Авторы

  • Zuhra Yo‘ldasheva
    Mustaqil tadqiqotchi Xorazm viloyati, Urganch shahri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.45745

Ключевые слова:

xalq dostonlari ertak motiv syujet “Oshiqnoma” turkumi.

Аннотация

Mazkur maqolada “Oshiqnoma” turkum dostonlarining turkum holiga kelishi, prof.Safarboy Ro‘zimboyevning tadqiqoti,faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar, dostonlarning ertaklardan olgan unsurlari va dostonlardagi o‘ziga xos motivlar borasida so‘z boradi.


background image

55

XORAZM XALQ DOSTONCHILIGIDA “OSHIQNOMA” TURKUM

DOSTONLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Yo‘ldasheva Zuhra Xasan qizi

Mustaqil tadqiqotchi

Xorazm viloyati, Urganch shahri

https://doi.org/10.5281/zenodo.13852759

Annotatsiya.

Mazkur maqolada “Oshiqnoma” turkum dostonlarining turkum holiga

kelishi, prof.Safarboy Ro‘zimboyevning tadqiqoti,faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar,
dostonlarning ertaklardan olgan unsurlari va dostonlardagi o‘ziga xos motivlar borasida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar:

xalq dostonlari, ertak, motiv, syujet, “Oshiqnoma” turkumi.


Xalq dostonlari yurtimizning turli hududlarida turlicha ijro etilishi, ijro usullariga,

voqealar sharhiga ko’ra, xatto, bir viloyatning ayrim-ayrim maktablarga ega bo’lishidan
tashqari mazmuniga ko’ra ham bir necha turlarda tasniflanadi. Taniqli olimlardan
V.M.Jirmunskiy, H.T.Zaripov, M.Saidov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqovlarning kuzatishlaricha, xalq
dostonlarining turlarga bo‘lishda ko‘proq ularning mazmuni, qahramoni fe’l-atvori e’tibor
qilinganini ta’kidlaydilar.

Shunday kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, dostonchilikda og‘zaki va

kitobiy dostonlarning ba’zi syujet va obrazlarning tushib qolishi va aksincha dostonga kirishi
bu asosan, baxshi, kuylovchining mahorati mevasidir.

Dostonchilikda Xorazm xalq dostonchiligining o‘rni alohidaligini ta’kidlaydigan bo‘lsak,

bu merosni bugungi kunga yetkazgan folklorshunos olimlarning ilmiy faoliyatini aytib
o‘tishimiz joiz. Chunki ham kitobiy, ham og‘zaki variantlar asrlar davomida shu bugungi kunga
yetib kelishida katta hissa qo‘shish bu chuqur mehnat va ilmni talab etadi.

Xorazm xalq dostonchiligida shu zamin farzandi f.f.d, professor, “Mehnat shuhrati”

ordeni sovrindori Safarbay Ro‘zimboyevning o‘rni beqiyos. Jonkuyar va fidoiy ustoz o‘zining
shaxsiy arxivida saqlanayotgan ham kitobiy ham og‘zaki variantdagi (bularning katta
ko‘pchiligini baxshilar og‘zidan shaxsan o‘zlari yozib olganlar) namunlarini barcha
kitobxonlarga taqdim etganlar.

Birgina “Oshiqnoma” turkum dostonlarining 8 kitobdan iborat to‘plamining dunyoga

kelishida beqiyos hissa qo‘shganlar.”Oshiqnoma” turkum dostonlarining ilk kitobi 2006-yil
nashrdan chiqqan. Kitobda ishqiy-fantastik dostonlar o‘rin olgan bo‘lib “Sayod va Hamro” ,
“Malikai Dilorom”, “Hurliqo va Hamro” kabi dostonlar o‘rin egallagan, Kitob oxirida eng keragi
lug‘at va doston nashri haqida ma’lumotlar keltirilgan. “Oshiq” turkumiga birlashadigan qator
dostonlarda ertak motivlari katta o‘rin egallaydi.”Ishqiy romantik dostonlarda ertaklarga xos
fantastik badiiy uydirmalar juda ko‘p ishlatiladi, ba’zan syujetning rivoji, kompozitsion
tuzulishining asosi bo‘lib qoladi” (1)

“Ertaklarda ilg‘or gumanistik g‘oyalarning tasvirlanishi ularni tor va cheklangan

auditoriyadan keng doiraga ega bo‘lgan talablarning va eshituvchilar nufuzining oshishi uning
intensiv tarzda rivojlanishini taqazo etadi. Natijada, insonparvarlik va adolatni ulug‘lovchi
ko‘pgina ertaklar yangi dostonlarning vujudga kelishida tayyor syujet sifatida xizmat qiladi”
(2)


background image

56

“Oshiq” turkum dostonlari xususida ilmiy izlanish olib borayotgan Gulfiza Olimovaning

maqolasida parcha keltiradigan bo‘lsak ushbu qimmatli ma’lumotni keltirmoqchimiz.
”Oshiqnoma” tarkibida keltirilgan motivlarni 8 ta guruhga ajratadi:
1.

“Meva yeyish orqali g‘ayritabiiy tug‘ilish” motivi (“Oshiq Mahmud”, “Xirmondali”,

“Malikai Zarnigor” dostonlarida)
2.

“Tushda oshiq bo‘lish “motivi (“Gul va Sanobar”, “Yususf va Zulayho”, “Gul va Bulbul”

dostonlarida)
3.

“Tushda nikohlanish “ motivi (“ Hurliqo va Hamro”, “Oshiq Alband”, “Oshiq G‘arib va

Shohsanam”. “Oshiq Qamri” dostonlarida)
4.

“Tushda Shohimardon pir va eranlarning sharob berishi” motivi (“Oshiq G‘arib va

Shohsanam”, “Oshiq Najab”dostonlarida)
5.

“Akalarning ukani chohga tashlash” motivi (“Hurliqo va Hamro” ,”Yusuf va Zulayho”

dostonlarida)
6.

“O‘z qiziga oshiq bo‘lish” motivi (“Malikai Zarnigor”, “Malikai Dilorom” dostonlarida)

7.

“Oshiq-ma’shuqning otasiga sezdirmay ketish” motivi (“Sayyod va Hamro”, “Erhasan”

dostonlarida)
8.

“Sehr qilish“ motivi (“Asil va Karam” dostoni. (3)
Shuni ta’kidlash joizki, nafaqat yurtimizda balki qardosh davlatlarda ham Xorazm xalq

og‘zaki ijodiga qiziquvchilar, prof.Safarboy Ro‘zimboyev ilmiy faoliyati tadqiqotchilar
nazarida. Birgina Ege universitetining yosh olimasi Arzu Ajar Xorazm diyoriga kelib bu yerda
bir necha oylik ilmiy faoliyati davomida ustoz haqida kitob yozishga kirishayotgani biz uchun
faxr va iftixor uyg‘otadi.

“Oshiqnoma” turkum dostonlarining barchasi o‘zining voqealari, persanajlarning

ishtiroki, voqealardagi keskin burulishlar ayni vaqtda o‘z-o‘zidan g‘oyibdan paydo bo‘li qolgan
emas. Buni ertak unsurlari sezilib turishidan bilishimiz mumkin.

Bugunga kelib, bu turkum dostonlarning chuqur o‘rganilmagan, hali kashf qilinmagan

jihatlari va baxshilar tarafidan ijrolar qiyosiy tahlillari, xilma-xilligi borasida izlanishlar
davom etmoqda.”Oshiqnoma” turkum dostonlar tarkibi folklorshunoslar uchun ilmiy manba
bo‘libgina qolmay Xorazm dostonchiligidagi ochilmagan qirralarni izlanuvchilar uchun o‘z
yaralishi va yoritilishini kutmoqda. Keyingi tadqiqotlarimizda “Oshiqnoma” turkum
dostonlarini yanada kengroq yoritgan holda bayon qilamiz.

References:

1.

Jalolov.F.O “O‘zbek folklorshunosligida janrlararo munosabat”. T.1968, 83-bet

2.

“Oshiqnoma” 1-kitob.Urganch.2006,6-bet

3.

“Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusidagi VIII an’anaviy respublika

ilmiy-amaliy anjuman materiallar.T.2024.26-aprel,157-bet

Библиографические ссылки

Jalolov.F.O “O‘zbek folklorshunosligida janrlararo munosabat”. T.1968, 83-bet

“Oshiqnoma” 1-kitob.Urganch.2006,6-bet

“Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti” mavzusidagi VIII an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallar.T.2024.26-aprel,157-bet