26
CHET TIL O’QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV
Farrux Ziyotov
Qarshi shahridagi ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun 18-son “Nurli
maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati Ingliz tili o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13744969
Annotatsiya.
Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida o'qitish til egallashning
barcha ko'nikmalarini (o'qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish) qamrab olishi
bilan ham boshqa yondashuvlarga nisbatan samaraliroq ekanligini ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
integratsiya, integrativ yondashuv, chet til o’qitish, bilim, koʼnikma,
malaka, ingliz tili darslari, interaktiv metodlar
Abstract:
This article discusses about teaching based on an integrative approach is
more effective than other approaches as it covers all skills of language acquisition (reading,
listening, speaking, writing).
Key words:
integration, integrative approach, foreign language teaching, knowledge,
skills, competence, English language lessons, interactive methods
Hozirgi kunda mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga va o’rgatishga bo’lgan e’tibor
sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa chet tili darslarini, xususan ingliz tili fanini qiziqarli
va zamonaviy metodikalardan foydalanib o’tishni taqozo etmoqda, Bugungi kunda taʼlim
oluvchilarning nafaqat chuqur bilimga ega boʼlishlari, balki koʼnikma-malakalarni puxta
egallash orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishlari davr talabiga aylandi. Oʼquv faoliyatini
samarali tashkil qilish, dars jarayonida turli xil metod, usul, vositalardan oʼz oʼrnida toʼgʼri
foydalanish, ularni uzviy bogʼliq holda qoʼllay olish taʼlim samaradorligining muhim
omillaridan biridir. Bu esa integratsiyalashgan taʼlim orqali amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston milliy ensiklopediyasida “Integratsiya (lot. Integration - tiklash, toʼldirish,
integer-butun soʼzidan), fanlarning yaqinlashishi va oʼzaro aloqa jarayoni, differentsiatsiya
bilan birga kechadi” [1; 492 bet]. Macmillan English Dictionary for Advanced Learners
lugʼatida esa quyidagicha izohni uchratish mumkin: Integratsiyalash (Integrate) - 1. Ikki yoki
undan oshiq narsalarni toʼliq tizim yoki boʼlak boʼlishi uchun birlashtirish. Integratsiya
(Integration) - narsalarni, odamlarni yoki turli xil fikrlarni bitta qilib jamlash, jamlab olmoq.
Ma’lumki, integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar, koʼnikma, malaka
hamda tajribani hisobga olish, ularga tayanish yaʼni chet tilda kommunikativ, ijtimoiy
kompetentlikni integratsiyalash, barobar takomillashtirishni nazarda tutadi. Ushbu
yondashuv o’quvchilarda mustaqil muloqotga kirishishni rivojlantirishga qaratilgan yangi
innovatsion texnologiyalarni qoʼllash, talabalarda mustaqil va guruh boʼlib ishlash
koʼnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Mazkur yondashuv taʼlim sifatining
sezilarli ravishda ijobiy tomonga oʼzgarishiga va o’quvchilarning til oʼrganishga boʼlgan
motivatsiyalari kuchayishiga olib keldi.
Olima Laylo Аxmedova fikricha, integratsiyalashgan dars bu darsning muayyan va oʼziga
xos shakli boʼlib, u nafaqat turli fanlardan olingan maʼlumotlarni birlashtiradi, balki vaqtni
ham tejaydi. [2; 159- b.]. Shuni ta’kidlash joizki, integratsiyalashgan mashgʼulot toʼgʼri
rejalashtirilgan va aniq maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlsagina muayyan bir natijaga erishish
mumkin. Xulosa qilib aytish kerakki, integrativ yondashuv yordamida olib boriladigan xorijiy
27
til darslari til o’rganuvchilarga o’zini anglash va o’zini o’zi rivojlantirish kabi imkoniyatlarni
yaratib beradi. Bu yondashuv orqali dunyo su’rati talabalar ongida to’liq shakllanadi, ularning
dunyoqarashi va tili o’rganilayotgan mamlakat haqidagi ekstralingvistik bilimlari ham ortib
boradi. Albatta, bu kabi imkoniyatlarni yaratib beruvchi yondashuv hozirgi zamon jamiyat
talabiga javob berishi shubxasiz.
Integrativ yondashuv asosida o'qitish til egallashning barcha ko'nikmalarini (o'qib
tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish) qamrab olishi bilan ham boshqa
yondashuvlarga nisbatan samaraliroq. Richards va Rogers (2014) til ko'nikmalarini
o'qitishning integrallashgan yondashuvi bu - o'qish, yozish, tinglash til ko'nikmalarini
o'rgatish va bir- biri bilan birgalikda gapirish, chunki dars tinglash va o'qish va yozish orqali
gaplashish bilan bog'liq faoliyatni o'z ichiga oladi deb ta’riflaydi.
Ma’lumki, chet til o’qitish metodikasida olib borilgan tadqiqotlarda interfaol metodlar
an’anaviy metodlarga nisbatan samaradorlik darajasi ko’proq ekanligi isbotlangan. Ko`pgina
metodik adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlar sifatida “aqliy
hujum”, “klaster”, “rolli o’yinlar”, “keys-stadi”, “rotastiya”, muzokalar kani metodlar qayd
etiladi. Misol uchun, aqliy hujum interfaol metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarning dars
jarayonidagi faolligini ta’minlaymiz, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil
fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash,
shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan
fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. Aqliy hujum metodining asosiy sharti
mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan
tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan
iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin
ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining til
bilish ko’nikmalari va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda o’quvchi ongida ijodkorlik
tamoyiliga, shaxsiy rivojlanishga, mustaqil ta’lim olishga bo’lgan ko’nikmalarni oshirishga
harakat qiladi. Anglashiladiki, munozara qildirish, fantaziya qila olishga o’rgatish ilgari
suriladi. Bunday zamonaviy darsdan asosiy maqsad o’quv jarayonida o’quvchilar faoliyatini
aktivlashtirish, o’quv materialini o’zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdir. Integratsiya
o’z o’rnida bilimlarning parchalanib ketishini oldini oladi.
References:
1.
Oʼzbekiston milliy ensiklopediyasi. “I” harfi. T.: Oʼzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat
ilmiy nashryoti. 2005. –492 bet.
2.
Шерматова, З., & Ахмедова, Л. Т. (2024). Проблема совершенствования
грамматической компетенции будущих учителей английского языка: краткий анализ
современных подходов.
Science and innovation
,
3
(Special Issue 27), 113-115.
3.
Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014).
Approaches and methods in language teaching
.
Cambridge university press.