164
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATI SOHASIGA NAZAR
Beshimova Aziza Azamat qizi
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti tarix bo’limi 1-bosqich magistrant
https://doi.org/10.5281/zenodo.15471660
Annotatsiya.
Ushbu maqola bugungi kunda yurtimizda toʻqqiz mingdan ortiq nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy,
madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishishda muhim rol oʻynamoqda.
Kalit so’zlar:
Nodavlat va notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, nodavlat va notijorat
tashkilotlari uylari, davlat organlari, byudjetdan tashqari mablag’, grant loyihalar, huquqiy
bilim.
Аннотация:
В данном статье говорится, что на сегодняшний день в нашей стране
действует более девяти тысяч негосударственных некоммерческих организаций,
которые играют важную роль в защите прав и законных интересов субъектов права и
личности, демократических ценностей, достижении социальных, культурных и
образовательных целей.
Ключевые слова:
Неправительственные и некоммерческие организации,
гражданское общества, дома неправительственных и некоммерческих организаций,
государственные органы, внебюджетные фонды, грантовые проекты, правовые
знания.
Abstrakt:
This article
states that today
there are more than nine thousand non-
governmental non-profit organizations operating in our country, which play an important role
in protecting the rights and legitimate interests of individuals and legal entities, democratic
values, and achieving social, cultural, and educational goals.
Keywords:
Non-governmental and non-profit organizations, civilsociety, non-
governmental and non-profitorganization houses, government bodies, exstra-budgetary
funds, grant projekts, legal knowlegle.
Soʻnggi yilarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati
erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish,
shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada soʻnggi toʻrt yilda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan
nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshib, 187 ta yirik respublika nodavlat
notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda yurtimizda toʻqqiz mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat
koʻrsatayotgan boʻlib, ular jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy
maqsadlarga erishishda muhim rol oʻynamoqda.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik
va yengilliklar yaratish maqsadida zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga
javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 ga
yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari
165
qabul qilindi.
Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini yanada taʼminlash
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-mayda PF – 5430-son
“Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan nodavlat
notijorat tashkilotlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda qator qulayliklar yaratildi, xusuan
Farmonga asosan, 2018-yil 1-iyundan nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishi
rejalashtirilgan tadbirlar haqida adliya organlari bilan kelishish shartlari bekor qilindi hamda
xabardor qilish tartibi joriy etildi.
Natijada nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatidagi byurokratik toʻsiqlardan biri
bartaraf etilishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar soni
bir yilning oʻzida 10 665 taga oshdi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan,
xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga
binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni
amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan, ularni olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng, biron-bir
toʻsiqlarsiz foydalanishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-
dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish maqsadida ularning faoliyati
bilan bogʻliq bir qator xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini
taʼminlovchi www.e-ngo.uz portali ishga tushirildi.
Ushbu portal orqali elektron tarzda:
- nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini davlat roʻyxatidan va qayta
roʻyxatdan oʻtkazish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida
xabardor qilish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlar taqdim
qilish;
- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy
tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa
shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish;
- nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek
ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun elektron tarzda
hujjatlar taqdim etish amalga oshirib kelinmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyatlar markazida “Nodavlat notijorat
tashkilotlari uylari” tashkil etilib, 500 taga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlarining bino
bilan bogʻliq muammolari hal etildi hamda ularning ijtimoiy foydali faoliyati qayta tiklanishiga
erishildi. Jumladan, ushbu uylarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega
boʻlgan sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari tekin
foydalanish huquqi asosida joylashtirildi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash koʻlami
kengaytirilib, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar huzurida fuqarolik jamiyati institutlarini
qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tashkil etildi. Hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarini
166
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratishning huquqiy
asoslari mustahkamlandi va joriy yilda ilk bor ushbu manbalardan ijtimoiy loyihalar
moliyalashtirildi.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlarining adliya va soliq organlari oldidagi
hisobdorligi yengillashtirilganli va toʻliq elektronlashtirilganligini taʼkidlash lozim. Nodavlat
notijorat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli hisobot topshirish koʻrsatkichi 35 foizga
oshdi.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga qulaylik yaratish va ular faoliyatini erkinligini
taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida 2021-yil 3-martda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 5012-son “Nodavlat notijorat tashkilotlarini
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida«gi
qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2021-yil 1-martdan boshlab:
- nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor
qilgan (maʼlumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-
mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
baravaridan yuz baravarigacha oshirildi;
- nodavlat notijorat tashkilotini qayta roʻyxatdan hamda uning ramzini davlat
roʻyxatidan oʻtkazish muddati bir oydan oʻn besh kungacha qisqartirildi;
- nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat
birlashmalari ramzlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun davlat boji
undirish bekor qilindi;
- hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun bazaviy
hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi;
- nodavlat notijorat tashkilotining alohida boʻlinmasi yuridik shaxs hisoblanishi, bunda
alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, 2021-yil 4-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6181-son
Farmoni bilan tasdiqlangan “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi»da belgilangan vazifalar doirasida, 50 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida malaka oshirish kurslari tashkil etildi va
kurslarni tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Taʼkidlash lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat tomonidan qulaylik va
yengilliklar yaratish, ular faoliyatining erkinligini taʼminlash sohasida bosqichma-bosqich
islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan
byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ajratiladigan
davlat ijtimoiy buyurtmalari sonini oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini
ijtimoiy ahamiyatga ega grant loyihalarini tayyorlash hamda ularni amalga oshirish boʻyicha
bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadga muvofiq.
Shu bilan bir qatorda, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy bilim va
savodxonligini oshirish, qonunchilikda belgilangan talablardan xabardor etish maqsadida
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda malaka oshirish kurslari va turkum
seminar tadbirlarini tashkil etish lozim.
167
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizda fuqarolik
jamiyati institutlariga koʻmak berish, ular faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash,
shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida nodavlat
notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: О‘zbekiston, 2012. I bob.
2.
2021-yil 4-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6181-son Farmoni bilan
tasdiqlangan “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»
3.
2021-yil 4-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6181-son Farmoni
4.
2021-yil 3-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 5012-son “Nodavlat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-mayda PF – 5430-son “Mamlakatni
demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi Farmoni qabul qilindi.
6.
www.e-ngo.uz portal