134
“QUSH TILI” TURKUMIDAGI DOSTONLARDA HIKMATLI SO‘ZLARNING
BADIIY TALQINI
Halimova Shahlo To‘lqin qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti
universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16963265
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Qush tili” turkumiga mansub dostonlarda uchraydigan
hikmat, maqol, ibora va hadislarning badiiy talqini o‘rganiladi. Asosiy e’tibor mazkur janrda
diniy-ma’naviy merosning poetik ifodalanishiga, ramziy ma’nolar tizimi va noma shaklidagi
bayon uslubiga qaratiladi. Shuningdek, hikmat va hadislarning mazmun-mohiyati, ularning
asar poetikasidagi o‘rni hamda badiiy ta’sir kuchi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
qush tili, turkum, hikmat, poetika, hadis, noma, ramz.
Аннотация:
В данной статье рассматривается художественная интерпретация
назиданий, пословиц, выражений и хадисов, встречающихся в поэмах цикла «Язык
птиц». Основное внимание уделяется поэтическому выражению религиозно-
нравственного наследия, системе символов и эпистолярной форме повествования.
Анализируется содержание и смысл назиданий и хадисов, их роль в поэтике
произведения, а также художественная выразительность.
Ключевые слова:
язык птиц, цикл, назидание, поэтика, хадис, письмо, символ.
Abstract:
This article explores the artistic interpretation of wisdom sayings, proverbs,
expressions, and hadiths found in the “Language of Birds” cycle of poems. The focus is on the
poetic expression of religious and moral heritage, the system of symbols, and the epistolary
style of narration. The study analyzes the meaning and essence of wisdom sayings and hadiths,
their role in the poetics of the work, and their artistic impact.
Keywords:
language of birds, cycle, wisdom, poetics, hadith, letter, symbol.
“Qush tili” turkumidagi dostonlar matni poetikasi haqida shuni ta’kidlash joizki, ular har
jihatdan rang-baranglikka egadir. Ushbu dostonlarning poetik xususiyatlarini tahlil etar
ekanmiz, ularning asosiy poetik strategiyalaridan biri sifatida fikrni muxtalif shakllarda –
hikmatlar, maqollar, iboralar orqali ifodalashga bo‘lgan intilishni ko‘rish mumkin. Bunda
mualliflar kitobxonning diqqatini asardan uzmaslik, mutolaa jarayonida doimiy ravishda
fikrlashga chorlash kabi usullarga ustalik bilan murojaat qilganlar. Ayniqsa, asar qahramonlari,
xususan, Hudhud yoki boshqa ramziy obrazlar tilidan bayon etilgan hikmatli so‘zlar poetik
matnning ma’naviy-falsafiy qatlamini chuqurlashtirib, dostonning estetik qiymatini oshiradi.
Hikmatli so‘zlar xalq jonli tilidagi maqol, matal, ta’bir, ibora kabi mazmunlarni ifodalash bilan
birga, yozma adabiyotdagi qisqa, ixcham, aniq, badiiy falsafiy jumlalarni, bayt va misralarni,
ba’zan kichik parchalarni ham o‘z doirasiga qamrab oladi
1
. Hikmatli so‘zlarning yozma
adabiyotga xos ushbu ta’rifi g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksakligi, siqiq va o‘tkir mantiqi, falsafasi
bilan Hazrat Navoiyning ijodi uchun juda xarakterlidir. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-
maoniy”, “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub” hamda tadqiqotimiz doirasida o‘rganilayotgan “Lison ut-
tayr” asarlari hikmatli so‘zlarga juda boy. Ularda hayotning har bir jabhasiga oid mavzular
qamrab olingan. Shuningdek, “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan hikmatlarning asosiy g‘oyasi
o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tartiblashga nisbatan qaratilgan
1
Ҳакимов М. Навоий афоризмларининг манбаларига доир // Адабий мерос. – Т.: Фан, 1971. – № 2. – Б. 80.
135
bo‘lsa-da, tub mazmunida insonga xos sifatlarning maqomi va o‘rnini belgilovchi irfoniy
mazmundagi baytlar ustuvorlik qiladi. Navoiy haqiqiy inson o‘zining qiymatini tashqi ko‘rinishi,
kiyim-kechak, boylik yoki jismoniy go‘zallikda emas, balki ichki fazilatlar – aql, odob, halollik,
ilm va kamtarlikda ko‘rishi lozimligini ta’kidlab, kimki o‘zining faqat tashqi qiyofasi yoki boyligi
bilan maqtansa, u inson degan nomga loyiq emasligini quyidagi hikmat ila ifodalaydi:
Odam o‘lg‘on zebi zohirdin demas,
Kimki ondin faxr etar – odam emas
2
.
Xuddi shu mavzuda quyidagi hikmatning ham badiiy qiymati e’tiborga molikdir:
Odam ermas ulki noinsof erur,
Odam insof istamas – ammo berur.
Istamaslar eldin insof ahli haq.
Kim alarga keldi munsiflig‘ sabaq.
Butun umri davomida jamiyat, turmush, tabiat voqea-hodisalarini buyuk bir faylasuf va
donishmand sifatida kuzatgan
Navoiy hikmatlarni chuqur mantiqiy xulosalarga kelish
natijasida yaratdi
3
. Boshqa asarlaridagidek bu dostonda ham er kishilarga xos bo‘lgan sifatlar
qanday bo‘lishi lozimligiga alohida urg‘u beradi:
Er kirar er soniga himmat bila,
Er emas faxr aylag‘on ziynat bila.
Erga xulqu fe’l erur zebu jamol,
Yangi zarkash hullasidur eski shol
4
.
Agar himmat bir gavhar bo‘lsa, insonni sadaf deb hisobla, bu sadafga asl sharaf o‘sha
gavhar tufayliligini Hudhud tilidan CXXIV bobda tubandagi baytlarda bayon etadi:
Erga himmatdin erur yuz e’tibor,
Johu mulku ganjning ne dahli bor.
Mol o‘lub gar yo‘q kishining himmati,
Ma’ni ahli ollida yo‘q izzati.
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida hikmatli baytlar katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu baytlar orqali muallif murakkab tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarni sodda va chuqur ma’no
anglatadigan shaklda ifoda etishga erishadi. Navoiyda bu hikmatlar poetik jihatdan ixcham,
ma’no jihatidan esa chuqur bo‘lib, didaktik ruhni kuchaytiradi.
Mavlono Xoja Qozi Payvandi Rizoiy “Qush tili” dostonida fikr tasdig‘i yoxud xulosasi
sifatida hadislar va Qur’oni karim oyatlariga murojaat qiladi. Bu esa, nafaqat hikmatni estetik
jihatdan boyitadi, balki uni mushohada va tafakkurga undovchi shaklga keltiradi. Jumladan,
Muhammad alayhissalomning “Dunyoga berilish murdorlikdir, unga itlargina beriladi,” –
mazmunidagi hadisini quyidagicha nazmga soladi.
Bu jahondur jifavu tolib anga –
Itdurkim, it erur rog‘ib anga.
It emassiz – jifaga rag‘batki ne,
It kibi murdor ila rag‘batki ne
5
?
Muallif ezgulikka da’vat etar ekan, bu dunyo hayotining o‘tkinchiligi va oxiratning
2
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013. – B. 53.
3
Ҳакимов М. Навоий афоризмларининг манбаларига доир // Адабий мерос. – Т.: Фан, 1971. – № 2. – Б. 85.
4
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013. – B. 64.
5
Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоий. Қуш тили. – T.: ЎзРФА Давлат адабиёт музейи, 2009.
– Б. 168.
136
abadiyligi haqidagi “Bu dunyo oxirat ekinzoridir,” – hadisi sharifini badiiy shaklda taqdim etadi:
Ul ekin asbobini rahbar yurub,
Rohravga o‘rgatibdur ko‘rguzub,
Qilmish ul ham ul ziro’atni nasaq,
Biriga o‘n ko‘z tushub vaqti o‘raq.
Yaxshiliqdin har naki ekkay bukun,
Tongla topgay biriga albatta o‘n
6
.
“Vatanni sevmoq iymondandir” hadisining quyidagi baytdagi ifodasi Rizoiyning poetik
mahorati va estetik yondashuvining o‘ziga xos uslubini namoyon etadi:
Balki ketmas ko‘nglumizdin ul atan,
Nekim iymondin erur hubbul vatan
7
.
Alisher Navoiy ijodida hadis ilmi va tasavvufiy hikmatlar alohida o‘rin egallaydi. U o‘zining
“Nazm ul-javohir” va “Arbain” kabi asarlarida hadislarni to‘rtliklar shaklida badiiylashtirgan,
ularni she’riy ifoda vositasi orqali xalq qalbiga yaqinlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu uslub
nafaqat diniy-ma’rifiy maqsadlarga xizmat qilgan, balki turkiy mumtoz adabiyotida hadisni
badiiy talqin qilish an’anasi sifatida mustahkam o‘rin egallagan. Guvohi bo‘lganimizdek,
Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy ham “Qush tili” dostonida ushbu an’anaviy yo‘lni davom
ettirgan. U hadisiy mazmunlarni bevosita keltirish yoki ularning mazmunidan foydalanish
orqali Navoiy an’anasiga suyangan holda ijtimoiy-irfoniy g‘oyalarni she’riy asosda ifodalagan.
Bu holat uning Navoiy poetik merosidan xabardor bo‘lganini va uni ijodiy tarzda davom
ettirganini ko‘rsatadi. “Qush tili” dostoni matni tahliliga e’tibor qaratilsa, unda Rizoiy nafaqat
Qur’oni karim oyatlari va hadis mazmunlarini badiiy shaklda ifodalashga intilgani, balki xalq
og‘zaki ijodidan, maqol va matallar ohangidan, ommabop ibora va tasviriy vositalardan ham
ijodkorona foydalanganini ko‘rish mumkin. Ushbu shakl asarning tilini jonli, obrazini ta’sirchan
va g‘oyaviy qatlamini xalqchil ruhda ifodalashga xizmat qiladi. Xususan, xalq orasida keng
tarqalgan hikmatli so‘zlar, aforizmlar, kundalik hayotga doir iboralar Rizoiy tomonidan poetik
mahorat bilan she’riy nutqqa singdirilgan. Bu iboralar badiiy kontekstda qo‘llanilgani bois, ular
nafaqat bezakli til unsuri, balki axloqiy-ma’naviy g‘oyaning vositachisi sifatida ham xizmat
qiladi. Ana shu jihatlar Rizoiy ijodining xalqchil mohiyatini ochib beradi va uni Navoiy
maktabining ijodiy izdoshi sifatida ko‘rsatadi:
Bir ovuch kul qolsa ondin zarravor,
Ko‘kka sovurmoq kerak ne ixtiyor.
Yana bir misol:
Hech manzilda tavaqquf qilmangiz,
Garchi jannat bo‘lsa ko‘zga ilmangiz.
Quyidagi misolda muallif xalq iborasini hikmatli so‘z darajasiga chiqarishda, uning
ta’sirchanligi hamda ohangdorligini oshirishda badiiy mahorat ko‘rsatganligining guvohi
bo‘lamiz:
Talpining, suv yanglig‘ o‘zni solmangiz,
Qora tufroqqa qorishib qolmangiz.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, “Qush tili” turkumi dostonlari matnidagi hikmatli so‘zlarni
6
Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоий. Қуш тили. – T.: ЎзРФА Давлат адабиёт музейи, 2009.
– Б. 236.
7
Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоий. Қуш тили. – T.: ЎзРФА Давлат адабиёт музейи, 2009.
– Б. 237.
137
tadqiq qilish, avvalo, mualliflarning asosiy falsafiy qarashlarini xarakterlashga hamda o‘sha
davr etika va estetikasining turli tomonlarini yoritishga keng yo‘l ochib beradi. Shuningdek,
adib asarlari tilini, badiiy mahoratini o‘rganishning eng muhim qismini tashkil etadi.
References:
Используемая Литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi
NMIU, 2013. – 768 b.
2.
Абдулхайр М. Навоий асарларининг изоҳли луғати. – Тошкент: “ЎзМЭ” Давлат
илмий нашриёти, 2018. – 560 б.
3.
Ҳакимов М. Навоий афоризмларининг манбаларига доир // Адабий мерос. – Т.: Фан,
1971. – № 2. – Б. 85.
4.
Мавлоно Хожи Қози Пайвандий Ризоий. Қуш тили. – T.: ЎзРФА Давлат адабиёт
музейи, 2009. – 380 б .
5.
Сирожиддинов Ш. Ўзбек мумтоз адабиётининг фалсафий сарчашмалари /
Монография, – Т.: Янги аср авлоди, 2011. –200 б.
