YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-HUQUQIY ASOSLARI

Annotasiya

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning aholi turmush tarziga bo’lgan ahamiyati darajasi haqida so’z boradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4-6
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Muhammadyunusova , M. . (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-HUQUQIY ASOSLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(12), 4–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52521
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning aholi turmush tarziga bo’lgan ahamiyati darajasi haqida so’z boradi.


background image

4

YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-

HUQUQIY ASOSLARI

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi

Sotsiologiya bo’yicha falsafa doktori, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.14044829

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik atamasini

erkin qo’llash imkoniyati yuzaga keishi bilan birgalikda, ushbu yo’nalishda mamlakat
siyosatida keskin yangiliklar amalga oshrilgani hamda buning aholi turmush tarziga bo’lgan
ahamiyati darajasi haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar

Haqiqiy tenglik, gender tenglik tushunchasi, tinchlikni mustahkamlash,

qonunchilik hujjatlari, Vazirlar mahkamasi, xotin-qizlar maqomi, Konstitutsiya, Oliy ta’lim
tizimi, qizlarning professional ta’limi, milliy xususiyatlar.


Erkaklar bilan xotin-qizlar o‘rtasidagi to‘liq va haqiqiy tenglik qonun ustuvorligiga

asoslangan adolatli va demokratik jamiyatning g‘oyat muhim elementi hisoblanadi.
Jamiyatning yaxlit rivojlanishi va uning barcha a'zolari farovonligining oshirilishi erkaklar
bilan xotin-qizlarning bu jarayonda to‘liq va teng ishtirok etishi uchun baravar imkoniyatlarni
taqozo etadi. Ayollar tomonidan inson huquqlarini to‘la va teng tasarruf etishlari mamlakatda
tinchlikni mustahkamlash va demokratiya uchun eng muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda xotin-qizlar aholining 50 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Shuning uchun

ham ularning intellektual-ma'naviy taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligi
nafaqat mamlakatimiz rivoji uchun, balki oilalar mustahkamligi uchun ham juda muhimdir.
So‘nggi yillarda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta
Qonunchilik hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta'minlash
masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida xotin-qizlar va
gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Bunday natijalar jamiyatimizda gender muvozanatni shakllantirishda erkaklar va xotin-

qizlarning maqomini tenglashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ta'minlashga hizmat
qilmoqda.

Shu bilan birga, "O‘zbekiston barqaror rivojlanishning beshinchi maqsadini amalga

oshirish doirasida "gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish"ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi. Beshinchi maqsadning
vazifalariga (gender tenglik) muvofiq, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan
kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda
qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va
etakchilik qilishi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash zarur bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul

qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi”[1].

Mazkur davlat dasturi asosida mamlakatimizda gender tengligiga erishish, bu borada

boshlangan ishlar samaradorligini oshirish, yuqori natijalarga ega bo‘lishga doir ko‘plab
tashkiliy-huquqiy ishlar boshlab yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng

huquqli ekanliklari mustahkamlab qo‘yildi. 1995 yil 6 mayda mamlakatimiz 1979 yil 18
dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan "Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham


background image

5

berish to‘g‘risidagi”[2], 1997 yil 30 avgustda "Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari
to‘g‘risidagi”[3], “Bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng
rag‘batlantirish to‘g‘risidagi” konventsiyalarga qo‘shildi. Bu esa xorijiy tajribaning
umume'tirof etilgan huquqiy normalariga tayangan holda, xalqimizning mental
xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yishga asos bo‘ldi.

2019 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi 561-son, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi 562-son qonunlari, shuningdek, xotin-
qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish borasida 15 dan ortiq
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, mamlakatimizda ushbu masalaning xalqaro
andozalar darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo‘llab-

quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5325-son Farmoni, 2018 yil

2 iyuldagi "Ijtimoiy reabilitasiya

qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3827-son, 2019 yil 7 martdagi "Xotin-
qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4235-son qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil

12 apreldagi

"Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan,
farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj
onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi, VM-285-
sonli qarorida esa kam ta'minlangan, yordamga muhtoj bo‘lgan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib
qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularni uy-joy bilan ta'minlash choralari
belgilab berildi.

2018 yil 14 martda Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash

jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu qaror xotin-qizlarni
og‘ir ijtimoiy ahvoldan chiqarishda muhim qadam bo‘ldi.

Ayol ijtimoiy masalalarni teranroq tuyishining sababi, u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi,

ularning sog‘lig‘i uchun qayg‘uradigan qalb shifokori, shu bilan birga hayotda faol siyosatchi
sifatida qonunlarning yanada hayotiy bo‘lishi uchun kurashadilar, aniq masalalar,
muammolarning echimlarini ifodalash uchun jon kuydiradilar. Binobarin, parlamentda ayollar
soni keskin oshganligi, olti nafar xotin-qizlarning esa tuman hokimi vazifasiga tayinlanganligi
mamlakatimizda gender tenglik ta'minlanishi sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ayollarga davlat va jamiyat taqdiriga daxldor qarorlarni hayotga tatbiq

etish, xususan, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, islohotlarni amalga oshirish
jarayonlarida bevosita qatnashishlari uchun keng yo‘l ochildi. Joylardagi mas'ullarimiz
qatorida, ayol senatorlar va deputatlar ham muammolarni o‘rganib, ularni manzilli bartaraf
etish borasida o‘zlarining muhim hissalarini qo‘shib kelayotganliklari, gender tenglikni
ta'minlash masalasiga ham bevosita taalluqlidir.

Xotin-qizlarga erkaklar bilan teng huquqlar berilgan, qonunlarimizda cheklovlar

bartaraf etilayotgan bo‘lsa-da, gender tengligini ta'minlash borasidagi ishlar kolami katta
bo‘lib qolmoqda. Shu o‘rinda jahon tajribasini tahlil qiladigan bo‘lsak, nufuzli Jahon iqtisodiy


background image

6

forumi har yili jamiyatdagi gender munosabatlarida (erkak va ayollar orasida)gi tafovut
haqida hisobot tayyorlaydi. Ushbu hisobotda ayollar va erkaklarning siyosiy hayotdagi o‘rni,
iqtisodiyot, o‘rta ta'lim olish va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalinishlaridagi tafovutlar
hisobga olinadi.

Demak, faqat qonunchilikda teng huquqlikni belgilab qo‘yishning o‘zi etarli emas, buning

uchun faol siyosat olib borilishi talab etiladi. Erkaklar va ayollarning jamiyat hayotida teng
ishtirok etishlari mamlakatning rivojlanishida muhim omildir, chunki mamlakatda kuchli
raqobat sharoitining vujudga kelishi, ushbu mamlakatga o‘z salohiyatidan to‘liq foydalanish
imkoniyatini beradi. Shuningdek, erkaklar va ayollarning siyosat, iqtisodiyot va jamiyatda
teng ishtirok etishlari uchun samarali choralar ko‘rish, faol siyosat olib borish ham sezilarli
ijobiy natijalarga erishishga olib keladi. Qonun ijodkorligiga normativ-huquqiy hujjatlar va
ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizasi nomli yangi institut kirib keldi. Har bir
mehnat jamoasida gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashlarini tuzish taklifi ishlab chiqildi
va bu tegishli huquqiy hujjatlarda ham o‘z aksini topdi.

Demak, ushbu masalaning yuqorida keltirilgan tahlilidan kelib chiqadigan xulosa, ayol

va erkak o‘rtasidagi munosabat, jamiyat hayotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi
va jamiyat o‘zgarishlariga, hayot sharoitlariga mos ravishda takomillashib boradi.

Ma'lumki, oliy ta'lim olish imkoniyatlarining kengaytirilishi ayollar orasida ish bilan

ta'minlanganlik darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, biz siyosat va
hukumatda ham ayollar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak, chunki ayollar
oliy ma'lumot olishining o‘zi etarli emas, ular davlat va jamiyatni boshqarishda ham faol
ishtirok etishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida xotin-qizlarning ta'limiga qaratilgan e'tibor ham juda muhim.

Qizlarning professional faoliyat sohasini tanlashini tahlil qilish, aniqlangan

muammolarni bartaraf etish, ayollarning, ayniqsa yosh qizlarning qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarish uchun ular qiziqishining turli yo‘nalishlari bo‘yicha assotsiasiyalar tashkil etish,
qizlar ta'limini qo‘llab-quvvatlash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok
etishiga monelik qiladigan aqidalarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, gender tenglikka erishishda davlat tomonidan erkaklar va xotin-

qizlar huquq hamda manfaatlarini qonuniy himoya qilishning huquqiy asoslari yaratib
berilishi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, og‘ir ijtimoiy
ahvoldan chiqarishda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bu ishlar o‘z navbatida mamlakatimizda gender tenglikning ijtimoiy-huquqiy asoslarini

yanada takomillashtiradi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni xalqimizning milliy
xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqib amalga oshirilishida muhim rol o‘ynaydi.

References:

1.

Хелена Фрейзер: Ўзбекистон гендер тенгликни таъминлаш бўйича муҳим

қадамларни қўймоқда https://strategy.uz/index.php?news=745/ /
2.

As'yanov Sh. M, Bakaeva F. X. O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlashning

tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.- Toshkent.: “Mega Basim”, 2008. – B.7.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari

to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi 501-sonli Qarori, 1997 yil 30 avgust.
https://www.lex.uz/docs/86886.

Bibliografik manbalar

Хелена Фрейзер: Ўзбекистон гендер тенгликни таъминлаш бўйича муҳим қадамларни қўймоқда https://strategy.uz/index.php?news=745/ /

As'yanov Sh. M, Bakaeva F. X. O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.- Toshkent.: “Mega Basim”, 2008. – B.7.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi 501-sonli Qarori, 1997 yil 30 avgust. https://www.lex.uz/docs/86886.