76
TURIZMDA INVESTISION RESURSLAR SAMARADORLIGI TA’SIR ETUVCHI
OMILLAR
Mamayunusov Temurbek Olimovich
“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS
XALQARO UNIVERSITETINING MUSTAQIL TADQIQOTCHISI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15268101
Annotatsiya:
Moliyaviy resurslar tanqisligi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston uchun
investision faoliyat samaradorligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasida
investitsion resurslar samaradorligini oshirishning mohiyati shundaki, ushbu ahamiyatli
resurslarni taqsimlash va foydalanish jarayonida har bir investision resurs sarfiga yuqori
iqtisodiy natijalarga erishishni ta’minlash zarur. Maqolada muallif tomonidan turizmda
investitsion resurslar samaradorligi ta’sir etuvchi omillarning qisqacha izohi keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm, investitsiya,
resurs,
samaradorlik, mikroiqtisodiyot,
makroiqtisodiyot, foyda, iste’molchi, davlat, innovatsiya, menejment, multiplikator, bandlik,
import.
Аннотация:
Обеспечение эффективности инвестиционной деятельности имеет
особое значение для Узбекистана, где наблюдается дефицит финансовых ресурсов.
Сущность повышения эффективности инвестиционных ресурсов в сфере туризма
состоит в том, что в процессе распределения и использования этих важных ресурсов
необходимо обеспечить достижение высоких экономических результатов по
расходованию каждого инвестиционного ресурса. В статье автор дает краткое
пояснение факторов, влияющих на эффективность инвестиционных ресурсов в сфере
туризма.
Ключевые
слова:
туризм,
инвестиции,
ресурс,
производительность,
микроэкономика, макроэкономика, прибыль, потребитель, государство, инновации,
управление, мультипликатор, занятость, импорт.
Abstract:
Ensuring the efficiency of investment activities is of particular importance for
Uzbekistan, which has a shortage of financial resources. The essence of increasing the
efficiency of investment resources in the tourism sector is that it is necessary to ensure the
achievement of high economic results for each investment resource expenditure in the
process of distributing and using these important resources. The article provides a brief
explanation of the factors affecting the efficiency of investment resources in tourism by the
author.
Key
words:
tourism,
investment,
resource,
efficiency,
microeconomics,
macroeconomics, profit, consumer, state, innovation, management, multiplier, employment,
import.
Kirish.
Jahon xo‘jaligining globallashuvi natijasida ichki hamda tashqi bozorlarda
raqobat kurashi tobora keskinlashib bormoqda. Bu esa milliy iqtisodiyot va uning tarkibidagi
barcha tarmoq va xo‘jalik subyektlari oldiga samaradorlikni oshirish, har bir resurs birligiga
imkon qadar yuqori natijaga erishish muammosini yanada kuchaytiradi. Moliyaviy resurslar
tanqisligi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston uchun investision faoliyat samaradorligini ta’minlash
alohida ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasida investitsion resurslar samaradorligini
77
oshirishning mohiyati shundaki, ushbu ahamiyatli resurslarni taqsimlash va foydalanish
jarayonida har bir investision resurs sarfiga yuqori iqtisodiy natijalarga erishishni ta’minlash
zarur.
Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoning amaliyotda hal etilishi investisiyalarga
yo‘naltirilgan iqtisodiy resurslar samaradorligini tahlil qilish va baholash bilan bog’liq mezon
va ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llashni taqozo etadi. Investitsion resurslar turistik korxonalar
faoliyatini rivojlantirishda va ularning bozordagi mavqyeini mustahkamlashda asosiy omil
hisoblanadi. Xo‘jalik subyekti faoliyati hajmini kengaytirish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va
vazifalarning bajarilishi investisiyaga sarflangan resurslardan samarali foydalanishni taqozo
etadi.
Asosiy qism.
Turizm sohasiga jalb etilgan investitsion resurslarning samaradorligini
oshirish ularni har tomonlama va chuqur tahlil qilishni, investision faoliyatning yutuqli
tomonlari va kamchiliklarini, ularning sabablarini aniqlashni, resurslarni takomillashtirish va
tasdiqlash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishni taqozo etadi.
Bizningcha, investitsion resurslar tahlilining to‘la qonli va barcha yashirin zahiralarni
aniqlash imkonini beradigan darajada bo‘lishi uchun, iqtisodiy tahlil ikki darajada:
makrodarajada, ya’ni, butun mamlakat miqyosida turizmda investision resurslarning
samaradorligi va mikrodarajada ya’ni, alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida amalga
oshirilishi lozim.
Investitsion resurslardan foydalanish samaradorligining asosiy mezoni kam sarf-
xarajatlar bilan yuqori natijaga erishish hisoblanadi. Ushbu nuqtai-nazardan makro va mikro
darajada investision resurslar tahlili qo‘llaniladigan usullar, ko‘rsatkichlar, maqsad va
vazifalar keskin farq qiladi.
Makrodarajada turizm sohasida investision resurslar mamlakat yalpi ichki mahsulotini
oshirishga, aholi bandligini ta’minlashga, byudjetga tushadigan daromadlarni ko‘paytirishga,
uning jahon bozoridagi mavqyeini mustahkamlashga, turizm bilan bog’liq soha va
tarmoqlarning taraqqiyotiga, davlatning xalqaro nufuzini oshirishga, aholi daromadlari va
turmush farovonligini yuksaltirishga va boshqa bir qator muhim vazifalarni bajarishga xizmat
qiladi. Turizm “xarajatlar-daromadlar” zanjirida xorijlik har bir turistga qilgan xarajatlari va
har bir turistning mamlakat hududidagi farq hisobidan yuqori daromad olishga imkon
yaratadi.
Mikrodarajada amalga oshirilayotgan investision loyihalarning iqtisodiy samaradorligi
tahlil qilinadi
.
Investision resurslarni shakllantirish va ularni amalga oshirish turistik korxona
va tashkilotlar darajasida hal bo‘lganligi sababli, investision resurslardan foydalanish
samaradorligi ham ko‘p jihatdan korxona darajasida hal bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotda turizmning bevosita ta’siri ostida multiplikativ samara yuzaga
keladi. U turizm sohasiga daxldor bo‘lgan milliy iqtisodiyot barcha tarmoqlarida ishlab
chiqarish hajmini kengaytirishni va yaratilgan yangi ish o‘rinlari hisobidan bandlik darajasini
oshirishni rag’batlantiradi. Chunki turizm maqsadida mamlakatga tashrif buyuruvchi
sayohatchilar o‘zlarining fiziologik ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda, tovar va
xizmatlarga ikkilamchi talab bildiradilar.
Ilmiy adabiyotlarda turizmda yetti xil multiplikator borligi ta’kidlanadi: 1) ishlab
chiqarish multiplikatori; 2) sotish multiplikatori; 3) daromad multiplikatori; 4) bandlik
78
multiplikatori; 5) ish haqi multiplikatori; 6) davlat daromadlari multiplikatori; 7) import
multiplikatori[1]. Multiplikativ samaraning mohiyati shundaki, sayohat chog’ida har bir
turistdan uning ehtiyojlarini qondirishdan olinadigan daromadlar, unga turistik xizmatlar
ko‘rsatishga qilingan xarajatlarga nisbatan ortiq bo‘ladi. Shveysariya olimlarining fikrlariga
muvofiq turmahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlardan olinadigan daromad, mamlakat
yoki mintaqaning xususiyatlariga qarab, 1,2 dan 4,0 gacha darajada bo‘ladi. Bu degani,
masalan, O‘zbekistonda turmahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlarning har
bir so‘miga 1,2 so‘mdan 4 so‘mgacha ustama daromad olish mumkin.
Turizm sohasida uning rivojlanishi natijasida ko‘lamli miqdor va sifat o‘zgarishlar yuz
beradi va ular murakkab soha sifatida jamiyat hayotining turli sohalariga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Turizm serqirra va murakkab muhitda faoliyat ko‘rsatuvchi soha sifatida, o‘z
taraqqiyoti jarayonida mamlakat miqyosida ko‘p soha va tarmoqlarning, mamlakat ijtimoiy
taraqqiyotining, aholi turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning juda ko‘p muammolarini
yechishning vositasi hisoblanadi.
Bizningcha, uning makrodarajadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini quyidagilar bilan
ifodalash maqsadga muvofiq:
A.
mamlakat aholi daromadlari, uning hayot farovonligini oshirish;
B.
yangi ish o‘rinlarini yaratish;
C.
innovatsion turmahsulot ishlab chiqarish va turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan
shug’ullanuvchi tarmoqlarni rivojlantirish;
D.
hunarmandchilik va madaniyat markazlari faoliyatini rivojlantirish;
E.
valyuta tushumlarini ko‘paytirish;
F.
davlat byudjeti daromadlarini ko‘paytirish.
Yuqorida keltirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barchasi katta darajada turizmda
oldingi yillar davomida shakllantirilgan asosiy fondlar va joriy yilda jalb etilgan investisiyalar
hajmiga chambarchas bog’liq. Masalan, xorijdan keladigan turistlarning har biriga muayyan
miqdordagi turmahsulotlarni taklif qilish hech qachon muayyan miqdordagi investisiyalarsiz
amalga oshmaydi.
Turizmning imkoniyatlaridan va unda mujassamlashgan ulkan salohiyatdan ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning amaliy muammolarini hal etishning unumli vositasi sifatida
foydalanayotgan chet el davlatlarida iqtisodchi olimlar turizm iqtisodiyotiga judda katta
e’tibor beradilar. Iqtisodchi O.Benerji boshqa mualliflar bilan birgalikda turizmda
makrodarajada investisiyalar tahliliga oid iqtisodiy model yaratgan[2]. Ushbu model
yordamida tadqiqotchilar o‘ta murakkab, ayni paytda turizmda investisiyalarning
makroiqtisodiy tahliliga oid juda muhim vazifani bajarganlar. Model yordamida ular
investisiyalarning milliy iqtisodiyotning o‘sishiga, aholi bandligiga va daromadlar hajmiga
qanchalik ta’sir ko‘rsatishini raqamlarda izohlab berishga harakat qilganlar.
Bizningcha, O.Benerji tomonidan taklif etilgan modelni O‘zbekistonda turizmga
investisiyalarning mamlakatda iqtisodiy o‘sish, aholi bandligi darajasining oshishi,
daromadlarining ko‘payishiga ta’sirini aniqlash uchun ishlatish e’tiborga loyiq natijalar
bermaydi. Sababi O‘zbekistonda turizm sohasining ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni
shakllantirishdagi ulushi, hali sezilarli darajada emas. Shu sababli turizmga investisiyalarning
samaradorligini ularning ushbu tarmoq miqyosida yaratilgan yalpi ichki mahsulot, tarmoqda
band aholi soni va ularning daromadlariga ta’sirini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
79
Xulosa.
Turizm ko‘p tarmoqlar bilan uzviy hamkorlikda faoliyat olib boruvchi soha
bo‘lganligi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligi
sababli, uning makrodarajadagi tahlili dolzarb va muhim hisoblanadi. Mamlakat miqyosida
turizm o‘zida turli ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni, bir necha soha va tarmoqlar faoliyatini
o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit kompleks sifatida amal qiladi. Shu sababli, bizning
nazarimizda, uning keng qamrovli, serqirra faoliyatiga yo‘naltirilgan investitsion sarf-
xarajatlarni va ulardan olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy samarani shakllantiruvchi, belgilovchi
tizim shaklida omillar majmui sifatida ifodalash mumkin bo‘ladi. Bizningcha, makroiqtisodiy
tahlil jarayonida turizmda investision resurslar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tizimi tarkibiga quyidagilarni kiritish lozim:
xorijdan mamlakatga tashrif buyuruvchi va mamlakatdan xorijga sayohatga chiquvchi
turistlar soni;
ichki turizm hajmi;
-xorijlik turistlarning sarf-xarajatlari (turizm eksporti);
turizmga investisiyalar;
turizm bilan bog’liq ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasiga davlat xarajatlari;
turizmning bandlikka qo‘shgan hissasi;
turizmning yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi;
turizmdan davlat byudjetiga daromadlar;
turizmdan aholi olgan daromadlari.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida yuqorida taklif etilgan omillarning o‘zaro ta’sirini
aniqlashga, jumladan turizmga yo‘naltirilgan investisiyalarning biz taklif qilgan ko‘rsatkichlar
miqdoriga va sifatiga ta’sirini, o‘z navbatida ularning tarmoqdagi investision resurslardan
foydalanish samaradorligini tadqiq etishga asosiy e’tiborimizni qaratdik.
Masalan, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik yoki mahalliy turistlarning soni
tarmoqqa yo‘naltirilgan investision resurslarning miqdori va sifatiga bevosita bog’liq. O‘z
navbatida, turistik destinasiyaga tashrif buyurgan turistlarning soni va ularning turistik
makonda bo‘lish davomiyligi turizmga yo‘naltirilgan investision resurslar samaradorligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мультипликативный эффект в туризме. [Электронный ресурс]. – Режим доступа:
https://poznayka.org/s53081t1.html
2.
Banerjee O. et al. An integrated model for evaluating investments in cultural heritage
tourism in the Dominican Republic //Tourism Economics. – 2017. – Т. 23. – №. 8. – С. 1568-
1580.
3.
Квартальнов В.А. Туризм: Учебник для образовательных учреждений
туристического профиля. – М.: Финансы и статистика, 2003. – C. 15 с.
4.
Абульян Ю. И. Особенности инноваций в туризме // Экономика. Право. Печать.
Вестн. КСЭИ. – 2013. – № 3. – С. 241-250.
5.
Muxammedov M.M., Zaynalov J.R., Normurodov U.N., Ayubov I.I., Xalikov Y.M. Iqtisodiyot
nazariyasi . Darslik. – SamISI, 2022. Б. 354-361.
80
6.
Мирзаева Ш. Н. и др. Локальные Международные Глобальные Рынки: Интеграция
И Развитие //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. –
С. 87-91.
7.
Мирзаева Ш. Н., Ворисов Ш. Д. ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ: ВЫЗОВЫ И
ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА //International Conference on Adaptive Learning
Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 40-43.
8.
Мирзаева Ш. Н., Назаров Н. Б. У. СБАЛАНСИРОВАННОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО
ХОЗЯЙСТВА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИКУ
УЗБЕКИСТАНА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т.
16. – С. 44-47.
9.
Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане,
Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the
Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.
10.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN
THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. –
2024. – Т. 5. – С. 133-141.
11.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE
SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
12.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE
THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. –
2024. – Т. 49. – С. 167-174.
13.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL
TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.
14.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR
SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on
Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.
15.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER
COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.
16.
SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR
IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL
ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277.