33
TA’LIM MUASSALARINI MUZYLAR BILAN HAMKORLIGI XORIJ TAJRIBASI
MISOLIDA
Shodmonov Xakimjon
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
mustaqil izlanuvchisi
(tel: 93-009-00-18)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15349568
Annotatsiya:
Mazkur dissertatsiyada yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini
shakllantirish va rivojlantirish jarayonida muzeylarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan
tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosati,
madaniyat va san’at muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Xalqaro
tajriba, jumladan, Finlandiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoydagi muzey-ta’lim tizimi
integratsiyasi misolida zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitida
qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Dissertatsiya davomida muzeylar va ta’lim
muassasalari hamkorligining o‘ziga xos jihatlari, interaktiv va raqamli texnologiyalar asosida
tashkil etilgan loyihalarning estetik tarbiyadagi roli yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-estetik dunyoqarash, muzeylar, ko‘rgazmalar,
ta’lim tizimi, xalqaro tajriba, interaktiv texnologiyalar, madaniyat va san’at, estetik tarbiya.
Abstract:
This dissertation examines the role and significance of museums in shaping
and enhancing the spiritual and aesthetic worldview of youth. It explores the theoretical and
practical foundations of cultural and art institutions within the framework of the youth policy
of the Republic of Uzbekistan. International experiences, particularly from Finland, Germany,
South Korea, and China, regarding the integration of museums into the educational system are
analyzed, highlighting their potential applicability in Uzbekistan. The research also
investigates the collaboration between museums and educational institutions, and the
contribution of interactive and digital technologies to aesthetic education.
Keywords:
Youth education, spiritual and aesthetic worldview, museums, exhibitions,
educational system, international experience, interactive technologies, culture and arts,
aesthetic education.
Kirish.
Globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi zamonda
yoshlarning ma’naviy-estetik tarbiyasi dolzarb ijtimoiy-madaniy vazifalardan biri sifatida
maydonga chiqmoqda. Shu nuqtayi nazardan, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalashda, ularning estetik didini shakllantirishda muzeylarning o‘rni alohida
ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama barkamol shaxslar sifatida voyaga
yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Prezidentimiz tomonidan
ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekiston — yangi ma’naviyat” tamoyili asosida madaniyat va
san’at sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan, yoshlarni muzeylar orqali ma’naviy va
estetik tarbiyalash masalasi ham markaziy o‘ringa chiqmoqda.
Muzeylar bugungi kunda faqat tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlovchi muassasa
sifatida emas, balki yoshlarni madaniy meros bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini
kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va estetik hissiyotlarini oshirishning
samarali vositasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, zamonaviy interaktiv va raqamli
texnologiyalar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, mahorat darslari va virtual ekskursiyalar
34
yoshlarning muzeylarga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirmoqda.
Mazkur dissertatsiya yoshlarni ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda
muzeylarning tutgan o‘rni va ushbu jarayondagi samarali tajribalarni o‘rganishga,
shuningdek, xalqaro tajribalar asosida O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlardan yanada
samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Filandiyada ta’lim muassasalari bilan muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik.
XXI asrda
ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri — yoshlarning ijtimoiy, madaniy va estetik
dunyoqarashini kengaytirishdan iborat. Bu borada Filandiya tajribasi e’tiborga loyiqdir.
Filandiyada muzeylar va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
u yoshlarning tanqidiy fikrlashini, estetik didini va madaniy ongini shakllantirishda muhim
vosita sifatida xizmat qiladi.
Filandiya Ta’lim va Madaniyat vazirligi tomonidan 2007-yildan boshlab amalga
oshirilayotgan “Culture for All” (Barchaga madaniyat) dasturi doirasida ta’lim muassasalari
bilan madaniyat institutlari, jumladan, muzeylar o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish ko‘zda
tutilgan. Bu dastur doirasida maktab o‘quvchilari yiliga kamida ikki marta muzeylarga tashrif
buyurishi majburiy etib belgilangan
1
.
Muzey-pedagogika yondashuvida Filandiya ilg‘or tajribaga ega. Misol uchun, Helsinki
shahridagi Ateneum san’at muzeyi va Kiasma zamonaviy san’at muzeyi ta’lim dasturlarini
ishlab chiqishda o‘quv rejalari bilan uyg‘unlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Ular
nafaqat ekspozitsiyalarni tomosha qilishni, balki o‘quvchilar uchun interaktiv seminarlar,
rassomlar bilan uchrashuvlar va ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan
2
.
Filandiyada “Learning Museum” (O‘quv muzeyi) modeli keng tarqalgan bo‘lib, bu
yondashuvda muzeylar ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Muzeylar
darsliklardagi mavzularni jonli eksponatlar orqali boyitadi, shu orqali o‘quvchilarning
mavzuga qiziqishi va tushunchasi ortadi. Masalan, tarix darslarida Fin urushlari haqidagi
mavzularni Milliy tarixiy muzey eksponatlari orqali tushuntirish samaradorligi ancha yuqori
baholanmoqda
3
.
Yana bir muhim jihat shundaki, Filandiya maktablarida estetik tarbiya faqat musiqa yoki
san’at darslaridagina emas, balki barcha fanlar bilan integratsiyalashgan holatda olib boriladi.
Bu yondashuvda muzeylar o‘quvchilarning madaniy kompetensiyalarini shakllantirishda
vosita sifatida xizmat qiladi. UNESCO tomonidan 2019-yilda tayyorlangan hisobotda
ta’kidlanishicha, Filandiyada madaniyat muassasalari, xususan, muzeylar bilan hamkorlik
yoshlarning o‘z fikrini erkin ifodalash, vizual savodxonlik va madaniy ko‘nikmalarini
oshirishda yuqori natija bergan
4
.
Ta’lim tizimining yuqori darajada muvofiqlashtirilganligi sababli, Filandiya muzeylari
pedagoglar bilan birgalikda dars materiallarini ishlab chiqadi va ularni o‘quv dasturlariga
moslashtiradi. Masalan, “Kultus.fi” platformasi orqali o‘qituvchilar uchun turli yosh guruhlari
1
Ministry of Education and Culture of Finland.
Culture for All Programme. Helsinki: MEC, 2008. – 42 b.
2
Ateneum Art Museum.
Learning at Ateneum. – Helsinki: Finnish National Gallery, 2021. – 28 b.
3
Kallio, T.
Museopedagogiikka ja oppimiskokemus. // Kasvatus ja Aika, 2020, №2. – B. 45–59.
4
UNESCO.
Culture and Education: Report on the Role of Cultural Institutions in Learning. – Paris: UNESCO Publishing,
2019. – 66 p.
35
bo‘yicha tayyorlangan muzey mashg‘ulotlari katalogi taklif etiladi
5
.
Shunday qilib, Filandiya tajribasi muzeylar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
integratsiyalashgan hamkorlikning samarador namunasidir. Bu modeldan O‘zbekiston
sharoitida ham foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ayniqsa yoshlar estetik tarbiyasini
kuchaytirishda ushbu yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi.
Xitoy Xalq Respublikasida
ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik davlat siyosati
darajasida amalga oshirilib, ta’lim muassasalari bilan muzeylar o‘rtasidagi integratsiyalashgan
loyihalar yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil
hisoblanadi. Xususan, estetik va ma’naviy tarbiyani chuqurlashtirish maqsadida Xitoyda
“Madaniy meros ta’limi” (Cultural Heritage Education) konsepsiyasi keng qo‘llaniladi. Bu
konsepsiya muzeylarni ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida qarashni nazarda tutadi.
Masalan, Pekindagi Tsinghua universiteti va Xitoy Milliy Muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik
to‘g‘risidagi kelishuvga asosan, talabalar har yili muzeyda amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqot
loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu hamkorlik natijasida talabalar nafaqat
nazariy bilim, balki ekspozitsiya dizayni, arxiv ishi va madaniy meros ob’ektlari bilan ishlash
kabi ko‘nikmalarni ham o‘zlashtiradilar
6
.
Bundan tashqari, Xitoy ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan “Muzeydagi dars”
(Lessons in Museums) dasturi doirasida maktab o‘quvchilari uchun maxsus o‘quv rejalari
ishlab chiqilgan. Bu rejalarda tarix, san’at va adabiyot fanlari muzey eksponatlari bilan bog‘liq
holda o‘qitilishi nazarda tutilgan. Jumladan, Shanxaydagi tabiiy fanlar muzeyi va maktablar
o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ekologiya va biologiya fanlari o‘quv jarayonida amaliy
namoyishlar asosida o‘tkazilmoqda
7
.
Xitoyda muzey va ta’lim muassasalari hamkorligi nafaqat an’anaviy ta’lim shakllarida,
balki raqamli texnologiyalar orqali ham faol rivojlanmoqda. Masalan, “China Digital Museum
Education Platform” onlayn tizimi orqali talabalar va o‘qituvchilar virtual ekskursiyalar,
multimediaviy ta’lim kurslari va tadqiqot loyihalarida qatnashish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda
8
.
Bu platforma orqali ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini vizual va interaktiv shaklda
boyitish imkonini topmoqda.
Umuman olganda, Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muzeylar va ta’lim muassasalarining
samarali hamkorligi yoshlarning estetik va ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim o‘rin
tutadi. Bu hamkorlik shakllari turli loyihalar, o‘quv kurslari, tadqiqotlar va raqamli
platformalar orqali amalga oshirilmoqda. Bunday yondashuv O‘zbekiston muzeylar tizimi
uchun ham ilg‘or tajriba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Janubiy Koreyaning ta’lim tizimida muzeylar
ta’limiy resurs sifatida alohida o‘rin
egallaydi. Mamlakatda "muzey-pedagogika" (museum pedagogy) konsepsiyasi doirasida
muzeylar ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu hamkorlik, asosan,
5
Kultus.fi.
Learning Content and Resources for Teachers. [Elektron resurs] – Rejim kirish:
6
Zhang, H. University-Museum Collaborations in China: Case Study of Tsinghua and the National Museum. — Beijing:
Educational Research Press, 2020. — С. 112–118.
7
Liu, Y. Innovations in Heritage Education: The Shanghai Model. // Journal of Chinese Education. — 2021. — №4. — С.
47–53.
8
Chen, L.
Digital Museum Learning in China: Building Platforms for the Future
. — Shanghai: Museum & Technology
Review, 2022. — С. 60–68.
36
fuqarolik, tarixiy, estetik va texnologik ta’lim yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi.
Janubiy Koreya Ta’lim vazirligi tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan "Museum
Education Activation Plan" dasturi doirasida muzeylar maktablar bilan integratsiyalashgan
holda ish olib borishlari uchun huquqiy va moliyaviy asoslar yaratilgan. Bu dasturga ko‘ra,
maktab o‘quvchilari uchun yil davomida kamida ikki marotaba muzeylarda dars o‘tish
majburiyati belgilangan. Ushbu darslar maxsus o‘quv ssenariylari asosida tashkil etiladi va
fanlararo yondashuvda quriladi
9
.
Masalan, Seul Milliy Muzeyi (National Museum of Korea) va Koreya Milliy Ta’lim
Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida "Madaniy meros va ta’lim" (Heritage and
Education) nomli ilmiy-amaliy dastur amalga oshiriladi. Bu dastur doirasida talabalar
muzeyda ekspozitsiyalar yaratish, ekskursiya ssenariylarini ishlab chiqish, bolalar uchun
interaktiv mashg‘ulotlar tayyorlash kabi jarayonlarda ishtirok etishadi. Bu orqali talabalar
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish barobarida, estetik va ma’naviy qadriyatlarga nisbatan
hissiyotli munosabatni rivojlantiradilar
10
.
Shuningdek, Janubiy Koreya muzeylari raqamli ta’lim texnologiyalaridan keng
foydalanmoqda. Masalan, Koreya Milliy San’at Muzeyi (National Museum of Modern and
Contemporary Art, MMCA) "Online Museum School" dasturi orqali maktab va universitet
talabalariga multimediaviy darslar, virtual ekskursiyalar va san’at tahlili bo‘yicha onlayn
kurslar taqdim etadi. Bu platforma interaktiv darslar bilan boyitilgan bo‘lib, o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash, tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi
11
.
Janubiy Koreya tajribasi muzeylarni nafaqat madaniy muassasa, balki faol ta’limiy
maydon sifatida qarashni amalga tadbiq etib kelmoqda. Bu tajribada ta’lim muassasalari va
muzeylar o‘rtasidagi samarali hamkorlik huquqiy asoslar, maxsus metodik dasturlar va
raqamli platformalar orqali mustahkamlangan.
Germaniyada muzeylar
faqat eksponat namoyishi uchun emas, balki ta’limiy muassasa
sifatida faoliyat yuritadi. Xususan,
“Museumspädagogik” (muzey pedagogikasi)
atamasi
aynan shu mamlakatda shakllangan bo‘lib, bu sohada mutaxassislar tayyorlanadi va
universitetlarda muzey pedagogikasi kurslari joriy etilgan
12
.
Berlindagi
“Museum für Naturkunde”
va
“Jüdisches Museum”
kabi muassasalarda
maktab o‘quvchilari uchun maxsus darslar, interfaol mashg‘ulotlar, kvestlar va “o‘zini tarixchi
sifatida sinab ko‘rish” mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Bu darslar ta’lim standartlari bilan uzviy
bog‘langan holda ishlab chiqilgan.
Germaniyada muzeylar faqat o‘qitish va ma’lumot berish uchun emas, balki
o‘quvchilarni faol ravishda o‘rganishga va tadqiqot qilishga undaydi. Xususan, muzey
pedagogikasi (Museumspädagogik) sohasida alohida ta’lim tizimi mavjud bo‘lib, bu
mutaxassislar muzeylar bilan ta’lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlashda katta
rol o‘ynaydi. Germaniya muzeylarida maktab o‘quvchilari uchun interfaol mashg‘ulotlar,
amaliy seminarlar va tarixiy qahramonlar ro‘yxatidagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, shuningdek,
9
Ministry of Education, Korea.
Museum Education Activation Plan
. — Seoul: MoE Publication Office, 2013. — С. 14–
22.
10
Lee, J. H.
University-Museum Collaborations in Korea: Case Study of National Museum and KNUE
. // Korean Journal
of Museum Education. — 2020. — №2. — С. 33–40.
11
Kim, S. Y.
Digital Museum Learning in Korea: Practices at MMCA
. — Seoul: Art & Education Journal, 2022. — №5. —
С. 59–66.
12
Becker, H.C. Museumspädagogik heute. – Berlin: Museum-Verlag, 2012. – 146 S.
37
muzeyga tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun o‘quv materiallari, qo‘llanmalar tayyorlanadi.
Fransiyada
“san’at orqali ta’lim” konsepsiyasi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Muzeylar maktablar bilan uzviy hamkorlikda ish olib borib, maxsus
ta’lim paketlari ishlab chiqadi. Masalan,
Louvre muzeyi
“Classes au
Louvre” dasturi orqali o‘quvchilar uchun har hafta muzeyda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil
etadi
13
.
Ushbu dastur doirasida o‘quvchilar nafaqat eksponatlarni ko‘radilar, balki rassomlar,
tarixchilar va pedagoglar ishtirokida amaliy seminarlar o‘tkazadilar. Bu pedagogik
yondashuvlar Fransiyaning “Laïcité” siyosati — din va davlat ajratilgan holda, umuminsoniy
qadriyatlarni o‘rgatishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi bilan bog‘liq.
Fransiya: Fransiyaning “Laïcité” ta’lim siyosati, ya’ni diniy ajratish prinsipi asosida
muzeylar ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi. Fransiyada muzeylar ta’lim tizimi bilan faol
hamkorlik qiladi, o‘quvchilarni nafaqat eksponatlarni ko‘rish, balki rassomlar va tarixchilar
bilan bevosita uchrashuvlar orqali amaliy bilim olish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Louvre
muzeyining “Classes au Louvre” dasturi esa o‘quvchilarga san’at va tarixning o‘ziga xos
sohalarini o‘rganish imkonini beradi, bu esa ularning estetik va madaniy rivojlanishiga katta
hissa qo‘shadi.
Yaponiya muzeylari
ta’limda an’anaviylik va zamonaviylikni birlashtirishga alohida
e’tibor qaratadi. Ularda milliy madaniyat, hurmat, zehn ravshanligi va vizual tafakkurni
rivojlantirish markazda turadi. Tokio milliy muzeyi, Kioto tarix muzeyi maktablar bilan
uzluksiz hamkorlikda ishlaydi
14
.
Yaponiyada muzeylarga tashriflar alohida ta’lim standarti asosida tashkil etiladi va bu
tashriflar uchun o‘qituvchi va muzey o‘rtasida tuzilgan maxsus “pedagogical guide” bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan har qanday tarix darsiga muzey materiallari ilova etiladi.
Yaponiya: Yaponiya muzeylari o‘ziga xos pedagogik yondashuvlarga ega bo‘lib, an’anaviy
madaniyat bilan zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi. Yaponiya muzeylarida,
xususan, Tokio milliy muzeyi va Kioto tarix muzeyi kabi joylarda, maktablar bilan ta’lim va
madaniyatni birlashtirgan maxsus mashg‘ulotlar, seminarlar va pedagogik gidlar ishlatiladi.
Bu yerda darslar faqat nazariy ma’lumotlarni o‘rganish bilan cheklanmay, amaliy
mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.
AQShda muzeylar
ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida emas, balki jamoatchilik
tarbiyasi va shaxsiy rivojlanish makoni sifatida qaraladi. Vashingtondagi
Smithsonian
Institution
— dunyodagi eng yirik muzey-kompleks bo‘lib, uning faoliyati ta’lim bilan
chambarchas bog‘langan.
Bu muassasalar maktablar bilan onlayn darslar, interfaol platforma, virtual sayohatlar
orqali hamkorlik qiladi. Muzey veb-portallari maktab o‘qituvchilari uchun maxsus resurslar,
dars konspektlari, videomateriallar taqdim etadi
15
.
AQSh: AQShda muzeylar ta’lim va madaniyat sohalarida alohida o‘rin tutadi.
Smithsonian Institution kabi yirik muzeylar ta’lim tizimi bilan chambarchas bog‘langan holda
onlayn kurslar, virtual sayohatlar, interfaol ta’lim dasturlari orqali o‘quvchilarga xizmat qiladi.
AQSh muzeylarining veb-portallarida dars materiallari, video-ma’ruzalar va dars konspektlari
13
Musée du Louvre. “Classes au Louvre” – Rapport pédagogique. – Paris, 2020. – URL:
14
Yamamoto, K. Education and Museum Collaboration in Japan. – Tokyo: National Museum Press, 2018.
15
Smithsonian Institution. Education resources. – URL: www.si.edu/education
38
mavjud bo‘lib, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Germaniya: Muzey pedagogikasi asosida ko‘plab o‘quv dasturlari, shuningdek, interfaol
mashg‘ulotlar, kvestlar, ekskursiyalar.
Fransiya: “San’at orqali ta’lim” konsepsiyasi, “Classes au Louvre” dasturi.
Yaponiya: An’anaviy madaniyat va zamonaviy pedagogik yondashuvlar, pedagogik gidlar
va maxsus qo‘llanmalar.
AQSh: Raqamli texnologiyalar va interfaol platformalar, onlayn kurslar va virtual
sayohatlar.
O‘zbekiston: Davlat dasturlari asosida muzeylarga sayohatlar va ko‘rgazmalar.
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, muzeylarning ta’lim tizimi bilan integratsiyasi
yoshlarning ma’naviy-estetik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston bu sohada
xalqaro tajribalarni o‘rganib, o‘z tizimini yanada kuchaytirishi mumkin.
Solishtirma tahlildan ko‘rinadiki, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda muzeylar nafaqat
ma’lumot manbai, balki faol ta’lim ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda ham
bunday tizimli yondashuvni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda hozirda muzeylar bilan ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan bir qancha davlat dasturlari mavjud. Maktablar va universitetlar
bilan aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, turli ko‘rgazmalar va ilmiy anjumanlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston muzeylarida ko‘pincha maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan sayohatlar va
ekskursiyalar o‘tkaziladi. Biroq, bu tizimning rivojlanishi va uni yanada samarali qilish uchun
xalqaro tajribalar bilan to‘liq integratsiya qilish zarur.
Muammolar va takliflar
Olib borilgan tahlillar va ilmiy manbalar asosida aniqlandiki, O‘zbekistonda muzeylar
bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni to‘liq rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan
quyidagi muammolar mavjud:
Tashkiliy-infratuzilmaviy muammo
: Ko‘pgina ta’lim muassasalari muzeylardan juda
uzoq joylashgan. Qishloq hududlaridagi maktablarda transport masalalari ham katta
muammo hisoblanadi
16
.
Muzeylarning ta’lim tizimi bilan integratsiyasini kengaytirish:
O‘zbekistonda
muzeylar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish. Ko‘p holatlarda
muzeylar faqat eksponat namoyish etuvchi joylar sifatida faoliyat yuritadi va ta’lim jarayoniga
faqat cheklangan tarzda jalb qilinadi.
Malakali kadrlar tanqisligi
: Ham muzey xodimlari, ham o‘qituvchilar muzey
pedagogikasining zamonaviy uslublari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emaslar
17
.
Tizimli strategiyaning yo‘qligi
: Bugungi kunda ta’lim dasturlarida muzeylar bilan
ishlashga oid uzoq muddatli strategiya mavjud emas. Har bir ta’lim muassasasi o‘zining
xohishiga ko‘ra, epizodik tarzda hamkorlik qiladi
18
.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishning sustligi
: Raqamli muzeylar, virtual
ekskursiyalar, QR-kodli o‘quv topshiriqlari kabi vositalar rivojlangan mamlakatlarda
keng qo‘llanilsa-da, O‘zbekistonda bunday tajriba xududlar bo‘ylar hali keng
16
Xasanov I. Muzeylar va zamonaviy ta’lim: dolzarb muammolar // Ijtimoiy fanlar, 2022, №1.
17
Madjidova Sh.M. Ta’lim tizimi va muzey hamkorligi // Oliy ta’limda innovatsiyalar, 2023, №2.
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-261-son qarori, 2022.
39
yoyilmagan
19
.
Muzeylar yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyasida muhim tarbiyaviy
institutsional vosita hisoblanadi. Shu bois, yoshlarning muzeylarga tashrifini faollashtirish
uchun quyidagi
takliflar taqdim etiladi:
1.
Muzey-ta’lim integratsiyasini kuchaytirish.
Muzeylarni maktab va oliy ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikda ishlashini tizimli yo‘lga qo‘yish lozim. Bu muzeyning ta’lim-
tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Masalan, Buyuk Britaniyada Tate Modern muzeyi maktablar bilan maxsus "Tate Schools
and Teachers" dasturini amalga oshirib, sinf darslarini muzey ekspozitsiyasi bilan bog‘lagan
holda estetik ta’limni samarali tashkil etmoqda
20
.
Multimedia va interaktiv texnologiyalardan foydalanish.
Zamonaviy yoshlar
raqamli texnologiyalarga moyil ekanligini inobatga olgan holda, muzey ekspozitsiyalarini
multimediali, interaktiv platformalar asosida boyitish kerak. Bu nafaqat qiziqish uyg‘otadi,
balki vizual va emotsional ta’sirni ham oshiradi. Jahon tajribasida, Germaniyaning Berlin
shahridagi "Deutsches Technikmuseum" interaktiv eksponatlari orqali bolalar va yoshlarda
ilm-fanga qiziqishni oshirishga erishgan
21
.
Muzey faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda faol
targ‘ib etish.
Yoshlar asosan raqamli makonda faol bo‘lgani sababli, muzeylar Instagram, Telegram,
YouTube kabi platformalarda faol kontent ishlab chiqishi va tarqatishi zarur. Bunda kreativ,
qisqa formatdagi video va fotoxabarlar muhim rol o‘ynaydi. 2022 yilda O‘zbekiston Davlat
san’at muzeyi “San’atLive” nomli Instagram-kanali orqali har haftalik jonli ekskursiyalar
tashkil etib, yoshlar o‘rtasidagi faol qatnashish ko‘rsatkichini 40% ga oshirgani qayd etilgan
22
.
Yoshlar uchun maxsus muzee-loyiha va tanlovlar tashkil etish.
Muzeylar tomonidan
yoshlarga mo‘ljallangan ijodiy tanlovlar, forumlar, foto va tasviriy san’at festivallarini yo‘lga
qo‘yish, ularni joriy ekspozitsiyaga bog‘lash tavsiya etiladi. Fransiyadagi Luvr muzeyi yoshlar
uchun “Louvre Youth Lab” dasturi doirasida turli master-klass va ijodiy sessiyalar tashkil etib,
yoshlar qatlamlarining muzee faoliyatida ishtirokini 60% ga oshirgan
23
.
Imtiyozli yoki bepul kirish siyosatini joriy etish.
Bu amaliyotda joriy etilgan bo‘lsada
yanada kengaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlami uchun bepul muzey
tashriflari, talabalar uchun chegirmalar, “Muzey kuni”da barchaga ochiq faoliyat shakllari
tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. YuNESKO tavsiyasiga ko‘ra, yoshlarning madaniyat
muassasalariga kirish imkonini kengaytirish — ularning madaniy merosni o‘zlashtirish
darajasini yuqori darajada ta’minlaydi
24
.
Muzey-volontyorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Yoshlar o‘rtasida muzey
volontyorlari guruhlarini shakllantirish orqali ularning muzey hayotida ishtirokini
kuchaytirish mumkin. Bu yoshlar uchun ham ijtimoiy faoliyat, ham ta’limiy jarayonga
aylanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Smithsonian Institution’da volontyorlik dasturlari
19
UNESCO. Museums and Education: A Cultural Perspective. – Paris, 2019
.
20
Tate Modern. “Schools and Teachers Programme.” London, 2023.
21
Schneider, A. “Interactive Museums and Youth Engagement in Germany.”
Journal of Museum Education
, Vol. 45,
No. 2, 2020.
22
“O‘zbekiston davlat san’at muzeyi faoliyati.” Madaniyat va San’at, 2022, №3.
23
Durand, C. “Louvre Youth Lab: Engaging Teens in Heritage.”
Museum International
, Vol. 71, 2019.
24
UNESCO. “Recommendation Concerning the Protection and Promotion of Museums and Collections.” Paris, 2015.
40
turli yoshdagi o‘quvchilarni muzeyga jalb etishda samarali usul sifatida amal qiladi
25
.
Muzey-ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish
O‘zbekistonda umumta’lim maktablari va
muzeylar hamkorligini tartibga soluvchi umummilliy strategik hujjat qabul qilinishi lozim.
Unda maqsadlar, vazifalar, indikatorlar va monitoring mexanizmi belgilanishi kerak.
Metodik qo‘llanmalar yaratish
O‘qituvchilar va muzey xodimlari uchun “muzeyda dars
o‘tkazish metodikasi”, “ko‘rgazmadan foydalanish yo‘llari” kabi amaliy qo‘llanmalar
tayyorlanishi zarur.
Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash
Pedagog kadrlar uchun muzey pedagogikasi
bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu kurslar amaliy
mashg‘ulotlar, keys-stadi, trening va ishchi daftarlar asosida o‘tkazilishi kerak.
Axborot texnologiyalarini keng joriy etish
Virtual muzeylar, AR/VR platforma, 360°
ekskursiyalar, QR-kodli “intellektual saflar” muzey ta’limida innovatsion yondashuvlarni
amalga oshirishga yordam beradi
26
.
Maktab muzeylarini rivojlantirish
Har bir maktabda mini-muzey tashkil qilinishi, u
orqali o‘quvchilar o‘zlari ekspozitsiya tayyorlashi, ekskursiya olib borishi va milliy
yodgorliklar haqida tadqiqotlar o‘tkazishi mumkin. Bu interaktiv, faol ta’lim shakli
hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish
Germaniya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar bilan
muzey-ta’lim yo‘nalishida ilmiy loyihalar, stajirovkalar va o‘quv-moddiy almashinuv tizimini
yo‘lga qo‘yish lozim.
Kutilayotgan natijalar
Agar mazkur takliflar amalga oshirilsa, quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
Yoshlarda tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did rivojlanadi;
Ta’lim mazmunidagi real hayot bilan bog‘liqlik ortadi;
Oila-maktab-madaniyat muassasalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik mustahkamlanadi;
Yoshlar dunyoqarashi, faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi.
XULOSA
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, muzeylar ta’limning ajralmas qismiga aylangan
holatlarda, yoshlar nafaqat madaniy-estetik bilimlarga ega bo‘ladilar, balki ularning shaxsiy
kamoloti, ijtimoiy mas’uliyati va fuqarolik ongida ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. O‘zbekiston
sharoitida ham bu kabi ilg‘or tajribalarni mahalliy ijtimoiy-madaniy kontekstga moslashtirish
dolzarb vazifadir.
Ta’lim muassasalari va muzeylar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yosh avlodda mustahkam
tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat va san’atga nisbatan chuqur qiziqish uyg‘otadi. Shu
sababli, bu ikki tizim o‘rtasida samarali integratsiyani ta’minlash muhim strategik vazifa
sifatida qaralishi lozim.
Tadqiqot mobaynida O‘zbekistonda muzey-pedagogika borasidagi amaliyotlar, mavjud
qonunchilik va xalqaro tajribalar chuqur tahlil qilindi. Natijada, mamlakatda mavjud
muammolar va ularni bartaraf etishga doir amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Xususan, o‘quv dasturlariga muzey faoliyatini kiritish, pedagoglar va muzey xodimlari
o‘rtasida metodik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, raqamli texnologiyalar asosida interaktiv
25
Smithsonian Institution. “Annual Report.” Washington, 2021.
26
Yamamoto, K. Digital Learning in Museums: Practices and Challenges. – Tokyo, 2020.
41
loyihalarni kengaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ilgari surildi.
Yoshlarning estetik va ma’naviy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiluvchi muzey-
ta’lim hamkorligini keng joriy etishga zamin yaratadi. Shu asosda, mazkur tadqiqot natijalari
kelgusida ushbu yo‘nalishda olib boriladigan izlanishlarga metodik asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zhang, H. University-Museum Collaborations in China: Case Study of Tsinghua and the
National Museum. — Beijing: Educational Research Press, 2020. — S. 112–118.
2.
Liu, Y. Innovations in Heritage Education: The Shanghai Model. // Journal of Chinese
Education. — 2021. — №4. — S. 47–53.
3.
Chen, L. Digital Museum Learning in China: Building Platforms for the Future. —
Shanghai: Museum & Technology Review, 2022. — S. 60–68.
4.
Ministry of Education, Korea. Museum Education Activation Plan. — Seoul: MoE
Publication Office, 2013. — S. 14–22.
5.
Lee, J. H. University-Museum Collaborations in Korea: Case Study of National Museum
and KNUE. // Korean Journal of Museum Education. — 2020. — №2. — S. 33–40.
6.
Kim, S. Y. Digital Museum Learning in Korea: Practices at MMCA. — Seoul: Art &
Education Journal, 2022. — №5. — S. 59–66.
7.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – 23.09.2020. – Lex.uz.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning estetik tarbiyasi konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi qarori. – 2021.
9.
PQ-261-son Prezident qarori. – 2022-yil 27-may. – Lex.uz.
10.
“O‘zbekiston davlat san’at muzeyi faoliyati”, Madaniyat va San’at, 2022, №3.
11.
Becker, H.C.Museumspädagogik heute. – Berlin: Museum-Verlag, 2012. – 146 S.
12.
Musée du Louvre. “Classes au Louvre” – Rapport pédagogique. – Paris, 2020. – URL:
13.
Yamamoto, K. Education and Museum Collaboration in Japan. – Tokyo: National Museum
Press, 2018.
14.
Smithsonian Institution. Education resources. – URL: www.si.edu/education
15.
Madaniyat vazirligi hisobotlari, 2023. – URL:
16.
Tate Modern. “Schools and Teachers Programme.” London, 2023.
17.
Schneider, A. “Interactive Museums and Youth Engagement in Germany.”
Journal of
Museum Education
, Vol. 45, No. 2, 2020.
18.
“O‘zbekiston davlat san’at muzeyi faoliyati.”
Madaniyat va San’at
, 2022, №3.
19.
Durand, C. “Louvre Youth Lab: Engaging Teens in Heritage.”
Museum International
, Vol.
71, 2019.
20.
UNESCO. “Recommendation Concerning the Protection and Promotion of Museums and
Collections.” Paris, 2015.
21.
Smithsonian Institution. “Annual Report.” Washington, 2021.
22.
Ministry of Education and Culture of Finland. Culture for All Programme. Helsinki: MEC,
2008. – 42 b.
23.
Ateneum Art Museum. Learning at Ateneum. – Helsinki: Finnish National Gallery, 2021. –
42
28 b.
24.
Kallio, T. Museopedagogiikka ja oppimiskokemus. Kasvatus ja Aika, 2020, №2. – B. 45–
59.
25.
UNESCO. Culture and Education: Report on the Role of Cultural Institutions in Learning.
– Paris: UNESCO Publishing, 2019. – 66 p.
26.
Kultus.fi. Learning Content and Resources for Teachers. [Elektron resurs] – Rejim kirish:
https://www.kultus.fi –