30
O‘ZBEKISTONDA SUD TIZIMIDAGI KADRLAR SIYOSATI
Mahkamov Abdukayum Mahkamovich
mustaqil izlanuvchi
Qarshi Davlat Universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13906963
Анотация
: Ushbu maqolada O‘zbekistonda yillarida sud tizimini kadrlar bilan ta’minlash
muammolari shuningdek, sudyalar tomonidan jinoyat ishlarini ko‘rish muddatlariga rioya
etilmaganligi haqidagi ma’lumotlar arxiv hujjatlarida asosida yoritilgan. Кадрларнинг катта
қисми совет даврида shakllangan mutaxassislar bo‘lib, mustaqillik sharoitida sud
hokimiyatining yangi huquqiy asoslarini ular tomonidan o‘zlashtirilishi ma’lum manoda katta
kuch va g‘ayratni talab etganligi, mustaqillik yillarida sudyalarning yangi avlodi bosqichma-
bosqich shakllanib borganligi manbalar asosida ko’rsatib berilgan.
Калит сўзлар:
Xалқ суди
,
Тошкент шаҳар суди, Олий суд.
1999-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidagi 215 ta tuman(shahar)
sudlari tarkibi 484 shtat sudya ish o‘rnidan iborat bo‘lib, amalda 391 nafar sudya faoliyat
ko‘rsatgan. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda esa 226 shtat birligida sudya ish o‘rni
mavjud bo‘lib, shundan 182 nafari ish yuritgan, qolgan ish o‘rinlari vakant hisoblangan
1
. Adliya
vazirligi Oliy sud bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rindagi sudyalik lavozimlariga nomzodlarni
tayyorlab, Prezident devoniga taqdim etib borgan. Jumladan, 1999-yilning 10 oyi davomida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 138 nafar sudyani tayinlashga qaratilgan farmoyishi
chiqarilgan. Shundan viloyat sudi sudyaligiga 38 nafar, tuman(shahar) sudyaligiga 82 nafar,
harbiy sudlar sudyaligiga 9 nafar shaxs tayinlangan
2
.
2000-yil 1-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy
sudning 30 kishidan iborat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, 8 kishidan iborat fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va 5 kishidan iborat harbiy hay’at tarkibi tasdiqlandi
3
.
Oliy sudda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalari va rahbarlarining davriy
malaka oshirishlari tashkil etilgan bo‘lib, 1999-yilda 4 nafar viloyat sudining raisi, 7 nafar
viloyat sudi raisining o‘rinbosarlari, 3 nafar hay’at raislari va 8 nafar viloyat sudi sudyalari
malakasini oshirgan edi
4
.
O‘z kasbida samarali mehnat qilib, muvaffaqiyatlarga erishgan sudyalar muntazam
ravishda rag‘batlantirib borilgan. 1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 70 yillik
bayrami tantanali nishonlandi. Ushbu tantana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi U.Mingboyev
“Jasorat” medali, Oliy sud sudyalari X.Ishoqova va K.Nosirov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari A.Polvonzoda va Oliy sud
sudyasi A.Popkovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni
berildi. Bundan tashqari, har yili O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi bayrami va
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси У.Қ.Мингбоевнинг судьялар анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун
номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.28.
2
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирининг биринчи ўринбосари Ғ.А.Раҳимовнинг судьялар анжуманида
сўзлаган маърузаси // Қонун номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.34.
3
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг “Ўзбекистон Республикаси Олий суди судлов ҳайъатлари
таркиби тўғрисида”ги қарори // Қонун номи билан. –Тошкент, 2000. –№2-3. –Б.36-37.
4
Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси У.Қ.Мингбоевнинг судьялар анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун
номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.30.
31
konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etiladigan bayramlarda sud
xodimlari taqdirlab borildi. Adliya vazirligining qaroriga asosan 1998-yilning ish yakuniga
ko‘ra eng yaxshi deb topilgan 110 nafar sud xodimlari moddiy va ma’naviy jihatdan
rag‘batlantirib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Xo‘jalik sudlarining vujudga kelishi bevosita mustaqillik davri bilan bog‘liqdir. Sovet
davrida esa iqtisodiy nizolar sud tomonidan emas, balki ijroiya hokimiyatining maxsus organi
– SSSR Davlat arbitraji degan yagona tizimga kiruvchi Davlat arbitraji tomonidan ko‘rilar edi.
1992 yilda arbitraj sudlarida jami 277 nafar xodim ishlagan. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingandan so‘ng Oliy arbitraj sudi Oliy xo‘jalik sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat arbitraj sudlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik
sudi, viloyat xo‘jalik sudlari maqomi berilgan.
Robert Albertovich Xachaturov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining birinchi
raisi bo‘lgan. U ushbu lavozimda 1995 yilgacha faoliyat yuritadi. Xo‘jalik sudlarining sud
hokimiyati mustaqil tarmog‘i sifatida shakllanishi va rivojlanishida 1995-2004- yillarda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi raisi lavozimida ishlagan Mirzoulug‘bek Elchiyevich
Abdusalomovning ham munosib hissasi bor
5
.
Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosarlari bo‘lib Axmonov Nurmat Rustamovich,
Isakov Baxtiyor Tursunmatovich, o‘rinbosarlari bo‘lib Umarov Mirzoxid Sobirovich, yuridik
fanlar nomzodi, dotsent Azimov Murod Karimovich, yuridik fanlar doktori Ro‘zinazarov
Shuxrat Nuraliyevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Azizov Xudoyqul Tojiyevich, yuridik
fanlar nomzodi Xolboyev Sobir Boratovich, Saidov Shuhrat Zafarovichlar ishlashgan.
1993-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibida Plenum va Rayosat
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 82-moddasiga
muvofiq, Oliy xo‘jalik sudi huzurida Ilmiy-maslahat kengashi tashkil etilishi hamda o‘z
faoliyatini jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Ilmiy-maslahat
kengashiga rahbarlikni Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari amalga oshirgan. Plenum uning
tarkibidan Kengash raisining o‘rinbosari va ilmiy kotibni tayinlagan. Kengashning yalpi majlisi
kengash raisi tomonidan olti oyda kamida bir marta chaqirtirilgan.
Dastavval Oliy xo‘jalik sudi qoshidagi Ilmiy-maslahat kengashi respublikada yetuk
tajribaga ega sudyalar, iqtisodiyotda yetakchi o‘rin egallagan korxona rahbarlari, yetuk
mutaxassislar, tajribali huquqshunos olimlardan iborat tarkibda 1994-yilda tashkil topdi.
Respublikada xo‘jalik sudlarining tizimi takomillashishi natijasida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tashkil etilib, iqtisodiy qonunlar
takomillashtirilishi, o‘z navbatida, Ilmiy kengash ishini ham takomillashtirishni taqozo etdi. Shu
munosabat bilan Oliy xo‘jalik sudining 1996-yil 1-martdagi Plenumida Ilmiy-maslahat kengashi
qayta tuzilib, uning Nizomi qabul qilindi va 22 nafardan iborat yangi a’zolari tarkibi
tasdiqlandi
6
.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qarorlarining qabul qilinishida Kengash a’zolarining fikr-
mulohazalari muhim ahamiyatga ega. Kengashda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi
Hojiakbar Rahmonqulov, yuridik fanlar doktori, professor Boboqul Ibratov, Respublikada
xizmat ko‘rsatgan yurist Ikrom Zokirov, yuridik fanlar nomzodi Eminjon Egamberdiyev, taniqli
5
Абдусаламов Мирзаулугбек Элчиевич. https://centrasia.org/person2.php?st=1013880318
6
Олий хўжалик суди пленумининг Қарори. Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди қошидаги илмий-
маслаҳат кенгаши тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида. https://lex.uz/docs/2570003
32
huquqshunos Mirshohid Mirhamidov va boshqalar a’zo bo‘lib, Ismoil Anortoyev kotib sifatida
faoliyat yuritgan.
Sudyalar malaka hay’ati – sudyalar bilan ishlashda demokratik asoslarni kuchaytirish, sud
ishlariga munosib nomzodlarni tavsiya qilish va sudyalar mustaqilligining kafolatini
kuchaytirish maqsadida tuziladi. Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati xo‘jalik sudi
sudyalari tarkibidan Oliy xo‘jalik sudi raisining tavsiyasiga binoan Oliy xo‘jalik sudi Plenumi
tomonidan 5 yil muddatga saylangan. Bunda, ularning ish staji, tajribasi, bilimi, shaxsi e’tiborga
olinadi. Soni esa rais, uning o‘rinbosari bilan birgalikda to‘qqiz kishidan oshmasligi belgilab
qo‘yilgan. Malaka hay’ati o‘z faoliyati to‘g‘risida uni saylab qo‘ygan organ oldida bir yilda
kamida bir marta axborot bergan. Malaka hay’ati respublikada ishlab turgan xo‘jalik
sudyalariga beshinchidan birinchi malaka darajasigacha bo‘lgan sudyalik darajasini berib
borgan.
Oliy xo‘jalik sudida malaka hay’ati faoliyat ko‘rsata boshlaganda, malaka hay’atining
dastlabki raisi bo‘lib Qashqadaryo viloyat xo‘jalik sudining raisi, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan yurist Tursunov Mirzo Xaydarovich 1992-1996 yillarda ishlagan. Keyingi yillarda
malaka hay’ati raisi bo‘lib Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosarlari M.S.Umarov,
Sh.N.Ro‘zinazarov, X.T.Azizov, Sh.Z.Saidovlar faoliyat yuritgan
7
.
1997-yildagi Xo‘jalik protsessual kodeksiga ko‘ra, xo‘jalik sudlari uchta instansiyadan
tarkib topgan bo‘lib, ishlar birinchi va ikkinchi instansiyalarda viloyatlarda, kassatsiya
instansiyasida Oliy xo‘jalik sudida, shuningdek Oliy xo‘jalik sudining raisi va o‘rinbosarlari,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari tomonidan Oliy xo‘jalik sudi
rayosatiga kiritilgan protestlar asosida nazorat tartibida Oliy xo‘jalik sudi rayosatida ko‘rilgan.
Kassatsiya shikoyatlari yuzasidan ishlarni yangi Xo‘jalik protsessual kodeksi talablari asosida
ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining
buyrug‘iga binoan, ixtisoslashtirilgan sudyalardan iborat uchta sudlov tarkiblari tuzilgan.
Birinchi tarkib mulk huquqi va xususiylashtirish bilan bog‘liq, yuridik shaxslarni tashkil
etish, qayta tashkil etish, tugatish bilan boliq, yakka tartibda ishlaydigan tadbirkorlar faoliyati,
bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash, yerdan foydalanish bilan bog‘liq, atrof-
muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, delikt (huquqqa xilof) harakat
orqali yetkazilgan zararni qoplash, shaxsiy nomulkiy huquqlar, intellektual mulkni himoya
qilish bilan bog‘liq nizoli ishlarni hal etishga ixtisoslashgan edi.
Birinchi sudlov tarkibiga Oliy xo‘jalik sudi sudyalari Tanikulov Sobir Mirzayevich – sudlov
tarkibi raisi, sudyalar Komilov Kozim Fozilovich, Sindorov Komil Oydinovich, Abilov Saidmurod
Sherkulovich, Sultonov Shukrullo Shokirovich va Yesemuratov Izbosar Aytjanovichlar
kiritilgan. Keyinchalik bu tarkibda Bahriyev O‘tkir O‘lmasovich, Narzullayev Akbar
Abdullayevich, Uzakov Nazirjon Ko‘chkarovich, Alimardonov To‘ra Shodmonovich, Qurbonova
Zarifa Mo‘minjonovnalar tarkib raisi, Saidov Shuxrat Zafarovich, Zakirova Larisa Grigoryevna,
Izrailbekova Maxmuda Abdusamiyevna, Mavlyanov Raximjon Abdixamidovich, Haydarov
Rustam Raxmonovich, Xalmurzayev Olim Dusmuxammatovich, Djurayev Oybek
Abdikadirovich, Sidikov Amirxon Solih o‘g‘li va boshqalar sudya sifatida faoliyat yuritganlar
8
.
Ikkinchi tarkib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, pudrat, yuk tashish,
7
Абдусаломов М. Узбекистон Республикаси хужалик судлари. Т., “Шарк” 1998. –Б.34.
8
Абдусаломов М. Узбекистон Республикаси хужалик судлари. Т., “Шарк” 1998. –Б.38.
33
transport ekspeditsiyasi, xizmatlar, komissiya, saqlash, ijara shartnomalarini tuzish,
o‘zgartirish va bekor qilish hamda bajarish bilan bog‘liq ishlarga ixtisoslashgan edi.
Ikkinchi sudlov tarkibiga Oliy xo‘jalik sudi sudyalari Do‘stboboyev Azamat Botirovich –
sudlov tarkibi raisi, sudyalar Qosimova Aqida Axrarovna, Yesniyazov Yesenbek Kaziyevich va
Shomirzayeva Yoqutxon kiritilgan. Bu tarkibga keyinchalik Soliyev Ismoil Komilovich,
Sayfullayev Baxtiyor Nasulloyevich, Xalmurzayev Olim Dusmuxammatovich tarkib raisi,
Mamadiyarov Shuxrat Butayorovich, Zakirov Sodiqjon Kuchkarovich, Numanova Safiya
Rustamovna, Ibragimov Anvar Lugmanovich, Abdullayev Abdumo‘min Abduaxatovich,
Eshimbetov Maxmud Urazboyevich va boshqalar sudya sifatida faoliyat yuritganlar
9
.
Uchinchi tarkib kredit, qarz, sug‘urta, kafillik, garov, kafolat, bank hisobi shartnomalarini
qo‘llash va banklar ishtirokidagi boshqa nizolar, davlat, mahalliy o‘z o‘zini boshqaruv
organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish, bu qarorlarni chiqarish bilan keltirilgan
zararlarni qoplash to‘g‘risidagi ishlarni, nazorat qilish funksiyasini amalga oshiruvchi
organlarning hujjatlarini baholash, ko‘rsatilgan organlar a’zolari bo‘yicha so‘zsiz tartibda
hisobdan chiqarilgan mablag‘larni budjetdan qaytarish, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan
faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarga ixtisoslashgan edi.
Sudlov tarkibiga Oliy xo‘jalik sudi sudyalari Ubaydilloyev Kamol Ismoilovich – sudlov
tarkibi raisi, sudyalar Nasullayev Mubin Nutfullayevich, Yusupov To‘lqin Muqadarovich va
Musayev Baxodir Haydarovichlar kiritilgan. Keyinchalik tarkibga Alimov Ibragim
Mirzaraximovich, Matmuratov Ixtiyar tarkib raisi, Sayfullayev Baxtiyor Nasulloyevich, Uzakov
Nazirjon Kuchkarovich, Otayev O‘ktam Karimovich, Danilova Inessa Yevgenyevna, Davletova
Karomat Xudoybergenovna, Temirxanova Bibisanam Tadjibayevna, Salimov Muydinjon
Muxtarovich, Maxmudov Alisher Shavkatovich, Astanov Mo‘min Karimovich va boshqalar
sudya sifatida faoliyat yuritganlar
10
.
Sud tizimi sohasida kadr bilan ta’minlashda Respublika yuristlar malakasini oshirish
Markazida 1998-yil davomida Jizzax viloyatidan o‘qishga 8 kishi, Samarqand viloyatidan 9
kishi, Surxondaryo viloyatidan 7 kishi, Toshkent viloyatidan 8 kishi o‘qishga yuborilmagan.
Yana shuni alohida aytib o‘tish lozimki, viloyatlardan kelgan tinglovchilar ko‘p hollarda
o‘qishga 5 – 10 kun kechikib kelgan. Masalan, 1998 yil dekabr oyida Jizzax shahar sudi sudyasi
B.Karimovga ko‘p mashg‘ulotlarda katnashmagani uchun guvohnoma berilmadi. Bu to‘g‘risida
Jizzax viloyati sudi hamda adliya boshqarmasi rahbarlariga xabar berilgan
11
.
Shuningdek, 1999-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidagi 215 ta
tuman(shahar) sudlari tarkibi 484 shtat sudya ish o‘rnidan iborat bo‘lib, amalda 391 nafar
sudya faoliyat ko‘rsatgan. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda esa 226 shtat birligida
sudya ish o‘rni mavjud bo‘lib, shundan 182 nafari ish yuritgan, qolgan ish o‘rinlari vakant
hisoblangan
12
. Adliya vazirligi Oliy sud bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rindagi sudyalik
lavozimlariga nomzodlarni tayyorlab, Prezident devoniga taqdim etib borgan. Jumladan, 1999-
yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 138 nafar sudyani
tayinlashga qaratilgan farmoyishi chiqarilgan. Shundan viloyat sudi sudyaligiga 38 nafar,
9
Абдусаломов М. Узбекистон Республикаси хужалик судлари. Т., “Шарк” 1998. –Б.39.
10
Ўша жойда. –Б.42.
11
Ўз МА, М-80-фонд, 1-рўйхат, 1247-иш, 103-варақ.
12
Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси У.Қ.Мингбоевнинг судьялар анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун
номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.28.
34
tuman(shahar) sudyaligiga 82 nafar, harbiy sudlar sudyaligiga 9 nafar shaxs tayinlangan
13
.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida sud
tizimini kadrlar bilan ta’minlash muammosi dolzarbligicha saqlanib qolaverdi. Kadrlarning
katta qismi sovet davrida shakllangan mutaxassislar bo‘lib, mustaqillik sharoitida sud
hokimiyatining yangi huquqiy asoslarini ular tomonidan o‘zlashtirilishi ma’lum manoda katta
kuch va g‘ayratni talab etar edi. Shunga qaramasdan, mustaqillik yillarida sudyalarning yangi
avlodi bosqichma-bosqich shakllanib bordi.
References:
1.
Абдусаломов М. Узбекистон Республикаси хужалик судлари. Т., “Шарк” 1998. –Б.34.
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси У.Қ.Мингбоевнинг судьялар
анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун номи билан. –Тошкент, 1999. ––№3-4. –Б.28.
3.
Ўзбекистон
Республикаси
Адлия
вазирининг
биринчи
ўринбосари
Ғ.А.Раҳимовнинг судьялар анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун номи билан. –
Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.34.
4.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг “Ўзбекистон Республикаси
Олий суди судлов ҳайъатлари таркиби тўғрисида”ги қарори // Қонун номи билан. –
Тошкент, 2000. –№2-3. –Б.36-37.
5.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси У.Қ.Мингбоевнинг судьялар
анжуманида сўзлаган маърузаси // Қонун номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.30.
13
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирининг биринчи ўринбосари Ғ.А.Раҳимовнинг судьялар анжуманида
сўзлаган маърузаси // Қонун номи билан. –Тошкент, 1999. –№3-4. –Б.34.