Авторы

  • Qaxromon Rashidov
    State Institute of Art and Culture of Uzbekistan Teacher of the “Instrument performance” department

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.52398

Ключевые слова:

Baxshichilik san’ati doston ijrochiligi baxchichilik maktabi doston kuylari do‘mbira sozanda nag‘malar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek baxshichilik san’atining o‘ziga xos ijro uslublari hamda o‘zining an’anaviy doston ijrochiligi bilan, ajralib turadigan Surxondaryo-Qashqadaryo vohalariga aloqador Sherobod baxshichilik maktabi targ‘ibotchilari hamda u maktab davomchilari haqida ma’lumot berilgan. Sherobod doston ijrochiligi maktabi baxshilarining hayoti va ijodiy faoliyatlari hamda ijro repertuarlari yoritilgan.


background image

20

SURXONDARYO-QASHQADARYO HUDUDIDAGI “SHEROBOD” DOSTON

IJROCHILIK MAKTABI BAXSHILARI IJODI

Rashidov Qaxromon

State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Teacher of the “Instrument performance” department

https://doi.org/10.5281/zenodo.14271936

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek baxshichilik san’atining o‘ziga xos ijro uslublari

hamda o‘zining an’anaviy doston ijrochiligi bilan, ajralib turadigan Surxondaryo-Qashqadaryo
vohalariga aloqador Sherobod baxshichilik maktabi targ‘ibotchilari hamda u maktab
davomchilari haqida ma’lumot berilgan. Sherobod doston ijrochiligi maktabi baxshilarining
hayoti va ijodiy faoliyatlari hamda ijro repertuarlari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Baxshichilik san’ati, doston ijrochiligi, baxchichilik maktabi, doston

kuylari, do‘mbira, sozanda, nag‘malar.

Аннотация:

Это в статье узбек бахшы искусства самому себе особенный

исполнение стили и его собственный традиционный отличается исполнением эпоса
стоя, Сурхандарьинско-Кашкадарьинская в оазисы связанный Шерабад бахши школа
промоутеры и это школа преемники о информация данный. Шерабад школа
эпического перформанса жизнь и творческий деятельность и исполнение репертуар
освещенный.

Ключ слова:

Бахши искусство, исполнительский эпос, Бахшы школа, эпопея

мелодии, думбира, музыканты, песни.

Abstract:

This is in the article uzbek bakhshi’s art to himself a special performance of

styles and his own traditional is distinguished by the performance of the epic standing,
Surkhandarya-Kashkadarya in the oases associated Sherabad bakhshi school promoters and
this school is the successors of the information given. Sherabad school of epic performance
life and creative activity and performance repertoire illuminated.

Key words:

Bakhshi art, performing epic, Bakhshi's school, epic melody, dumbyra,

musicians, songs.


O‘zbek baxshichilik san’atining Surxondaryo vohasiga xos Sherobod doston ijrochilik

maktabi baxshilari ijodi haqida folklorshunos O‘ktam Hakimov shunday ma’lumot bergan

1

.

O‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘p baxshilar Sherobod dostonchilik maktabiga

mansub. Bu dostonchilik maktabining baxshilari takrorlanmas hisoblanadi chunki bu
dostonchilik maktabining doston ijro yo‘li ohangi judayam yoqimli va aniqlik bor desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu maktabning doston ijrochiligida baxshilar do‘mbira cholg‘usini
mohirona ijro qiladilar. Surxondaryo-Qashqadaryo Sherobod dostonchiligi maktabi, o‘zbek
baxshilarining zabardast vakillaridan biri Umir baxshi Safarov 1894-yili Surxondaryo viloyati
Sherobod tumanining G‘ambir qishlog‘ida tug‘ilgan. Umir baxshining otasi Safar yuzboshi
(baxshi) ham elning hurmat-e’tiborini qozongan baxshilardan bo‘lgan. Safar baxshining oilasi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniga ko‘chib borgan va shu yerda yashab ijod qilgan.
Umir baxshi doston va terma aytishni otasi Safar baxshidan o‘rgangan. Amakisi Boynazar
baxshining maslahati bilan o‘sha davrda dong taratgan Sherobod baxshichilik maktabi
asoschilaridan biri Surxondaryolik Sherna baxshiga shogird tushib, ustozidan doston va

1

O‘.Hakimov O‘zbekiston Tarixi telekanali “Aslida qanday” ko‘rsatuvi 2021-yil Baxshichilik san‘ati haqida


background image

21

termalar, do‘mbira nag‘malarini o‘rgangan. Baxshi “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Oltin qoboq”,
‘Tarki Badaxshon”, “Malla savdogar”, “Yozi bilan Zebo”, “Kelinoy”, “Ravshanxon”, “Avazxon”,
“Oyparcha”, “Balxuvon” kabi dostonlarni ijro etgan. Xalq dostonlari va termalarini avloddan-
avlodga yetkazishda Umir baxshi Safarovning xizmatlari beqiyosdir. Uning o‘g‘illari Suvon
baxshi, Qora baxshi va Chori baxshi Umirovlar, nabirasi Rasul baxshi Umirov, shogirdlari
Qodir baxshi Rahimov, Nurali baxshi Qurbonov, Bozor baxshi Normatov, Eshnazar baxshi
Rahmatov, Beknazar baxshi Rahmatov, Safar baxshi Xushvaqtov Umir baxshining yetuk
izdoshlari hisoblanadi.

“Qora baxshi 1934-yili Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani Yetimquduq

qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Umir baxshi Safarov Sherobod dostonchilik maktabi asoschisi
Shernazar (Sherna) baxshining shogirdi edi. Otasidan baxshichilik san’ati sirlarini o‘rgangan.
Nizomiy nomidagi Pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetida o‘qigan. Qora baxshi
Umirov Surxondaryo viloyatining Muzrabod tumanida istiqomat qilgan. Uning repertuaridan
“Avazxon”, “Malla savdogar”, “Alpomish”, “Nurali va Semurg‘”, “Jahongir”, “Samangul va
Suvongul”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Oltin qoboq”, “Juzumko‘zning olib kelinishi”, “Turkiston”
kabi doston va termalar o‘rin olgan. U 1985-1987-yillarda Xiva va Toshkentda o‘tkazilgan
birinchi va ikkinchi Butunittifoq xalq ijodiyoti festivallari laureati bo‘ldi. 1999-yili “Alpomish”
dostonining 1000-yilligi munosabati bilan Termiz shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo
respublikalari baxshi shoir va oqinlarining xalqaro ko‘rik festivalida ikkinchi o‘rinni olgan.
Qora baxshi Umirov baxshichilik san’ati davomiyligini ta‘minlashga o‘z hissasini qo‘shib,
ko‘plab shogirdlar chiqargan.

Qodir baxshi Rahimov 1937-yilning 16-aprelida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod

tumani Xo‘jamahmud qishlog‘ida tug‘ilgan. Bolaligidan sherobodlik taniqli baxshi Shernazar
Berdinazar o‘g‘li dostonchilik maktabining yirik vakillari - Rajab baxshi Normurod o‘g‘li, Umir
shoir Safar o‘g‘li, Turdi shoir kabi ustozlarining dostonchilik va terma ijrochiligi san’atini katta
qiziqish bilan o‘rgandi. Qarshi davlat pedagogika institutida (1962-1966-yillarda) tahsil oldi.
Baxshining bisotidan “Alpomish”, “Yodgor”, “Shirin bilan Shakar”, “Rustamxon”, “Murodxon”,
“Zaydinoy”, “Gavharoyim”, “Oychinor”, “Kelinoy”, “Jorxun maston”, “Misqol pari”,
“Ravshanxon”, “Yozi bilan Zebo”, “Ollanazar Olchinbek”, “Oltin qoboq”, “Nurali” kabi o‘nlab
an’anaviy dostonlar o‘rin olgan. Ayni chog‘da o‘zi ham “Jahongir Temur”, “Ahmad Yassaviy”,
“Ota duosi”, “Maxtumquli”, “Oysha”, “Eshqora bilan Do‘stqora”, “Davrim farzandi”, “Otibaxt
polvon” singari dostonlar yaratib, xalq ijodiyotiga munosib hissa qo‘shdi”

2

.

Hozirgi Kunda bu Sherobod dostonchiligi vakillaridan o‘zining chiroyli ovozi va do‘mbira

sozining ijroviy jihatidan mohir baxshi Shoberdi baxshi Boltayev 1944-yili Surxondaryo
viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat pedagogika institutida tahsil olgan. U
do‘mbira chertishni otasi Bolta Aliyevdan, baxshichilikni otasining tog‘asi Davlat yuzboshidan
o‘rganadi. Shoberdi baxshi 1983-yili Shahrisabzda bo‘lib o‘tgan, baxshilar ko‘rik-tanlovida
uchinchi o‘rinni, 1989-yili Denov shahrida bo‘lib o‘tgan baxshilar ko‘rik-tanlovida esa birinchi
o‘rinni egallaydi. 1991-yili Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan Markaziy
Osiyo baxshilarining ko‘rik-tanlovida Oliy mukofot sovrindori bo‘ladi.

Shoberdi baxshi 1998-yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan “O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati

2

O‘. Hakimov. “Alpomish” dostonining ijro variantlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan”

nashriyoti Toshkent-2021


background image

22

kunlari”da, 2002-yili Germaniyada nemis olimi Karl Rayxel tomonidan nemis tiliga tarjima
qilingan “Alpomish” dostonining taqdimot marosimida o‘z ijrosi bilan ishtirok etadi. Shoberdi
baxshi Boltaev 2000-yili “O‘zbekiston xalq baxshisi” faxrli unvoni bilan, 2007-yili “El - yurt
hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Uning ijodiy bisotidan “Alpomish”, “Oltin qoboq”,
“Ollanazar Olchinbek”, “Kuntug‘mush”, “Suluvxon”, “Sanam gavhar”, “Malla savdogar”,
“Oyparcha” dostonlari, “Do‘mbiram”, “Mehmondir”, “Tilar”, “Nima kerak”, “Bilmadi”, “Oypari”
kabi ko‘plab doston va termalar o‘rin olgan.

Shoberdi baxshining “Mehmondir”, “Tilar”, “Suluv”, “Do‘mbiram”, “Bilmadim”, “Shul

yomon”, “Ko‘rdi” kabi termalari, “Boy keldi”, “Ohuva”, “Kelinoy”, “Cho‘pon kuyi”, “Zubayda”,
“Otning ketishi” kabi do‘mbira nag‘malari mashhurdir. Shoberdi baxshi Boltaevning
shogirdlari Baxshiqul Tog‘aev, O‘rol Rahimov, Safar Shaydilov, Murod baxshi Aliqulov va o‘g‘li
Ro‘ziqul baxshi Boltaev baxshichilik an’analarini davom ettirib kelmoqda.

Sherobod dostonchilik maktabining yana bir yetuk baxshilaridan biri Abdunazar baxshi

Poyonov 1954-yilning 20-mayida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xomkon
qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984-yildan Xushboq baxshi Mardonaqulovdan, so‘ngra Chorshanbi
baxshi Rahmatullayev va Qodir baxshi Rahimovdan baxshichilik sirlarini o‘rgana boshlaydi.
Abdunazar baxshi 1999-2001-2003-yillarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan baxshi-
shoirlar ko‘rik tanlovida faxrli 1-o‘rinni, 1999-2003-yillarda Markaziy Osiyo respublikalari
baxshi shoir va oqinlarining 1-3-xalqaro ko‘rik-tanlovlarida 2-o‘rinni egallaydi. 1994-yili
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Manas” eposining 1000 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan
xalqaro oqinlar ko‘rik-tanlovida 2-o‘rinni olishga muyassar bo‘ladi. 2002-yili Qirg‘izistonda
bo‘lib o‘tgan xalqaro “Ak-tanday” oqinlar festivalida ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi. 2003-
yili Abdunazar baxshi “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan. Uning ijodiy
bisotidan “Go‘ro‘g‘li”, “Avazxon”, “Avazxonning qaytishi”, “Alpomish”, “Oltin qoboq”, “Malla
savdogar”, “Rustamxon”, “Kuntug‘mish”, “Malikai ayyor”, “Kelinoy”, “Suluvxon”, “Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi”, “Zarnigor” kabi dostonlar o‘rin olgan. U “Kelinoy”, “Haq-quva”, “Ayriliq”, “Cho‘pon
chertish” kabi do‘mbira kuylarini maroq bilan ijro etgan.

Sherobod dostonchilik maktabida o‘zining doston ijrosi va do‘mbira cholg‘usi mohir

ijrochisi Baxshiqul baxshi 1960-yilning 25-avgustida Surxondaryo viloyati Boysun tumanida
tug‘ilgan. Hozirda Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi. U do‘mbira chalishni va do‘mbira
nag‘malarini yoshligida otasidan o‘rganadi. So‘ngra O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi
Boltaevga shogird tushadi. Respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan baxshi shoirlar ko‘rik-
tanlovlarida faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaydi. Baxshiqul baxshi ish faoliyatini 2002-yili
Qumqo‘rg‘on tumani markaziy madaniyat uyida yoshlarga baxshichilik sirlarini o‘rgatish bilan
boshlagan. Uning ijodiy bisotidan “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Sohibjamol va Sohibqiron”,
“Oysuluv”, “Go‘ro‘g‘li”, “Oychinor”, “Bobo Ravshan” kabi dostonlar, “Qalandar”, “Mehr-oqibat”,
“Armoning”, “Ona”, “O‘zbegim”, “Navro‘z”, “O‘kinch” kabi termalari va bir qancha do‘mbira
kuylari “Cho‘pon chalish”, “Sarvinoz”, “Guloyim” kabilar o‘rin olgan. 2018-yili “O‘zbekiston
xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.

Qodir baxshi Rahimovning shogirdi mohir ijrochi Abdurashid baxshi Boymurodov 1953-

yili Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qizilcha qishlog‘ida tug‘ilgan. Qarshi
pedagogika texnikumida tahsil olgan. Yoshligidan baxshichilik san’atiga qiziqib, Qodir baxshi
Rahimovga shogird tushadi. Uning ijodiy bisotidan “Alpomish”, “Kuntug‘mush”, “Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi”, “Oltin qoboq”, “Oysuluv”, “Rustamxon”, “Ollanazar Olchinbek”, “Misqol pari”


background image

23

dostonlari, “Ne yomon”, “Ohuv-va”, “Mehmondir”, “Jigitga nima kerak”, “Kim bilsin”, “Yaxshi”,
“Kelinoy”, “Bo‘lmasin”, “Bo‘lama”, “Dunyosan”, “Bo‘lar”, “Tilar”, “Qolar”, “Yaxshiroq” kabi
termalar o‘rin olgan.

Qahhor baxshi Rahimov 1957-yili Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida taniqli, el

suygan Qodir baxshi Rahimov xonadonida dunyoga keladi. Qarshi davlat pedagogika instituti
filologiya fakultetida (1976-1983-yillarda) tahsil oladi. Qahhor baxshi Rahimov ijodiy
bisotidan “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Sohibqiron”, “Jarhum maston”, “Malla savdogar”,
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Zaydinoy”, “Avazning olib kelinishi”, “Avazning arazi”, “Xon dalli”,
“Ollanazar Olchinbek”, “Beva Barchin yoxud Barchin Bekach”, “Yodgor”, “Malikai ayyor”,
“Zarnigor”, “Sherali va Erali”, “Murodxon”, “Zayidqul”, “Rustamxon”, “Balxuvon”, “Oysuluv”,
“Chambil qamali”, “Oytumsa”, “Balogardon”, “Boloyim”, “Nurali va Semurg‘”, “Tarki
Badaxshon”, “Oy chinor”, “Kelinoy”, “Temur va Boyazid”, “Maxtumquli”, “Samarqand tarovati”,
“Ravshanxon”, “Gavhari hushtar”, “Yozi bilan Zebo”, “G‘upponoy” kabi ellikdan ortiq dostonlar
o‘rin olgan.

Qahhor baxshi tomonidan yaratilgan “Yodgor” (1999), “Ahmad Yassaviy” (2001),

“Qo‘ng‘irot”, “Istiqlol” (2006) dostonlari kitob holida nashr etildi.

2001-yili u “O‘zbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayevning shogirdi Safar baxshi Shoydilov

1977-yilning 10-fevralida Tojikiston Respublikasi Qo‘rg‘ontepa viloyati Qumsangir tumanida
tug‘ilgan. Yoshligidan baxshichilik san’atiga mehr qo‘yib, doston va termalar ayta boshlaydi.
O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayevga shogird tushib, baxshichilik san’ati sir-
asrorlarini chuqurroq egallashga intiladi. 1999-yili Termiz shahrida o‘tkazilgan “Alpomish -
boqiy asar” nomli Markaziy Osiyo baxshi, oqin va jirovlar xalqaro festivalida 35 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar orasida faxrli 3-o‘rinni, 2000-yili Xiva shahrida Bola baxshining 100 yilligi
sharafiga o‘tkazilgan respublika baxshi shoirlar ko‘rik-tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallaydi. Ayni
paytda Safar baxshi Qiziriq tuman 17-Bolalar musiqa va san’at maktabida baxshi ijrochiligi
sinfi o‘qituvchisi sifatida yoshlarga saboq berib kelmoqda. Safar baxshining ijodiy bisotidan
“Alpomish”, “Malla savdogar”, “Oyparcha”, “Oltin qoboq”, “Suluvxon” kabi dostonlar, “Yaxshi
va yomon”, “Do‘mbiram”, “Mehmondur”, “Bo‘lmasun”, “Shundan bormi xabaring” kabi
termalar, “Og‘ajonim”, “Boy keldi”, “Cho‘pon chertish”, “Sarvinoz”, “G‘aribnoma”, “Gavhari
jilash”, “Zubayda” kabi do‘mbira nag‘malari o‘rin olgan

3

.

Yuqorida nomlari keltirilgan bu ustoz baxshilar Surxondaryo-Qashqadaryo doston

ijrochiligi Sherobod maktabining yetuk baxshilari hisoblanadi. O‘zbek baxshichilik san’atini
yanada rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan mohir ustoz baxshilardir. Hozirgi kunda
o‘sib kelayotgan yosh avlodlarimiz baxshichilik maktablarida ustoz-shogird an’analarida
ustoz baxshilardan baxshichilik sirlarini o‘rganib kelishmoqda.

References:

1.

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008-yil

2.

SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” “O‘zbekiston” Toshkent-2023

3.

O‘.Hakimov “Yuragimning jo‘ri bo‘lgan do‘mbiram” “Akademnashr” Toshkent 2019-yil

3

O‘. Hakimov “Yuragimning jo‘ri bo‘lgan do‘mbiram” Toshkent “Akademnashr” 2019


background image

24

4.

O‘.Hakimov “Alpomish” dostonining ijro variantlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi “Fan” nashriyoti Toshkent-2021
5.

O‘.Hakimov O‘zbekiston Tarixi telekanali “Aslida qanday” ko‘rsatuvi 2021-yil

Baxshichilik san‘ati haqida.
6.

Rashidov Q. ANCIENT AND MODERN PERFORMANCE STYLES OF CHANGKOVUZ

//Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 5 SPECIAL. – С. 55-57.
7.

Rashidov Q. THE ROLE OF THE DOMBIRA IN THE PERFORMANCE OF THE UZBEK

SCHOOLS OF THE ART OF PENITY (SURKHONDARYA AND KASHKADARYA) //Journal of
Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 129-135.
8.

Beknazarov X. Q. et al. OILADA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI //Oriental Art and

Culture. – 2024. – Т. 5. – №. 2. – С. 643-646.
9.

Beknazarov K. Pedagogical conditions for developing musical competence of future

music teachers using uzbek folk instruments //Current research journal of Pedagogics. –
2023. – Т. 4. – №. 06. – С. 101-107.

Библиографические ссылки

I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008-yil

SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” “O‘zbekiston” Toshkent-2023

O‘.Hakimov “Yuragimning jo‘ri bo‘lgan do‘mbiram” “Akademnashr” Toshkent 2019-yil

O‘.Hakimov “Alpomish” dostonining ijro variantlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti Toshkent-2021

O‘.Hakimov O‘zbekiston Tarixi telekanali “Aslida qanday” ko‘rsatuvi 2021-yil Baxshichilik san‘ati haqida.

Rashidov Q. ANCIENT AND MODERN PERFORMANCE STYLES OF CHANGKOVUZ //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 5 SPECIAL. – С. 55-57.

Rashidov Q. THE ROLE OF THE DOMBIRA IN THE PERFORMANCE OF THE UZBEK SCHOOLS OF THE ART OF PENITY (SURKHONDARYA AND KASHKADARYA) //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 129-135.

Beknazarov X. Q. et al. OILADA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI //Oriental Art and Culture. – 2024. – Т. 5. – №. 2. – С. 643-646.

Beknazarov K. Pedagogical conditions for developing musical competence of future music teachers using uzbek folk instruments //Current research journal of Pedagogics. – 2023. – Т. 4. – №. 06. – С. 101-107.