Авторы

  • Malika Ibodova
    Qarshi davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.45760

Ключевые слова:

ma’naviy ma’naviyat ma’naviy-ijtimoiy ma’naviy-siyosiy ma’nan ma’no ma’nisiz ma’nosiz e’tiqod adolat odillik.

Аннотация

Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi vositalarning maxsus lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


background image

4

O‘ZBEK TILIDAGI SHAXS MA’NAVIYATINI IFODALOVCHI VOSITALARNING

MAXSUS LUG‘ATLARDA BERILISHI

Ibodova Malika Gulmurodovna

Qarshi davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13734097

Annotatsiya.

Mazkur maqolada oʻzbek tilidagi shaxs maʼnaviyatini ifodalovchi

vositalarning maxsus lugʻatlarda berilishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit soʻzlar:

ma’naviy, ma’naviyat, ma’naviy-ijtimoiy, ma’naviy-siyosiy, ma’nan, ma’no,

ma’nisiz, ma’nosiz,e’tiqod, adolat, odillik.


Ko‘p tilli lug‘atlarni yozish bilan bog‘liq muammolar, qoida tariqasida, leksikografiya

muammolariga bag‘ishlangan to‘plamlardagi maqolalarda yoki lug‘atlarga kirish maqolalarida
ko‘rib chiqilmoqda. Aynan shunday lug‘atlarda “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga oid
leksemalarning tarjimalarini qiyoslash muhim. Ulardagi ma’nolar qanchalik mos kelishini
tekshirish zarur. Xususan, «Spirituality» termini tafakkur va xulq yetukligini anglatishdan
ko‘ra ko‘proq diniy e’tiqod, e’tiqod mustahkamligi kabi tushunchalarga yaqin turadi.
Darhaqiqat, ingliz tilining Vebster izohli lug‘atida «spirituality» so‘ziga quyidagicha ta’rif
beriladi:

«of the spirit or the soul as distinguished from the div or material matters»(p.1373)

Ya’ni tana yoki moddiy narsalardan ajratilgan ruh yoki qalbga oid; shuningdek, ushbu
leksemadan so‘ng lug‘atda

«spiritual character, quality, or nature» (p.1373) (

ma’naviy

xususiyat, sifat yoki tabiat) degan tushunchalar keltiriladi.

«Ruhiyat» atamasi ijobiy sifatlanishga ehtiyojmand; ya’ni «spirituality» istilohi «high

spirituality» deya sifatlanganda, «yuksak ruhiyat» ma’nosini ifodalaydi va shu shaklda
«ma’naviyat» so‘zining aynan muqobili. Kishi nutqda «din» (relıgıon) so‘zini «e’tiqod» (faith)
istilohi o‘rnida ishlatishi, boshqa hollarda esa «ma’naviyat» (spirituality) so‘zi «din» (religion)
atamasi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Qo‘llanish o‘rni va vaziyatga ko‘ra, bu so‘zlardan biri
o‘rnida boshqasi ishlatilishi mumkin. Ularning tavsifi, talaffuzi, ma’nosi va faoliyati,
sinonimlari, etimologiyasi yoki, hech bo‘lmaganda, ularning bir qismi haqida ma’lumot berish
uchun foydalanish qulayligi, so‘zlar ma’lum bir tartibda joylashtirilgan, endi ko‘pchilik tillarda
alifbo tartibida, katta hajmdagi lug‘atlarda ma’lumotlar badiiy asarlardan iqtiboslar bilan
tasvirlangan.

Amaliy leksikografiya ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi, ona va o‘rgatishni

ta’minlaydi, leksemalarni tavsiflash va normallashtirish, tillararo muloqot, til lug‘atini ilmiy
o‘rganishni anglatadi. Ma’naviyatga oid leksemalar har ikki tilning lug‘atida milliy
qarashlariga asoslanib izohlanadi, shaklida ham farq seziladi.

“Sen shohsanu, ammo

nafs

ingga mag‘lub va xorsan, u gado bo‘lsa ham,

nafs

ini o‘ziga asir

etgan. To tirik ekansiz, har ikkingizning holingiz shunday kechadi. U gado va sen shohning
yashash tarzingiz shundaydir. O‘lganingizdan keyin esa u – shoh, sen esa – gado bo‘lasan.
Chunki sen

mast

eding, u esa

to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi

dir”. “You are the king in your country, but

a slave for your

cupidity

within your soul. And my friend is a slave and a beggar who doesn’t

have a penny, but he is the King for

cupidity

and never obeys it. Your ways of life are quite

different from each other. You’re the King today, when you’re alive, but you will be a slave
when you die. He is a slave for God’s will today, when he is alive but will be the king when he


background image

5

dies hope to God. Because you’re

bilious and dishonest

and he is

honest

enough, I think”. Bu

parchada keltirilgan «nafs» so‘zi ma’naviyat umumiy semali atov birliklarining markaziy
konseptlaridan biridir. Tushuncha zamirida nisbatan salbiy ma’no anglashiladi.

Akademik A.Rustamov «So‘z xususida so‘z» kitobida nafsning quyidagi xususiyatlarini

tavsiflaydi: «Nutqda

nafs

so‘zi hayvonlarga, asosan, insonga nisbatan ishlatilib, kishining o‘z

jismoniy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishini anglatadi. Bu odamda me’yordan ortiq
yoki axloq doirasidan tashqari bo‘lsa, unday kishini «nafsi yomon» yoki «badnafs», yoxud
«nafsini tiyolmagan» kishi deb ataydilar. Agar nafsi me’yor va axloq doirasida bo‘lsa, bunday
odamlarni «nafsi yaxshi» yoki «neknafs» deyish mumkin. Agar nafsoniy talabi me’yoridan kam
bo‘lsa, bunday kishi «nafsi o‘lik» yoki «nafsini tiygan kishi» deyiladi. Insonda aql bo‘lgani
uchun nafsini boshqara oladi. Nafsini tiya olgan shaxsning insonligi, nafsini tiyolmaganning
hayvonligi ortiq bo‘ladi». “Ma’naviyat” umumiy semali atov birliklar mumtoz lug‘atlarda ham
o‘ziga xos yoritilgan.

Mumtoz asarlarimiz so‘zlarini tushunishga qaratilgan lug‘atlarda, xususan, “Navoiy

asarlari lug‘ati”da “ma’naviyat” leksemasi lug‘at so‘zlik shaklida uchramaydi. Biroq “ma’rifat”
leksemasiga “bilish, tanish, bilim” izohi berilgan. Albatta, bu izohlar zamirida cheksiz ma’no
bor, ba’zan buni o‘quvchi tushunmasligi mumkin. “O‘zbek tilining izohli lug ati‘”da bu
leksemaga aniq va to‘liq ta’rif berilganligi mumtoz lug‘atlar ta’riflari va ularning izohlariga
ham qayta nazar solishni, o‘quvchilar uchun oson, qulay, sodda usulda ta’riflash zarurligini
ko‘rsatadi. To‘g‘ri,

ma’rifat

so‘zi bugungi kunda nutqiy faol bo‘lgani bois ma’nosini anglash

bizga qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo “ahsan” leksemasi borki, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
ham nutqimizda ham uchramaydi. Bu leksema ma’naviyatga oid so‘z, ma’nosi “juda yaxshi”,
“eng go‘zal” ma’nosini anglatishi lug‘atda aks etgan. Bu ko‘p ma’noli leksema, uni inson va
narsa-hodisalarga ham qo‘llash mumkin. Insonga nisbatan qo‘llanganda, “ma’naviyat”
umumiy semali atov birliklarga oid bo‘ladi.

Tilshunosligimizning daslabki imlo lug‘atlarida, ya’ni “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”

“ma’naviy, ma’naviyat, ma’naviy-ijtimoiy, ma’naviy-siyosiy, ma’nan, ma’no, ma’nisiz, ma’nosiz”
atov birliklari so‘zshakl sifatida berilib ularning imlosi aks ettirilgan.

“O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da “ma’naviyat” leksik kategoriyasining yadro

qatorlaridan joy oladigan “adolat va odillik” leksemalariga “xolis va haqqoniy xatti-harakat,
holat” tarifi berilib, “adolat” so‘zshakliga “adolat – asosan qonun-qoida va umum ishidagi
xatti-harakatga nisbatan qo‘llanadi”, “odillik” so‘z shakliga “oddiy munosabatlardagi xolis va
odilona xatti-harakat” ma’nosi qo‘llangan. Bu ta’riflar “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi
ta’riflardan qanchalik farq qilishini, ma’noviy kengayganligini, leksik imkoniyatlari yuqori
baholanganligini bilish mumkin.

ADOLAT [

a.—

odillik

]

.

1

Odilona ish tutish, odillik;

2

Adolat (xotin-qizlar ismi).

Sinonimlar lug‘atidagi “qonun-qoida va umum ishidagi xatti-harakatga nisbatan qo‘llanadi”
ta’rifi “siyosiy adolat” ma’nosiga xoslanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi ta’rif keng,
umumiy xususiyatlarni o‘zida jamlaydi.

ODILLIK 1

Odil kishilarga xos xatti-harakat ta’riflariga tayanib aytish mumkinki,

ma’naviyatga oid leksemalar ma’nodoshlari uslubiy va semantik jihatdan farq qilishi mumkin.

Shu o‘rinda dastlabki xulosa chiqadiki, har bir lug‘at o‘zining faoliyati, maqsadi

doirasidan kelib chiqib so‘zshakllarga izoh beradi.


background image

6

“Falsafa” qomusiy lug‘atda “

ADOLAT”

leksemasining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy,

iqtisodiy tomonlariga ta’rif berilgan. Sharq va G‘arbning ma’naviy dunyosidagi qarashlar
asosida ta’riflangan. Bu lug‘atda so‘zshakllarning etimologik ta’rifi hammasida bir xil shaklda
aks etmagan. Ba’zi so‘zshakllarda etimologiyasi berilgan. Ushbu lug‘atda ma’naviyatga oid
leksemalarga xalqning hayotidagi o‘rni misolida ta’riflab berilgan.

“Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati”da “adolat” leksemasiga etimologik ta’rif

berilgan holda “odillik va to‘g‘rilik” ma’nodoshi kiritilgan. Bu ma’nodoshlik qatorini boyitishga
xizmat qilgan. Mazkur leksemaning ta’rifida mavzuni huquq va jamiyat taraqqiyoti bilan
bog‘liq holda yoritilgan. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” tamoyillari misolida
izohlangan.

“Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da “adolat” leksemasiga “ozodlik, baxt,

tenglik, do‘stlik, tinchlik” kabi azaliy tushunchalar bilan bog‘lab izohlangan. “Ijtimoiy adolat
tushunchasi” shakllangan va unga ta’rif berilgan. Tarixiy va zamonaviy qarashlar misolida
keng yoritilgan.

“Ma’naviyat” umumiy semali atov birliklar turkiy tilli davlatlar lug‘atlarida shakl va

mazmun jihatidan o‘xshashini “Turkcha-o‘zbekcha” lug‘ati orqali qiyosiy o‘rganish mumkin.
Ushbu lug‘atda “adalet” shaklida yoziladi. Ma’nosi esa “odilona va xolisona ish tutish,
haqqoniylik, odillik” ma’nolarida aks etgan. Bundan ko‘rinadiki, milliy va ma’naviy qarashlar
lug‘at birliklarida ham o‘z aksini topadi.

“O‘zbek tilining yuridik lug‘ati”da “adolat huquqi” birikmasi anglo-sakson huquq oilasi

amalda bo‘lgan mamlakatlar huquqining manbasi

,

u Angliyada XV asrdan boshlab, Lord

kansler tomonidan mustaqil sudya sifatida qirol va uning kengashi nomidan yakka tartibda
ishlarni ko‘rishi natijasida va shu asosda tizimli ravishda “adolat” doktrinasi sifatida qabul
qilingan qarorlar hisoblanadi” izohi aks etganligi maxsus lug‘atlarning imkoniyati, izohining
faoliyatidan kelib chiqib belgilanishini anglash mumkin.

References:

1.

Эргашев И. Миллий истиқлол ғояси. – Тошкент: Академия, 2005. – Б. 53.

2.

Эркаев А. Маънавият ва тараққиёт модели. Монография. – Тошкент: Маънавият,

2005. – 192 б.
3.

Эркаев А. Миллий ғоя ва маънавият. – Тошкент: Маънавият, 2002. – Б. 46.

4.

Ҳакимова М. Семасиология. – Тошкент, 2008.

5.

Ҳамраева Ш. Ўзбек тили морфологик анализатерининг лингвистик таълимоти. –

Тошкент: CлобеЭдит, 2020.
6.

Имомназаров М., Эшмухамедова М. Миллий маънавиятимиз асослари. – Тошкент:

Ислом университети, 2000. – 360 б.
7.

Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992.

8.

Маҳмудов Т. Мустақиллик ва маънавият. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – Б. 140.

Библиографические ссылки

Эргашев И. Миллий истиқлол ғояси. – Тошкент: Академия, 2005. – Б. 53.

Эркаев А. Маънавият ва тараққиёт модели. Монография. – Тошкент: Маънавият, 2005. – 192 б.

Эркаев А. Миллий ғоя ва маънавият. – Тошкент: Маънавият, 2002. – Б. 46.

Ҳакимова М. Семасиология. – Тошкент, 2008.

Ҳамраева Ш. Ўзбек тили морфологик анализатерининг лингвистик таълимоти. – Тошкент: CлобеЭдит, 2020.

Имомназаров М., Эшмухамедова М. Миллий маънавиятимиз асослари. – Тошкент: Ислом университети, 2000. – 360 б.

Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992.

Маҳмудов Т. Мустақиллик ва маънавият. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – Б. 140.