Авторы

  • E’zoza Razzaqova
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.45750

Ключевые слова:

Ustun mavqe eksklyuziv shartlar raqamli bozor monopol past narxlar raqobat muhiti.

Аннотация

Ushbu tezisda rivojlanib borayotgan raqamli bozorlarda raqobat muhiti hamda ustun mavqega ega subyektlarning o‘z raqobatchilariga qarshi raqobat qonunlarini cheklovchi xatti-harakatlari haqida so‘z boradi. Google, Uber singari raqamli bozor ishtirokchilarining o‘z ustun mavqelarini suiiste’mol qilish holatlari tahlil qilinadi.


background image

39

RAQAMLI BOZORDA USTUN MAVQENI SUIISTE’MOL QILISHNING

EKSKLYUZIV SHAKLI

Razzaqova E’zoza Yusup qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistri

Razzaqova22@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13788909

Annotatsiya.

Ushbu tezisda rivojlanib borayotgan raqamli bozorlarda raqobat muhiti

hamda ustun mavqega ega subyektlarning o‘z raqobatchilariga qarshi raqobat qonunlarini
cheklovchi xatti-harakatlari haqida so‘z boradi. Google, Uber singari raqamli bozor
ishtirokchilarining o‘z ustun mavqelarini suiiste’mol qilish holatlari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

Ustun mavqe, eksklyuziv shartlar, raqamli bozor, monopol past narxlar,

raqobat muhiti.


Shiddat bilan rivojlanib borayotgan fraqamli bozorlarda raqobat muhitini tartibga solish

ham borgan sari murakkablashib bormoqda. Raqamli bozorlar deganda o‘z-o‘zidan an’anaviy
bozorlarning raqamli shaklga ko‘chishini tushunamiz. Raqobat esa iqtisodni rivojlantirish
uchun bozor subyektlarining raqobat qonunlarini buzmaydigan xatti-harakatlaridir. Aynan
raqobat muhitida ustun mavqega ega bo‘lgan subyektlarning ta’siri katta ahamiyatga ega
sababi ular, bozorga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata oladi. Amaldagi qonunchilikda ustun
mavqe tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. Tovar yoki moliya bozoridagi xo‘jalik
yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini raqobatlashuvchi
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va raqobatning
holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat
erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir.

Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:
agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud

bo‘lmasa;

agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40

foizni va undan ortiqni tashkil etsa;

agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb

e’tirof etilsa;

agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab

chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda
mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa.

Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash

miqdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari
davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustasno) tovar yoki
moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi.

1

Ustun mavqeni suiiste’mol qilish

esa aynan mana shu huquqlarni chetlab o‘tishdir. Nazariy jihatdan ustun mavqeni suiiste’mol

1

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Raqobat to‘g‘risida. 13-modda.

https://lex.uz/uz/docs/-6518381


background image

40

qilishning ikki ko‘rinishi bo‘lib, ulardan biri eksklyuziv, ikkinchisi ekspluatatsion shakllardir.
Eksklyuziv shaklda ustun mavqega ega subyekt raqobatchilarga ta’sir qiladi va ularning
bozordagi erkin faoliyatlarini cheklaydi. Ekspluatatsion shaklda esa, Ustun mavqega ega
subyekt iste’molchilarga ta’sir qiladi va ularning tanlov, narxlar va erkin sotib olish
huquqlarini cheklashi mumkin.

Eksklyuziv shakl.

Ustun mavqe'ni suiste'mol qilishning chetlashtiriuvchi shakllari

(eksklyuziv suiiste'mollar)

boshqa ustun xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga to'sqinlik qilish;
ularning imkoniyatlarini cheklash;
bozorga kirish to'siqlarini o'rnatish, potentsial raqobatni bartaraf etish yoki

zaiflashtirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan barcha amaliyotlarni o'z ichiga oladi.

Ustun mavqe'ga ega xo'jalik yurituvchi subekt o'z raqobatchilarining xatti-

harakatlariga ta'sir qilish yoki ularni bozordan siqib chiqarish uchun marjinal xarajatlardan
ham pastroq yoki juda past narx belgilashi mumkin.

Tovar va moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan subyektning o‘z raqobatchilariga

qarshi harakatlari sanaladi. Bular sirasiga dominant bozor ishtirokchisi boshqa subyektlarni
bozorga kiritmaslik uchun uni cheklashi, imtiyozli shartnomalar tuzish ( mijozlar yoki
yetkazib beruvchilar bilan eksklyuziv shartnomalar tuzib, boshqa raqobatchilarni ular bilan
ishlashini cheklash) bu o‘z-‘zidan raqobatchilarning bozordagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi,
monopol past narxlardan foydalanish, dominant korxona kichik raqobatchilarning qurbi
yetmaydigan darajada narxlarni pastga tushirib yuboradi va butkul zararga kirgan raqobatchi
bozorni tark etadi. Bu shartlar orasida barcha bozorlarda keng tarqalgani tovarning monopol
past narixir. Tovar narxi past bo‘lsa mijozlar aynan o‘sha tovarlarga talabgir bo‘ladi,
raqobatchilar esa, bunday narxlarga bardosh bera olmaydi. Tovar yoki moliya bozorida ustun
mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past
darajada va mazkur tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada
raqobat cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.

2

Bunga misol

tariqasida, Googlening 2014-yilda reklama bozorida qilgan huquqbuzarligini keltirish
mumkin, u reklama noshirlari bilan avvaldan kelishuvga erishgan va ustun mavqeni
suiiste’mol qilgan. O'zining dominant noshiri reklama serveri DFP tomonidan o'tkaziladigan
reklama tanlovi auksionida o'zining AdX reklama birjasini afzal ko'rib, AdXni kim oshdi
savdosida g'alaba qozonish uchun yengib o'tishi kerak bo'lgan raqobatchilarning eng yaxshi
taklifi qiymati haqida oldindan xabardor qiladi, bu esa boshqa raqobatchilarning bozordagi
faoliyatiga zarba beradi.

3

Google Android keysi (2018): Yevropa Ittifoqi Google'ni yana bir bor

raqobat huquqini buzishda aybladi. Bu safar kompaniya Android operatsion tizimi orqali
ustun mavqeini suiiste’mol qilgan. Google Android qurilmalari ishlab chiqaruvchilarini Google
Search va Chrome ilovalarini qurilmalarida oldindan o‘rnatishga majburlagan, shuningdek,
Google Play Store’dan foydalanish uchun eksklyuziv shartlar qo‘ygan. Bu amallar boshqa

2

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Raqobat to‘g‘risida. 12-modda.

https://lex.uz/uz/docs/-6518381


3

Antitrust: Commission sends Statement of Objections to Google over abusive practices in online advertising

technology.

https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_23_3207


background image

41

qidiruv tizimlariga va brauzerlarga bozorga kirishni qiyinlashtirgan. Natijada Google'ga 4,34
milliard yevro jarima solindi.

4

Bulardan tashqari, raqamli bozor ishtirokchisi sifatida Uber ham ba’zi bir shunday

raqobatni cheklovchi harakatlarni amalga oshirgan. Uberning monopol mavqeini suiiste’mol
qilganiga oid muhim holatlardan biri Fransiyada yuz bergan. Uber 2014 yilda Fransiyada
UberPop xizmatini joriy qildi. Ushbu xizmat orqali litsenziyasiz haydovchilar yo‘lovchilarni
tashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu rasmiy taksi kompaniyalari va litsenziyalangan
haydovchilar tomonidan norozilikka sabab bo‘ldi, chunki ular bu amaliyotni noqonuniy va
adolatsiz raqobat deb hisobladilar. Fransiya hukumati tez orada UberPop xizmatini
noqonuniy deb e’lon qildi. 2015 yilda sud qarori bilan UberPop to‘xtatildi, chunki
haydovchilarda yo‘lovchilar tashishga ruxsat beruvchi litsenziya yo‘q edi. Shu bilan birga,
Uber noqonuniy transport xizmatlarini tashkil qilganlik uchun jarimaga tortildi.

5

Bulardan

shu anglashiladiki, raqobat muhitida ustun mavqega ega subyekt eksklyuziv shartlar orqali o‘z
ustun mavqeyini suiiste’mol qilishi, bozor muhitida raqobatni cheklanishi, iqtisodiy
rivojlanish to‘sig‘i va raqobat qonunchiligining buzilishiga olib keladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Raqobat to‘g‘risida qonuni,

https://lex.uz/uz/docs/-

6518381

;

2.

Uber

fined

in

France

over

UberPop

Published

9

June

2016.

https://www.bbc.com/news/business-36491926

;

3.

Google Android

https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_23_3207

;

4.

Antitrust: Commission sends Statement of Objections to Google over abusive practices in

online

advertising

technology.

https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_23_3207

.

4

Google Android

https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_23_3207

5

Uber fined in France over UberPop Published 9 June 2016.

https://www.bbc.com/news/business-36491926

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Raqobat to‘g‘risida qonuni, https://lex.uz/uz/docs/-6518381;

Uber fined in France over UberPop Published 9 June 2016. https://www.bbc.com/news/business-36491926;

Antitrust: Commission sends Statement of Objections to Google over abusive practices in online advertising technology. https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_23_3207.