52
OLIY TAʼLIMDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA
AMALIY OʻQUV VA STAJIROFKALARNING AHAMIYATI
Kamola Sayfutdin qizi Fayzullayeva
Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-2575-7080
https://doi.org/10.5281/zenodo.14722666
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Oliy taʼlim jarayonida talabalarda innovatsion yondashuv
asosida kasbiy kompetentligini shakllantirishning oʻziga xos jihatlari haqida fikrlar va ushbu
yoʻnalishdagi turli xil farmonlar haqida yozilgan. Maqolaning asosiy mazmun mohiyati oliy
talim jarayonida kasbiy yondashuvlar boʻladi va ular haqida misollar keltirilgan.
Kalit soʻzlar
: jarayonida talabalarda innovatsion, Taʼlim to‘g’risida, milliy dastur.
Kirish qismi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim siyosatining asosiy mohiyati
barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu maqsadga
erishish uchun qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi" ta’lim tizimining uzluksiz rivojlanishini kafolatlovchi asosiy hujjatlardir. Bu
hujjatlarda ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy tamoyillari, pedagogik jarayonning
uzviyligi va tizimlilikka erishish yo‘llari belgilangan. Mazkur yondashuv nafaqat nazariy bilim
berish, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan
mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi.
Malakali pedagog mutaxassislarni tarbiyalashda pedagogika oliy taʼlim muassasalari
alohida o‘rin tutadi. Jumladan, hozirgi kunda akademik litsey va o‘rta maxsus, kasb-xunar
kollejlariga pedagog mutaxassislarni yetishtirib berishda Toshkent davlat pedagogika
universiteta tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Aynan shu oliy taʼlim muassasasida
boʻlajak kasb taʼlimio‘qituvchilarini mutaxassislik fanlari asoslari bilan tanishtirish, ularning
puxta o‘zlashtirilishini taʼminlash, shuningdek boʻlajak kasb taʼlimi o‘qituvchilarida kasbiy
faoliyat koʻnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Asosiy qism:
So‘nggi yillarda aynan kasb taʼlimi mazmunini takomillashtirishni
taʼminlovchi Davlat taʼlim standartlari ishlab chikildi. Bundan tashqari kasb taʼlimi
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari, takomillashgan ukuv dasturlari, darsliklar xamda
kullanmalarning yaratilishiga eʼtibor karatildi.
Kasb taʼlimio‘qituvchisini tayyorlash o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning tugʻri tanlanishi,
ularning oʻquv material hajmi, oʻquv material mazmuni, oʻtish vaqti, nazariy oʻquv material
hajmi, amaliy taʼlim hajmi va boshqalarni ilmiy asosda tashkil qilish, davr talabiga javob
beradigan mutaxassis darajasidagi kasb taʼlimi o‘qituvchisini tayyorlashni taʼminlaydi.
Xozirgi kunda pedagogika oliy taʼlim muassasalari kasb taʼlimi yo‘nalishlarini bitirganlar
kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda muvaffaqiyatli kasbiy-pedagogik faoliyat
ko‘rsatmoqdalar.
Kasb taʼlimi taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlash masalalari bo‘yicha koʻplab olimlar
tomonidan tadqiq qilingan. Bu ishlarda kasb taʼlimi o‘qituvchisi tayyorlash muammosining
turli tomon va qirralari yoritilgan bo‘lib, quyida biz ularning ayrimlarini taxlil qilmoqchimiz.
V.D.Simonenkoning ishlarida mexnat taʼlimi mashgʻulotlari, IV-VIII sinf o‘quvchilarini
kasbga yo‘naltirish ishining mazmuni, shakllari usuli hakida maʼlumotlar berilgan boʻlib,
53
texnik, qishlok xoʻjalik va maishiy xizmat ko‘rsatish mexnati jarayonida shu soxa vakillari
bilan tanishtirish, ularning faoliyati moxiyati, mazmuni, ishlab chiqaradigan maxsulotlari
bo‘yicha kasbga yo‘naltirish mashg’ulotlarining taxminiy rejalari keltirilgan.
U.N.Nishonaliyev pedagogika oliy taʼlim muassasasi amaliyotini, chuqur xar tomonlama
taxlil etib, kuyidagi xulosalarga kelgan, amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘quv rejalariga maxsus
kurslar va maxsus seminarlar kiritish zarur, chunki ular bo‘lajak mexnat va kasb taʼlimi
o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini shaksiz oshirish imkonini berishini taʼkidlab
o‘tgan.
Bo‘lajak mexnat va kasb taʼlimi taʼlimi o‘kituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini
oshirishda o‘quv-uslubiy majmualarning rolini A.R.Xodjaboyev o‘zining doktorlik
dissertatsiyasida xamda undan keyingi ishlarida mukammal tadqiq etgan.
N.A.Muslimov kasb taʼlimi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishda motivatsion sifatlar,
intellektual saloxiyat, xissiy, irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va o‘z- o‘zini
boshqarish layoqatlarini tarkib toptirishga qaratilgan zamonaviy taʼlim - kasb taʼlimi
o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘taruvchi yaxlit tizimning tarkibiy
qismi, oliy taʼlim muassasalarida kasb taʼlimi o‘qituvchisini tayyorlash jarayonining pedagogik
shart-sharoitlari xamda vositalarini aniqlashda asos bo‘ladi deb qayd etgan.
A.I.Avazboyev o‘quv predmetlarini mazmunini integratsiyalash asosida mexnat va kasb
taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib
borgan.
Sh.S.Sharipov talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning pedagogik sharoitini
mexnat va kasb taʼlimi fakultetlari misolida keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib
zarur xulosa va tavsiyalar keltirgan.
O.A.Kuysinov kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil taʼlimni tashkil etish
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.
D.U.Ergashev tomonidan xozirgi fan-texnika taraqqiyoti, ilg’or ishlab chiqarish
tajribalarini amaliyotga jadal surʼatlar bilan kirib kelayotgan, jamiyat va tabiatda yo‘z
berayotgan o‘zgarishlar, milliy tiklanish va rivojlanish, bozor munosabatlari va turli
mulkchilik sharoitida ishlay oladigan, dunyoqarashi har tomonlama keng, ijodkor, mexnat va
kasb taʼlimi o‘kituvchilashni tayyorlash muammosi tadqiq etilgan.
Xulosa qismi:
Yuqorida ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash bir qator ishlarning taxlili
pedagogika oliy taʼlim muassasalarida kasb taʼlimi o‘kituvchilari tayyorlash tajribasini
umumlashtirib quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
1. Kasb taʼlimi o‘qituvchilari tayyorlash ishini takomillashtirishni talabgorlarni tanlab
olishdan boshlash, ularning qiziqishi, moyilligi, xissiyoti. kasbiy yo‘nalganligini xisobga olishga
imkon beruvchi mutaxassislik fanlaridan kirish imtixonlarini kiritish;
2. Kasb taʼlimi o‘qituvchilari tayyorlash qamrovini kengaytirish, yaʼni xalq xo‘jaligining
muhim tarmoqlariga mosligini taʼminlash;
3. Kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning qiziqishini qolaversa jinsini
hisobga olgan xolda tabaqalashtirish. Bu muammo ayniqsa kasb taʼlimi o‘qituvchilarini turli
yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligida muxim axamiyat kasb etadi.
4. O‘quv reja va dasturlarini fan-texnika yutuqlari xamda ilg’or, istiqbolli, ishlab
chiqarish texnologiyalari asosida takomillashtirish;
5. Taʼlim-tarbiya ishida talabalarni faollashtiruvchi ilg’or pedagogik texnologiyalardan
54
keng ko‘lamda foydalanish;
6. Talabalarning mustaqil ijodiy qobiliyatlarini tarkib topishini taʼminlovchi boshqa
elementlari bilan uyg’un xolda tashkil etish;
7. Kasb taʼlimi o‘qituvchilarini tayyorlashda axborot texnologiyalarining o‘quv
jarayonidagi integratsiyasini taʼminlash;
8. Mazmunan yaqin, bir-birini to‘ldirib, kengaytirib va chuqurlashtirib boruvchi o‘quv
predmetlarini yaxlit fan sifatida integratsiyalab o‘rganish yo‘li bilan takrorlanishlarga chek
qo‘yish, bo‘lajak kasb taʼlimi o‘qituvchilarida xar tomonlama mukammal bilim xamda kasbiy
ish-xarakat usullarini shakllantirish Uzluksiz taʼlim tiziminining oliy taʼlim bosqichini tashkiliy
va mazmun jixatidan qayta ko‘rish «Taʼlim to‘g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday qayta qurish taʼlim
mazmunini integratsiyalash, ilm-fan uslublarining oliy taʼlim shart-sharoitlariga moslashtirish
yo‘li bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
References:
1.
Mardonov R. THE ROLE AND PLACE OF UNIVERSITIES IN THE" KNOWLEDGE SOCIETY"
//Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – T. 10. – №. 9. – S. 317-
325.
2.
Mardonov R. Philosophy of education in modern conditions of society development
//Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2021. – T. 11. – №. 10. – S.
103-114.
3.
Mardonov R. HUMANIZATION AND HUMANITARIZATION OF HIGHER EDUCATION IN
THE CONDITIONS OF THE INFORMATION SOCIETY //Conferencea. – 2021. – S. 21-28.
4.
Mardonov R. Eastern Philosophy Of Education And Educational Policy: Features And
Priorities //The American Journal of Social Science and Education Innovations (ISSN–2689-
100x) Published: February. – 2021. – T. 28. – S. 288-294.
5.
Mardonov R. FEATURES OF EDUCATIONAL SERVICES IN MODERN CONDITIONS
//Archive of Conferences. – 2021. – T. 22. – №. 1. – S. 100-103.
6.
Zilola, A., Umirahon, T., & Malika, K. (2019). The role of media technologies in
Developing intercultural competence of Student’s.
Бюллетень науки и практики
,
5
(4), 462-
465.
7.
Abidova, Z. K. (2023). Translation Problems of Verbs of Thought in Different System
Languages.
Journal of Intellectual Property and Human Rights
,
2
(2), 1-5.
