166
AKADEMIK YOZUV FANIDAN ANNOTATSIYA MAVZUSINI O‘TKAZISHDA
NAZARIY VA AMALIY YONDOSHUVLAR
Malika Jazilova Bekmirzayevna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchisi
malikajazilova9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15287060
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Akademik yozuv fanidan Annotatsiya mavzusini
o‘zlashtirishda nazariy malumotlar va amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirish bo‘yicha annotatsiya
tarkibida qo‘llaniladigan ilmiy, rasmiy, til vositalari va ularning qanday qo‘llanilishi tahlil
qilinadi. Shuningdek, annotatsiya, annotatsiya turlarini o‘rganishda talabalarga yordam
beradigan metodik tavsiyalar va topshiriqlar ham keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: Annotatsiya, kitob, maqola, yondoshuv, tavsif, xususiyat, obyektiv baholash.
Akademik yozuv fani oliy ma’lumotli mutaxassisning yozma va nutqiy mahorati, kasbiy
malakasini namoyish etish vositasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
Ushbu fan orqali talabalarda so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va
mantiqiy tuzish, nutqiy etiketka rioya qilish hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Respublikamizdagi barcha bakalavriat ta’lim
yo‘nalish talabalari uchun bu fan mutaxassislik tili bilimlarini mukammallashtirishga xizmat
qiladi.
Annotatsiya ilmiy yoki akademik ishlarga oid materiallarning asosiy mazmunini qisqacha
ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Ilmiy annotatsiya o‘quvchiga matnning asosiy g‘oyasini
va uning ilmiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
Annotatsiya, annoatasiya turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ta’limdagi ahamiyati
o‘rganilgan. Ushbu mavzularda talabalarga yetarli bilim va ko‘nikma berish ilmiy va rasmiy
yozuvlarda muvaffaqiyatga erishish uchun asos yaratadi. Annotatsiyaning turlari va ularning
ilmiy ahamiyati, nutq uslublarining to‘g‘ri qo‘llanilishi talabalarning ilmiy va professional
yozuvlarini rivojlantirishdagi o‘rnini belgilab beradi. Shuningdek, ilmiy va akademik
yozuvlarning samarali tashkil etilishiga oid tavsiyalar orqali talabalar yozma va og‘zaki nutqiy
mahoratlarini takomillashtirishlari mumkin.
Annotatsiya lotin tilida “qayd”, “ma’lumot”, “xabar” degan ma’nolarni anglatadi.
Annotatsiya
- kitob, maqola, matn mazmunining yozma shaklda qisqacha bayoni.
Annotatsiya - bu ikkinchi darajali matn bo‘lib, uning o‘rtacha hajmi bibliografik tavsifisiz
40-50 so‘zlardan iborat. Annotatsiyaning har bir ma’noli qismi til klisheleri yordamida amalga
oshiriladi.
1
Annotatsiyaning mohiyati va maqsadi axborot manbaining qisqacha tavsifini beradi va
ilmiy matnda aytilganidek, savolga javob beradi. Annotatsiyadagi nutqning asosiy turi - bu
ta’rifdir. Annotatsiya ilmiy matnning mazmuni haqida eng umumiy fikrni beradi va shu bilan
kerakli ma’lumotlarni topish va tanlashda yordam beradi.
Annotatsiya o‘zining kamsoʻzligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan bayonning
boshqa turlaridan ajralib turadi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera
olishi lozim.
1
Abdullayeva S.X., Dospanova D.U. Академическое письмо. Учебное пособие.,Tашкент:, 2024. 54-bet.
167
• Ishda nima haqda so‘z boradi?
• Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
• Bu savollar qanday yoritib berilgan?
• Ishning tuzilishi qanday?
• Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Matn annotatsiyasining to‘liq tuzilishi:
1. Asosiy matnning bibliografik tavsifi.
2. Asosiy matn mazmunining qisqacha bayoni.
3. Matn qabul qiluvchisi (adresati).
Annotatsiya ilmiy ishlar, dissertatsiyalar, maqolalar, monografiyalar va boshqa ilmiy
materiallarning qisqacha va lo‘nda tavsifini taqdim etish uchun ishlatiladi. Bu o‘z navbatida,
o‘quvchilarga yoki tadqiqotchilarga asar haqida tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi.
Annotatsiyalarni yozishda asosan quyidagi jihatlar e’tiborga olinadi:
Asar mavzusi va dolzarbligi;
Asarning maqsadi va tadqiqot savoli;
Asosiy metodologiya va yondashuvlar;
Xulosalar va ilmiy ahamiyat.
Annotatsiyaning turlari mavjud bo‘lib, ular matnning maqsadiga qarab o‘zgaradi:
1.
Kengaytirilgan annotatsiya
– asar haqida batafsilroq ma’lumot beradi, o‘quvchiga to‘liq
tushuncha berishga qaratilgan.
2.
Qisqacha annotatsiya
– matnning eng muhim jihatlarini qisqacha va lo‘nda tarzda
taqdim etadi. Annotatsiyaning birinchi tarkibiy komponenti - bibliografik tavsif - matn
muallifining ko‘rsatmasi bilan boshlanadi.
Annotatsiya turlari
Axborot (ma’lumot)
Tavsiyaviy
Guruhli
Matnning ta’rif va
xususiyatlari
(kitoblar,maqolalar va
boshqalar)
Tavsif, xususiyatlari,
obyektiv baholash,
axborotdan foydalanish
bo‘yicha tavsiyalar
Bir nechta matnlarning
umumiy xususiyatlari
(kitoblar, maqolalar)
Annotatsiya tuzish
Annotatsiya maqola yoki adabiyotning kimga mo‘ljallanganligi, shakli, mazmuni jihatidan
qisqacha tavsifi. Annotatsiyada quyidagi savollarga javob beriladi: manbada nima haqida
gapiriladi va u kimga mo‘ljallangan.
Annotatsiyaning hajmi kichik bo‘lib, 500 bosma belgi atrofida bo‘ladi. Annotatsiyaning tili
adabiy hamda hamma uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Uning kompozitsiyasi asar
kompozitsiyasidan farq qiladi hamda u ikki qismdan iborat bo‘ladi: bibliografik tavsif va
annotatsiyaning o‘zi.
Annotatsiya tuzishda qoʻyiladigan talablar:
-
kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan
farqlanishi mumkin;
-
ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya matniga bog‘liq
bo‘ladi;
-
tili lo‘ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi;
168
-
dissertatsiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz
beriladi;
-
o‘rtacha hajmi 500 bosma belgi, kam hollarda 800-1000.
Annotatsiya tuzishdagi asosiy xatolar:
-
axborotning ko‘pligi;
-
fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi;
-
davrlarning ishlatilishi.
Annotatsiya tuzishda ortiqcha narsalar:
-
kirish so‘zlari va gaplari;
-
murakkab gaplar.
Annotatsiyaning to‘liq matni quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- annotatsiya berilayotgan asarning turi va kimga mo‘ljallanganligi (kitob, darslik, to‘plam,
maqola, monografiya – shu so‘z bilan annotatsiya matni boshlanadi):
To‘plamda ...... taqdim
etilgan. Maqolada .....bayon etiladi. Monografiyada .......haqida so‘z boradi;
- muallif o‘z ishida qo‘ygan maqsad va vazifalar:
Muallif o‘z oldiga ...maqsadni qo‘ydi.
Nashrning maqsadi....iborat. muallif....... vazifalarni hal etadi;
- asarning mavzusi (muammosi):
Maqola ....mavzusi/muammosiga bag‘ishlangan; Kitobda
....muammolari tahlil qilingan; Maqola ...mavzusida yozilgan;
- asosiy mazmuni:
Maqolada .....masalalari ko‘rib chiqilgan/ tahlil qilingan/ tadqiq
qilingan; Muallif tomonidan tahlil qilingan; Muallif tomonidan ...gipotezasi asoslangan; ishda
....haqida gap boradi;
- annotatsiya yozilayotgan asarning tuzilmasi (strukturasi):
Monografiya besh bobdan
iborat; To‘plam ikki bo‘limni o‘z ichiga oladi; Darslik o‘n paragrafdan iborat; Maqolada uch
qismni ajratib ko‘rsatish mumkin;
- illyustratsiya materiallari tavsifi:
Kitobda .....illyustratsiyalar keltirilgan; Muallif o‘z
xulosalarini chizma va jadvallar yordamida keltirgan; Videoilova keltirilgan;
- asarning adresati:
Kitob mutaxassislarda qiziqish uyg‘otadi; Darslik universitetning yuqori
kurs talabalari uchun mo‘ljallangan; Monografiya nafaqat mutaxassislar uchun, balki ....uchun
ham qiziqarli bo‘ladi; Maqola barcha uchun mo‘ljallangan;
Yodda tuting.
Annotatsiya matnida ko‘rsatib o‘tilgan punktlar o‘rni almashib kelishi
mumkin, ba’zi ma’lumotlar umuman keltirilmasligi ham mumkin.
Annotatsiyada klishelashtirilgan so‘z birikmalari:
Kitobda
.... (nima?) tadqiq qilingan, (nima?) ko‘rsatib o‘tilgan. (nimani?).... ko‘rib chiqish
ishda katta o‘rinni egallaydi. Monografiyada (nimaning?)..... tavsifi berilgan.
Tadqiqot ...... kabi muammolarni ko‘rib chiqish orqali olib borilgan.
Kitobda .... (nima?) tahlil qilingan. Asosiy e’tibor ....... ga qaratilgan. (nimani?).... qo‘llab,
muallif bayon etgan...... ta’kidlab o‘tilgan. ..... belgilab berilgan. Kitobda (nima?).... berilgan.
(nima?) ochib berilgan. Asosiy e’tibor (nimaga?) .... masalalariga qaratilgan. Ishda (qanday?)
muammolarni, (qanday?) masalalarning hal qilinishi aks ettirilgan. .... (ijodiy) xarakteri ko‘rinib
turibdi. ..... mezonlari o‘rnatiladi. Kitobda ...... aniq ochib berilgan..... tavsiflanadi...... ko‘rib
chiqiladi. Tahlil natijasida maqolada ..... ko‘rsatiladi. ..... haqida gapiriladi. Xotima qismida
qichqacha to‘xtalib o‘tadi.
Namuna
ANNOTATSIYA
169
Annotatsiya asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va
monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab
yozilgani o‘z ifodasini topadi.
Akademik yozuv (1-bosqich bakalavriat ta’limi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) siga
yozilgan Annotatsiya namunasi
O‘quv qo‘llanma 1-bosqich talabalari uchun akademik yozuv fani o‘quv dasturi asosida
tuzilgan (26.08.2021y ).
Maskur qo‘llanma bakalavriatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladigan guruhlari
uchun tuzilgan bo‘lib, akademik nutqning asosan yozma turini qamrab oladi. Qo‘llanma
talabalarga ilmiy va ommabop uslubga doir materiallar, ya’ni matnlar, ularning turlari, har bir
matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy
hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi
o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
2
Mavzularda berilgan nazariy ma’lumotlar topshiriq va mashqlar bilan mustahkamlanadi.
Qo‘llanmada talabalarning kasbiy lingvistik dunyoqarashini kengaytirishga hamda nutqiy
mahoratini oshirishga yo‘naltiruvchi materiallar berilgan.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.
Annotatsiyaning qanday turlari bor.
2.
Annotatsiyaning hajmi qancha bosma belgi atrofida bo‘ladi?
3.
Annotatsiya nimalarga yoziladi?
4.
Annotatsiyaning maqsadiga qarab qanday turlarga bo‘linadi:
5.
Annotatsiya tuzishda qoʻyiladigan talablarni ayting?
6.
Annotatsiya tuzishdagi asosiy xatolar qaysilar?
7.
Annotatsiyada qanday klishelashtirilgan so‘z birikmalaridan foydalaniladi?
8.
Matn annotatsiyasining to‘liq tuzilishi necha qismni o‘z ichiga oladi?
1-topshiriq.
Annotatsiya mavzusi bilan tanishib, o‘zingiz annotatsiya qoidasini yarating.
Yaratgan qoidangizdan kelib chiqib annotatsiya yozing.
Namuna:
Qoida:
Annotatsiyada asar yoki matnning asosiy g‘oyasi va maqsadi qisqacha ifodalanishi
kerak, lekin tafsilotlarga juda chuqur kirishmaslik lozim.
Bunda quyidagi tarkibga e’tibor berish kerak:
1.
Asar yoki matnning mavzusi va asosiy fikri.
2.
Asar yoki matnda yoritayotgan masala yoki muammo.
3.
Yakunlar yoki xulosalar bilan tugaydi.
Annotatsiya
Maqolada ilmiy ish va uning turlari haqida so‘z yuritilgan. Ilmiy ish qay tartibda yozilishi,
qanday tartibda rasmiylashtirilishi kerakligi haqida ma’lumot keltirilgan. Ushbu maqola ilmiy
ishni endi boshlayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilmiy ishni boshlashda eng asosiysi
nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va maqola, tezislarni yozish tartib - qoidalari haqida so‘z
yuritilgan. Ilmiy ish aslida qanday yozilishi (yoki bo‘lishi) haqidagi bir necha fikrlar jamlangan.
2
K.A.Gayubova, N.D.Yulanova. Akademik yozuv. O‘quv qo‘llanma. Toshkent:. 2024. 34-b.
170
Kalit so‘zlar:
Tezis, maqola, monografiya, ocherk, referat, avtoreferat, dissertatsiya, risola,
o‘quv qo‘llanma.
2-topshiriq.
O‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib annotatsiyani
ko‘chiring.
Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tili... keng iste’mol... bo‘lgan 80 ming... ortiq so‘z va so‘z
birikmalari..., fan, texnika, san’at va madaniyat sohalari... oid terminlar..., bir necha sheva...
qo‘llanadigan so‘zlar..., ba’zi tarixiy va eskirgan atamalar.. ichi... oladi. Lug‘at... berilgan
qo‘llanadigan so‘zlar.. amal... qo‘llanishi XX asr o‘zbek adabiyoti va matbuoti... olingan misollar
bilan dalillangan. Lug‘at o‘zbek tilshunosligi va turkiyshoslik boʻyicha mutaxassislar,
tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oily ta’lim muassasalari... o‘qituvchilari va
talabalari, shuningdek, keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.
3-topshiriq.
Matnda berilgan ma’lumotlar bilan tashib, annotatsiyaning tarkibiy tuzilishi
asosida annotatsiya va kalit so‘zlarini ajratib yozing.
Logistika xizmatlari
Turli
sohalarda
xomashyo
sotib
olishdan mahsulot ishlab chiqarish va
iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan
zanjir bo‘yicha turli korxonalar tomonidan
amalga oshiriladigan barcha harakatlar
logistika xizmatlari deb nomlanadi. Ushbu
faoliyat zanjirida kerakli mahsulotlar kerakli
miqdorda, to‘g‘ri manbadan, to‘g‘ri yo‘lda va
arzon narxda etkazib berilishi va tashilishi
ta’minlanadigan tadbirlar mavjud.
Biroq, dengiz va konteyner transporti,
ayniqsa uzoq masofalarga va chet el
mamlakatlariga transportirovka qilishda
ajralib turadi. Vaqt cheklovisiz transportda har doim dengiz transporti afzal va transport
xarajatlari muhimdir. Bugungi kunda deyarli butun dunyoni dengiz orqali tashish mumkin.
Transport xizmatlari logistika xizmatlarining asosini tashkil etadi. Xalqaro transport
xizmatlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan usul dengiz transportidir. Avtomobil transporti milliy
transport xizmatlaridan ajralib turadi (93 foiz). Avtotransport shunchalik taniqliki,
mahsulotlarni yig‘ish va manzilga yetkazib berish, kichik hajmdagi ehtiyojlarga javob berish va
ularni kichik qismlarga birlashtirish orqali tashishga imkon beradi.
So‘nggi yillarda logistika sohasida qo‘shma transport diqqatni tortdi. Birlashtirilgan
transportda mahsulotlar bir xil konteynerda tashiladi, ammo turli xil transport usullari bilan.
Masalan, qisqa masofalarda avtomobil transportida tashiladigan mahsulotlar avval uzoq
masofalarga tashish uchun dengiz yoki temir yo‘l transporti vositalariga o‘tkaziladi.
Biroq, dengiz va konteyner transporti, ayniqsa uzoq masofalarga va chet el
mamlakatlariga transportirovka qilishda ajralib turadi. Vaqt cheklovisiz transportda har doim
dengiz transporti afzal va transport xarajatlari muhimdir. Bugungi kunda deyarli butun
dunyoni dengiz orqali tashish mumkin. Ushbu o‘zgarishlar logistika xizmatlarining paydo
bo‘lishida samarali bo‘ldi. Logistika xizmatlari tufayli korxonalar operatsiyalar tezligini saqlab
qolish bilan birga o‘z xarajatlarini kamaytirishga muvaffaq bo‘lishdi. Borgan sari logistika
171
xizmatlari strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
4-topshiriq.
Quyidagi so‘zlar ichidan annotatsiya yozishda qo‘llaniladigan kirish so‘zlar,
klishelashtirilgan so‘z birikmalari va kalit so‘zlarni ajratib jadvalga joylashtiring.
Texnologiya, maqolada, o‘rganiladi, kitobda, internet, fikrlar jamlangan, darslikda,
ko‘rsatmada, transistor, dissertatsiyada, xarakteri ko‘rinib turibdi, mezonlari o‘rnatiladi,
ko‘rsatiladi, aniq ochib berilgan, tavsiflanadi, ko‘rib chiqiladi, haqida gapiriladi, xotima qismida
qichqacha to‘xtalib o‘tadi, matnda, kompyuter, ma’lumot keltirilgan, ta’kidlab o‘tilgan, usul,
belgilab berilgan, keltirib o‘tilgan, e’tibor berilgan, kilovatt, keltirilgan, inobatga olingan,
tasdiqlangan, telekommunikatsiya, buyuraman, so‘z yuritilgan, shartnoma.
5-topshiriq.
Matnni o‘qib, tanqidiy fikrlashga oid topshiriqni bajaring.
Hozirgi zamonda texnologiyalar inson hayotini yanada qulaylashtirmoqda. Internet
yordamida biz bilim olish, masofaviy ishlash va boshqa turli sohalarda erkin harakat qilish
imkoniyatiga egamiz. Biroq, ko‘pchilik texnologiyalar rivoji insonlarning muloqot
qobiliyatlarini susaytiradi va ular real hayotdagi o‘zaro munosabatlarda zaif bo‘lib qoladi, deb
hisoblaydi. Internetga haddan tashqari bog‘lanish yoshlarning kitob o‘qish odatlarini
kamaytirib, ijodiy fikrlashni pasaytiradi, degan fikr ham mavjud. Shu bilan birga,
texnologiyalardan foydalanish odamlarning vaqtini tejab, ularni murakkab masalalar
yechimida samarali bo‘lishga undaydi. Masalan, sun’iy intellekt tizimlari yordamida turli
kasalliklarni diagnostika qilish yoki iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda ilg‘or ilmiy yutuqlar
qo‘lga kiritilmoqda. Shunday ekan, texnologiyalarning rivoji ijobiymi yoki salbiymi?
1.
Matnda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, T sxemasidan foydalanib, ijobiy va salbiy
fikrlarni ajratib yozing.
Masalan
, Ijobiy Salbiy
1. Inson hayotini yanada 1. Ijodiy fikrlashni pasaytiradi
qulaylashtiradi
2.
Ushbu masalada o‘z nuqtai nazaringizni dalillar bilan asoslab yozing.
Masalan,
Masofaviy ta’lim:
Internet va texnologiyalar yordamida masofaviy ta'limning
imkoniyatlari kengaygan. O‘quvchilar va talabalar istalgan joydan onlayn kurslar o‘qish, yangi
bilimlarni o‘rganish va o‘z malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 2020-yildan boshlab,
COVID-19 pandemiyasi davomida masofaviy ta'lim tizimi dunyo bo‘ylab keng qo‘llanila
boshladi. Bu esa, masofaviy o‘qitishning afzalliklarini ko‘rsatdi va texnologiyalar ta’lim sohasida
Kirish so‘zlar
Til klishelari
Kalit so‘zlar
Maqolada
haqida gapiriladi
172
yangi imkoniyatlar yaratdi.
6-topshiriq.
Ijodiy fikrlashga oid topshiriqni bajaring.
Tasavvur qiling, sizga bir kun davomida butun dunyo taqdirini boshqarish imkoniyati
berildi. Sizdan oldin hech kim bunday imkoniyatga ega bo‘lmagan va dunyo aholisi sizning har
bir qaroringizga bo‘ysunadi. O‘zingizga savol bering: avvalambor, qaysi muammoni hal qilasiz?
Iqlim inqirozimi, oziq-ovqat tanqisligimi yoki butun dunyoda tinchlik o‘rnatishmi? Balki yangi
qonunlar joriy qilib, ta’lim yoki texnologiya rivojiga e’tibor qaratarsiz. Shu bilan birga, har bir
qaroringiz o‘ziga xos oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, butun dunyoda teng
taqsimlangan resurslar turli jamiyatlarning tabiiy raqobatini yo‘q qilishi mumkin yoki yangi
texnologiyalar inson hayotini haddan tashqari soddalashtirib, dangasalikni kuchaytirishi
ehtimoli bor. Qarorlaringizni qabul qilayotganda bularning barchasini hisobga olishingiz kerak.
Ijodiy fikrlash savollari:
1.
Bir kunlik imkoniyatni qanday ishlatishingizni tasavvur qilib yozing.
2. Qabul qilgan qarorlaringizning ijobiy va salbiy natijalarini tasvirlab bering.
3. Ushbu imkoniyatni uzoq muddatda qanday davom ettirishni rejalashtirgan bo‘lar
edingiz?
Agar talaba ilmiy matnlarga annotatsiyani qanday shakllantira olsa keyingi ilmiy tadqiqot
ishlarida ishning qisqacha mazmuni, tadqiqotning asosiy g‘oyalarini, maqsad va vazifalarini,
metodologiyasini va asosiy natijalarini o‘quvchiga yoki foydalanuvchiga tez va samarali tarzda
taqdim eta oladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva S.X., Dospanova D.U. Академическое письмо. Учебное пособие.,Tашкент:,
2024. 80 bet.
2.
K.A.Gayubova, N.D.Yulanova. Akademik yozuv. O‘quv qo‘llanma. Toshkent:. 2024. 65 b.
3.
Кувшинская Ю.М., Зевахина Н.А. , Ахапкина Я.Э., Гордиенко Е.И. Академическое
письмо от исследования к тексту. Учебник и практикум для вузов. Москва: Юрайт
2022.185 б.
4.
Короткина И.Б. Модель обучения академическому письму., Учебное пособие для
вузов. Москва: Юрайт, 202., 168 б.