Авторы

  • Roxila Abdullayeva
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.103477

Аннотация

Ma’lumki, hozirgi kunda dunyo tilshunosligida anrtoposentrik paradigma yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar an’anaviy tus olmoqda. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham mazkur tilshunoslikning turli yo‘nalishlarida, sistem tilshunoslik birliklarini antroposentrik paradigma sohalarida, jumladan lingvokognitiv aspektda o‘rganish amaliyoti mavjud. Turli uslublarga mansub bo‘lgan matnlar ustida sotsiopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik, kognitologik o‘rganishlar va tajribalar olib borilmoqda. So‘nggi paytlarda nisbatan ko‘p murojaat qilinayotgan kognitiv tilshunoslik borasida tadqiqot olib borish asnosida soha va uning yo‘nalishlari, o‘rganish obyekti, terminlar tizimini o‘rganishga ehtiyoj seziladi. Chunki ushbu soha, nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki dunyo tilshunosligi uchun ham nisbatan yangi bo‘lgan yo‘nalish va nazariy asoslarini talqin qilishda bir necha qarashlar mavjudki, o‘zbek tilshunosligiga va o‘zbek tiliga tatbiq qilishda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi.


background image

18

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA UNING YO‘NALISHLARI

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15597890

Ma’lumki, hozirgi kunda dunyo tilshunosligida anrtoposentrik paradigma yo‘nalishlarida

olib borilayotgan tadqiqotlar an’anaviy tus olmoqda. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham
mazkur tilshunoslikning turli yo‘nalishlarida, sistem tilshunoslik birliklarini antroposentrik
paradigma sohalarida, jumladan lingvokognitiv aspektda o‘rganish amaliyoti mavjud. Turli
uslublarga mansub bo‘lgan matnlar ustida sotsiopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik,
kognitologik o‘rganishlar va tajribalar olib borilmoqda. So‘nggi paytlarda nisbatan ko‘p
murojaat qilinayotgan kognitiv tilshunoslik borasida tadqiqot olib borish asnosida soha va
uning yo‘nalishlari, o‘rganish obyekti, terminlar tizimini o‘rganishga ehtiyoj seziladi. Chunki
ushbu soha, nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki dunyo tilshunosligi uchun ham nisbatan yangi
bo‘lgan yo‘nalish va nazariy asoslarini talqin qilishda bir necha qarashlar mavjudki, o‘zbek
tilshunosligiga va o‘zbek tiliga tatbiq qilishda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi.

Kognitiv tilshunoslik o‘tgan asrning so‘nggi choragiga kelib alohida tadqiqot yo‘nalishi

sifatida e’tirof etila boshlandi. Ayni davrga kelib Amerika tilshunosligida sohaning asoschilari
sifatida keltirilgan Lakoff, Lankager va Jakendoff

1

nazariyalari keng yoyila boshladi va 1990-

yillarga kelib sohaga oid alohida jurnal chop etila boshladi. Soha o‘z ichida tarmoqlarga ajraladi.
Amerika tilshunosligida kognitiv sematika (leksikologiya), kognitiv grammatika (ayrim
manbalarda kognitiv sintaksis deb ham yuritiladi) va qisman tadqiqotlar olib borilgan kognitiv
fonologiya farqlanadi

2

. Tarmoqlarning har birida tabiiy ravishda terminologik qator mavjud.

Dunyo tajribasida nisbatan keng murojaat qilinadigan soha kognitiv semantika hisoblanadi.
Shu jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham sohani semantik aspektda o‘rganish amaliyoti ko‘p
uchramoqda. Shundan kelib chiqqan holda soha terminologiyasini chuqur tahlil qilish va ularni
o‘rinli qo‘llash amaliyotini joriy qilish ehtiyoji bor.

Kognitiv semantikada asosiy tushuncha va terminlardan biri bu geshtalt hisoblanadi.

Tushuncha tilshunoslikka psixologoya va tibbiyot orqali kirib kelganligi aytiladi. Kognitiv
tilshunoslikda ham u o‘zining “obraz”, “qiyofa” ma’nolarini saqlaydi, biroq u lingvistik nuqtayi
nazardan ta’riflanadi, ya’ni u inson ongida eshitish, ko‘rish yoki o‘qish orqali qabul qilingan
tushunchaning obrazga aylanish jarayonini aks ettiradi. San’at va badiiy asar namunalarini
o‘rganish va talqin qilishda ayni shu holatdan foydalanilgan. Ya’ni inson qog‘ozga tushirilgan
yoki tinglangan material asosida ongida ma’lum bir obrazni yoki hukmni gavdalantiradi. Til
birliklari o‘rtasida harakat va holatni ifodalovchi birliklar (fe’l, ravish) ham bo‘lishini inobatga
oladigan bo‘lsak, geshtaltning nafaqat obraz, hukm ifodalashi haqidagi jumla oydinlashadi.

Biroq geshtalt tizimdagi yagona termin hisoblanmaydi. Bundan tashqari “form-meaning”

– “shakl-ma’no” ikkiligi bo‘lib, shakl inson tana a’zolari orqali qabul qilish mumkin bo‘lgan,
moddiy hodisa. Ma’no esa ong bilan bog‘liq holda mavjud bo‘lib, birliklar aytilganda, yaxlit
obrazni tashkil qilish uchun mujassam bo‘ladigan hodisalar, ta’riflar yig‘indisi. Evansga ko‘ra,
geshtaltlar inson ongida assotsiativ holatda namoyon bo‘ladi. Jarayonni tushuntirish uchun
semantik qurshov va semantik maydon tushunchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq

1

Ченки А. Современные когнитивные подходы к семантике: Сходства и различения в теориях и целях // Вопросы

языкознания, 1996. С – 68-69.

2

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. P – 9.


background image

19

bo‘ladi. Chunki so‘zlar inson ongida mazmuniy jihatdan ma’lum bir qurshovga va semantik
maydonga tegishli bo‘ladi. Yadrodan turgan mazmundan yaqin yoki uzoqda joylashganiga
qarab so‘z qay darajada assostsiativ munosabatga kirishayotganligini belgilash mumkin.

Kognitiv tilshunoslik terminologik qatoridagi navbatdagi termin sifatida konseptni

keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida konsept va konseptosfera
tushunchasi keng qo‘llanilmoqda, tadqiqotlarda tanlab olingan til birliklarining konseptual
xususiyatlarini yoritish bilan aloqador bo‘lgan, milliy lisoniy manzaradagi konseptlarninig
mazmun-mundarijasini ko‘rsatishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Dunyo tilshunosligida konseptni tushuntirish, uning mohiyatini ko‘rsatishga qaratilgan ko‘plab
nazariyalar yaratilgan. Konsept – bu ramzlashgan so‘z. Kroftga ko‘ra, konsept bir necha
terminlar qatori bilan birgalikda anglashiladi

3

. Jumladan, freym, sxema, ssenariy, kognitiv

matn, kognitiv tajriba va yig‘ma obraz, ya’ni geshtalt. Freym – bu inson ongida ma’lumotni
tashkil etish va tushunish uchun ishlatiladigan kognitiv struktura bo‘laklari hisoblanadi

4

.

Kroft o‘z darsligida “sayohat” va “restoran” freymlarini keltirib, ushbu tushuncha bilan

aloqador jarayon va harakatlar, predmetlar, uning freymini tashkil qilishini aytadi. Masalan,
“restoran” freymi. Bu freym “taom buyurtma qilish”, “ovqatlanish”, “to‘lov qilish” va shu bilan
aloqador buyum, shaxs kabi assotsiatsiyalardan tashkil topadi. Yoki o‘zbek tilidagi “oshxona”
freymini oladigan bo‘lsak, mazkur freym “taom tayyorlash”, “ovqatlanish”, “oshxona anjomlari”
yoki u bilan har bir individning shaxsiy tajribasida mavjud bo‘lgan assotsiativ qatordan iborat
bo‘lishi mumkin. Mazkur jihat tildagi istalgan birliklarni kognitiv, freym semantik modeli
bo‘yicha tahlil qilish imkonini beradi. Til birliklarini ayni shu tarzda, assotsiativ tarzda tahlil
qilish freym semantik modelini tashkil qiladi. Freym modelini konkret va abstrakt otlar ustida
tahlil qilish turli natijalarga olib keladi. Konkret otlarda assotsiativ munosabatga kirishayotgan
tushunchalar, ta’riflar nisbatan aniq va ko‘pchilikda aynan takror holatda kuzatilishi mumkin.
Biroq mavhum otlarni ta’riflash jarayonida bu holat o‘zgaradi. Chunki bunda semantik
modeldan kutilmagan ta’rif va elementlar joy olishi mumkin. Qisqacha qilib aytganda, freym –
bu til birligini ongda u bilan assotsatsiya hosil qiladigan birliklar bilan birgalikda saqlab
turuvchi sxema. U birlashgan holda geshtalt yoki konseptning shakllanishiga xizmat qiladi.

Sohada ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan navbatdagi termin ssenariydir. Termin

adabiyotshunoslik ilmida bildirgan ma’nosidan keskin farq qilmaydi. Ma’lumki, ssenariyning
ta’rifida ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar ketma-ketligi yotadi.
Lingvokognitiv ssenariy ham voqebandlikka asoslanadi. Ssenariy ham o‘z navbatida kognitiv
semantik model

5

. Masalan, yuqorida keltirilgan misol “restoran” geshtaltini oladigan bo‘lsak, u

ssenariy sifatida voqelanganda “restoranga borish”, “taomlanish”, “to‘lov qilish”, “qaytish”
singari freymlarni o‘zida birlashtiradi. O‘zbek tilshunosligida konsept va konseptosfera tadqiqi
rivojlangan holda, ssenariy tushunchasiga oid qarashlar ham keltirilgan, biroq ular nazariy
jihatdan alohida, monografik planda tadqiq qilinishi zarur.

3

Croft W and D. Alan Cruse. Cognitive linguistics. Cambridge, 2004. P – 7.

4

Sayidrahimova N. Kognitiv tilshunoslikda “tushuncha” va “konsept”, ularni tahlil qilish usullari // O‘zbekistonda

xorijiy tillar, 2022, 107-b.

5

Xushmanova Sh. Kognitiv tilshunoslik va konseptual tuzilmalar // Tillarni o‘qitish sohasidagi zamonaviy tilshunoslik

va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025. 108-109-b.


background image

20

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, antroposentrik tadqiqotlar qatorida alohida ahamiyat

kasb qilib borayotgan, lingvokognitiv tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoni sohaga oid termin
va tushunchalarni bilish zaruriyatini tug‘diradi. Aksar lingvokognitiv terminlar sohaga
o‘zlashtirilgan bo‘lib, mohiyati va qamrov doirasini belgilashda aniq to‘xtamga kelinmagan. Bu
sohaga oid tadqiqotlarni olib boruvchilarga o‘ziga xos qiyinchilik tug‘diradi. O‘zbek tilida ham
lingvokognitiv tadqiqotlar barobarida uning terminlar qatorini tahlil qilish va uning o‘zbekcha
ta’riflarini ishlab chiqish ehtiyoji bor.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. P – 9.

2.

Croft W and D. Alan Cruse. Cognitive linguistics. Cambridge, 2004. P – 7.

3.

Sayidrahimova N. Kognitiv tilshunoslikda “tushuncha” va “konsept”, ularni tahlil qilish

usullari // O‘zbekistonda xorijiy tillar, 2022, 107-b.
4.

Ченки А. Современные когнитивные подходы к семантике: Сходства и различения

в теориях и целях // Вопросы языкознания, 1996. С – 68-69.
5.

Xushmanova Sh. Kognitiv tilshunoslik va konseptual tuzilmalar // Tillarni o‘qitish

sohasidagi zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari respublika
ilmiy-amaliy anjumani, 2025. 108-109-b.

Библиографические ссылки

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. P – 9.

Croft W and D. Alan Cruse. Cognitive linguistics. Cambridge, 2004. P – 7.

Sayidrahimova N. Kognitiv tilshunoslikda “tushuncha” va “konsept”, ularni tahlil qilish usullari // O‘zbekistonda xorijiy tillar, 2022, 107-b.

Ченки А. Современные когнитивные подходы к семантике: Сходства и различения в теориях и целях // Вопросы языкознания, 1996. С – 68-69.

Xushmanova Sh. Kognitiv tilshunoslik va konseptual tuzilmalar // Tillarni o‘qitish sohasidagi zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari respublika ilmiy-amaliy anjumani, 2025. 108-109-b.