XITOYNING ZAMONAVIY GEOSIYOSAT MAKTABI VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Annotasiya

Ushbu maqola Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabini ko‘rib chiqadi, uning asosiy tamoyillari va asosiy ta’sir yo‘nalishlariga e’tibor qaratadi. Tahlil Xitoyning qadimiy falsafalar va zamonaviy davlatchilik aralashmasi bilan ajralib turadigan global kuch dinamikasiga strategik yondashuvini o‘rganadi. Ushbu maktabning markazida “Bir makon, Bir yo‘l” tashabbusi (BRI), Janubiy Xitoy dengizidagi dengiz strategiyasi va Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va BRICS kabi ko‘p tomonlama tashkilotlardagi roli kabi asosiy yo‘nalishlar mavjud. Bundan tashqari, maqolada Xitoyning iqtisodiy diplomatiya, yumshoq kuchni kengaytirish va texnologik innovatsiyalarga global mavqeini oshirish vositasi sifatida urg‘u berilgan. Tadqiqot Xitoyning zamonaviy geosiyosiy strategiyasi uning jahon sahnasidagi o‘zaro ta’sirini qanday shakllantirishi va kelajakdagi global yetakchilik haqidagi qarashlarini har tomonlama tushunishga qaratilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
8-12
35

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayeva , O. . (2024). XITOYNING ZAMONAVIY GEOSIYOSAT MAKTABI VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(9), 8–12. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45894
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabini ko‘rib chiqadi, uning asosiy tamoyillari va asosiy ta’sir yo‘nalishlariga e’tibor qaratadi. Tahlil Xitoyning qadimiy falsafalar va zamonaviy davlatchilik aralashmasi bilan ajralib turadigan global kuch dinamikasiga strategik yondashuvini o‘rganadi. Ushbu maktabning markazida “Bir makon, Bir yo‘l” tashabbusi (BRI), Janubiy Xitoy dengizidagi dengiz strategiyasi va Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) va BRICS kabi ko‘p tomonlama tashkilotlardagi roli kabi asosiy yo‘nalishlar mavjud. Bundan tashqari, maqolada Xitoyning iqtisodiy diplomatiya, yumshoq kuchni kengaytirish va texnologik innovatsiyalarga global mavqeini oshirish vositasi sifatida urg‘u berilgan. Tadqiqot Xitoyning zamonaviy geosiyosiy strategiyasi uning jahon sahnasidagi o‘zaro ta’sirini qanday shakllantirishi va kelajakdagi global yetakchilik haqidagi qarashlarini har tomonlama tushunishga qaratilgan.


background image

8

XITOYNING ZAMONAVIY GEOSIYOSAT MAKTABI VA UNING ASOSIY

YO‘NALISHLARI

Abdullayeva Ozoda Farmon qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

yetakchi mutaxassisi

Ozodaabdullayeva20@gmail.com

+998912444615

https://doi.org/10.5281/zenodo.13285186

Annotatsiya.

Ushbu maqola Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabini ko‘rib chiqadi,

uning asosiy tamoyillari va asosiy ta’sir yo‘nalishlariga e’tibor qaratadi. Tahlil Xitoyning
qadimiy falsafalar va zamonaviy davlatchilik aralashmasi bilan ajralib turadigan global kuch
dinamikasiga strategik yondashuvini o‘rganadi. Ushbu maktabning markazida “Bir makon, Bir
yo‘l” tashabbusi (BRI), Janubiy Xitoy dengizidagi dengiz strategiyasi va Xitoyning Shanxay
hamkorlik tashkiloti (SHHT) va BRICS kabi ko‘p tomonlama tashkilotlardagi roli kabi asosiy
yo‘nalishlar mavjud. Bundan tashqari, maqolada Xitoyning iqtisodiy diplomatiya, yumshoq
kuchni kengaytirish va texnologik innovatsiyalarga global mavqeini oshirish vositasi sifatida
urg‘u berilgan. Tadqiqot Xitoyning zamonaviy geosiyosiy strategiyasi uning jahon sahnasidagi
o‘zaro ta’sirini qanday shakllantirishi va kelajakdagi global yetakchilik haqidagi qarashlarini
har tomonlama tushunishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Xitoyning zamonaviy geosiyosati, BRIKS, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti,

rivojlanayotgan davlat, yuksalayotgan kuch, global kuch, super kuch.

Abstract.

This article examines the modern geopolitical school of China, focusing on its

foundational principles and main areas of influence. The analysis delves into China’s strategic
approach to global power dynamics, which is characterized by a blend of ancient philosophies
and contemporary statecraft. Central to this school are key areas such as the Belt and Road
Initiative (BRI), maritime strategy in the South China Sea, and China’s role in multilateral
organizations like the Shanghai Cooperation Organization (SCO) and BRICS. Additionally, the
article explores China’s emphasis on economic diplomacy, soft power expansion, and
technological innovation as tools to enhance its global standing. The study aims to provide a
comprehensive understanding of how China’s modern geopolitical strategy shapes its
interactions on the world stage and its vision for future global leadership.

Key words:

China’s modern geopolicy, BRICS, Shanghai Cooperation Organization,

developing country, rising power, global power, super-power.

Hozirgi global geosiyosiy vaziyat jahon siyosatida “Xitoy” omilining sezilarli darajada

ortib borishi bilan ajralib turadi, u hozirgi vaqtda quyidagi xususiyatlarga ega:

XXI asrda ShHT, BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, XXR, JAR), G-20 talik guruhi kabi

tashkilotlarning paydo bo‘lishi bilan yaqqol namoyon bo‘lgan xalqaro tuzilmadagi
o‘zgarishlarning yuqori dinamikasi bo‘lib, bunda Xitoy ushbu tizimni tuzuvchi davlat sifatida
namoyon bo‘ldi va unda yetakchi o‘rinni egalladi;

Jahon iqtisodiyoti va jahon moliyasidagi beqarorlik sharoitida, Xitoy o‘zining yillik

barqaror o‘sish bilan mavqeyi nafaqat yanada oshmoqda, balki dominantga aylanib bormoqda
va agar bunga Xitoyning XVF (Xalqaro valyuta fondi)

dagi ulushining oshishini qo‘shsak, Xitoy,


background image

9

umuman olganda yagona benefitsiar

1

davlat bo‘lib chiqadi;

Yaqin Sharqda (Suriya, Eron, Isroil-Falastin) va hozirda Janubiy Xitoyda (XXR - Filippin,

Vetnam) va Sharqiy Xitoy dengizlarida (XXR - Yaponiya) mintaqaviy mojarolarning yakuniy
xavfi va bu esa birinchi marta, Xitoyni zaif holatga solib qo‘ydi.

Keyingi o‘n yillikdagi jahon siyosatining asosiy mazmuni Xitoy va Amerika o‘rtasidagi

global geosiyosiy qarama-qarshiligi bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda Xitoyning roli (mojaro
ishtirokchisi yoki tartibga soluvchisi sifatida) va uning dunyo ishlarida “qattiq” kuchini
loyihalash qobiliyati ortib bormoqda.

Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan

olimlardan Ye Szichen, Chjan Shipin, Shen Veyle, Li Ixu, Sun Syandun, U Syaodi, Chjan Venmu va
boshqa ko‘plab olimlarning fundamental tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. Shuningdek,
zamonaviy siyosat faylasufi Chjao Tinyanning tadqiqotlari — “Tyansya tizimi”, “Yomon dunyo”
va “Dunyoga qarashli bo‘lmagan dunyo”

2

, Xon Bing va Yan Syuetunning - Xitoyning milliy

manfaatlariga bag‘ishlangan ikkita monografiya, Yan Syuetunning “Xalqaro munosabatlar
tahlili” va Yang Yuan, Chjan Shipinning “Xitoyning dengiz kuchi”, Ye Szichenning “Xitoy
geosiyosati va diplomatiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir

3

. Ye Szichenning 2003-yildagi

“Xitoyning Buyuk strategiyasi” 2011-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan Xitoyning yagona
strategiyasi haqidagi asar edi

4

.

Geopolitikaga oid ilk nashrlardan xitoylik olimlar G‘arb va Xitoy geosiyosatining

nazariyasi va amaliyotidagi sezilarli farqlarga e’tibor qaratgan. Ular Xitoyning geosiyosiy
nazariyalari faqat milliy ildizlarga asoslanganligini va o‘zlarining geosiyosiy nazariyalari G‘arb
geosiyosiy nazariyalarining davomi yoki rivojlanishi emasligini ta’kidlaydilar. Xitoy amaliy
geopolitikasi, ularning fikricha, har doim tinch tabiatga ega bo‘lib, boshqa odamlarning yashash
joylarini egallashni maqsad qilmagan. Xitoy imperatorlarining qo‘shinlari hech qachon ular
uchun an’anaviy bo‘lgan siyosiy hukmronligining ko‘rsatilgan mintaqasidan tashqariga
chiqmagan.

Ushbu tafovutlarni bayon qilish ohangini Ye Szichen

(

叶自成

)

(Pekin universitetining

xalqaro munosabatlar instituti professori), (Xitoyning quruqlik hokimiyatini ustuvor
rivojlantirishning izchil tarafdori, uchinchi quruqlik hokimiyati kontseptsiyasi muallifi)
belgilab berdi, u o‘zining “Xitoy geosiyosat va diplomatiyasi” asari muqaddimasida Xitoy
geosiyosatidagi quyidagi farqlarga e'tibor qaratdi:

Xitoy geosiyosati o‘zining ilmiy yo‘nalishi va o‘z maktabi sifatida shakllangan. Xitoyda

geosiyosiy g‘oyalarni antik davrda ham, hozir ham siyosatchilar, G‘arbda esa olimlar ilgari
surgan. Xitoyda geosiyosat siyosiy amaliyot asosida shakllantirilgan va bevosita davlatning
siyosiy ehtiyojlariga xizmat qilgan. G‘arb geosiyosati boshidanoq o‘zining ilmiy va tadqiqot
xarakterida geografik omillarga e’tibor qaratgan holda ancha kuchli edi. Xitoy geosiyosati

1

Benefitsiar

(ing. beneficiary imtiyozlardan foydalanadigan) — bankga pul qoʻygan omonat egasi yoki uning

merosxoʻri, depozit yoki omonat (jamg’arma) sertifikati egasi.

2

没有世界

观的世界/赵汀阳

著。-北京:中国人民大学出版社,

2005

年第

67

- Чжао Тинян. Мир без

мирового взгляда. -Пекин: Издательство Китайского университета Жэньминь, 2005 . – C.67.

3

Грачиков Е. Н. Геополитика Китая: эгоцентризм и пространство сетей. –М: Издательство «Русайнс», 2015.-C.6-

45.

4

Е Цзычэн. Великая стратегия Китая. –Пекин: Издательство Академии общественных наук Китая, 2003.- C.7.


background image

10

iqtisodiy va inson omillari bilan bir qatorda ko‘proq siyosiy omillarga urg‘u beradi.

Shuningdek, Xitoyning geosiyosatida, AQSh yoki Rossiyaning geosiyosatidan farqli

o‘laroq, dunyo makonining “o‘z” maydoni tushunchasi mavjud emas. Xitoyning butun tarixi juda
yopiq geografik muhitda o‘tdi: shimoldan Sibirning cho‘l yerlari, janub va sharqdan — dengiz,
g‘arb va janubi-g‘arbdan esa Pomir va Himoloy tog‘larining yengib bo‘lmas tizmasi bor edi.
Bular hammasi birgalikda Xitoyning xalqaro ta'sirini sezilarli darajada cheklab qo‘ydi

5

.

Xitoy o‘z tarixining ko‘p qismida rivojlanish bo‘yicha chegaradosh mamlakatlardan ancha

oldinda edi va shuning uchun hamisha o‘zini dunyoning markazi deb hisoblab, Markaz
sifatidagi imidj ta’sirida bo‘lgan. Bugun esa Xitoy buyuk jahon davlatiga aylanib, o‘zining global
siyosatini ishlab chiqishi mumkin. Biroq, XXI asr boshlarigacha Xitoyning geopolitikasi Xitoy
markaz bo‘lgan Sharqiy Osiyo mintaqasi bilan cheklangan edi

6

.

XXR o‘zining 63 yillik faoliyati davomida uch marta global muammolarga duch keldi va bu

uning geosiyosiy qarashlarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.

Birinchisi, siyosiy qiyinchilik (1949-197-yillar) Xitoyning tan olinishi, xalqaro

munosabatlar tizimiga qo‘shilish uchun kurashishi bilan bog‘liq edi va aslida huquqiy
xususiyatga ega edi. U XXRning BMT va ushbu tashkilot Xavfsizlik Kengashidagi huquqlarini
tiklash bilan yakunlandi.

Ikkinchisi, iqtisodiy qiyinchilik (1971-2001-yillar) Xitoy o‘z iqtisodiy tizimining yaratish

davrida yuzaga kelgan muammolar davri. 2001-yilda Xitoyning Jahon savdo tashkilotiga a'zo
bo‘lishi mamlakatning jahon iqtisodiyotiga kirishini va Xitoyning iqtisodiy rivojlanish
modelining tan olinishini ko‘rsatdi.

Uchinchisi, sivilizatsiyaviy muammo – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy o‘ziga xosligiga tegishli.

Xitoy hozirda o‘z davlati hayotining deyarli barcha jabhalarida – siyosatda, jamiyatda, xalqning
ma'naviy hayotida G‘arb tomonidan bosim ostida. G‘arbni ifodalovchi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi
bugungi kurash fundamental, mafkuraviy xarakterga ega, chunki u Xitoy o‘ziga xosligining
asosiy masalalariga: qadriyatlar tizimi va mamlakat rivojlanishining umumiy modeliga ta’sir
qiladi va jamoat ongi sohasida olib borilmoqda

7

.

Xitoy Zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi AQSh institutining xitoylik akademik

direktori Yuan Peng jahondagi mavjud vaziyatni quyidagicha tahlil qiladi.

8

Xalqaro tizim

o‘zgarishlarining yangi davrida Xitoy ham boshqa davlatlar bilan “mustaqil” va “qo‘shma”
transformatsiyalar jarayonida. Xitoy jahon tizimini o‘zgartirishning muhim omili, shuningdek,
uning asosiy natijasidir. Bu esa Xitoyning XXI asrdagi o‘rni haqidagi qonuniy savolni tug‘diradi.
Xitoy tadqiqotchilari, Yuan Pengning Xitoy endi tabiatan bir xil bo‘lmagan to‘rtta subyektni aks
ettiruvchi davlatdir, degan xulosaga kelishi e'tiborimizni qaratadi, ularni shartli ravishda “birda
to‘rtta” deb atash mumkin:

- rivojlanayotgan davlat (developing country);
- kuchayib borayotgan quvvat (rising power);

5

Е Цзычэн.Геополитика и дипломатия Китая. Гл. ред.-П:Пекинское издательство, 1998.-C.10-28.

6

Внешняя политика Китая. 05.04.2011 http://www.febras.ru/partnery/kitaj/197-vneshnyaya-politika.html

7

Грачиков Е. Н. Геополитика Китая: эгоцентризм и пространство сетей. –М: Издательство «Русайнс», 2015.-C.50-

55.

8

Yuan Peng. China’s Grand Strategy Seen from the Report to the CPC 18th National Congress. Contemporary

International Relations, Vol. 23, No. 4 July/ August,2013. – P.3.


background image

11

- global kuch (global power);
- quasi-super kuch (quasi - superpower)

9

.

Xitoyning zamonaviy geosiyosat maktabi, 2013-yilda boshlangan “Belt and Road

Initiative” (BRI) yoki “One Belt One Road” (OBOR) loyihasiga asoslangan. Bu loyiha Xitoyning
iqtisodiy va siyosiy ko‘rsatkichlarini oshirishni va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan
ishlashni maqsad qiladi. BRI loyihasi orqali Xitoyning Yevropa, Afrika va Osiyo orasidagi
transport yo‘llari, energiya va kommunikatsiya tarmoqlari yaxshilashadi. Bu loyiha Xitoyning
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirishi va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan ishlash
imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin

10

.

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi kuchayib borayotgan strategik raqobat kuch

dinamikasi va xalqaro tartib kelajagiga qarama-qarshi qarashlar bilan bog‘liq. Xitoyning “Bir
kamar va yo‘l” tashabbusi (BRI) Xitoyning global ambitsiyalari ko‘lamining yetakchi
ko‘rsatkichidir. Tashabbus ortidagi maqsad - iqtisodiy yoki strategik - Qo‘shma Shtatlar va
boshqa joylarda jiddiy tashvish uyg‘otdi. Pekin infratuzilmani rivojlantirish tashabbusini
barcha tomonlar uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan yaxshi investitsiya va rivojlanish
loyihasi sifatida ko‘rsatsa-da va ba'zi hollarda aniq bo‘lgan - bu tasvirga zid bo‘lgan strategik
ko‘rinishlar mavjud. Vashington bu tashabbusga shubha bilan qaraydi, qabul qiluvchilar uchun
xavf tug‘dirishi va Amerikaning xorijdagi strategik manfaatlariga zarar etkazishi haqida
ogohlantirmoqda. Ammo Amerikaning ko‘plab hamkorlari AQSh talqinini rad etib, Pekin bilan
oldinga siljishmoqda.

Dastlab mahalliy ortiqcha quvvatlar uchun samarali savdo nuqtalarini rivojlantirish va

Xitoyning xorijiy aktivlarini diversifikatsiya qilish uchun “tashqariga chiqish” strategiyasi
sifatida kontsepsiyalangan bo‘lsa, Pekin keyinchalik bu sa’y-harakatlarni “Bir kamar va yo‘l
tashabbusi” deb atadi. Tashabbus asosan iqtisodiy yo‘nalish bilan boshlangan bo‘lsa-da, vaqt
o‘tishi bilan u yanada katta xavfsizlik profiliga ega bo‘ldi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, zamonaviy Xitoy geosiyosat maktabi xitoylik

olimlar va siyosatchilar global voqealarni va Xitoyning ulardagi pozitsiyasini tahlil qiladigan
asosdir. Maktab Xitoyning kuchayib borayotgan kuch sifatidagi mavqeiga e’tibor qaratadi va
global kuchlar muvozanati va Xitoyning undagi rolini har tomonlama tushunishni
rivojlantirishga intiladi. Xitoyning geosiyosat maktabi xalqaro munosabatlarini
shakllantirishda geografiya, tarix va madaniyatning muhimligini ta’kidlaydi va mamlakatni
dunyodagi barqarorlik va taraqqiyotning muhim kuchi sifatida ko‘radi. Shu bilan birga, Xitoy
geosiyosat maktabi o‘zining tashqi siyosat maqsadlariga erishishda ko‘plab muammolarga
duch kelayotganini tan oladi, jumladan, iqtisodiy o‘sish va milliy xavfsizlik muammolarini
muvozanatlash, yangi va rivojlanayotgan kuchlarning kuchayishiga dosh berish, shu kabi
murakkab mintaqaviy va global muammolarni hal qilish zaruratidir.

References:

1.

Muhammadsiddiqov M,M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda Afrika davlatlari: Siyosiy-

9

Evgeny N. Grachikov. China in Global Governance: Ideology, Theory, and Instrumentation. Vol. 18. No.4 October –

December 2020.- P.133-140.

10

China’s Massive Belt and Road Initiative.02.02.2023.https://www.cfr.org/backgrounder/chinas-massive-belt-and-road-

initiative.


background image

12

ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar.Toshkent: Toshkent Islom Universiteti.2013.- B.45-69.
2.

Mavlonova, D. Hozirgi kunda Fors ko‘rfazi mintaqasining geosiyosiy ahamiyati. Jurnal of

summus,10 (1), 2020.- P.19-22.
3.

Аль-Макбали Мазин Саид Мусабах. Новый Геополитический Вектор России В

Странах Персидского Залива. Русская Политология — Russian Political Science,8(3). 2018.-
C.64-70.
4.

Маначинский А.Я. Ближний Восток: никогда не прекращающаяся война.

Ретроспектива (1982–2006). – Пушкино: Центр стратегической конъюнктуры, 2014. –
350 c.
5.

Mohd Naseem Khan. The US Policy Towards the Persian Gulf: Continuity and

Change.Strategic analysis: A monthly journal of the IDSA.25(2).05.05.2001.- P.7.
6.

Brown L.C. Diplomacy in the Middle East. – N.Y., СonBooks, 2004. - 276 p.

7.

Vatikiotis P.J. The Middle East. From the end of Empire to end of Cold War. – London and

New York, Routledge, 1997. -119 p.
8.

Мудрецы Поднебесной. Мэн-Цзы, XIV-XIII вв. до н.э.-М.:Симферополь,1998.- C.80.

9.

Zhou Lian. The Debates in Contemporary Chinese Political Thought: Debates and

Perspectives. Edited by Fred Dallmayr and Zhao Tingyang. Kentucky.: El. Edition, 2012. -480-
872 p.
10.

中国大百科全

.

地理卷

。中国大百科全

书出版社。

1990

118

(Том.Большая

энциклопедия Китая,»География». Китая, 1990. -118 c).
11.

缘政治概论/沈伟烈

编-北京:国防大学出版社,

2004

(Шен Вейли. Введение

в геополитику / Под редакцией Шен Вейли. - Пекин: издательство Университета
национальной обороны, 2004 .- C.22.)
12.

李江平:地

缘政治学发展沿革初见

/

新疆社科

论坛,

1999

3

(Ли Цзянпин.

Первоначальный взгляд на историю развития геополитики/Журнал «Форум
общественных наук Синьцзяна».1999.- C.3.);
13.

Грачиков Е.Н. Геополитика Китая: осмысление предмета // В мире научных

открытий. Социально-гуманитарные науки.№ 1 (61),2015.-175-205 c.
14.

Jee Loo Liu. Reconstructing Chinese Metaphysics (Part III. Fundamental Differences

between Western Metaphysics and Chinese Metaphysics) // Journal of East-West Thought.
Inaugural Issue, December 2011, - P.154-157.
15.

Yuan Peng. China’s Grand Strategy Seen from the Report to the CPC 18th National

Congress. Contemporary International Relations, Vol. 23, No. 4 July/ August 2013. – P.3.
16.

Evgeny N. Grachikov. China in Global Governance: Ideology, Theory, and Instrumentation.

Vol. 18. No.4 October – December 2020.- P.133-140.
1.

17.

扬运忠,丛向群:论

新世

纪世界地缘政治的历史性重组

/

当代

亚太,

2001

年第

4

(Ян Юньчжун, Цун Сянцюнь. Историческая перегруппировка мировой геополитики
нового века/Журнал “Современный Азиатско-Тихоокеанский регион”.2001.-C.4)

Bibliografik manbalar

Muhammadsiddiqov M,M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda Afrika davlatlari: Siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar.Toshkent: Toshkent Islom Universiteti.2013.- B.45-69.

Mavlonova, D. Hozirgi kunda Fors ko‘rfazi mintaqasining geosiyosiy ahamiyati. Jurnal of summus,10 (1), 2020.- P.19-22.

Аль-Макбали Мазин Саид Мусабах. Новый Геополитический Вектор России В Странах Персидского Залива. Русская Политология — Russian Political Science,8(3). 2018.- C.64-70.

Маначинский А.Я. Ближний Восток: никогда не прекращающаяся война. Ретроспектива (1982–2006). – Пушкино: Центр стратегической конъюнктуры, 2014. – 350 c.

Mohd Naseem Khan. The US Policy Towards the Persian Gulf: Continuity and Change.Strategic analysis: A monthly journal of the IDSA.25(2).05.05.2001.- P.7.

Brown L.C. Diplomacy in the Middle East. – N.Y., СonBooks, 2004. - 276 p.

Vatikiotis P.J. The Middle East. From the end of Empire to end of Cold War. – London and New York, Routledge, 1997. -119 p.

Мудрецы Поднебесной. Мэн-Цзы, XIV-XIII вв. до н.э.-М.:Симферополь,1998.- C.80.

Zhou Lian. The Debates in Contemporary Chinese Political Thought: Debates and Perspectives. Edited by Fred Dallmayr and Zhao Tingyang. Kentucky.: El. Edition, 2012. -480-872 p.

“中国大百科全书. 地理卷”。中国大百科全书出版社。 1990 年 第 118 叶 (Том.Большая энциклопедия Китая,»География». Китая, 1990. -118 c).

地缘政治概论/沈伟烈 主编-北京:国防大学出版社,2004 年(Шен Вейли. Введение в геополитику / Под редакцией Шен Вейли. - Пекин: издательство Университета национальной обороны, 2004 .- C.22.)

李江平:地缘政治学发展沿革初见/新疆社科论坛,1999 年 第 3 期 (Ли Цзянпин. Первоначальный взгляд на историю развития геополитики/Журнал «Форум общественных наук Синьцзяна».1999.- C.3.);

Грачиков Е.Н. Геополитика Китая: осмысление предмета // В мире научных открытий. Социально-гуманитарные науки.№ 1 (61),2015.-175-205 c.

Jee Loo Liu. Reconstructing Chinese Metaphysics (Part III. Fundamental Differences between Western Metaphysics and Chinese Metaphysics) // Journal of East-West Thought. Inaugural Issue, December 2011, - P.154-157.

Yuan Peng. China’s Grand Strategy Seen from the Report to the CPC 18th National Congress. Contemporary International Relations, Vol. 23, No. 4 July/ August 2013. – P.3.

Evgeny N. Grachikov. China in Global Governance: Ideology, Theory, and Instrumentation. Vol. 18. No.4 October – December 2020.- P.133-140.

扬运忠,丛向群:论新世纪世界地缘政治的历史性重组/当代亚太,2001 年第 4 期 (Ян Юньчжун, Цун Сянцюнь. Историческая перегруппировка мировой геополитики нового века/Журнал “Современный Азиатско-Тихоокеанский регион”.2001.-C.4)