar hamkorlikka asoslangan o‘qitish
jarayonida “inson bilimlari ijtimoiy o‘zaro ta’sir orqali kengayadi, ijodiy faollik rag‘batlantiriladi
va ishonchli ta’lim muhiti shakllanadi[5. 2024:B.46] ”deb ta‘kidlaydilar.

Sotsiologiyada jamoa bo‘lib o‘qish jarayoni “kichik guruh dinamikasi” orqali tahlil qilinadi

– unda guruhning har bir a’zosi muayyan rolni bajaradi, liderlik, murosa qilish, nizolarni hal
etish kabi jarayonlar kechadi. Kollaborativ madaniyat yuqori bo‘lgan guruhlarda yetakchilik va
mas’uliyat barcha a’zolar orasida taqsimlanadi, ya’ni har bir talaba nafaqat o‘z natijasi, balki
butun guruh muvaffaqiyati uchun ham mas’uliyatni his qiladi. O‘zaro bog‘liq maqsad sari
birgalikda intilish talabalarda jamoaviy liderlik sifatlarini ham rivojlantiradi.

Turli nuqtai nazarlarni hurmat qilish va baholamaslik ham ijtimoiy hamkorlik

madaniyatining belgilaridan biridir. Misol uchun, interfaol mashg‘ulotlarda har qanday fikr
bildirilar ekan, dastlab guruhda hech kim tanqid qilmaslik tamoyili joriy etilsa, talabalar
bemalol o‘z g‘oyalarini taklif qilishadi. Bu esa guruhda fikrlarning erkin shakllanishiga va
ijodkorlikning oshishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, ijtimoiy nuqtai nazardan kollaborativ
madaniyat – bu guruhda o‘zaro ishonch, hurmat, tenglik va hamjihatlik me’yorlarining qaror
topganligi bo‘lib, u talabalarning keyingi jamoaviy faoliyatlarida ham namoyon bo‘ladi. Bunday
madaniyatga ega talaba kelgusida hamkasblari bilan ham samarali ijodiy jamoa tuzib ishlay
oladi, chunki oliy ta’lim davridayoq unda guruh bilan muloqot va hamkorlik ko‘nikmalari
shakllangan bo‘ladi.

Psixologik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, hamkorlikda o‘qish talabalarda mantiqiy fikrlash,

muammo yechish va kreativ tafakkurni rivojlantiradi. Masalan, birgalikda muammoni tahlil
qilish jarayonida talabalar turli yechim yo‘llarini topishga intiladi, shu bilan ijodiy fikrlash
namoyon bo‘ladi[3. 2022:B.15]. Guruhiy munozaralar talabalarning tanqidiy fikrlash
ko‘nikmasini oshiradi – ular turli qarashlarni solishtirib, o‘z dalillarini mustahkamlashni
o‘rganadilar. Shuningdek, aqliy hujum (brainstorm) kabi usullar jamoada hech bir tanqidsiz
erkin g‘oyalar yaratilishini ta’minlab, talabalarning ijodkorligi va o‘zgalarning fikrini diqqat
bilan tinglash ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Bunday psixologik jarayonlar natijasida
talabalarda nafaqat bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish, balki jamoa bilan ishlashga ijobiy
emosional munosabat ham shakllanadi.

Shu o‘rinda, hamkorlikdagi o‘qishning shaxs motivatsiyasiga ijobiy ta’sirini alohida

ta’kidlash joiz. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, jamoaviy ta’limda talabalarning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishi va o‘zlashtirishi individual o‘qishga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘ladi[4.
2021:B.151]. O‘zaro rag‘bat va birgalikda muvaffaqiyatga erishish hissi talabalarga kuchli
motivatsion turtki beradi. Biroq, psixologik jarayonda individual xususiyatlarni ham inobatga
olish lozim: ba’zi tortinchoq yoki introvert talabalar uchun guruhda faol bo‘lish dastlab
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shu sabab, tajribali o‘qituvchilar guruh ishining fleksibil
(moslashuvchan) tuzilmasini tanlaydi – vazifalarni bajarishda har bir talabaning qobiliyati va
uslubiga mos sharoit yaratishga harakat qiladi. Masalan, kichik guruhlarga bo‘lishda talabalar
aralash qabiliyat va xarakterlarga ega bo‘lishi, rollarni almashtirib turish hamda zarur bo‘lsa
individual ko‘rsatmalar berilishi maqsadga muvofiq.


background image

26

Psixologik nuqtai nazardan kollaborativ madaniyat - bu shaxsning boshqa insanlar bilan

hamkorlikda o‘qish davomida orttiradigan muomala ko‘nikmalari, empatiya, liderlik va o‘ziga
ishonch kabi fazilatlarini qamrab oladi. Birgalikda ishlash jarayonida talabalarda sabr-toqat,
stressga barqarorlik va moslashuvchanlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanadi. Masalan, guruhda
nizoli vaziyat ketsa, talabalar muammoni murosaga kelib hal qilishni o‘rganadi – bu ularning
konfliktni boshqarish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shu bois, kollaborativ madaniyatga ega
bo‘lgan bitiruvchi kelgusida murakkab mehnat jamoalarida samarali ishlash salohiyatiga ega
bo‘ladi.

Kollaborativ madaniyat tushunchasi zamonaviy ta’limning muhim mezonlaridan biri

bo‘lib, u talabalarning o‘zaro hamkorligi, jamoaviy qaror qabul qilishi va bir-birini qo‘llab-
quvvatlash madaniyatini anglatadi. Ushbu maqolada pedagogik, ijtimoiy va psixologik nuqtai
nazardan mazkur madaniyatning shakllanishi, uning ta’lim samaradorligiga ta’siri chuqur tahlil
qilinadi. Mualliflar fikriga ko‘ra, jamoaviy muhitda talabalarda mustaqil fikrlash, empatiya,
liderlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi sifatlar rivojlanadi. Ayniqsa, L.S. Vygotskiyning “yaqin
rivojlanish zonasi” nazariyasiga asoslanib, hamkorlik orqali o‘quvchilarning bilim salohiyati
oshiriladi. Psixologik jihatdan qaralganda, guruhda ishlash orqali talabalar stressga
bardoshlilik, murosaga kelish va ijodkorlikni o‘zlashtiradi. Shu bois, pedagogik jarayonda
interfaol metodlar, kichik guruhli mashg‘ulotlar va tengdoshlar o‘rtasidagi hamkorlik
faoliyatlarini joriy etish dolzarb hisoblanadi. Kollaborativ madaniyat nafaqat ta’limdagi
muvaffaqiyat omili, balki jamiyatda faol va mas’uliyatli shaxsni shakllantirishda ham muhim
vositadir. Shu bois, bu madaniyatni rivojlantirish bugungi o‘zgaruvchan ta’lim tizimida ustuvor
vazifadir.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Aslanova N. X. O‘quvchilarda kollaborativ ko‘nikmalarni shakllantirish muammolari//

Social Sciences & Humanities jurnali, 2024. -B. 133-136
2.

Azizxo‘ayev N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat O‘quv qo‘llanma – T.:

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006. -B. 14.
3.

Billings E., Walqui A. WestEdThe Zone of Proximal Development: An Affirmative

Perspective

in

Teaching

ELLs/MLLs//

https://www.nysed.gov/sites/default/files/programs/bilingual-
ed/zone_proximal_development.pdf
4.

Comparison Of Individual and Collaborative Learning in Offline Teaching. Journal of

Pedagogical

Inventions

and

Practices,

3,

2021.

151-156.

https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/515
5.

Turemuratova A., Tursunboyeva G., Yusupova K., Sultanova Z. Analysis of pedagogical and

psychological mechanisms of developing collaborative skills of students based on a multi-
vector approach. Современные подходы и новые исследования в современной науке,
3(14), 2024. -С.46–49.

Bibliografik manbalar

Aslanova N. X. O‘quvchilarda kollaborativ ko‘nikmalarni shakllantirish muammolari// Social Sciences & Humanities jurnali, 2024. -B. 133-136

Azizxo‘ayev N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat O‘quv qo‘llanma – T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006. -B. 14.

Billings E., Walqui A. WestEdThe Zone of Proximal Development: An Affirmative Perspective in Teaching ELLs/MLLs// https://www.nysed.gov/sites/default/files/programs/bilingual-ed/zone_proximal_development.pdf

Comparison Of Individual and Collaborative Learning in Offline Teaching. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3, 2021. 151-156. https://zienjournals.com/index.php/jpip/article/view/515

Turemuratova A., Tursunboyeva G., Yusupova K., Sultanova Z. Analysis of pedagogical and psychological mechanisms of developing collaborative skills of students based on a multi-vector approach. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 3(14), 2024. -С.46–49.