109
O‘ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH
MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Gulmuratov Sirojiddin Nuritdin o‘g’li
“Guliston davlat universiteti” Menejment kafedrasi o‘qituvchisi,
e-mail: sirojiddingulmuratov13@gmail.com, +99899 917 87 18
https://doi.org/10.5281/zenodo.16601182
Annotatsiya
. Tezisda O‘zbekistonga zarur sayyohlarni jalb qilish jarayonida yuzaga
keladigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilgan. Turizm sohasidagi
asosiy muammolar infratuzilmaning yuqori darajada rivojlanmaganligi, sifatli yo‘nalishlar,
transport va xizmatlarga xalqaro talabning yo‘qligi, ayrim davlatlar uchun viza rejimining
murakkabligi va marketing strategiyasidir. Shuningdek, xalqaro reklama va turizm xavfsizligi
obyektlari, shuningdek, ichki transport tizimida mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlab
chiqarish quvvatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yo‘qligi ham muhokama qilindi. Muallif
turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani olish, viza rejimini
soddalashtirish, xalqaro miqyosda samarali reklama kampaniyalarini tashkil etish va kadrlar
malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni ilgari suradi.
Kalit so‘zlar:
Oʻzbekiston, turizm, turistlarni jalb qilish, infratuzilma, marketing, viza
rejimi, xizmat koʻrsatish, reklama, transport, kadrlar.
Kirish:
Hozirgi kunda turizm sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sari
sezilarli qadamlar tashlangan. Biroq, bu sohada kadrlar malakasining yetishmasligi va
O’zbekistonda turizmning ko’plab yo’nalishlarini rivojlantirish borasida yetarlicha tajribaning
yetishmasligi oqibatida xususiy tadbirkorlik biznesining rivojlanishi sust amalga oshmoqda.
Ma‘lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda bir kunda tashrif buyuradigan turistlarning
o’rtacha yigirmadan bir qismi qimmat narxdagi mehmonxonalar xizmatidan, ko’pchiligi esa,
uch yulduzli otellardan foydalanish istagini bildirishadi.
Asosiy qism:
2023- yil davomida mehmonxonalar va shunga o ‘xshash joylashtirish
muassasalarga 2524,3 ming kishi joylashtirildi, ulardan 53,5 %i O‘zbekiston fuqarolari, 19,9
% i MDH ga a’zo davlatlar fuqarolari va 26,7%i xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘ldi.
1.1 – jadval orqali 2023 yilda mamlakatimizga tashrif buyuruvchi Markaziy Osiyo,
Yevropa, MDH va boshqa davlatlardan kelib joylashtirilgan sayyohlar foizlarda ko‘rish
mumkin.
1.1 – jadval
53%
20%
27%
Joylashtirilgan shaxslar soni
O`zbekiston fuqarolari
1349,6 ming kishi
MDH mamlakatlari
fuqarolari 501,9 ming
kishi
Xorijiy mamlakatlar
fuqarolari 672,8 ming
kishi
110
2023 yilda Oʻzbekistonga kelgan chet el sayyohlarini joylashuvi boʻyicha
koʻrsatkichlari
1
2023-yilda mehmonxonalar va shunga o‘xshash turar joylarga joylashtirishtirilgan
shaxslardan 984,4 ming kishi ta’til, bo‘sh vaqt va dam olish maqsadida, 962,6 ming kishi ish
yuzasidan va kasbga oid maqsadda, 100,0 ming nafari do‘stlar va qarindoshlardan xabar olish
maqsadida, 73,0 ming nafari ziyorat qilish maqsadida, 49,2 ming nafari davolovchi va
sog‘lomlashtiruvchi muolajalar maqsadida, 44,9 ming nafari ta’lim va kasbiy tayyorgarlik
maqsadida kelgan.
Markaziy Osiyo, Yevropa, MDH va boshqa davlardan kelgan sayyohlar joylashuv
ob‘yektlaridan foydalanish ko’rsatilgan. Umimiy tahlil asosida shuni alohida takidlashimiz
mumkinki aynan Yevropadan kelgan sayyohlar asosan 4-5 yulduzli otellarda, Oliy ta‘lim
tomonidan yuboriladigan o’qituvchi va talabalar 2-3 yulduzli otellarda joylashgan. Qishloq
mexmonxonalari va uylarida eng ko’p joylashuvchilar Markaziy Osiyodan kelgan sayyohlarga
to’g’ri keladi .
Toshkent shahri bunday xizmatlar tizimini turistlarga taklif etishi mumkin, biroq
poytaxtdan uzoqda joylashgan ko’plab hududlarda, ayniqsa, Termiz, Qoraqolpog’iston
Respublikasi, Andijon va ayniqsa Sirdaryoda faoliyat ko’rsatayotgan mehmonxonalar hali ham
asosiy turistik oqimlarni o’zlariga jalb eta olmayaptilar. Chunki, bunday mehmonxonalar
xorijiy turistlarni qabul qilishga to’laligicha tayyor emas, xizmatlar sifati ancha past
ko’rsatgichda. Mahalliy darajada shaxsiy kapitalni rag’batlantirish, ya‘ni umumiy turistik
xizmat ko’rsatish tizimiga birlashgan shaxsiy uy va xonadonlarni ochish bunday muammoni
ijobiy hal etilish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun xususiy tadbirkorlarga turistik trassada
joylashgan har qanday shaharda o’n - yigirma kishiga mo’ljallangan shaxsiy uylarni qurishga
ruxsat berish kerak. Shunday qilingandagina yuqorida aytib o’tilgan muammo o’z yechimini
topadi. Muammolarni hal etish maqsadida 2019-2025 yillarda startegik yo‘nalishlarni
nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasida turizm sohasida rivojlantirish kontsepsiyasi
tasdiqlandi. Bu kontsepsiya hozirgi kunda vujudga kelgan qator muammolarni hal etishga
qaratilgan chora tadbirlar ko`zda tutligandir.
O’zbekiston turizmi sanoatida hali ham ovqatlanish bilan bog’liq masalalar
muammoligicha qolmoqda. Masalan, Yevropaliklar standart usullarda tayyorlangan oddiy va
xush ta’m taomlarni ma‘qul ko’radilar, ammo mavjud mehmonxonalarning aksriyatida
taomnomaning qariyb 80% i dan ortig`i milliy taomlarni tashkil etadi.
Xorijlik sayyohlarni ko’nglini topish va ularga o’zlari hohlagan taom va xizmatlarni
ko’rsatish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish kerek. Buning uchun esa, xorijiy
mamlakatlardagi mehmonxona komplekslarida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar va
tegishli taom texnologiyalarini o’rnatish zarur.
Mamlakatimizdagi mahalliy mehmonxonalar 20-25 ga yaqin taomlarni taklif qilishi
mumkin. Biroq, harbiy andozalar bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan turistik komplekslar 200 ga
yaqin taomlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Bu muammoni hal etilishining birdan-bir yo’li
shaxsiy restoranlar va kafelar sonini oshirish va ulardagi xizmat ko’rsatish sifatini jahon
andozalariga mos ravishda tashkil etishdir. O’zbekistonga xorijiy davlatlardan tashrif
1
O`zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi, “2023- YILDA O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASIDA
TURIZM VA DAM OLISH RIVOJLANISHINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI” 7-bet
111
buyurgan turistlar bilan muloqot qilinganda, ularning 35 % i ovqatlanish xizmatlaridan
qanoatlanganliklarini bildirishdi, 51 % i esa taomlar sifatiga baho berishni o’zlariga ma‘qul
topishmadi. Bunday muammoni hal etish uchun xorijiy turistlarga xizmat ko’rsatadigan
umumiy ovqatlanish ob‘yektlarini sertifikatlash va nazorat qilish juda katta ahamiyatga
egadir. Bundan tashqari, turistlar mahalliy taomning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida
reklama prospektlari orqali xabar topishlari kerak. Shuni alohida ta‘kidlab o’tish joizki,
so’rovda ishtirok etgan xorijiy turistlarning 73 % ovqatlanish punktlarining xizmat ko’rsatishi
to’g’risida to’liq ma‘lumotga ega bo’lmaganliklaridan shikoyat qildilar.
Jahonga mashhur Pegasus aviakompaniyasi loukosterlik yo’nalishida bir necha
davlatlarda faoliyat yuritib keladi. Turizmni rivojlanishida muhim o’rin tutadigan loukoster
aviakompaniyalarining xizmatlaridan, asosan, sayyohlar foydalanishadi. Pegasus
O’zbekistonda ham loukoster aviakompaniyasini tashkil etish niyatida. Bu haqda Pegasus
aviakompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ali Sabanji va aviakompaniya prezidenti Mehmet
Nanelar Global Tadbirkorlik Kongresida ishtirok etayotgan O’zbekiston Innovatsion
Rivojlanish vazirligi vakillari bilan uchrashuv chog’ida ma‘lum qildi.
Ali Sabanji tarixi boy, diqqatga sazovor joylari bisyor bo’lgan O’zbekistonda turizmni
rivojlantirish borasida o’z takliflarini berdi. Shuningdek, O’zbekiston Innovatsion Rivojlanish
Vazirligi vakillari Pegasus rahbariyatini O’zbekistonga taklif etarkan, tegishlik vazirlik,
tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda ko’maklashish, biznes takliflarni hayotga tatbiq
etish borasida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bayon qilishdi.
Mamlakatizmizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan islohatlar jadal amalga
oshirilayotganiga qaramasdan turistlarni jalb qilish jarayonida bir qator muammolar mavjud.
Quyida turistlarni O’zbekistonga jalb qilishdagi asosiylarini keltirib o‘tilgan:
1. Infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sifati
Ba’zi hududlarda yo‘l va transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan.
Mehmonxona va boshqa turistik obyektlarda xizmat ko‘rsatish sifati xalqaro
standartlarga to‘liq javob bermaydi.
Ayroport va temir yo‘l stansiyalaridagi qulayliklar turistlar talabiga mos emas.
2. Reklama va marketing yetishmovchiligi
O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari xalqaro miqyosda yetarli darajada targ‘ib
qilinmayapti.
Raqobatbardosh reklama strategiyalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlari sust olib
borilmoqda.
3. Viza va hujjatlar bilan bog‘liq muammolar
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda viza rejimi yengillashtirilgan bo‘lsa-da, ba’zi mamlakatlar
uchun hali ham vizasiz kirish imkoniyati yo‘q.
Chegaradan o‘tish jarayonlarida kechikishlar va qog‘ozbozlik mavjud.
4. Turistik xavfsizlik va qulayliklar
Ba’zi sayyohlar uchun O‘zbekistonda bank xizmatlari (karta to‘lovlari, valyuta
ayirboshlash) yetarlicha qulay emas.
Sayyohlar uchun tibbiy sug‘urta va favqulodda yordam tizimi yetarlicha rivojlanmagan.
5. Turizm sohasida malakali kadrlar yetishmovchiligi
Chet tillarni biladigan professional gid va turizm sohasi mutaxassislariga ehtiyoj katta.
112
Mehmonxona va restoran xodimlarining xizmat ko‘rsatish madaniyati hamon yetarli
darajada emas.
6. Mintaqaviy turizmni rivojlantirish muammolari
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi yirik shaharlarga e’tibor ko‘proq qaratilgan,
biroq boshqa viloyatlardagi turizm imkoniyatlari to‘liq foydalanilmayapti.
Bu muammolar ustida ishlash orqali O‘zbekistonni jahonning eng jozibador turistik
yo‘nalishlaridan biriga aylantirish mumkin.
Xulosa
O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etishda turizm sohasini rivojlantirishga to‘sqinlik
qilayotgan qator muammolar mavjud. Asosiy muammolardan biri infratuzilma muammolari,
chunki yo‘llar, mehmonxonalar, xalqaro aeroportlar va transport tizimini rivojlantirish kerak.
Xususan, sayyohlik yo‘nalishlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, zamonaviy
xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, viza rejimini soddalashtirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarga
qaramay, ayrim mamlakatlar fuqarolari hali ham murakkab protseduralardan o'tishlari kerak.
Bu potentsial sayyohlar oqimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xorijiy sayyohlarni axborot
bilan ta’minlash ham yetarlicha ishlab chiqilmagan, reklama va marketing strategiyasining
zaifligi O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini kamaytirishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar ham muhim muammo sanaladi. Xususan,
sayyohlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish, mehmonxona va restoran xodimlarining
xorijiy tillarni bilishi, ularning mijozlar bilan ishlash madaniyatini oshirish talab etiladi.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish orqali bu muammoni bartaraf
etish mumkin.
Bundan tashqari, mahalliy turistik manzillarning yetarlicha targ‘ib qilinmagani sababli
O‘zbekiston dunyo miqyosida yetarlicha tanilmagan. Raqobatbardosh turistik mahsulotlar
yaratish, xalqaro turizm yarmarkalarida faol ishtirok etish va raqamli marketing vositalaridan
keng foydalanish orqali mamlakatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston turistik salohiyatga boy bo‘lsa-da, bu sohada hali hal
qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Infratuzilmani rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish, turistik marketingni kuchaytirish va xorijiy sayyohlar uchun qulay muhit
yaratish orqali turizm sohasini jadal rivojlantirish mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh. M.Mirziyoyev. (2017). Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak . Tashkent : O’zbekiston, 2017
yilda.,104 bet.
2.
M.Amonboev, N.Juraeva. (2018). Turizm iqtisodiyoti va menejmenti o’quv uslubiy
majmua. T;TDIU 2018 yilda 225 bet. (20-32-betlar)
3.
Christopher Dougherty. Introduction to econometrics. (2011). 336 p.
4.
Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A (2019). Turizm iqtisodiyoti va menejmenti.
O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISODIYOT”, 2019. - 226 bet.
5.
O`zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi, (2024) “2023- yilda
113
o‘zbekistonrespublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” 2024 y.,
15-bet.
