Авторы

  • Aziza Abbosova
    Toshkent davlay yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.89594

Ключевые слова:

Huquqshunos O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist fuqarolik protsessual huquqi nomzodlik dissertatsiyasi ilmiy faoliyat pedagogik faoliyat darsliklar ilmiy meros huquqshunoslik fani.

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan. Maqolada olimning 1931-yildan 2006-yilgacha bo'lgan hayot yo'li, uning huquqshunoslik sohasiga kirib kelishi, amaliy va nazariy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda O'zbekiston huquqshunoslik fani rivojiga qo'shgan hissasi atroflicha tahlil qilingan. Shoakbar Shoraxmetovning "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi, Toshkent davlat yuridik institutidagi pedagogik faoliyati, fuqarolik protsessual huquqiga oid 150 dan ortiq ilmiy maqolalari va 8 ta darslik hamda o'quv qo'llanmalari yaratganligi qayd etilgan. Olimning ilmiy merosi zamonaviy huquqshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan.


background image

51

ILMGA BAG’ISHIDA UMR-SHORAXMETOV SHOAKBAR SHORUSTAMOVICH

Abbosova Aziza Orif qizi

Toshkent davlay yuridik universiteti

Xususiy huquq fakulteti 3-bosqich talabasi

aabbosova800@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15429232

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli

namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan
Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati
yoritilgan. Maqolada olimning 1931-yildan 2006-yilgacha bo'lgan hayot yo'li, uning
huquqshunoslik sohasiga kirib kelishi, amaliy va nazariy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda
O'zbekiston huquqshunoslik fani rivojiga qo'shgan hissasi atroflicha tahlil qilingan. Shoakbar
Shoraxmetovning "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi, Toshkent davlat yuridik institutidagi pedagogik faoliyati,
fuqarolik protsessual huquqiga oid 150 dan ortiq ilmiy maqolalari va 8 ta darslik hamda o'quv
qo'llanmalari yaratganligi qayd etilgan. Olimning ilmiy merosi zamonaviy huquqshunoslik
fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan.

Kalit so'zlar:

Huquqshunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, fuqarolik

protsessual huquqi, nomzodlik dissertatsiyasi, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, darsliklar,
ilmiy meros, huquqshunoslik fani.


Ustoz Shoraxmetov Shoakbar 1931-yil 26-avgustda ayni pishiqchilik paytida dunyoga

kelganlar. Hayot yo’llari davomida tog’rilik va halollikni o’zlariga eng tog’ri dasturulamal deb
hisoblagan ustoz 1950-yil nufuzli maktabni a’lo baholarga tugatib, O'rta Osiyo davlat
universitetiga o’qish uchun imtihon topshiradilar va imtihondan yuqoei ball to’plab ushbu
unoiversitetning yuridik fakulteti talabasiga aylanadilar. Ustozning aynan huquqshunos
bo’lish uchun juda ko’p sabablari mavjud edi. Ya’ni Sovet davrining tuzimi , qonunlarning o’z
vaqtida va joyida amal qilmasligi, yuqoridagilarning bosh-boshdoqliklaridan butun xalq
norozi edi . Shu sababli o’sha paytda qonunlarning adolatli va hammaga bir xil tatbiq etilishini
ta’minlab beruvchi o’zbekning mard og’lonlari kerak edi bizning o’lkamizga. Shu sababli ham
ustoz haqiqatni va adolatni qaror toptirish uchun huquqshunos kasbini egallashga qattiq bel
bog’ladilar. O'rta Osiyo davlat universitetining 1-bosqichini tugalab ikkinchi bosqichiga
qadam qo’yish paytida O'rta Osiyo davlat universitetining yuridik fakulteti tugatilib uning
o’rniga 1951-yil hukumat qaroriga ko’ra Toshkent yuridik insitituti tashkil qilingandan so’ng
ushbu universitetga kirgan talabalarning barcha Toshkent yuridik institutini tamomlaganlar.
Ustozning huquq sohasiga kirib kelishi va amaliyotga katta qadamlar tashab insonlarning
buzilayotgan huquqlarini oz bo’lsada ta’minlab berishga qaratilgan harakatlari 1954-yildan
boshlandi. 1954-yil Namangan viloyat Zardaryo rayoniga o’qishni bitirgan talabalar bilan
yuborilgan Shoraxmetov ustoz “ma’sul kotib” lavozimiga tayinlanib foliyatini yo’lga
qo’yganlar.

Shundan keyin Namangan viloyat xalq sudyasi lavozimiga undan keyin esa Farg’ona

viloyat sud raisi muovini lavozimiga taklif qilishganida ustoz o’zining boshqa ustozlari da’vati
va yo’l ko’rsatishlari bilan Toshkentga boshlab qo’ygan ilmiy faoliyatlarini davom ettirish
ya’ni asperanturani o’qish uchun yo’l olganlar. Toshkentdan esa ustozni tog’ri Moskvaga


background image

52

yuborishgan, bir paytning o’zida ham davlat sohasida ishlab ham ilmiy faoliyat bilan
shug’ullanish insonni juda toliqtirgani sababli, ustoz boshlang’ich ikki yilida ham davlat ham
ilmiy faoliyatni davom ettirganlar va aspiranturaning oxirgi yilida esa davlat sohasidagi
ishlariga vaqticha tanaffus e’lon qilishga qaror qilganlar. Nihoyat 1965-yil may oyida
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq insitutining ilmiy kengashida
“Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi” mavzusida nomzodlik
dessertatsiyasini yoqlaganlar

1

. Himoyadan so’ng O’zbekiston Respublikasi Fanlar

Akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim lavozimida, so’ngra O’zbekiston
Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining yuridik bo’limida ma’sul xodim bo’lib ishlaganlar.

Ustoz shundan keyin ham ilmiy faoliyatlarini davom ettirib, 1967-yil Toshkent davlay

institutining “Fuqarolik huquq va protsessi” kafedrasida katta o’qituvchi 1971-yildan boshlab
ushbu kafedraning dotsenti hamda 1970-1984 yillarda shu fakultetda kechki, sirtqi bo’lim
dekani, fakulteti dekani o’rinbosari lavozimlarida ishlaganlar.

Ustozning ilmiy faoliyatga bag’ishlangan maqolalari va asarlari juda ko’p bo’lib ularning

soni 150 tadan oshadi. Bundan tashqari ustoz hayotlik vaqtlarida fuqarolik protssesual
huquqining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnini yangi yetishib kelayotgan yosh
avlodlarga tushunarli bo’lishi uchun 8 ta darslik va o’quv qo’llanmalar nashr qildirganlar.

O’zbekiston Respublikasida yetishib chiqayotgan kadrlarning shakllanishida o’zining

ilmi va qobiliyati qolaversa yozgan asarlari bilan katta xizmatlar qilganliklari uchun 1983-yil
ustozga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist” dek oliy maqom topshirildi. Ustozning hayot
yo’liga diqqat bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, u kishining erishgan yutuqlari juda katta
bo’lib, 1990-yilda O’zbekiston Respublikasi Faxriy Yorlig’i, 2001-yil 27-avgustdagi O’zbekiston
Respublikasi Farmoniga ko’ra “Mehnat Shuxrati” ordeni bilan mukofotlanganlar. 2006-yilda
esa O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar.
Ustoz qilgan ishlari yozgan maqolalari fuqarolik protssesual huquqining dolzarb
muammolarini tahlil qilish uchun eng muhim manba bo’lib xizmat qilgan. Shu sababli ilmiy
merosini abadiylashtirish va ularni yosh avlodlarga yetkazib berish bizning oldimizda turgan
eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

"Sud huquq islohotlari sharoitida fuqarolik sud ishlarini yuritishning dolzarb

muammolari" ilmiy-amaliy konferensiyalar to'plami. Toshkent, 2011. - 282 b.
2.

Shoraxmetov Sh.Sh. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. - Toshkent: TDYI, 2001.

3.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-avgustdagi "O'zbekiston

Respublikasi mustaqilligining o'n yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab
chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi
Farmoni.
4.

Shoraxmetov Sh.Sh. "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi"

nomzodlik dissertatsiyasi. - Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va

1

Sud huquq islohotlari sharoitida fuqarolik sud ishlarini yuritishning dolzarb muammolari ilmiy amaliy konferensiyalar

to’plami 2011 yil 282 bet


background image

53

huquq instituti, 1965.
5.

O'zbekiston yuristlari. Ma'lumotnoma. - Toshkent: Adolat, 2005.

Библиографические ссылки

"Sud huquq islohotlari sharoitida fuqarolik sud ishlarini yuritishning dolzarb muammolari" ilmiy-amaliy konferensiyalar to'plami. Toshkent, 2011. - 282 b.

Shoraxmetov Sh.Sh. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. - Toshkent: TDYI, 2001.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'n yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni.

Shoraxmetov Sh.Sh. "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" nomzodlik dissertatsiyasi. - Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti, 1965.

O'zbekiston yuristlari. Ma'lumotnoma. - Toshkent: Adolat, 2005.