ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI

Annotasiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
113-116

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
MIRZAAXMEDOVA, M. . (2025). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 113–116. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135288
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.


background image

113

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI

MAXLIYO MIRZAAXMEDOVA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI

“IJTIMOIY FANLAR VA CHET TILLARI” KAFEDRASI MUDIRI tsul77777@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16911196

Annotatsiya

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining

talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va
vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy
fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy”
kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil
insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining
bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy
jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar:

komil inson, ilm va ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik,

vatanparvarlik

Alisher Navoiy – nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki butun Sharq ma’naviy merosining

yirik namoyandasi sifatida insonparvarlik, adolat va ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan
mutafakkirdir. Uning asarlarida inson shaxsi, uning ma’naviy kamoloti va jamiyatdagi o‘rni
masalasi markaziy mavzulardan biri sifatida yoritilgan. Navoiy ijodida “komil inson” obrazi
alohida ahamiyat kasb etib, bu tushuncha shaxsning ilmiy, axloqiy va ruhiy jihatdan yuksalishi
orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi ideal timsol sifatida talqin etiladi.

Sharq falsafasi va tasavvuf an’analarida shakllangan “komil inson” konsepsiyasi

Navoiyning badiiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ana shu komil inson g‘oyasi Navoiy ijodida,
xususan, “Hayrat ul-abror” dostonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fikrimiz isboti sifatida, Navoiy
o‘zidan oldingi ustozlari asarlarini sevib mutoala qilgan va 1483-yilda Jomiyning Madrasai
Qudsdagi hujrasidagi suhbatlarning birida Jomiy Navoiyga yangi asarini beradi. Bu forsiy tilda
yozilgan asar Navoiyda juda katta taassurot qoldiradi. Navoiy bu tafakkur durdonalarini o‘z ona
turkiy (eski o‘zbek) tilida yozishga va xalqini bahramand etishga bel bog‘laydi va ustozi
Jomiydan duo oladi. O‘sha yiliyoq Navoiy o‘z asarini “Hayrat ul-abror” deb ataydi. Bu asarni
navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov o‘zbek tilidagi

ezgulik va insoniy barkamollik

saboqlari to‘plami

1

deb ataydi.

Mazkur maqolaning maqsadi – Alisher Navoiy asarlarida ideal inson konsepsiyasini tahlil

qilish, uning asosiy fazilatlarini ko‘rsatib berish hamda bu g‘oyalarning bugungi davr uchun
dolzarbligini ochib berishdan iboratdir.

Alisher Navoiyning butun ijodida inson shaxsi va uning ma’naviy yetukligi masalasi

markaziy o‘rin egallaydi. Jamiyatning taraqqiy topishi va rivojlanishi, albatta, insonlarning
axloqiy va ilmiy darajasiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois u “komil inson”
tushunchasini turli asarlarida keng yoritadi va ideal shaxsning asosiy fazilatlarini belgilab
beradi. Navoiyning nazarida, ilm va ma’rifatga intilish –komil insonning eng birinchi vazifasi
ekanligini ko‘rsatib beradi. U ilmni jaholatdan qutqaruvchi, insonni kamolot sari yetaklovchi

1

A. Qayumov. “Ezgulik va kamolot saboqlari”. Hayrat ul-abror/Alisher Navoiy: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz

Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 392 b.


background image

114

eng muhim kuch sifatida talqin qiladi. Navoiy “Hayrat ul-abror”ning o‘n birinchi maqolatida
“Ilm osmonining yuksaklikda porlovchi yulduzlarini jahl tunini yoritmoq uchun quyosh, oy va
kunduz kabi” xizmat qilishlarini yozadi.

Ilmni kim vositai joh etar,
O‘zini-yu xalqni gumroh etar

2

.

Ilm aslida insonni ma’rifatga, haqiqatni anglashga va jamiyatga foyda keltirishga

yetaklashi lozim bo‘lsa-da, uni mansab, shon-shuhrat va dunyoviy martaba orttirish vositasi
sifatida ishlatish asl mohiyatga zid hisoblanadi. Bunday yondashuv natijasida odam nafaqat
o‘zini haqiqatdan uzoqlashtirib, kibr va manmanlikka beriladi, balki xalqni ham gumroh etib,
nodonlik va yolg‘on yo‘lga boshlaydi. Shu bois ilm ikki qirrali qurol bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lda foyda,
noto‘g‘ri yo‘lda esa zarar keltirishi mumkin. Tasavvufda ilm “nur” sifatida talqin qilinib, uni
qalbni poklash va Allohni tanish uchun ishlatish zarur, aks holda u jaholat quroliga aylanadi.
Navoiy ham o‘z asarlarida “haqiqiy olim” va “soxta olim”ni farqlab, ilmning mohiyatan insonni
komillikka yetaklashi lozimligini ta’kidlaydi. Shu bois mazkur bayt ham “komil inson”
konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, haqiqiy komil inson ilmni jamiyat va inson ruhiy
yuksalishi yo‘lida sarf etishi lozimligi g‘oyasini ifodalaydi.

Komil insonning ikkinchi vazifasi axloqiy poklik va adolatdir. Navoiy ideal insonni halol,

rostgo‘y, insofli va adolatli shaxs sifatida tasvirlab, Saddi Iskandariy dostonida quyidagicha
ta’rif keltiradi:

Adolatqa yetganda qilmish Xudo,
O‘z otini “Al-adl” birla ado.
Bu otig‘a ko‘prak uchun ehtimom,
Aning birla olamg‘a berdi nizom.

3

Mazkur baytda adolat tushunchasi ilohiy darajaga ko‘tarilib, Xudoning “Al-Adl” — ya’ni

Mutlaq Adolat egasi sifatida ta’riflanishi ilgari suriladi. Shoirning ta’kidlashicha, adolat
Xudoning ulug‘ sifatlaridan bo‘lib, u olamning asosiy nizomi va tartibining kafolatidir. Zero,
adolat tufayli yaratilishdagi muvozanat va uyg‘unlik qaror topgan, insonlar hayotining
ma’naviy-me’yoriy mezonlari belgilangan. Shu bois “Al-Adl” ismi boshqa sifatlar ichida alohida
o‘rin tutadi va ko‘proq e’tibor talab etadi, chunki butun mavjudotning barqarorligi va
jamiyatning taraqqiyoti aynan adolat tamoyiliga tayanadi. Demak, Navoiy nazarida adolat ilohiy
sifat sifatida inson hayotida ham asosiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Insonparvarlik va saxovat esa komil insonning uchinchi fazilatlaridan biridir. Boshqa

insonlarning dardiga befarq bo‘lmaslik, yordam qo‘lini cho‘zish, mehribonlik, saxovat va
boshqalarga ezgulik qilish komillikning muhim qirralaridan biridir. Quyidagi hikmat tashbeh –
o‘xshatish asosiga qurilgan bo‘lib, bir siniq ko‘ngilni ko‘tarish Ka’bani obod qilishga
tenglashtiriladi:

Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Vatanparvarlik va xalq xizmatida sadoqatli bo‘lish, bu komil insonning yana bir

2

Alisher Navoiy/Hayrat ul-abror: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi. 2006. – 157 b.

3

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy: Nasriy bayoni bilan/Alisher Navoiy;Nasriy bayonni qayta to‘ldirib, nashrga

tayyorlovchi M.Hamidova. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 84 b.


background image

115

fazilatlaridan biridir. Navoiy o‘z asarlarida ideal insonni jamiyat va xalq manfaati uchun
kurashuvchi shaxs sifatida talqin qiladi. Vatan ravnaqi va xalq farovonligi uchun mehnat qilish
komillikning eng yuksak darajasidir. Vatanga sodiq qolishga, uni bir lahza ham tashlab
ketmaslikka, uni beparvo qoldirmaslik kerakligi haqida quyidagi baytni keltiradi:

Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g’urbat havas aylama

4

.

***
Odamiy ersang, demagil odamiy
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Shoir komil insonni – jamiyatga foydali kasb bilan shug’ullanishi, xalqqa manfaati tegishi,

odamlarning og’irini yengil qilishida deb biladi. Xalq g‘amini yemaydigan odamni odam
qatoriga qo’shmaydi.

Navoiyning qarashlarida komil inson – bu ilmli, adolatli, axloqan pok, mehribon va jamiyat

uchun xizmat qiluvchi shaxsdir. Bu fazilatlar mutafakkirning badiiy merosida turli qahramonlar
timsolida ifodalanib, butun asarlarining bosh g‘oyasini tashkil etadi.

Alisher Navoiyning besh dostonidan iborat “Xamsa”sida ideal insonning turli qirralari

ochib beriladi. Qisqacha aytganda, “Hayrat ul-abror” ideal insonning axloqiy va ma’rifiy
qiyofasini belgilashga qaratilgan. Farhod va Shirin”da Farhod obrazi mehnatsevarlik, sabr-
toqat va fidoyilik fazilatlari bilan ajralib turadi. Farhodning shaxsiy manfaatlardan voz kechib,
jamiyat uchun qurilgan inshootlarda jonbozlik ko‘rsatishi ideal insonning jamiyat manfaati
yo‘lida xizmat qilishini ifodalaydi. “Layli va Majnun”da esa komil insonning ruhiy va ma’naviy
pokligi tasvirlanadi. Majnun obrazi orqali Navoiy ilohiy muhabbat, vafodorlik va qalb yuksakligi
g‘oyalarini ilgari suradi. Sab’ai Sayyor”da turli sayyoralarga oid hikoyatlar orqali axloqiy
saboqlar beriladi. Undagi qahramonlar o‘z xatti-harakati bilan sabr, donolik va halollikni targ‘ib
etadi. Bu doston ideal insonning hayotiy tajriba, to‘g‘ri tanlov va donishmandlik orqali
komillikka erishishini ko‘rsatadi. “Saddi Iskandariy”da esa odil podsho obrazi markazga
qo‘yiladi. Iskandar timsolida Navoiy adolatli boshqaruv, xalqparvarlik va davlatni adolat bilan
idora qilishni ideal insonning siyosiy qiyofasi sifatida talqin qiladi. Shunday qilib, “Xamsa”
qahramonlari orqali Navoiy ideal insonni har tomonlama yoritadi: axloqiy yetuklik,
mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, donolik va adolatli boshqaruv – bularning barchasi komil
inson konsepsiyasining tarkibiy qismlarini tashkil etadi.

Xulosa qilsak, Alisher Navoiyning “komil inson” haqidagi qarashlari nafaqat o‘z davri

uchun, balki bugungi zamon uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. U ilgari surgan adolat,
ma’rifat, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi fazilatlar zamonaviy jamiyat taraqqiyotining
asosiy tamoyillari hisoblanadi. Alisher Navoiyning badiiy merosi nafaqat adabiy yodgorlik,
balki chuqur falsafiy-axloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etgan ma’naviy manbadir. Uning
“komil inson” haqidagi qarashlari ilm, ma’rifat, adolat, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi
yuksak fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Shoirning “Xamsa” dostonlarida turli
qahramonlar timsolida ideal inson obrazi turli qirralarda yoritilgan: Shu bois, Navoiy asarlarida
ilgari surilgan “komil inson” konsepsiyasi nafaqat o‘z davrining, balki hozirgi zamonning ham

4

Алишер Навоий ҳикматлар. Тўпловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи: Эргаш Очилов. – T.: O‘zbekiston. 2011 –

281 б.


background image

116

ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlariga javob bera oladigan bebaho ta’limotdir.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A. Qayumov. “Ezgulik va kamolot saboqlari”. Hayrat ul-abror/Alisher Navoiy: To’plab

nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
2006. – 392 b.
2.

Alisher Navoiy/Hayrat ul-abror: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 157 b.
3.

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy: Nasriy bayoni bilan/Alisher Navoiy;Nasriy bayonni

qayta to‘ldirib, nashrga tayyorlovchi M.Hamidova. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi. 2006. – 84 b.
4.

Алишер Навоий ҳикматлар. Тўпловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи: Эргаш

Очилов. – T.: O‘zbekiston. 2011 – 281 б.

Bibliografik manbalar

A. Qayumov. “Ezgulik va kamolot saboqlari”. Hayrat ul-abror/Alisher Navoiy: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 392 b.

Alisher Navoiy/Hayrat ul-abror: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 157 b.

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy: Nasriy bayoni bilan/Alisher Navoiy;Nasriy bayonni qayta to‘ldirib, nashrga tayyorlovchi M.Hamidova. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 84 b.

Алишер Навоий ҳикматлар. Тўпловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи: Эргаш Очилов. – T.: O‘zbekiston. 2011 – 281 б.