Авторы

  • Nargiza Azimbayeva
    Oriental universiteti "O‘zbek va sharq tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.85723

Ключевые слова:

Moga Rahmoniy Nurjahon begim tazkira zehn ziynat pardaneshinon adabiy timsol ayol iste’dodi.

Аннотация

Ushbu maqolada Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y” nomli tazkirasidagi tarixiy va adabiy shaxslar galereyasi ichida alohida o‘rin tutuvchi Nurjahon begim timsoli tahlil qilinadi. Muallif bu tazkirani yozishda ayollar iste’dodini, zehn va ma’naviy komolini madh etishni maqsad qilgan. Nurjahon begim timsoli ana shunday yuksak ma’naviy va estetik qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz sifatida talqin etiladi.. Ularni tasniflab, fikrlarimizga oydinlik kiritamiz.


background image

90

MOGA RAHMONIYNING “PARDANESHINONE SUXANGO‘Y” TAZKIRASIDA

ZEHN VA ZIYNAT NURI BO‘LMISH NURJAHON BEGIM TIMSOLI

Azimbayeva Nargiza Tuxtamuradovna

Oriental universiteti "O‘zbek va sharq tillar"

kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15364824

Annotasiya.

Ushbu maqolada Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y” nomli

tazkirasidagi tarixiy va adabiy shaxslar galereyasi ichida alohida o‘rin tutuvchi Nurjahon begim
timsoli tahlil qilinadi. Muallif bu tazkirani yozishda ayollar iste’dodini, zehn va ma’naviy
komolini madh etishni maqsad qilgan. Nurjahon begim timsoli ana shunday yuksak ma’naviy
va estetik qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz sifatida talqin etiladi.. Ularni tasniflab,
fikrlarimizga oydinlik kiritamiz.

Tayanch so’zlar:

Moga Rahmoniy, Nurjahon begim, tazkira, zehn, ziynat, pardaneshinon,

adabiy timsol, ayol iste’dodi.

Annotation:

In this article, the figure of Nurjahon Begim—who holds a special place

among the historical and literary personalities portrayed in Moga Rahmoniy’s tazkira

“Pardaneshinone Sukhanguy”

—is analyzed. The author of the tazkira aimed to celebrate the

intellectual talent and spiritual maturity of women. The image of Nurjahon Begim is interpreted
as an embodiment of such elevated moral and aesthetic values. We will classify these aspects
and clarify our viewpoints accordingly.

Key words:

Moga Rahmoniy, Nurjahon Begim, intellect or Mind, adornment, beauty, or

grace, literar figure or literary symbol, women's talent or Female talent


Mamlakatimiz o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardanoq jahon

sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ilmiy va madaniy
merosini, o‘zbek xalqining jahonshumul qadriyatlarini tiklashga kirishdi. Shu yillar davomida
biz ulug‘ muhaddislar, munajjimlar, tarixshunos olimlar, shoirlar va tazkiranavislarning boy
ilmiy va adabiy merosini har tomonlama o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

An’ana bo‘lib qolgan tazkirachilik sharq adabiyotida 12 asrning birinchi choragidan

boshlanib, ko‘pgina buyuk vatandoshlarimiz tazkirachilik borasida yirik muvaffaqiyatlarga
erishdilar.

Tazkiralar adabiy hamda tarixiy meroslarni o‘rganishimizda muhim manba sifatida

xizmat qiladi. Bundan tashqari tazkira har bitta davr boshqa davrdan o‘zining muayyan siyosiy-
ijtimoiy-psixologik kayfiyati bilan farq qiladi. Tazkira umuman, har qanday san’at asari ana shu
muhit-kayfiyatdan o‘sib chiqadi va ba’zan o‘z davrigagina xizmat qilsa, ba’zan o‘zining
ramziyligi, ko‘p ma’no qatlamliligi bois boshqa zamonlar iste’moliga ham kirib boradi.

Tazkira ijtiomiy hodisa sifatida insonning ruhiy mohiyatidan ibtido oladi. Shu ma’noda

odamzodning hozirgi holga kelishi, ya’ni insonning insonga aylanishi faqat tashqi omil, tashqi
shartg‘sharoitlargagina bog‘liq jarayon bo‘lmay, ayni paytda ichki omil-insonning zoti bilan,
undagi ruhiy mohiyatning ijtimoiylik shaklida namoyon bo‘lishi hamdir.

Tazkiralar har xil bo‘ladi masalan, shoirlar haqida, avliyolar haqida, biz bu tazkiralardan

ular yashagan davr muhiti va davr tushunchasining o‘ziga xos xususiyati bevosita ularning
hayoti va ijodi haqida, ko‘rsatgan karomatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Har qanday
tazkirada o‘zining quvonch va tashvishi, orzu va armoni bilan inson turadi.


background image

91

Yuqorida aytib o‘tgan tazkiralardan tashqari Sharqda ayollar haqida tazkiralar yozish

ham bir muncha rivojlangan. Bu turdagi tazkiralarga Muhammad ibn Muhammad Rofe’-malikul
kitobning “Tazkirat ul-xavotin”, Mullo muhammad Oxunzoda Hirotiyning “Tazkirat un-niso”,
Fahriy Hirotiyning “Javohir ul-ajoyib”, Moga (Manije) Rahmoniyning “Pardarneshinoni
suxanguy” va qator tazkiralar kiradi. Shoiralar haqidagi tazkiralardan biz ular haqida qimmatli
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Tarixda ayollarga ta’lim olish nasib qilmagan, bu asosan o‘sha davrda islom dinining

o‘rnini ko‘rsatadi, chunki islom dinida ayollar xuquqi cheklab qo‘yilgan bo‘lib, faqatgina saroy
ayollari ilm bilan shug‘ullanishga muvaffaq bo‘lganlar. Moga Rahmoniy o‘z asarlarida feminin
obrazlarning ma’naviy qudratini ko‘rsatishga urinib kelgan. “Pardaneshinone suxango‘y”
tazkirasida u bir qator ijodkor ayollarning she’riyati, tafakkuri va ma’naviyatini madh etadi. Bu
yerda “parda” tushunchasi faqatgina fizik hijob emas, balki ijtimoiy to‘siq, jamiyatdagi ma’naviy
parda ramzi sifatida ham tushuniladi.

Shunday bo‘lsada, sharq ayollaridan yetishib chiqqan so‘z san’atkorlari ham anchagina.

Biroq ko‘plarining asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlarida ham ularga alohida
e’tibor qaratilmagan.

1960 yillarda ustoz Maqsud Shayxzodaning takliflariga ko‘ra tazkiralardan ayol

shoiralarni izlash boshlangan. Shu 40 yil mobaynida 30 dan ortiq tazkiralar, ko‘plab bayoz va
gulchinlar ko‘rib chiqildi.

Tazkiranavislik — o‘zbek adabiyotida tarixiy shaxslarning hayoti va ijodini yod etishda

muhim janrlardan biri. Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y” asari esa o‘zgacha
e’tiborga sazovor: bu tazkirada parda ortida qolgan, lekin ijod va ma’rifatda o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan ayollar tasvirlanadi. Ularning orasidan Nurjahon begim timsoli ayniqsa ajralib turadi.

Temuriylar xonadoniga va o‘sha davrga mansub 200 ga yaqin shoiralar haqida ma’lumot

to‘plandi. Shulardan biri Mehriniso-Nurjahon begim bo‘lib, u soxibqiron Amir Temurning
yettinchi bo‘g‘in avlodi Jahongir Mirzoning zavjvsi bo‘lgan.

Nurjahon begim — tazkiraning markaziy obrazlaridan biri bo‘lib, u muallif tomonidan

zehn va ziynat nuri sifatida tasvirlanadi. Uning nafaqat she’riy iste’dodi, balki siyosiy aql-
zakovati, ma’rifatga bag‘rikeng munosabati ham ta’rif qilinadi. Unga bag‘ishlangan satrlarda
Nurjahon begimning:

She’riyatga bo‘lgan ehtirosi,

Til va uslubdagi latofati,

Husni va kamoli uyg‘unligi

ta’rif etiladi.

Muallif uni

“ilhomning nuri, so‘zning mahini tushunib yetgan ayol”

deb atash orqali,

uni oddiy tarixiy shaxs emas, balki badiiy va ma’naviy ideal darajasiga ko‘taradi.

Nurjahon begim timsolida zehn (aql, ma’rifat) va ziynat (go‘zallik, nafosat) tushunchalari

bir-biriga qarama-qarshi emas, balki uyg‘un holda berilgan. Bu orqali muallif ayol obrazi uchun
faqat tashqi nafosat emas, balki ichki ma’naviyat, aql va qalb go‘zalligi muhim ekanini
ta’kidlaydi. Shu jihatdan, Nurjahon begim sharqona ayol ideali — husn va hikmat uyg‘unligi
timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Manbada keltirilishicha, bir kuni Nurjahon bog‘da sayr qilib yurgan ekan, uni uzoqdan

ko‘rib turgan shaxzoda qiz bilan suhbat qurmoqni istab qo‘lida ikki kabutar bilan uning oldiga
boradi. Kabutarlarni ushlab turishni iltimos qilib, bog‘dan bir necha soniyaga chiqib ketadi.
Qaytib kelgach ne ko‘z bilan ko‘rsinki, qizning qo‘lida bitta kabutar qolibdi.


background image

92

-

Boshqasi qani? – deb so‘rabdi shahzoda

-

Uchib ketdi – deb javob beribdi qiz

-

Qanday qilib uchib ketdi? – deb so‘rabdi shahzoda

Qiz go‘zal tabassum bilan:

-

Mana shunday qilib degan ishora bilan qo‘lidagi ikkinchi kabutarni uchirib
yuboribdi.

Shundan so‘ng shahzodaning Nurjahonga bo‘lgan muxabbati yanada oshibdi va bu

muxabbatni mustahkamlash niyatida G‘iyosiddin Tehroniydan qizining qo‘lini so‘rabdi. Biroq
Nurjahonning otasi Akbarshoxning g‘azabidan qo‘rqib shahzodaga rad javobini beradi.
Nurjahonni Sherafgan nomi bilan mashhur bo‘lgan yosh, shijoatli yigit Aliqulixonga beradi.
Akbarshox (Bangola) Bengaliyaga Aliqulixonni hokim etib tayinlaydi va ular Nurjahon bilan
o‘sha diyorga ketadilar.

1605 yilda Akbarshox vafot etadi. Shaxzoda Salim esa Nuriddin Jahongir nomi bilan taxtga

o‘tiradi. U hanuz Nurjahonni unutmagan bo‘ladi, unga bo‘lgan muxabbati hamon so‘nmagan edi.
Bengaliyaga Aliqulixonga turmush o‘rtog‘ini taloq qilishini so‘rab chopar yuboradi. Aliqulixon
bunga norozilik bildiradi. Shunda Jahongir unga qarshi fitna uyushtirib, Aliqulixonni
o‘ldirtiradi. Bu haqida Jahongir o‘z tuzugida aytib o‘tadi.

Aliqulixon o‘ldirilgandan keyin ham Jahongir Nurjahonning vasliga yetisha olmaydi,

chunki Nurjahon uni erining qotili deb biladi va uni taklifini rad etadi. Jahongirning ketma-ket
iltimoslari va zorliklari bilan 4 yil o‘tadi, nihoyat 1612 yilda Nurjahon unga turmushga chiqadi.
Nurjahon Jahongir Mirzoga turmushga chiqqanidan so‘ng nafaqat shoxni, balki butun saroy
ahlini lol qoldiradi. Chunki u saltanat ishlarida Jahongirga yordam beradi va aynan mana shu
davrda saltanat gullab yashnaydi. Uni endi Nurmahal, keyinchalik esa Nurjahon deb
e’zozlaydilar. Nurjahon butun iqtidorini xonadonining taraqqiy etishiga sarflaydi.

Saltanat ishlarida avvaliga otasi bilan maslahatlashardi. Keyinchalik esa bu ishlarning

barchasini otasi G‘iyosiddinga topshiradi. Jahongir esa saltanat ishlariga aralashmasdan
zavjasiga bo‘lgan muxabbati va hayotdan lazzatlanib yashardi.

G‘iyosiddin o‘limidan so‘ng Jahongir hukmiga ko‘ra Nurjahon uning o‘rniga o‘tiradi va

saltanat ishlari butunlay uning o‘qliga o‘tadi.

Nurjahonning Jahongir Mirzodan ikki o‘g‘li-Shoxjahon va Shahriyor ismli o‘g‘illari bo‘lgan.

“Tazkirat ul-xavotin”da Shoxjahon bilan Shahriyor Jahongirning boshqa ayolining o‘g‘illari deb
yuritilgan. 1627 yilda Jahongirning vafotidan so‘ng uning o‘rniga taxtgan Xurram Muhammad
Shahobiddin Shoxjahon nomi bilan taxtga o‘tiradi. Oradan bir yil vaqt o‘tgach 1628 yilda
Nurjahon begim ham bu yorug‘ olamni tark etadi. Uni Lahorning Shox Dara qabristonida
Jahongir Mirzo qabrining oldiga dafn etadilar. Nurjahon begimning qabrtoshiga o‘zi bitgan
quyidagi bayt yozilgan:

یلُگ هن یغارچ هن نابیرغ ام یرازام رب

یلُبلب یادص هن ،دزوس هناورپ یرپ هن

Bar mozori mo g‘aribon na charog‘e na go‘le
Na pari parvona suzad, na sadoye bulbule.

(Mazmuni: Biz g‘ariblarning mozorida na chiroq, na gul bor, na parvona qanotlari kuyadi,

na bulbulning sadosi yangraydi.)

Nurjahon Jahongir Mirzoga turmushga chiqqanidan keyin saltanatning madaniy hayoti

o‘zgardi, ayollarga bir qadar erk berildi. Ayollarning kiyinish uslubi o‘zgardi, bu davrga kelib


background image

93

ayollar otga minib, shikor (ov) qila boshladilar yana sport (varzesh) turlari bilan mashg‘ul bo‘la
boshladilar.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y”

tazkirasida Nurjahon begim singari obrazlar orqali ayol iste’dodi, ma’naviy qudrati va ijtimoiy
faolligiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu timsol nafaqat tarixiy shaxs, balki ma’naviy va estetik
qadriyatlar ifodasi sifatida adabiy an’anada muhim o‘rin tutadi. Zehn va ziynat nuri bo‘lmish
Nurjahon begim obrazi orqali muallif ijodiy ayolni buyuk ma’naviyat egasi sifatida
ko‘rsatadi.hozirda tarixning buyuk siymolari bo‘lmish Temuriylar va boburiylar sulolasiga
mansub bo‘lgan Nurjahon Begimning 14 bayti, 1 ruboiysi, 1 hazil mutoyibali aytishuvi, bir
necha badihalari jonlangan bo‘lib, uning ijodi madaniyatimiz tarixidagi nurli izlardandir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Turg‘un Fayziyev, Temuriy Malikalar risolasi, Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1991.

2.

Zaxiriddin Muxammad Bobur. “Boburnoma”. –T.: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy

uyi, 2008. – S. 78.

3.

Mirzo Muhammad ibn Muhammad Rafi’ Malik ul-Kuttub. “Tazkirat ul-xavotin”. ToshDSHI

Beruniy nomidagi qo‘lyozmalar fondida № 3478 inventar raqami ostida saqlanadigan

qo‘lyozma nusxa. – T.: S – 165.

4.

Moga Rahmoniy. “Pardaneshinone suxango‘y”. – Qobul.: “Negohe mo‘oser”, 1952. – S. 26,

24.

5.

Said Hisomiddin Roshidiy nashri. “Ravzat us-salotin” va “Javohir ul-ajoyib”. –

Haydarobod.: “Vafoiy”, 1968. – S. 294-295, 295, 300, 125, 292.

6.

G‘anieva S. Navoiy nasri nafosati. – T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2000. – S.

48,161.

Библиографические ссылки

Turg‘un Fayziyev, Temuriy Malikalar risolasi, Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1991.

Zaxiriddin Muxammad Bobur. “Boburnoma”. –T.: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. – S. 78.

Mirzo Muhammad ibn Muhammad Rafi’ Malik ul-Kuttub. “Tazkirat ul-xavotin”. ToshDSHI Beruniy nomidagi qo‘lyozmalar fondida № 3478 inventar raqami ostida saqlanadigan qo‘lyozma nusxa. – T.: S – 165.

Moga Rahmoniy. “Pardaneshinone suxango‘y”. – Qobul.: “Negohe mo‘oser”, 1952. – S. 26, 24.

Said Hisomiddin Roshidiy nashri. “Ravzat us-salotin” va “Javohir ul-ajoyib”. – Haydarobod.: “Vafoiy”, 1968. – S. 294-295, 295, 300, 125, 292.

G‘anieva S. Navoiy nasri nafosati. – T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2000. – S. 48,161.