104
ANONIM XATLAR YOZISH TEXNIKASIDA UNLI HARFLAR IMLOSINING
SHAXS YOSH XUSUSIYATIGA KO‘RA XOSLANISHINI ANIQLASHNING
TAJRIBAVIY METODOLOGIK ASOSLARI
Yoqubova Sevara
Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi
kafedrasi v.b.dotsenti, f.f.f.d. PhD
tel: 90.915-55-01
https://doi.org/10.5281/zenodo.15449872
ANNOTATSIYA.
Qo‘l yozuvini bajarishda turli yosh toifalarida o‘ziga xos yozish texnikasi
mavjud. Bugungi kun texnologiyalari fonografik vositalarning asosiy shakloiy xususiyatlarini
aniqlashga yordam beradi. Biroq yozuv va mazmun o‘rtasidagi bog‘liqlik, inson psixologik,
fiziologik, genderologik, hamda yosh xususiyati yozuv texnikasiga ta’sir qilishi masalasi
munozarali. Odatda grafologik tadqiqotlarda shaxs xarakter xususiyati va yozuvga urg‘u
beriladi. Muallif Grafologiyadan farqli ravishda lingvistik ekspertizada matnning nafaqat
shakily ifodasi, balki mazmuniga ham e’tibor qaratish, shuningdek, uchta yosh guruhi toifasida
yozuvning ifoda va texnik xoslanishi mumkinligini asoslaydi.
Kalit so‘zlar.
Anonim xat, yozish texnikasi, qo‘l yozuvi, imlo, metodologik asos,
ekspertiza, lingvistik ekspertiza, grafologiya, shaxs yoshiga ko‘;ra xoslanish, psixologik omil,
fiziologik omil.
INTRODUCTION
Fonografik vositalar va ularning nutqda qo‘llanishi bir necha omillarga ko‘ra yuzaga
chiqadi. Bunday omillar sirasida psixo-fiziologik omillar yetakchilik qilsa, yosh kategoriyasiga
muvofiqligi ham alohida o‘rin tutadi. Har qanday tovushning talaffuz qilinishida miya signallari
orqali chastotali takrorlanish yuzaga keladi. Neyrotransmissiya esa ushbu signallarni til
mushaklariga yetkazib beradi. Nutq bilan bog‘liq xarakterli xususiyatlar, asosan, unli tovushlar
talaffuzida yuzaga chiqadi.
Talaffuzda fonetik variatsiyalardan keng foydalanish quyidagi hollarda kuzatilishi
mumkin:
1)
tug‘ma yoki orttirilgan nutqiy nuqson bo‘lganida;
2)
ruhiyatning barqarorlashmagan holatlari: asab, charchoq, tushkunlik, depressiya, kuchli
stress, hayajon;
3)
nerv va yurak-qon tomir kasalliklarida;
4)
bir-biridan farq qiluvchi dialektlar o‘rtasida;
5)
blingvizm va pyuralingvizmda;
6)
shaxsning yosh kategoriyasida.
Aksariyat holatlarda shaxsiy xatlarda muallif so‘z va jumlalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
talaffuzdagi variantini yozishadi. Ushbu grafemalar yuqorida ta’kidlanganidek,
neyrotransmissiya natijasida voqelanadi. (Masalan. Yo‘mi-talaffuzda, yo‘mi-yozma matnda. Asl
variant- yo‘qmi)
MATERIALS AND METHODS
Jahonda fonetika, unli tovushlar, fonetik o‘zgarishlar, fonetik variatsiya va ularning
yozuvda fonografik vosita sifatida grafemalar tarzida voqelanishiga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda sheva va dialektlarga muvofiq unlilarning o‘zgarib borishi zanjirsimon harakatda
105
tizimlashtirilgan
1
. Unli tovushlarning talaffuzdagi ritmik o‘zgarishlari o‘n yillar davomida
kuzatib borilgan va vaqt o‘tishi bilan tovushlarni talaffuz qilishda xilma-xillik yuzaga kelishi
tadqiq etilgan
2
.
L.V.Bondarenko tilning fonetik tuzilishi yozma matnlarda yaxshiroq aks etishini
ta’kidlaydi. Scherbaning so‘zlariga ko‘ra, “grammatika va yozuv butunlay to‘liq uslubga
asoslangan. Og‘zaki nutqda “so‘zning ideal fonetik tarkibi”ni sof holda aniqlash qiyin”
3
. Har
qanday og‘zaki nutq talaffuzning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan turlarini namoyon etadi.
Lingvistik ekspertizada sof lingvistik tahlil to‘la amal qiladi deb aytib bo‘lmaydi. Qator
omillar ekspertiza jarayoniga ta’sir o‘tkazadi. Shu boisdan matn bilan bog‘liq holda amalga
oshiriladigan sud ekspertizalarini lingvistik ekspertiza deb nomlashning o‘zi yetarli emas.
Lingvistik ekspertiza amalga oshirilishida quyidagi tarkibiy qismlar yetakchi omil sifatida
ishtirok etishini alohida e’tirof etish joiz:
1)
texnik tekshirish;
2)
yuridik tarkibiy qism;
3)
psixologik omil;
4)
fiziologik omil;
5)
grafeologik omil (qo‘lyozma matnlarda);
6)
lingvistik omil.
Bu ro‘yxatni yanada kengaytirish mumkin. Asosiy urg‘u bermoqchi bo‘lgan jihatimiz
lingvistik ekspertizaning faqat sof lingvistik omilga tayanmasligini ta’kidlashdan iborat.
Lingvistik omillarning o‘zi ham fonetik, leksik, grammatik omillar bilan bog‘liq. Aksariyat
hollarda yozma ko‘rinishdagi matnlarda fonetik jihatdan konfliktli matnni tekshirish
ahamiyatdan chetda qoladi. Tilshunos olim A.Abduazizovning fikriga ko‘ra, tovushlar tizimi
nutqning istalgan ko‘rinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Matn gaplardan, gap esa so‘zlardan,
so‘z tovushlardan hosil bo‘lishini inobatga oladigan bo‘lsak, fonetik jihatdan matnni tekshirish
asosiy ahamiyat kasb etishini tushunish mumkin. Fonema soʻz va birliklarning ma’noli
qismlarini tashkil etuvchi, eng kichik til birligi hisoblanadi
4
. Noadabiy leksik qatlam qatori ular
tarkibidagi unli va undoshlarning fonografik jihati ham adabiy me’yor chegarasidan tashqarida
hisoblanadi. Aslida “…biz talaffuz qilayotgan soʻzlarning ma’nosini farqlash uchun xizmat
qiluvchi fonemalarni ongli ravishda bilish qobiliyatiga ega emasmiz; yana ham past
darajada…har bir fonemani farqlanish belgilariga boʻlishga imkon beruvchi fonologik qarama-
qarshiliklarni tushunib yetmaymiz. Yozuvda esa ularni fonografik holatidan foydalanamiz”
5
. Bu
esa nutqda fonemalarning variantlari qo‘llanishi yoki fonemalarning pozitsion o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi.
Lingvistik ekspertizada shaxsning yosh xususiyatlarini aniqlash mutlaqo aniq va sof
holda amalga oshmaydi. Bunga bevosita sheva elementlari, shaxsning jinsi, sotisal xosligi
1
Wise C.M. Southern American dialect. – American Speech, 8, 1933. – P. 37-43.
2
Kurath H. & McDavid R. I. Jr. The pronunciation of English in the Atlantic states. – Ann Arbor: University
of Michigan Press, 1961. – P. 58-65
3
Bondarenko L.V. Анализ речевой стратегии дискредитации в лингвистической экспертизе (на примере
интернет-кооментария) // Филологические науки. Вопросы, теории и практики. – 2014. – №10-1(40).
–
С. 27-29.
4
Abduazizov A. Oʻzbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – Тoshkent: Oʻqituvchi, 1992. – B. 8.
5
Леви-Строс К. Структурная антропология. – М., 1985. – 54 с.
106
singarilar ham ta’sir ko‘rsatadi. Kuzatishlar davomida fonografik hodisalarning asosiy turi
Toshkent shevasida so‘zlashuvchilar nutqida qo‘llanishi va, asosan, xatlarda o‘rta yosh toifasida
qo‘llanilish koeffitsienti yuqori ekanligi aniqlandi. Tayanch shevalardan biri Toshkent shevasi
asosidagi unlilar tasnifi quyidagicha: til oldi unlilar, oraliqdagi unlilar va til orqa unlilardir
6
.
Professor V.V.Reshetov buni qoʻllab-quvvatlagan holda Toshkent shevasiga, asosan,
i, u, oʻ, a
unlilarini oraliq uchinchi unlilar deb ataydi. Bunda, albatta, unlilarning hosil boʻlishidagi
fiziologik jarayon asos qilib olinadi. Olimlarning ta’kidlashicha, unli tovushlarning turli
variantda talaffuz qilinishida fiziologik holatlarning ta’siri yoʻq, balki turli akustik-
artikulatsiyaga ega undosh tovushlarning oʻzaro munosabati asosida yuzaga keladi
7
.
DISCUSSION
Oʻzbek tili unlilarining fonetik tasnifi masalasi Trubetskoy, Polivanov, Reshetov,
Gʻulomov, Mirzayev, Serovtyan, Is’hoqov, Klimenko, Kissen va boshqa tilshunoslarning ilmiy
izlanishlarida tadqiq qilingan
8
. Noadabiy unli tovushlarning shaxsiy xatlarda qo‘llanishini
fonografik jihat bilan bog‘lash mumkin. Yozuvda unlilarning qo‘llanishi bilan bog‘liq quyidagi
holatlar kuzatiladi:
1)
grafemalarning variantlari qo‘llanilishi;
2)
grafemalarning tushib qoldirilishi;
3)
grafemalarning orttirilishi;
4)
bir grafemaning boshqa grafema bilan almashinuvi.
Tovushlarni qo‘llashdagi o‘ziga xoslik va farqlar og‘zaki nutqda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Unli
grafemalarning yosh toifasiga ko‘ra xoslanishini aniqlashda quyidagi ketma-ketlikka rioya
qilindi:
1)
unlilarning harfiy ifodasidagi umumiylik/xususiylik qiyosiy tahlil qilindi;
2)
mikro-bloklarda unlilarning ifodalanish shakli shaxs yosh kategoriyasiga muvofiq
guruhlandi.
Unli harflarning ifodalanishida
A
(bosh harf),
U
(bosh harf) va
O‘
(kichik harf) harflari
tanlab olindi. Biz asosiy e’tiborni ushbu tovushlarni ifodalovchi harflarning bog‘lanishi, shakliy
xususiyati, elementlarning bajarilishi (bir element qo‘shilishi yoki olib tashlanishi), topografik
xususiyatlari (nishablik, bosim) singari jihatlarga qaratdik:
6
Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек адабий тили ва ўзбек халқ шевалaри. – Тoshkent, 1962. – 14 б.
8
Трубетской Н.С. Основы фонологии. – М., 1960; Трубетской Н.С. Некоторые соображения
относителъно морфонологии. “Пражский лингвистический кружок”. – M.: Прогресс, 1967; Поливанов
Е.Д. Фонологическая конвергенции. ВЯ, 1957. №3.; Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология и
узбекский литературный язык. – Ташкент, 1933; Решетов В.В., Шоабдураҳмонов Ш.Ш. Ўзбек
диалектологияси. – Тошкент, 1978; Севортян Э.В. Материалы по сравнителъной фонетике турецкого,
азербайжанского и узбекского языков. Частъ 1, Фонетика. – М., 1955.
107
1-rasm. 14-17 yosh toifasidagi insonlar qo‘l yozuvi
Kichik yosh toifasidagi insonlarda harf elementlarining bajarilishi husnixatga muvofiq
amalga oshirilishi yuqori ko‘rsatkichga ega. Ushbu yosh toifasidagilar yozma nutqida
A
harfining ifodalanishi bo‘yicha qo‘shimcha elementlar kam kuzatiladi. Qo‘l yozuvi tekshirilishi
jarayonida 50 ta namunada qo‘shimcha elementlar bilan bajarilgan yozuvlar 11 ta namunada
uchradi. Qo‘shimcha elementlarning qo‘llanishi, asosan, qiz bolalar qo‘l yozuvida faolroq.
Bunda
A
harfining dastlabki elementiga qo‘shimcha ravishda quyiga yo‘nalgan ilmoqcha
qo‘shilgan holat ko‘p uchraydi. Harf elementlarining namunadan chekinish holati yuqori
qismda birinchi va ikkinchi elementlarning bog‘lanishidagi qirradorlikda yuzaga keladi. Odatda
bu yosh toifasidagi insonlarda ayni shu qism keskin ko‘tarilish va keskin pastga tushish harakati
bilan bajarilmaydi. Yuqori qismda 1 mm gacha kenglik bor. Tahlil davomida umumiy belgilar
tanlab olindi. Elementlarning qoldirilishi esa ko‘proq o‘g‘il bolalar qo‘l yozuvlarida faolligi
aniqlandi. 12-20 yosh toifasida unli fonemalarning qo‘llanishida talaffuzga muvofiq yozish
ko‘proq uchraydi.
Yosh toifasiga ko‘ra unlilarning xoslanishini tovushlarning ifodalanish shakli misolida
ham o‘rganib chiqildi. Unli tovushlarning qisqa, cho‘ziq talaffuzi, ayrim unlilarning
qo‘llanmasligi singari jihatlar tekshirib chiqildi. Asosiy e’tibor so‘zlar imlosidagi unlilar bilan
bog‘liq xatolarga qaratildi. Kichik yoshdagi insonlarda imloviy xatolarning qo‘llanilishi boshqa
yosh toifasidagilarga nisbatan ko‘proq. Bu ko‘proq bilim darajasi bilan bog‘liq. Shaxsiy xatlarda
talaffuzda aytilgani singari yozish salmog‘i yuqori. Xususan, talaffuzda bilan so‘zi I ning
kuchsizlanishi hisobiga
blan
tarzda talaffuz qilinadi.
Shu boisdan biz shaxsiy xatlar tadqiqida aynan og‘zaki nutq elementlarining yozma
nutqda qo‘llanilishi bilan bog‘liq holatlarga diqqat qaratdik:
1-jadval
. Yosh toifasiga ko‘ra unlilarning ifodalanish shakli
T/r
Talaffuz
Misol
Izoh
Soni
1.
Qo‘shimcha tarkibida
i
harfining ifodalanmasligi
Qalesz, nechinchi yilsz?
Asosan bog‘lamalar va
shaxs-son shakllarida
qo‘llangan.
28
2.
a
harfi
e
tarzida
ifodalangan;
Tayyorlanmeszmi?
Man szga ettimku
-ma
bo‘lishszlik shakli
tarkibida qo‘llaniladi.
24
3.
i
harfi
e
tarzda ifodalangan
Kimez buladi muncha
yonini oldiz
-ingiz
egalik shakli
9
4.
e
harfi
i
tarzida
ifodalangan
Nima didiz…
So‘zlar qisqartirib
yozilganda qo‘llaniladi.
8
5.
a
harfi
e
tarzida
Mashinday
-da
yuklamasi tarkibida
15-16
108
sogandimde…
qo‘llaniladi.
6.
i
harfining yozuvda
orttirilishi
Xayirli kun, sinifdoshla
…daris qmadm.
Bu savodxonlik
darajasining quyi darajasi
namoyon bo‘ladi.
10-12
7.
Yozuvda texnik xatolik
natijasida o‘o‘rnida o harfi
…hop, sorab koraman…
Harf elementlarining to‘la
qo‘llanmasligi,
tejamkorlikka intilish
natijasida qo‘llaniladi.
30-34
8.
Yozuvda
o‘
ornida
u
harfining qo‘llanilishi
…uzimam shunaqa db
uylagandm …
Harf elementlarining to‘la
qo‘llanmasligi,
tejamkorlikka intilish
natijasida qo‘llaniladi.
35-45
9.
e
harfi
i
tarzida
ifodalangan
Mashnaqa qp
bajarasan didi…
Harf elementlarining to‘la
qo‘llanmasligi,
tejamkorlikka intilish
natijasida qo‘llaniladi.
25-30
10.
i
harfi ifodalanmagan
Ishini blib qivursn, …
Harf elementlarining to‘la
qo‘llanmasligi,
tejamkorlikka intilish
natijasida qo‘llaniladi.
6-15
2-rasm. 24-31 yosh toifasidagi qo‘l yozuvi
Ushbu yosh toifasini o‘rta yosh guruhiga kiritib o‘tgan edik. O‘rta yosh orasida olingan
namunalarda rasmda ko‘rsatilgandek, ikki xarakterli xususiyat dominant belgi ekanligi ko‘zga
tashlandi:
Birinchidan, ushbu yosh toifasida qo‘shimcha belgilarning kiritilishi ko‘p kuzatiladi (50 ta
namunadan 28 tasida ayni shu holat kuzatildi).
Ikkinchidan, harf bajarishdagi elementlarning kamaytirilishi (50 ta namunadan 16-20
tagacha) kuzatildi. O‘zgarishlar birinchi va uchinchi element bajarilishida kuzatiladi (
ishorasi orqali ko‘rsatilgan).
O‘xshashlikni
uch guruhdagi yosh kategoriyasiga muvofiq qiyoslab chiqildi.
Nutqiy hosilalardagi unli harflarning noodatiy qoʻllanishi ham individual xarakter, ham
ijtimoiy xarakter kasb etadi. Ma’lum hududga mansub shaxs oʻziga xos tarzda tovushlarni
talaffuz etadi. Bu esa matnshunoslik, dialektologiya, areologiya kabi sohalar qatori lingvistik
ekspertiza uchun ham ahamiyatli sanaladi. Shaxsiy xatlarning audio va video tarzidagi turlarida
unli va undosh fonemalarning akustik-artikulatsion vazifalari maxsus fonoskopik apparatlar
109
bilan amalga oshiriladi. Bundan farqli oʻlaroq, qoʻlyozma matn va elektron bosma yozuvdagi
xatlarda esa fonemalarni inson talaffuz qilganidek yozuvda ham aks ettirishi mumkin. Bu yozuv
ijrochisining shaxsiy intelektual xususiyatlaridan darak beradi. Lingvistik ekspertizada anonim
xatning eng kichik lingvistik xususiyatlarigacha xatolar turini guruhlash, kodlash va shu asosida
dalil korpusi yaratish masalasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan
9
.
O‘zbek tili birliklari eliziya hodisasiga moyil. Eliziya til birliklarida (so‘zlar, morfemalar,
bo‘g‘inlar chegarasida, shuningdek, bo‘g‘inlar ichida) kontekstual sharoitlariga ko‘ra (temp,
stress, pauzalar, morfologik, sintaktik tuzilish) hosil bo‘ladigan fonetik jarayon. Yuqorida kichik
yosh toifasi nutqida qo‘llaniluvchi unlilar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga diqqat qaratildi.(3.2-
rasm) Kichik yosh toifasida deyarli barcha unlilarni qo‘llashda xatoliklar yuzaga keladi. Ushbu
yosh toifasi so‘zlarni talaffuziga muvofiq yozishga moyil. Qolgan uch yosh toifasida unlilarning
qo‘llanishini tahlil qilish jarayonida
E
va
I
tovushlarning almashtirib qo‘llanishi va
I
tovushining
qo‘llanmasligi, talaffuzda esa kuchsizlanishi bilan xarakterlanadi. Ushbu jihat yozma nutqda
ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi. Internet tarmog‘ida 500 dan ortiq twit va kommentlar tahlil
qilindi, yoshga muvofiq taqqoslandi. Qiyoslashlar natijasida quyidagi natijalar kelib chiqdi:
2-jadval.
Yoshga muvofiq taqqoslanishlar
Harf
12-18
21-30
31-45
50 va undan
yuqori
e-i
150
106
107
62
i
ning to‘liq va qisman
uchrashi. Yozuvda aynan
aks etishi.
167
134
101
84
Umumiy ko‘rsatkich
317
204
208
146
a-o
va
a
ning qisqartirib yozilishi
a-o
126
112
98
76
a
ning to‘liq va qisman
uchrashi. Yozuvda aynan
aks etishi.
113
93
86
85
Umumiy ko‘rsatkich
239
205
184
161
u-i
va so‘z bo‘g‘inlarida u harfining orttirlishi
u-i
103
98
79
54
i
ning yozuvda orttirilishi
231
136
51
35
Umumiy ko‘rsatkich
334
234
130
89
9
To‘rayeva D.A. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi: Filol. fan. fals. dokt.
… diss. – Qo‘qon, 2022; Kochmar E. (2011). Identification of a writer’s native language by error analysis. (Master’s
thesis). University of Cambridge, UK.; Shuy R. (2001). DARE's Role in Linguistic Profiling. Dictionary of American
Regional English,4(3). Solan L.M. (2013). Intuition Versus Algorithm: The Case of Forensic Authorship Attribution.
Journal of Law and Policy,21(2). Retrieved June 5, 2019, from
https://brooklynworks.brooklaw.edu/jlp/vol21/iss2/13
.;
OʻDonnell M. (2008). Demonstration of the UAM CorpusTool for text and image annotation. Proceedings of the 46th
Annual Meeting of the Association for Computational Linguistics on Human Language Technologies Demo Session -
HLT 08, 13-16.; Hasselgård H. & Ebeling S.O. (2018). At the interface between Contrastive Analysis and Learner Corpus
Research: A parallel contrastive approach. Nordic Journal of English Studies. 1. 17. 182-214. 10.35360/njes.438.;
Coulthard M. (1994). On the use of corpora in the analysis of forensic texts. International Journal of Speech Language
and the Law. 1. 27-43.
110
Ko‘rinadiki, harflarning almashtirib yozilishida o‘rta yosh toifasida adabiy normadan
chekinish ko‘rsatkichi yuqori. Bunga turli omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Yuqorida
ushbu omillar sirasida gender xoslik va hududiy mansublik belgilari yuqori ekanligini
ta’kidlangan edi. Yana qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, ushbu fonografik jihatdan
qo‘llanilish erkaklarga nisbatan ayollar xatlarida salmoqli o‘rin tutadi. Yuqori yosh toifasida esa
bu ko‘rsatkich pasayadi. Garchi jahonda tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlar
keksa yoshdagilar nutqida tovushlarning aralash qo‘llanilishi va xatoliklar salmog‘ining yuqori
bo‘lishini ko‘rsatsa-da, ammo xatlar tahlili yuqori yosh toifasida, nafaqat, fonetik jihatdan, balki
leksik va grammatik jihatdan adabiy normadan chekinish holati kam kuzatiladi. Ular yozuvda
bunday xatoliklarga kam yo‘l qo‘yishadi.
Unlilarning qo‘llanishidagi yana bir e’tiborli jihati, turli ruhiy holat jarayonida til
birliklarining birdan ortiq qo‘llanilishidir. 20-30, 31-45 yosh toifasidagi insonlar xatsida
unlilarning birdan ortiq qo‘llanilishi ko‘p kuzatildi:
Iiiiii, sz nima jinnimisz, qaynanezga iiindamaygina haqizzi berib utribsizmi
?! (fb 31 yosh
ayol);
Eee, akasi, bunaqa ashulalariyizzi eshitib bo‘ldik
(fb. 39 yosh,erkak);
Nimaaa?! Subutila bormi uzi, kopirmisanla
? (fb 42 yosh erkak);
Aaa, gap buyoda ekanda lag‘monni ildirib ketvurishadibaranlaga
(fb 26 yosh, );
Ooo, ja xayratlantrvordilar, xayratlanib kettime yengililardan.
NATIJALAR
Unlilarning shaxs yoshiga muvofiq xoslanishida fonografik hodisalar: unlilarning boshqa
unli bilan almashtirib yozilishi, so‘zda tushib qoldirilishi bilan xarakterlanadi. Kichik yosh
toifasida talaffuz va yozma nutq deyarli bir xil ifodalanishi kuzatiladi. Bundan tashqari, unlilar
artikulatsiyasi, fonetik variatsiyalarning yuzaga chiqishi shaxsning psixo-fiziologik holati bilan
bog‘liq. Og‘zaki nutqda keksalar so‘zni qayta ishlash jarayonida to‘xtamlar, unlilar takroriga
ko‘p yo‘l qo‘yishadi
(imm, aa
). Biroq yozma nutqda (ham bosma, ham qo‘lyozma) adabiy
me’yordan chekinish holati kam kuzatiladi.
Qo‘lyozma matnlarda unli va undosh harflarning ifodalanish shaklini tahlil qilish
lingvistik ekspertizada muhim ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, ekspertizani tashkil etishda
nafaqat mazmuniy (fonografik o‘zgarishlar bilan bog‘liq), balki shakily tarafiga ham e’tibor
qaratish lozim. Avvalo, qo‘lyozmalarda belgilarning yoshga muvofiq xoslanishiga ko‘ra aniqlab
chiqilishi lozim. Xulosa qilib aytganda, Qo‘lyozma ko‘rinishidagi anonim xatlarda umumiy va
individual xususiyatlar shaxsning yozuv malakasigagina bog‘liq bo‘lmasdan tashqi muhit,
ruhiy-fiziologik holat, jismoniy holat, kasallik, keksalik singari omillar bilan ham bevosita
bog‘liq. Axborotni qayta ishlash jarayonida kichik yoshdagi kishilarda tezkorlik, noadabiy
birliklardan foydalanish, nutq strategiyasining tartibsiz qurilishi holati kuzatiladi.
Qo‘lyozma matnlarni tahlil qilishda grafologik va ekspertologik yondashuvlar mavjud
bo‘lib, grafologiya yozuvga qarab shaxs xarakterini aniqlashga asoslanadi. Ekspertologik
yondashuv esa qo‘l yozuvi bilan bog‘liq sud jharayonida yuzaga keladigan muammoli savollarga
javob topishni nazarda tutadi.
Unlilarning ifodalanishidagi xarakterli xususiyatlardan biri sifatida ularning birdan ortiq
qo‘llanishini aytish mumkin. Bunday holat 20-30 va 31-45 yosh oralig‘ida nutqning
ekspressivligini yanada oshiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Keksa yosh toifasida to‘xtamlar, so‘zlarning bog‘lanish oralig‘i ancha uzun. Og‘zaki nutqda
111
to‘xtamlar oralig‘i unlilarning birdan ortiq talaffuz qilinishi bilan bog‘lanadi. Yozma nutqda esa
bu xususiyat aks etmaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abduazizov A. Oʻzbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – Тoshkent: Oʻqituvchi, 1992. –
B. 8.
2.
Бондаренко Л.В. Анализ речевой стратегии дискредитации в лингвистической
экспертизе (на примере интернет-кооментария) // Филологические науки. Вопросы,
теории и практики. – 2014. – №10-1(40). – С. 27-29.
3.
Donnell M. Oʻ (2008). Demonstration of the UAM CorpusTool for text and image
annotation. Proceedings of the 46th Annual Meeting of the Association for Computational
Linguistics on Human Language Technologies Demo Session - HLT 08, 13-16.;
4.
Coulthard M. (1994). On the use of corpora in the analysis of forensic texts. International
Journal of Speech Language and the Law. 1. 27-43.
5.
Hasselgård H. & Ebeling S.O. (2018). At the interface between Contrastive Analysis and
Learner Corpus Research: A parallel contrastive approach. Nordic Journal of English Studies. 1.
17. 182-214. 10.35360/njes.438.;
6.
Kochmar E. (2011). Identification of a writer’s native language by error analysis. (Master’s
thesis). University of Cambridge, UK.; Shuy R. (2001). DARE's Role in Linguistic Profiling.
Dictionary of American Regional English,4(3). Solan L.M. (2013). Intuition Versus Algorithm:
The Case of Forensic Authorship Attribution. Journal of Law and Policy,21(2). Retrieved June 5,
2019, from
https://brooklynworks.brooklaw.edu/jlp/vol21/iss2/13
.;
7.
Kurath H. & McDavid R. I. Jr. The pronunciation of English in the Atlantic states. – Ann
Arbor: University of Michigan Press, 1961. – P. 58-65
8.
Леви-Строс К. Структурная антропология. – М., 1985. – 54 с.
9.
Поливанов Е.Д. Фонологическая конвергенции. ВЯ, 1957. №3.;
10.
Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология и узбекский литературный язык. –
Ташкент, 1933;
11.
Решетов В.В., Шоабдураҳмонов Ш.Ш. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент, 1978;
Севортян Э.В. Материалы по сравнителъной фонетике турецкого, азербайжанского и
узбекского языков. Частъ 1, Фонетика. – М., 1955.
12.
Трубетской Н.С. Основы фонологии. – М., 1960; Трубетской Н.С. Некоторые
соображения относителъно морфонологии. “Пражский лингвистический кружок”. – M.:
Прогресс, 1967;
13.
Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек адабий тили ва ўзбек халқ шевалaри. – Тoshkent, 1962. –
14 б.
14.
Wise C.M. Southern American dialect. – American Speech, 8, 1933. – P. 37-43.