94
SIMULYATSION MATNLAR ASOSIDA O‘QISH KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH: EKLEKTIK MASHQLAR TIZIMI TAJRIBASIDAN
Raximova Farangiz Abduvaliyevna
Samarqand davlat chet tillar instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15788073
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz tili fanidan ta’lim berish jarayonida simulyatsion
matnlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini shakllantirish
masalasi eklektik yondashuv asosida nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Muallif CLIL
yondashuvi bilan uyg‘unlashgan holda ishlab chiqilgan mashqlar tizimi orqali talabalarning
ingliz tilidagi matnni tahlil qilish, kontekstual tushunish va kommunikativ holatlarda qo‘llash
malakalarini shakllantirishga qaratilgan tajriba natijalarini tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar:
simulyatsion matnlar, ingliz tili, o‘qish kompetensiyasi, eklektik
yondashuv, CLIL, kontekstual tushunish, mashqlar tizimi.
Ingliz tili fani bo‘yicha o‘qitish jarayonida o‘qish kompetensiyasi til bilimlarining
markaziy tarkibiy qismidir. An’anaviy metodlarda grammatika yoki lug‘at ustunlik qilgan
bo‘lsa, zamonaviy metodologiya matn orqali chuqur o‘rganishga tayanadi. Ayniqsa, tilni real
hayotga yaqin kontekstda o‘rganish uchun simulyatsion matnlardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu matnlar o‘quvchilarga ingliz tilida ijtimoiy, madaniy, kasbiy yoki
akademik muloqotlarda uchraydigan vaziyatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bunday o‘quv materiallarini tashkil etishda eklektik yondashuv, ya’ni turli metodik
maktablarning samarali elementlarini uyg‘unlashtirish, CLIL yondashuvi bilan birgalikda
yuqori natijalar beradi.
Ingliz tili fanida qo‘llaniladigan simulyatsion matnlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi
mumkin:
muloqot ssenariylari (e.g. “At the doctor’s”, “Job interview”, “Airport check-in”),
xat yozish uslublari (formal/informal letters, complaints, requests),
blog post yoki ijtimoiy tarmoq sharhlari,
intervyu yoki reportaj matnlari,
foydalanuvchi qo‘llanmalari (e.g. gadget instructions),
taqdimot ssenariylari (PowerPoint talks, poster explanations).
Bunday matnlar real hayotdagi til vazifalarini modellashtirgan bo‘lib, o‘quvchilarda
kontekstual o‘qish, maqsadga yo‘naltirilgan tushunish, va madaniy tafakkur kabi
ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Eklektik yondashuv asosida tashkil etilgan mashqlar tizimi orqali o‘quvchilarning o‘qish
kompetensiyasini bosqichma-bosqich shakllantirishga erishiladi. Dastlabki bosqichda, ya’ni
matnga tayyorgarlik jarayonida, o‘quvchilarga sarlavhaga qarab matn mazmunini taxmin
qilish topshirig‘i taklif etiladi. Masalan, “A Day in the Life of a Paramedic” sarlavhasi asosida
matnda qanday voqealar tasvirlangan bo‘lishi mumkinligi haqida guruhli muhokama tashkil
etiladi. So‘ng, asosiy termin va iboralarning ma’nosini aniqlash bo‘yicha topshiriq beriladi.
Bunda o‘quvchilar "monitor", "vital signs", "emergency" kabi so‘zlarni kontekstda ishlatish
orqali ularning taxminiy ma’nosini belgilashga harakat qiladilar. Shuningdek, “Match the word
with its definition” shaklidagi lug‘at mashqlari ham bu bosqichda qo‘llaniladi.
Matnni o‘qish bosqichida o‘quvchilarga skimming strategiyasidan foydalangan holda
matndan asosiy g‘oyani aniqlash vazifasi yuklanadi. Keyin esa scanning orqali aniq faktlar,
95
masalan, voqea sodir bo‘lgan vaqt, bemor yoshi, qo‘yilgan tashxis kabi detallarning izlab
topilishi so‘raladi. Matn asosida “true or false” shaklida mantiqiy tushunishni tekshiruvchi
topshiriqlar beriladi. Masalan, “The patient had a heart attack before the ambulance arrived”
kabi fikrlar to‘g‘riligini baholash orqali matn mazmuni chuqur anglashiladi. Shuningdek, “Why
did the paramedic decide to take the patient to the trauma center?” yoki “What would you do
if you witnessed such a situation?” kabi savollar o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini
faollashtiradi.
Tahlil va qo‘llash bosqichida o‘quvchilar matn asosida og‘zaki va yozma fikr bildiradilar.
Ularga "Write a short paragraph expressing your opinion on the paramedic’s decision" kabi
topshiriqlar beriladi. Bunda o‘quvchilar matndagi voqealarni baholaydi va muqobil qarorlarni
taklif qiladilar. Shuningdek, matnda tasvirlangan holat bo‘yicha rolli o‘yinlar tashkil etiladi:
biri bemor, biri shifokor, biri hamshira rolini bajarib, ssenariyni jonlantiradilar. Bu orqali ular
kasbiy kontekstdagi til vositalarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yozma
mashqlarda esa o‘quvchilarga “Write an incident report based on the story” yoki “Describe a
similar real-life situation you have read about” kabi ijodiy topshiriqlar beriladi.
Ushbu mashqlar tizimi nafaqat o‘qish kompetensiyasining passiv shakllarini, balki tilni
anglash, tahlil qilish, interpretatsiya qilish va kommunikatsion faoliyatda qo‘llash kabi
ko‘nikmalarini izchil shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir mashq turi o‘zining metodik
maqsadiga ega bo‘lib, o‘quvchi bilimini chuqurlashtiradi, tanqidiy fikrlashini rag‘batlantiradi
va tilni kasbiy kontekstda erkin qo‘llashga tayyorlaydi.
2024–2025 o‘quv yili davomida ushbu metodika Samarqand davlat chet tillari
institutida ingliz tili fani darslarida sinovdan o‘tkazildi. Mashqlar tizimi asosida o‘tkazilgan
darslardan keyingi diagnostika quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:
Ushbu ko‘rsatkichlar simulyatsion matnlar asosida tuzilgan eklektik mashqlar tizimi
ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini kompleks shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Ingliz tili fanida simulyatsion matnlardan foydalanish orqali o‘qish kompetensiyasini
shakllantirish eklektik metodlar bilan uyg‘unlashganda yanada samarali kechadi. Bu
yondashuv o‘quvchilarda faqat til bilimlarini emas, balki real kommunikatsion vazifalarni hal
83%
76%
69%
71%
o‘quvchilarning
matndan asosiy fikrni
anglash darajasi
kontekstual leksikani
tushunish
matnga javoban og‘zaki
fikr bildirish ko‘nikmasi
ijodiy yozma
mashqlarni bajarish
faolligi
Dars natijalari
96
qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Eklektik mashqlar tizimi CLIL yondashuvi bilan
uyg‘unlashgan holda til o‘rgatishda integratsiyalashgan, zamonaviy va amaliy jihatdan
asoslangan yondashuvni ta’minlaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bentley K. The TKT Course: CLIL Module. Cambridge: Cambridge University Press; 2010.
2.
Coyle D, Hood P, Marsh D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. Cambridge:
Cambridge University Press; 2010.
3.
Gibbons P. Scaffolding Language, Scaffolding Learning: Teaching Second Language
Learners in the Mainstream Classroom. Portsmouth, NH: Heinemann; 2002.
4.
Harmer J. How to Teach English. 2nd ed. Harlow: Pearson Education; 2007.
5.
Kizi IY. Organization of Modular Training in Education. International Journal For Science
Technology And Engineering, doi. 2022;10.
6.
Mehisto P, Marsh D, Frigols MJ. Uncovering CLIL: Content and Language Integrated
Learning in Bilingual and Multilingual Education. Oxford: Macmillan Education; 2008.
7.
Nation ISP. Teaching ESL/EFL Reading and Writing. New York: Routledge; 2009.
8.
RAKHIMOVA F. An eclectic approach to teaching English to medical students.
9.
Scrivener J. Learning Teaching: The Essential Guide to English Language Teaching. 3rd
ed. Oxford: Macmillan Education; 2011.
10.
Исматова Ю. Особенности организации самостоятельных занятий для студентов
английской филологии. Зарубежная лингвистика и лингводидактика. 2024 Sep
25;2(3/S):269-73.