Авторы

  • Sayida Artikova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.108392

Ключевые слова:

toponim antropotoponim obyekt tasnif etimologik.

Аннотация

Ushbu maqolada toponimlar qatlamini o‘rganisahga oid ma’lumotlar va ularning tasnifidagi e’tibortalab masalalarga atroflicha so‘z yuritiladi.


background image

141

TOPONIMLAR QATLAMINI OʻRGANISHDA JOYLARNI NOMLASH BILAN

BOG‘LIQ MASALALAR

ISSUES RELATED TO PLACE NAMING IN THE STUDY OF THE TOPONYMIC

STRATUM

Artikova Sayida Aralbayevna

Abu Rayhon Beruniy nomidagi UrDU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15697251

Annotation:

Ushbu maqolada toponimlar qatlamini o‘rganisahga oid ma’lumotlar va

ularning tasnifidagi e’tibortalab masalalarga atroflicha so‘z yuritiladi.

Annotation:

This article provides detailed information on the study of the stratum of

toponyms and discusses noteworthy issues related to their classification.

Kalit so‘zlar:

toponim, antropotoponim, obyekt, tasnif, etimologik.

Keywords:

toponym, anthroponymic toponym, object, classification, etymological.

Mamlakatimiz istiqlolga erishgach yurtimiz bo‘ylab olib borilayotgan keng ko‘lamli

islohotlar o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy mavqeini ko‘tarish, davlat tili sifatidagi maqomini

mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qonun va qarorlar tilshunoslik sohasidagi ilmiy-

tadqiqot ishlarining yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Toponimlarning vujudga

kelishi va o‘zgarishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir. Joy nomlari qadimdan xalq hayotida yuz

bergan voqea va hodisalarning nomlanish atamasi bilan hanuzgacha saqlanib qolgan.

Ma’lumki, yurtimizda juda ko‘plab urug‘, qabila va xalq nomlari bilan ataluvchi

toponimlar uchraydiki, ularning aksariyati dunyoning boshqa joylarida ham uchraydi. Bu

xalqlarimizning tarixiy aloqalaridan darak beradi. Darvoqe, nomlarni o‘rganishda ularni bir-

biridan ajralgan holda emas, balki qator boshqa nomlar bilan tekshirimiz zarur. Lekin bu

masalada toponimlar tasnifidan unumli foydalanmog‘imiz zarur, albatta. Shu bois ham bu
masala toponimikada asosiy masala sanaladi.

Shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi joy nomlarining ma’lum bir qismi

umumiy rejada talqin, tavsif va sharhlar berilib, ilmiy tahlilga u yoki bu darajada tortilgan.
Ammo Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi toponimlar majmuasi atroflicha bugungi
talablar darajasida maxsus ilmiy tadqiq etilmagan, ularning topogrammatik, leksik-semantik

va etimologik xususiyatlari jiddiy o‘rganilmagan.

Toponimlar tilshunoslik, geografiya, tarix, geologiya kabi fanlarning o‘rganish obyekti

hisoblanadi. Ularda xalq hamda el-yurtning tarixi – taqdiri o‘z ifodasini topgan. Joy nomlari
qadim tarixga ega bo‘lgan elat, millat hamda xalqlarning o‘ziga xos noyob yodgorlikliridan biri
sanaladi. Sababi, ularning o‘zi bir olam tarix hamda taqdirni ifodalab turadi.

Darvoqe, mamlakatimiz toponimiyasining turkiy, arabiy, eroniy, forsiy, rus tili

elementlari hamda boshqa qatlamlarida O‘zbekiston toponimlari tizimining tarixiy rivoji,

o‘zgarish va boyish tendensiyalari, eskirish va yangilanishining me’yoriy xususiyatlari, ijtimoy
lisoniy, sabab va asoslari o‘z ifodasini topgan. Toponimlar qatlami ona-Vatanimiz o‘tmish-da
yashagan turli qavmlar, elatlarning joylarni nomlash bilan bog‘liq udumlari, an’analari, nom
ijod qilish mahorati va san’ati haqida ma’lumot beruvchi qimmatli lisoniy manbadir

1

.

1

Ishaev A. Shimoliy Xorazmdagi ba’zi toponimik nomlarning etimologiyasi. – Toshkent, 1963, 163-b

.


background image

142

Toponimlarning paydo bo‘lishi, turg‘unlashishi, o‘zgarishi yoki aksincha qayta

nomlanishi jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki, jamiyat hayoti va taraqqiyotida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar

qisman joy nomlarining o‘zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Ma’lumki, inson faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan obyektlar, jumladan, viloyat, tuman yoki katta-kichik aholi punktlari o‘zining
jamiyat hayotida tutgan o‘rni bilan alohida ajralib turadi. Bunday geografik obyektlar har
qancha katta bo‘lmasin, tabiiy-geografik obyektlarga nisbatan o‘zining aniq belgilangan
chegaralari bilan farq qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, har bir nomning salmog‘i birinchi navbatda u bilan bog‘liq

bo‘lgan geografik obyektning qanchalik mashhurligi bilan belgilanadi. Nomning tanilishiga esa,
geografik obyektning hududiy joylashuvi, davr va zamonda egallagan mavqei va bir qancha
boshqa ijtimoiy - tarixiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Joy nomlari va kishilar nomlari o‘zaro

chambarchas bog‘liq.

Ma’lumki, toponimika fani toponimlarni, ya’ni shahar va qishloqlar, mahalla va ko‘cha,

tashkilot (zavod va fabrika)lar, soy, dengiz va daryolar, ariq, dengiz, ko‘llar, cho‘l, adir, tepa,

tog‘lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o‘rganadigan fandir. Mazkur
fan toponimist tilshunoslarga ham, toponimist geograflarga ham, toponimist tarixshunoslarga
ham betakror mazmun hamda ma’lum bir ko‘rinishlardagi boy ilmiy materiallarni beradi.

Onomastikada esa aholi joylarining ilm-fandagi umumiy nomi bo‘lgan oykonimlar

mavjud nomlarning bir turi sifatida o‘rganiladi

2

. Ular mana shu jihati bilan toponimlar

majmuiga xos alohida nomlardan biri.

Darhaqiqat, joy nomlarini ma’lum bir xususiyatlarga ajratishda toponimlar tasnifiga

murojaat qilamiz. Toponimlarni tasnif qilish asosan, XIX asrdan boshlangan bo‘lsa ham to shu

kunga qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Ayni damga qadar toponimlar turli tadqiqotchilar

tomonida turlicha tasnif qilingan. Mamlakatimizda esa toponimlarni leksik-semantik va

grammatik tuzilishiga ko‘ra tasnif qilish ko‘proq kuzatiladi.

Taniqli toponimist olim Z.Do‘simovning aniqlashicha, antroponimlarni toponimga

aylanishida shaxs va obyekt munosabati muhim rol o‘ynaydi. Avvalo biror hududdagi kishilar

yoki shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni muhim belgi bo‘lib xizmat qiladi. Bu belgilar turlicha
ifodalanishi mumkin, kishilarning kasbi, mashg‘uloti, mansabi, etnik taaluqliligi, laqabi kabi

qator individual turlarda aks etadi. Darhaqiqat, ko‘pgina ijtimoiy terminlarning, laqablarning

va ba’zi etnonimlarning toponimga aylanishida antroponimlar muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Bu xildagi belgilarning ko‘pchiligi o‘z-o‘zidan joy nomiga aylanmaydi. Ular dastavval

kishi nomi bilan birga qo‘llaniladi. Vaqt o‘tishi bilan turli omillar asosida joy nomiga o‘tadi

3

.

Toponimika muhim ma’rifiy vazifani ham bajaradi. Joy nomlari insoniyat tomonidan

yaratilgan tarixiy, ma’naviy va madaniy yodgorlik sanaladi. Turli davrlar va tillarda paydo

bo‘lgan toponimlarda sivilizatsiya tarixi o‘z aksini topgan. Har yili chop etilayotgan ko‘p sonli

ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlar toponimik ma’lumotlarga qiziqish ortib borayotganligidan

dalolat beradi.

2

Атаниязов С. Семантическое делонис топонимов Юго-Восточного Туркменстана, «Исвестия AN

Turkm.SSR» серия общественных наук, 1965, 84-б

.

3

Hakimov Q. “Toponimika” Toshkent. 2016. Б. 6-139

.


background image

143

Umuman aytganda, toponimlar olami juda xilma-xil va qiziqarli. Insoniyat paydo

bo‘lganidan buyon behisob va murakkab nomlar dunyosida yashaydi. Kurrayi zaminda har xil
davr va tilga mansub millionlab atamalar va nomlarning uyg‘unligini ko‘rish mumkin.

Demakkim, toponimlarning paydo bo‘lishi, turg‘unlashishi, o‘zgarishi yoki aksincha qayta
nomlanishi jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki, jamiyat hayoti va taraqqiyotida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar
qisman joy nomlarining o‘zgarishiga ham olib kelishi mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hakimov Q. “Toponimika” Toshkent.2016. Б. 3.

2.

Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи:

Филология фанлари номзоди диссертация автореф. – Tошкент, 2012.

3.

Бегматов Э.,Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати.-

Наманган,2006.-33б
4.

Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари. – Т.: Фан, 1989. – Б. 94.

Библиографические ссылки

Hakimov Q. “Toponimika” Toshkent.2016. Б. 3.

Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филология фанлари номзоди диссертация автореф. – Tошкент, 2012.

Бегматов Э.,Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати.- Наманган,2006.-33б

Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари. – Т.: Фан, 1989. – Б. 94.