22
AFRIG‘IYLAR VA FARIG‘UNIYLAR ASLIDA BIR SULOLAMI?
Rajapov Mardonbek Qosimboy o‘g‘li
O‘zR FA Tarix instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13744880
Annotatsiya.
O‘rta asrlar Turon tarixining eng murakkab va bahsli sahifalaridan biri
Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari bilan bog‘liq. Ular haqidagi ma’lumotlarning turli
manbalarda turlicha yoritilishi, bir-biriga zid fikrlarning mavjudligi tadqiqotchilar orasida
ko‘plab savollarni uyg‘otadi. Ayniqsa, ushbu ikki sulolaning aslida bir sulolaning turli
nomlarimi yoki ular mutlaqo boshqa-boshqa sulolalarmi, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi.
Ba’zi tarixchilar Afrig‘iylar va Farig‘uniylar o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va etnik bog‘liqlikni
ta’kidlab, ularni bir sulola deb hisoblashadi. Boshqa tadqiqotchilar esa, bu qarashlarga qarshi
fikr bildirib, ushbu ikki sulola o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatishga urinadilar.
Sulolalarning tarixiy ildizlari
. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
asarida Afrig‘iylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi shunday izohlanadi :
“...Xorazmliklar
Xorazmga odamlar joylasha boshlagandan tarix ola boshladilar, bu Iskandargan 980 yil ilgari
bo‘lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning
naslining Xorazmda podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga
ko‘chib, turk podshohlari [ustidan] hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam
joylashgandan 92 yil keyin bo‘ldi. So‘ngra ular tarix olishda eronliklarga ergashib,
Kayxusravning [Xorazm] shohlari deb ataluvchi naslidan bo‘lgan har bir [podshoh davrining
boshlanishidan] tarix oldilar. Nihoyat Kayxusrav davridan Ofrig‘ podshohligi boshlandi.
.......Ofrig‘dan keyin uning o‘g‘li podshoh bo‘ldi. [Ofrig‘] Iskandar tarixining 616-yilida al-Fir
ustiga o‘z qasrni qurdirdi. Keyin xorazmliklar Ofrig‘ va uning avlodlari podshohligidan tarix
oldilar...”
[8]. Muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” asarida Farig‘uniylar Eronning afsonaviy
shohi Afridun/Faridun avlodidan bo‘lganligi keltirilgan[6]. Bu o‘rinda shuni aytish mumkinki,
o‘rta asrlarda legitimatsiya uchun ba’zi hukmdorlar o‘zlarini tarixda o‘tgan mashhur
sulolalarga bog‘laganliklarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, G‘aznaviylar Tohiriylar,
Safforiylar kabi Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalari ham o‘z nasl-nasablarini qadimgi Eron
qahramonlari va hukmdorlariga bog‘lash orqali o‘zlarining siyosiy mavqeini
mustahkamlashga intilishgan. Beruniy talqinida Afrig‘iylar Kayxusrav avlodlariga, “Hudud ul-
olam”da esa Farig‘uniylarni Faridun avlodlariga taqalgani ham ularning hukmronligini
qonuniylashtirish va xalq orasida obro‘-e’tibor qozonishga qaratilgan siyosiy harakat sifatida
baholash mumkin.
23
Hududiy va xronologik tafovutlar
. Farig‘uniylar shimoliy-g‘arbiy Afg‘onistonda IX-XI
asrlar oralig‘ida mavjud bo‘lgan va Xurosondagi Juzjondan tortib, Toxariston, G‘archiston,
G‘ur, Marv hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hukm surishgan. Sulola Maymana shahrini
markaz qilib olgan[2]. Afrig‘iylar sulolasi 305-995-yillar orasida mavjud bo‘lib, Amudaryoning
o‘ng va chap qirg‘oqidagi yerlarni boshqarib, davlat hududi g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan
va poytaxti Kat shahri bo‘lgan[7].
Sulolalar hukmdorlari
. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari
Afrig‘iylar sulolasi hukmdorlarining nomlarini o‘zida mujassam etgan yagona manba bo‘lib,
unda 22 ta hukmdorning ismi qayd etilgan. Boshqa tarixiy manbalarda bunday to‘liq ro‘yxat
uchramasligi Beruniy asarining tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi. Manbalarda Afrig‘iylar
Xorazmshoh, Xorazm Xusravi va Xorazm Maliki nomlari bilan qayd etilgan. Bular: 1) Afrig‘; 2)
Bug‘ro ; 3) Saxxasak ; 4) Askajamuk I ; 5) Askajuvar I; 6) Sahr I ; 7) Shaush ; 8) Xamgar
(Xangari yoki Xangiri) ; 9) Bo‘zgar ; 10) Arsamux (Artamux) ; 11) Sahr II ; 12) Sabri ; 13)
Askajuvar II ; 14) Askajamuk II ; 15) Shaushafar ; 16) Turksabasa ; 17) Abdulloh ; 18) Mansur
; 19) Iroq ; 20) Muhammad ; 21) Ahmad ; 22) Abu Abdulloh Muhammad[8]. Farig‘uniylar
haqida uzuq-yuluq ma’lumotlar muallifi noma’lum “Hudud ul-olam” , Muqaddasiy va Utbiy
asarlarida keltirilgan va sulola hukmdorlari amir sifatida qayd etilgan. Bular: 1) Ahmad ibn
Farig‘un; 2) Abul Xarat Muhammad ; 3) Abul Xarat Ahmad ; 4) Abul-Nasr Muhammad[3;9].
Tadqiqotlar tahlili
. Y. Markvart Farig‘un nomini IV asrdan X asrgacha Xorazmda
hukmronlik qilgan Afrig‘iylar sulolasi bilan bog‘laydi. Uning fikricha, bu nom Oks daryosi
havzasidagi shimoli-sharqiy eroncha nom bo‘lib, bu asosda Farig‘uniylarning eroncha kelib
chiqishini taxmin qiladi. Ingliz tadqiqotchisi K.E.Bosvort esa “Hudud ul-olam” asarida
keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Farig‘uniylarni Eronning afsonaviy shohi Afridun/Faridun
avlodidan kelib chiqqan deb hisoblaydi. U ba’zi manbalarda Afrig‘iylarni “Katning al-
Farig‘unlari” deb atalishini dalil sifatida keltiradi[1]. Biroq, K.E. Bosvortning umumiy
yondashuvida noma’lum kelib chiqishli Markaziy Osiyo sulolalarini eroniy deb atash
tendensiyasi kuzatiladi. Tadqiqotchi R. Haug ham yuqoridagi tadqiqotchilar singari
Farig‘uniylarni Afrig‘iylar bilan bog‘liqligini qayd etgan. Tadqiqotchi bunga dalil sifatida
24
Muqaddasiy o‘z asarida Juzjondagi “Rabot Afrig‘un” ni tilga olinganini qayd etgan[3].
Turkiyalik tadqiqotchi I. Zakiy ham Juzjondagi Farg‘uniylar sulolasini Afrig‘iylar sulolasi bilan
bir deb hisoblaydi. Uning bunday xulosaga kelishiga K.E.Bosvortning tadqiqoti asos bo‘lib
xizmat qilgan[5; 10]. Tadqiqotchilar J.Heraviy va A.O‘zbayraktar o‘z ishlarida Afrig‘iylar
sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi va etnik mansubligi masalasini ko‘rib chiqish bilan bir
qatorda, ushbu sulolaning Farig‘uniylar bilan mushtarakligi yoki aksinchaligi masalasiga ham
to‘xtalganlar. Ularning fikricha, bu ikki sulolaning tarixiy ildizlarini Eron qahramonlariga
bog‘lashi, sulola nomlanishidagi o‘xshashliklar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ularni bitta
sulolaning turlicha nomlanishi sifatida xato talqin qilinishiga sabab bo‘lgan omillar sifatida
qayd etilgan[4; 10]. Bundan tashqari, Farig‘uniylarning avvaliga Safforiylarga, keyin esa
Somoniylarga tobe bo‘lganligi, Afrig‘iylar ham o‘z navbatida siyosiy jihatdan Somoniylar
davlatiga tobe bo‘lganligi masalani yanada oydinlashtiradi. Bu tarixiy faktlar Farig‘uniylar va
Afrig‘iylarning bir sulola emasligini, balki turli davrlarda va turli hududlarda hukmronlik
qilgan siyosiy tuzilmalar ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalarining tarixiy ildizlari,
hududiy va xronologik tafovutlari, hukmdorlari nomlari va ular haqidagi manbalarning
turlicha talqin qilinishi ushbu ikki sulolaning asl mohiyatini ochishda jiddiy muammolarni
keltirib chiqaradi. Mavjud dalillar va tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Afrig‘iylar va
Farig‘uniylar sulolalari turli davrlarda, turli hududlarda hukmronlik qilgan va o‘zaro tarixiy,
madaniy va etnik bog‘liqlikka ega bo‘lmagan mustaqil sulolalardir. Ayrim tadqiqotchilarning
ushbu sulolalar o‘rtasidagi mushtaraklikni asoslashga urinishlari ko‘proq taxmin va farazlarga
asoslangan bo‘lib, ularning xulosalari ko‘p hollarda biryoqlama va noaniqliklarga boydir. Shu
bois, Afrig‘iylar va Farig‘uniylar sulolalarining tarixini o‘rganishda ularning har birini alohida
sulola sifatida qarash va ularning tarixiy o‘rni va rolini xolisona baholash lozim
.
References:
1.
Bosworth C. E. Āl-e Farīḡūn. In Yarshater, Ehsan (ed.). Encyclopædia Iranica, Volume I/7:
Ahriman–Alafrank. London and New York: Routledge & Kegan Paul.1984. –P. 756-758.
2.
Dunlop D.M. Farighunids. In Lewis, B.; Pellat, Ch. & Schacht, J. (eds.). The Encyclopaedia
of Islam, Second Edition. Volume II: C–G. Leiden: E. J. Brill.1965. – P.798-800.
3.
Haug R. J. Farīghūnids. In Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis; Nawas, John;
Rowson, Everett (eds.). Encyclopaedia of Islam.2015. – P.132-134.
4.
Heravi C, Özbayraktar A. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar
hakkinda yeni bir araştirma) // Amasya Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. – 2018. –№ 2. –
S.16-27.
5.
İzzetullah Z.Gençliğe örnek sultanlarin biyografilerinin anlatiminin önemi üzerine //
Uluslararasi 21.Yüzyilda gençlik ve inanç eğilimleri. –Ankara: İlãhiyãt,2022. –S.373
6.
Minorsky V. Hudud al-'Alam, The Regions of the World A Persian Geography, 372 A.H. -
982 A.D. (translated and explained by V. Minorsky). London: Luzac & Co,1937. P. 179-186.
7.
Özbayraktar A. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir
İnceleme // İran Çalışmaları Dergis. – 2023. –№7(1). –S.162-169.
8.
Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. Т: “Фан”, 1968. –C.29-31.
25
9.
Ражапов, Мардонбек. "Труд Беруни «Осор ул-бакия» является важным источником
для изучения истории эпохи афригов." in Library 1.1 (2024): 122-125.
10.
Ражапов, М. (2024). Династия афригидов в современных исследованиях: подходы
и ключевые взгляды. in Library, 1(1), 48-51.