MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
41-47
36

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Najimova , J., & Bokiyev , J. . (2025). MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(4), 41–47. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/71638
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.


background image

41

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI

Najimova Jamola Davron qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich talabasi

https://orcid.org/0009-0008-5648-7934

najimovajamola@gmail.com

Bokiyev Jahongir Nurmatjon o‘g‘li

Ilmiy rahbar: Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi

mudiri o‘rinbosari, y.f.f.d.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15003925

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida

manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada
manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va
O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar
to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi
ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini
shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish,
davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni
takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan
o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga
kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, davlat boshqaruvi, huquqiy tizim,

xalqaro tajriba, qonunchilik, shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash, huquqiy savodxonlik.

THE CONCEPT OF CONFLICT OF INTEREST AND ITS LEGAL NATURE

Najimova Jamola Davron qizi

Tashkent State University of Law

Faculty of Criminal Justice 1-st year student

https://orcid.org/0009-0008-5648-7934

najimovajamola@gmail.com

Bokiev Jahongir

Scientific supervisor: Deputy head of Constitutional law

Department of the TSUL, PhD

Abstract

. This article analyzes the issues of conflict of interest and corruption

prevention in public administration in the Republic of Uzbekistan. The article examines the
concept of conflict of interest, its legal nature, international practices, and Uzbekistan's
current legal system. It emphasizes that corruption and conflicts of interest can lead to
inequality, interpersonal conflicts, and may intensify distrust in public administration.
Therefore, it highlights the necessity of enhancing transparency in public administration,
developing effective mechanisms to combat corruption, improving the legal literacy of civil
servants, and refining normative-legal documents. The article also presents international
experiences, studies obtained in practice, and proposes solutions to the problems arising in
the fight against conflicts of interest and corruption.

Key words:

conflict of interest, corruption, public administration, legal system,

international experience, legislation, transparency, anti-corruption efforts, legal literacy.


background image

42

ПОНЯТИЕ КОНФЛИКТА ИНТЕРЕСОВ И ЕГО ЮРИДИЧЕСКАЯ ПРИРОДА

Нажимова Жамола Даврон кизи

Ташкентский Государственный Юридический Университет

Факультет Уголовного Правосудия, Студентка 1-курса

https://orcid.org/0009-0008-5648-7934

najimovajamola@gmail.com

Бокиев Жахонгир Нурматжон углу

Научной руководитель: Заместитель заведующий кафедрой

Конституционнога права, д.ф.ю.н (PhD)

Аннотация

. В данной статье анализируются вопросы конфликта интересов и

предотвращения коррупции в государственном управлении Республики Узбекистан.
Рассматриваются понятие конфликта интересов, его юридическая природа,
международный опыт и действующая правовая система Узбекистана. Подчеркивается,
что коррупция и конфликты интересов могут привести к неравенству, внутренним
конфликтам и усилить недоверие к государственному управлению. Поэтому
акцентируется

необходимость

повышения

прозрачности

государственного

управления, разработки эффективных механизмов борьбы с коррупцией, повышения
правовой грамотности государственных служащих и совершенствования нормативно-
правовых актов. В статье также представлены международный опыт, исследования,
полученные на практике, а также предложения по решению проблем, возникающих в
борьбе с конфликтами интересов и коррупцией.

Ключевые слова

: конфликт интересов, коррупция, государственное управление,

правовая система, международный опыт, законодательство, прозрачность, борьба с
коррупцией, правовая грамотность.

I.KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, rivojlangan davlatlar

qatorida o‘zining munosib o‘rnini egallash maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan
asosiy illatlardan biri bo‘lgan korrupsiyaning xavfli shakllaridan biri, ya’ni manfaatlar
to‘qnashuviga qarshi kurashish uchun olib borilayotgan ishlar aynan shu maqsadni ko‘zlaydi.

Zamonaviy jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelishi, davlat boshqaruviga

nisbatan aholi ishonchsizligini keltirib chiqarishi sababli, bu masala bo‘yicha yangi usullarni
izlash o‘ta muhim va dolzarb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, “Korrupsiya oqibatlari bilan

kurashishdan koʻra barvaqt oldini olishga oʻtish kerak va korrupsiyaga qarshi kurashishning
eng asosiy yoʻli davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir” deb bekorga
taʼkidlamaganlar.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun manfaatlar

to‘qnashuviga olib keladigan subyektlar doirasini va bu to‘qnashuvni yuzaga keltiruvchi
omillarni o‘rganish juda muhim ahamiyatga ega. Bu masalaning dolzarbligi quyidagi omillarga
asoslanadi:

Birinchidan, davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi omillarini o‘rganish, uning

oldini olish uchun obyektiv zaruriyatni ta’minlashni talab qiladi;

Ikkinchidan, davlat boshqaruvini samarali amalga oshirish maqsadida, munosib


background image

43

nomzodlarni tanlash, ularning kasbiy va huquqiy tayyorgarlik darajasi, moddiy va ijtimoiy
ta’minotini oshirishga yo‘naltirilgan tizimni takomillashtirish zarurati mavjud.

Ushbu maqola manfaatlar to’qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, olimlar

tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlar tahlili, xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi huquqiy baza
sharhini keltirishni, shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif
va tavsiyalar berishni maqsad qilgan.

II.METODOLOGIYA

Tadqiqot davomida davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi

omillar va ularning huquqiy asoslari o‘rganildi. Ushbu maqolada manfaatlar to‘qnashuvi
tushunchasi, uning huquqiy tabiati, olimlar tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlar tahlili,
xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi huquqiy baza sharhi keltiriladi. Ushbu tadqiqot ishida tahlil
qilish, xolislik qiyoslash, taqqoslash, tizimlilik va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo’yicha taklif va tavsiyalar beriladi

.

III. NATIJALAR

Davlatchilik tizimini yemiradigan, jamiyatlarni parchalab tashlaydigan, insonlar orasida

oʻzaro nizolarni vujudga keltiradigan, turli yuqori qatlam toifalarini yuzaga keltirib, jamiyatda
tengsizlikni shakllantiruvchi omillardan birlari korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi
hisoblanadi. Hozirda davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvining barcha koʻrinishlariga,
uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashish uchun istiqbolli chora-tadbirlar
koʻrilmoqda. Jamie M. Sommer davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelish
sabablarini maishiy korrupsiya darajasining oshishiga olib keluvchi omillar bilan izohlagan,
deyish mumkin. Uning ta’kidlashicha, xalqaro va milliy tajribadan kelib chiqib, quyidagi
omillar maishiy korrupsiyaning yuqori darajada bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin: davlat
boshqaruvida byurokratiyaning ortiqcha bo‘lishi, davlat idoralarining faoliyati yetarlicha
shaffof emasligi, davlat xizmatchilarining tashabbuskorligiga rag‘bat yetishmasligi va
retroaktiv yondashuv ustunlik qilishi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalarining zamonaviy talabga mos

kelmasligi,

davlat

xizmatchilarining

korrupsiyaga

moyilliklarini

tahlil

qilish

metodologiyasining yo‘qligi, korrupsiyaga qarshi boshqaruv va nazorat tizimining yetarlicha
shakllantirilmagani muammolardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, aholida
korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat shakllantirish bo‘yicha amaliy choralar yetarlicha
ko‘rilmagani, davlat xizmatiga qabul qilish va xizmatni o‘tash jarayonida korrupsiyaviy
holatlarning oldini olish mexanizmlarining yetishmasligi ham muhim omillar sifatida qayd
etilgan. Shuningdek, davlat organlari va ularning tarkibiy tarmoqlarida korrupsiyaga qarshi
kurash bo‘yicha yetarli nazariy bilim va moddiy ta’minotning yo‘qligi ham ushbu muammoga
turtki bo‘lishi mumkin [6].

Umuman olganda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining shakllanishiga turli omillar

ta’sir ko‘rsatadi. Bular qatoriga ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional hamda tashkiliy
tuzilmalar, axloqiy va siyosiy muhit, shuningdek, iqtisodiy va tarkibiy islohotlar siyosati
kiradi. A.Sh.Bekmurodovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish” darsligida davlat boshqaruvida
korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining bir qator sabablariga batafsil
to‘xtalib o‘tilgan.

Manfaatlar to‘qnashuvi turli shakllarda va sharoitlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin.

Bunga misol sifatida quyidagi holatlar ko‘rsatiladi: mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilari


background image

44

yoki deputatlarning tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ manfaat ko‘zlab bevosita
ishtirok etishi; davlat mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida ularni tijorat tuzilmalariga
yo‘naltirish kabi holatlar.

IV.MUHOKAMA

O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha huquqiy baza mavjud.

2024-yil 5-iyunda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun manfaatlar
to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu qonunga ko‘ra, davlat
organlari va tashkilotlari xodimlari manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda bu haqda
xabardor qilishlari va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan
bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida
belgilangan. Mazkur qonunda, manfaatlar toʻqnashuvining quyidagi yangi tahrirdagi
tushunchasi qayd etildi: “Manfaatlar toʻqnashuvi – shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita)
manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga
taʻsir koʻrsatayotgan yoxud taʻsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik
bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy
manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi)
yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat”.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan

yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida ham davlat fuqarolik
boshqaruvi tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etishga va manfaatlar toʻqnashuvi
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan soha va tarmoqlarni aniqlash, manfaatlar toʻqnashuvi
omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan [2].

Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasini chuqurroq tushunish uchun uning turli shakllarini

tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu hodisaning asosiy ko‘rinishlari qatoriga urug‘-
aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi holatlar kiradi.
Davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha hali yechimini
kutayotgan muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish maqsadida milliy qonunchilikka
turli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, bu yo‘nalishda tadqiqotchilar
tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xalqaro miqyosda manfaatlar to‘qnashuvini
boshqarish bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud. Ko‘plab davlatlarda manfaatlar to‘qnashuvini
aniqlash va oldini olish bo‘yicha maxsus qonunlar qabul qilingan. Masalan, AQShda “Etika
bo‘yicha hukumat idorasi” (Office of Government Ethics) davlat xizmatchilarining manfaatlar
to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha qoidalarni belgilaydi. Buyuk Britaniyada esa “Davlat
xizmati kodeksi” (Civil Service Code) davlat xizmatchilarining xulq-atvori va manfaatlar
to‘qnashuvi bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, manfaatlar
to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha aniq qoidalar va mexanizmlarni joriy etish davlat
boshqaruvi samaradorligini oshiradi.

BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini amalga oshirish boʻyicha texnik

qoʻllanmada manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi ishlatilmagan boʻlsada, lekin quyidagi
jumlalar keltirilgan: “Umumiy prinspga koʻra, davlat organlarida shunday sharoit yaratish
kerakki, unga xizmatlar koʻrsatish jarayoni oshkora va shaffofligi taʻminlangan boʻlishi toki
shaxsiy va oʻzgalar manfaatlariga asoslangan sovgʻa va mehmondoʻstlik munosabatlari rasmiy


background image

45

xarakterlar va qarorlar qabul qilinishiga ta’sir koʻrsata olmasligi zarur” [7].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti korrupsiya va uning muhim shakllaridan biri

bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari
surmoqda. Ushbu tashabbuslar quyidagilarda aks etadi: davlat xizmatchilarini tanlov asosida
saralash, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarish jarayonida shaffoflikni
ta’minlovchi davlat xizmati tizimini shakllantirish; davlat xizmatchilarining daromadlarini
deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; ularning mehnat haqlarini yetarli
darajada belgilash; davlat xizmatini o‘tash jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf
etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi hamda shaffofligini

oshirish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya
qilish uchun samarali huquqiy mexanizmlar joriy etish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot
vositalarining erkin faoliyat yuritishini ta’minlash kabi choralarga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi hamda reytinglarni tuzuvchi
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash yo‘nalishida ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda [5].

B.Ismailov ham oʻzining maqolasida korrupsiya va davlat boshqaruvidagi manfaatlar

toʻqnashuvining oldini olish borasidagi muammolar va ularni bartaraf etish uchun bir qancha
takliflar bergan. Jumladan, B.Ismailov “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat
xizmatchisining odob-axloq kodeksi toʻgʻrisida”gi, “Manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish
toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi, “Davlat xizmatchilarining
daromadlarini, mol-mulklarini hamda manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish
toʻgʻrisida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi
va davlat xizmatchisining maqomini, uning huquq va erkinliklarini belgilovchi, xizmatni
oʻtashdagi chegaralar va taqiqlarni oʻrnatuvchi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha
chora tadbirlarni takomillashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar tez qabul
qilish maqsadga muvofiq, deydi [6].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli farmoni va

PQ-5177-sonli qarori asosida, 2022-yildan boshlab, “Halollik vaksinasi” tamoyili bo‘yicha
davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-
axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari muntazam ravishda tashkil etila boshladi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarini masofadan turib o‘qitish va xususiy sektor vakillari hamda
aholining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan maxsus
elektron o‘quv platformasi yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Qonunchilikka muvofiq, davlat
organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining va xodimlarining korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlarini
oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rishi lozim. Bu vazifa har bir tashkilot rahbaridan,
xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish
uchun aniq choralar ko‘rishni talab etadi.

Soʻnggi yillarda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va unga qarshi

kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati va koʻlami kengaydi. Chunki
korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman, har qanday taraqqiyotning kushandasi ekani
barchaga maʻlum. Shu maʻnoda, oʻtgan asrda yashab oʻtgan amerikalik yozuvchi Teodor


background image

46

Drayzerning “Sarmoyador” asarida aytilganidek, “Korrupsiya avj olgan davlat, goʻyo ichidan
yemirilgan moʻrt daraxtga oʻxshab qoladi. Shak-shubha yoʻqki, u birinchi jiddiy sinovga duch
kelishidayoq agʻdariladi”.

Aytish joizki, korrupsiya darajasini kamaytirishga turli omillar ta’sir qiladi, ulardan biri –

qabul qilinadigan qonun hujjatlarida korrupsiyaviy normalarning mavjudligi va bu
normalarning amaliyotga joriy etilishining oldini olishdir. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini
olishga qaratilgan ishlar, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish
bilan ham bog‘liq. Chunki qonunchilikda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi
kurashishni tartibga soluvchi maxsus qonunlar, qarorlar yoki nizomlar bo‘lmasa, bu jarayon
huquqiy asosga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi
ziddiyatlar korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
Shunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o‘tkaziladi.

Korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi ekspertizada normativ-huquqiy hujjat va

ular loyihalarining korrupsiyaviy omillari aniqlanishi lozim boʻladi. Oʻz navbatida,
korrupsiyaviy omil korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan,
korrupsiyani yuzaga keltiradigan huquqiy normalar hisoblanadi. Davlat organlari va
tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarida halollik siyosatini ta’minlash, ya’ni
xodimlar faoliyati va umuman, jamiyatda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi ga qarshi
kurashish madaniyatini oshirishda korrupsiyaga karshi nazorat masalalari muhim oʻrin
egallaydi. Milliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, “kompleks-
nazorat” mexanizmlari davlat va xususiy sektor faoliyatiga keng kirib bormoqda.

V.XULOSA

Manfaatlar to‘qnashuvi davlat boshqaruvining samaradorligini ta’sir qiluvchi muhim

huquqiy va siyosiy fenomen hisoblanadi. Tadqiqotda ko‘rsatilganidek, manfaatlar to‘qnashuvi
huquqiy tizimda, ayniqsa davlat xizmatchilari faoliyatida, korrupsiyaning keltirib chiqarishiga
olib kelishi mumkin. Shu bois, uning oldini olish va samarali nazorat o‘rnatish, davlat
boshqaruvining shaffofligini ta’minlash uchun zarurdir.

Maqolada manfaatlar to‘qnashuvining huquqiy tabiati o‘rganildi. Bu tushuncha nafaqat

huquqiy, balki siyosiy va ijtimoiy konteksda ham dolzarb bo‘lib, davlatning ichki va tashqi
siyosatini to‘g‘ri boshqarish, shuningdek, aholi uchun sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun ham
muhimdir. Manfaatlar to‘qnashuvining keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari, ayniqsa,
korrupsiya va qonunbuzarliklar shaklida o‘zini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruvidagi manfaatlar to‘qnashuvi muammolarini hal

qilish uchun kompleks va tizimli yondashuv zarur. O‘zbekiston Respublikasida bu boradagi
amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni joriy etish,
davlat organlarida shaffoflikni oshirish, shuningdek, davlat xizmatchilarining huquqiy va etik
savodxonligini oshirish orqali manfaatlar to‘qnashuvining salbiy oqibatlarini kamaytirish
mumkin. Faqat shunda davlat boshqaruvining samaradorligi oshadi va korrupsiyaga qarshi
kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish mumkin bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi

qonuni.


background image

47

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi

murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida
korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli farmoni.
4.

A.Sh.Bekmurodov

Korrupsiyaga qarshi kurashish

(darslik). Toshkent: O‘zbekiston

Yuridik Akademiyasi. (2020)
5.

B.Toshev Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro normalarni milliy qonunchilikka

implementasiya qilish // Yurist axborotnomasi – Vestnik yurista –Lawyer herald. № 5 (2020),
s. 92-98)
6.

B.Ismailov,

Davlat boshqaruvidagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish: Muammolar

va takliflar

. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Noshirlik Uy-chi. (2023).

7.

Sommer, J. M. (2021).

Manfaatlar to‘qnashuvi va maishiy korrupsiyaning ta’siri

.

International Journal of Political Science, 12(3), 78–93.
8.

United Nations (2020).

Korrupsiyaga qarshi Konvensiya: Texnik qo‘llanma

. New York:

UNODC
9.

Xalqaro Etika Bo‘yicha Hukumat Idorasi (2020).

Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish

bo‘yicha amaliy qo‘llanma

. Washington, D.C.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli farmoni.

A.Sh.Bekmurodov Korrupsiyaga qarshi kurashish (darslik). Toshkent: O‘zbekiston Yuridik Akademiyasi. (2020)

B.Toshev Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish // Yurist axborotnomasi – Vestnik yurista –Lawyer herald. № 5 (2020), s. 92-98)

B.Ismailov, Davlat boshqaruvidagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish: Muammolar va takliflar. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Noshirlik Uy-chi. (2023).

Sommer, J. M. (2021). Manfaatlar to‘qnashuvi va maishiy korrupsiyaning ta’siri. International Journal of Political Science, 12(3), 78–93.

United Nations (2020). Korrupsiyaga qarshi Konvensiya: Texnik qo‘llanma. New York: UNODC

Xalqaro Etika Bo‘yicha Hukumat Idorasi (2020). Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha amaliy qo‘llanma. Washington, D.C.