99
JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA MAHKUMLARNING MUROJAATLARI
BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi
To‘rayev Qodir Tohir o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185938
Annotatsiya:
Maqolada ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning murojaat qilish
huquqlari va ularni ko‘rib chiqishda vakolatli shaxslarning majburiyatlari hamda mahkumlar,
jinoyat sodir etishda ayblanayotgan qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari va ularning
murojaat qilish imkoniyatlari, ijro etuvchi organlarning oldida turgan dolzarb vazifalari
to‘g‘risida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ariza, taklif, shikoyat, murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari, ochiqlik va
shaffoflik.
Har bir shaxs o‘z hayoti davomida huquqlaridan foydalanib shaxsiy muammolarini hal
qilib keladi. Ayniqsa, siyosiy huquqlarning amalga oshirilishi jamiyat va davlatning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishi, qolaversa, fuqarolarning turmush tarzini yengillashtirishga olib keladi.
O‘zbekistonda mahkumlarning huquq, erkinlik va boshqa qonuniy manfaatlarining
ta’minlanishiga xizmat qiladigan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar [1], O‘zbekiston
Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son qonuni [2], jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-
iyundagi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-625-son qonuni [3], O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash
va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son [4] qarorlari hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi “Ozodlikdan mahrum
qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-son [5] qarori bu kabi normalar ko‘p
chiqarilgan bo‘lib, ularda mahkumlar huquqlarini amalga oshirilish belgilangan. Bunda
bevosita davlat organlari va mansabdor shaxslar masuldir. Biroq, barcha fuqarolar o‘zining
huquqlaridan to‘liq foydalana olmaydi. Bunga bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin: huquqiy
bilimning yetishmasligi, siyosiy yangiliklar va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bilmaslik va
boshqalar. Erkinlikda yurgan shaxs huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqarishda muammolarga
duch kelmasligi mumkin, lekin ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bu borada bir qancha
cheklanishlarga duch kelishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan
mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiyasi va adaptatsiyasini amalga oshirish masalasi ham alohida
o‘rin egallaydi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar amaldagi
qonunchilikda belgilangan istisno hamda cheklashlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo’lishlari va
100
majburiyatlarni bajarishlari belgilangan [6].
“Inson huquqlarini ta’minlash masalasi shaxs ozodlikda yoki jazoni o‘tashidan qat’i nazar,
o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Mahkumlar va mahkumlar ham qonun bilan belgilangan
muayyan huquqlarga ega”[7]. Masalan, mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarida jazoni
o’tash mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-moddasiga muvofiq
quyidagi huquqlarga ega bo’ladi:
“Jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida
axborot olish;
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat
birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda
javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida
beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs
murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan
ta’minlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar
davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa,
insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish;
tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu
jumladan surdo tarjimonning xizmatidan foydalanish;
o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish;
sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va
statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;
ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish;
jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan
ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat
ularning roziligi bilan amalga oshiriladi;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam
olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi;
ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish.
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va
konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik
muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya
qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish
huquqiga ega.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda
referendumda ishtirok etish huquqiga ega.
Agar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida
101
saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va
sudning hukmi asosida mahrum etilgan bo‘lmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi”
Bizning tadqiqot obyektimiz mahkumlarning murojaat etish huquqini yoritish ekan, ular
nafaqat muassasa ma’muriyatiga, balki boshqa davlat organlari va mansabdor shaxslariga
ariza, taklif, shikoyatlari bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ushbu vakolatli organlar va
mansabdor shaxslar tizimiga:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Jazoni ijro etish departamenti kabilar kiradi. Ushbu organlarga
qilingan murojaatlarni o‘z vaqtida yetib borishi uchun jazoni ijro etuvchi organ javobgardir.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘lik jazolarni ijro etish vazifasi Ichki ishlar huzuridagi
Jazoni ijro etish departamenti yuklatilgan. Shuningdek, ushbu faoliyatni tartibga solish uchun
IIV tomonidan bir qancha buyruqlar ishlab chiqilgan va ushbu normativ hujjatlar Adliya
vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o’tkazilgan.
Murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda bo‘ladi. Murojaatlarni arizalar, takliflar va
shikoyatlar tarzida turlarga bo‘lish mumkin.
Ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarnini amalga oshirishga yordam
ko’rsatish to‘g‘risida iltimos bayon etilga hujjat hisoblanadi. Masalan mahkum Jinoyat-ijroiya
kodeksi talablariga muvofiq oila a’zolari bilan uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat so‘rab
kaloniya rahbariyatiga ariza yozishi mumkin.
Taklif – kaloniyada mahkumlar jazoni o‘tash mobaynida ijtimoiy foydali masalalarda
koloniya rahbariyatiga o‘zlarining tavsiyalari berishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan,
mahkumlar koloniyada tashkil etilgan ishlab chiqarishda yangi mahsulot loyihalari taklif
etishlari mumkin.
Shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya
qilish to‘g‘risida talab bayon etilgan hujjat hisoblanadi. Misol uchun, mahkumni hayoti va
sog‘lig‘iga qandaydir tajovuz bo‘lsa, yoki qandaydir noqonuniy harakat ustidan koloniya
rahbariyatida murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, har qaysi
mahkum yuqoridagi davlat organlari va mansabdor shaxslariga moneliksiz murojaat etish
tartibi belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, nafaqat mahkumning o’zi, balki uning yaqin
qarindoshlari ham har qaysi vakolatli organga o‘z taklif, ariza va shikoyatlari bilan murojaat
etishi mumkin. Ichki ishlar vazirining 174-sonli buyrug‘ining 193-bandiga ko’ra, “Mahkumning
yaqin qarindoshlari JIEM ma’muriyatidan mahkumning ahvoli, sog‘lig‘i hamda unga nisbatan
qo‘llanilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari to‘g‘risida yozma va og‘zaki axborot
102
olish huquqiga ega. Mahkumning yaqin qarindoshlari JIEMga bevosita kelgan holda murojaat
qilgan taqdirda, JIEM ma’muriyati tomonidan darhol javob berilishi lozim”
2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan Ichki ishlar vazirining 174-sonli buyrug‘ining 2-bobi
“Mahkumlarning ariza, taklif va shikoyatlari” deb nomlanib, ushbu manbada mahkumlarning
ushbu sohasidagi barcha tamoyillar belgilab berilgan. Unga ko’ra, “Mahkumlarning ariza, taklif
va shikoyatlari ro‘yxatga olinadi hamda topshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida
ko‘rsatilgan manzilga yuboriladi va mahkum bu haqda xabardor qilinadi. Ariza, taklif va
shikoyatlarni yuborish bilan bog‘liq xarajatlar mahkumning shaxsiy hisob varag‘idagi
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ariza, taklif va shikoyatlarning javoblari JIEMga kelgan
kundan e’tiboran uch kun ichida mahkumga tilxat olib ma’lum qilinadi.
Yuqori turuvchi organlar yoki mansabdor shaxslarga yuborilgan ariza, taklif va
shikoyatlarda nazarda tutilgan masalalarni JIEM ma’muriyati tomonidan joyida hal etish
mumkin bo‘lgan hollarda, JIEM ma’muriyati ushbu masalalarni ko‘rib chiqish natijalarini
kutmasdan bartaraf etishi shart.
Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining
(ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga
yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas
hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin
emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi.
Prokuror yoki sud nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi
hamda bir sutkalik muddat ichida tegishligi bo‘yicha jo‘natiladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash
haqidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishligi
bo‘yicha darhol jo‘natiladi [8].
Darhol jo‘natilishi qonunchilikda ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay ushbu jarayon
raqamlashtirilmaganligi hozirgi zamonaviy dunyoga to‘g‘ri kelmaydi.
Yuqoridagi ko‘ra mahkumlarning murojaatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagi
takliflarni beramiz:
1.
mahkumlarning murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishi uchun elektron murojaat
etishlarini tashkillashtirish uchun dastur ishlab chiqish;
2.
jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar elektron murojaat qoldirishlari uchun
elektron qurilmalar o‘rnatilishi lozim degan fikrdamiz.
XULOSA
Mahkumlarning ham murojaatlari fuqarolarning murojaatlaridek bir xil ahamiyat ega.
Yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar natijasida, inson huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik va ijro tizimi, mahkumlarning huquqlari
bo’yicha xalqaro standartlarni jazoni ijro etish faoliyatiga moslashtirish, mahkumlarni
huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni
faollashtirishga doir tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi islohotlarni ijobiy natijasini
ko’rish uchun, shu jumladan, odil sudlov va ijro tizimini yaratish uchun mahkumlarning
huquqlarini ta’minlash, ularning arizalarini ko’rib chiqish, bergan takliflarini inobatga olish,
103
buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida qilgan shikoyatlarini qonuniy hal qilish har bir davlat
organi va mansabdor shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, mahkumlarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari hurmat qilish lozim. Qilinayotgan ishlarning
barchasi, albatta, inson qadrini ulug‘lash va ularning huquqlarni ta’minlash maqsadida amalga
oshirilmoqdadir.
References:
1.
Nasirov I., Qarshibayeva Z. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqlarini
taminlanish asoslari //Pedagog. – 2024. – T. 7. – №. 3. – S. 623-627.
2.
O‘zbekiston
Respublikasining
2017-yil
11-sentyabrdagi
“Jismoniy
va
yuridik
shaxslarning
murojaatlari
to‘g‘risida”gi
O‘RQ-445-son
qonuni
//
https://lex.uz/docs/3336169 (murojaat vaqti: 18.11.2024).
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya
qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 625-son
qonuni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020 y., 03/20/625/1007-son.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining
jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son
qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 martdagi “Ozodlikdan
mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini
ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-son qarori // Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020 y., 09/20/128/0261-son.
6.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi // URL: http://lex.uz/docs/163629
(Elektron manbaga murojaat qilingan vaqt: 29.09.2024).
7.
Носиров И., Жабборов Т. Жазони ижро этиш муассасаларидан озод килинаётган
маҳкумларни ижтимоий реабилитatsiяси ва адаптatsiясини амалга оширишнинг
тушунчаси ва мохияти //Наука и технология в современном мире. – 2022. – Т. 1. – №. 7. –
С. 361-370.
8.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug’i //
https://lex.uz/acts/-2216121(мурожаат
9.
Nasirov I. Typology of women released from penal jurisdiction //International Bulletin of
Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 219-224.
10.
Насиров И., Абдуғафуров Ж. Жазони ижро этиш муассасаларида маҳкумларнинг
психологияси ва ижтимоий мослашуви //Академические исследования в современной
науке. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 157-161.
11.
Насиров, Иззатилла, and Мўминжон Муродкулов. "Жазони ижро этиш
муассасаларида маҳкумларни касб-ҳунарга ўқитиш бўйича хорижий давлатларининг
тажрибаси."
Development of pedagogical technologies in modern sciences
3.6 (2024): 104-109.
104
12.
Насиров И., Ибрагимов Қ. Озодликни чеклаш жазосини ижро этишнинг ўзига хос
ҳусусиятлари //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3.
– №. 5. – С. 52-60.
13.
ўғли Насиров, Иззатилла Суннат. "Вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликларни
олдини олиш масалалари."
Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali
(2022):
212-215.
