50
QASHQADARYO VILOYATIDA RAQAMLI MARKETING VOSITALARIDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI VA YANGI TENDENSIYALAR
Ochilov Javlonbek Ismoil o'g'li
Qarshi davlar texnika universiteti
MJ-508-24 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16830854
Annotatsiya:
Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli
marketing mexanizmlarining qo‘llanilishi va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy
maqsadi mintaqadagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalaridan qanday
foydalanilishini aniqlash va ularning samaradorligini baholashdan iborat. Ushbu tahlil
viloyatdagi sanoat sektori uchun raqamli marketing strategiyasini optimallashtirishga yordam
beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab sanoat
korxonalari raqamli marketing mexanizmlaridan cheklangan darajada foydalanmoqda va bu
ularning bozor raqobatidan orqada qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tahlil qilinayotgan korxonalar
orasida raqamli marketing strategiyalarining samaradorligi ham ajralib turadi, ba’zi korxonalar
ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan bo‘lsa, boshqalari buni qilishda qiynalmoqda. Tadqiqotda
raqamli marketing mexanizmlarini qo‘llash darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham
kiritilgan.
Kalit so’zlar:
Raqamli marketing, sanoat korxonalari, marketing mexanizmi, marketing
strategiyalari, Qashqadaryo viloyati, raqobatbardoshlik, texnologik innovatsiyalar, marketing
tahlili, raqamli transformatsiya, samaradorlik.
Kirish
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot-
kommunikatsiya vositalarining keng ommalashuvi natijasida marketing sohasida tub
o‘zgarishlar yuz bermoqda. An’anaviy marketing usullari asta-sekin zamonaviy raqamli
marketing vositalari bilan to‘ldirilmoqda va ular orqali korxonalar, tashkilotlar hamda
tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini samarali targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar dunyoning barcha sohalarida, shu jumladan sanoat va
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ham jadal rivojlanmoqda. Raqamli marketing, shu jumladan
internet marketingi, ijtimoiy tarmoqlar, SEO (qidiruv tizimlarini optimallashtirish), e-mail
marketing kabi vositalar nafaqat kichik va o‘rta bizneslar, balki yirik sanoat korxonalari uchun
ham raqobatbardoshlikni oshirish, bozorni kengaytirish va marketing xarajatlarini samarali
boshqarishning muhim vositalariga aylanib bormoqda. Raqamli marketing vositalari nafaqat
kompaniyalar uchun yangi mijozlar jalb qilish, balki mavjud mijozlar bilan munosabatlarni
rivojlantirish, brendni tanitish va mahsulotni samarali targ‘ib qilish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda raqamli marketingning nafaqat xalqaro miqyosda, balki O‘zbekiston
iqtisodiyoti va biznes muhitida ham ahamiyati ortib bormoqda. Tadbirkorlik subyektlari o‘z
raqobatbardoshligini oshirish, brendini keng ommaga tanitish va sotuvlarni ko‘paytirishda
raqamli marketing texnologiyalaridan faol foydalanmoqda. Shu sababli, raqamli marketing
vositalarining samaradorligini ilmiy asosda tahlil qilish va yangi tendensiyalarni aniqlash
hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan Adabiyotlar Tahlili.
Raqamli marketing vositalaridan foydalanish va
ularning sanoat tarmoqlaridagi o‘rni to‘g‘risida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar, shu
51
jumladan Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalari uchun raqamli marketingni joriy etishning
samaradorligi haqidagi adabiyotlar, ushbu mavzuni to‘liq tushunishga imkon beradi.
Xudoyberganov N. tomonidan yozilgan "Marketing strategiyasining raqamli
transformatsiyasi" kitobi, marketing strategiyalarining raqamli o‘zgarishi va raqamli vositalar
yordamida strategik yondashuvni o‘zgartirishning zarurligini tushuntiradi. Asar sanoat
korxonalariga raqamli marketingni qanday amalga oshirish, raqamli transformatsiya
jarayonida qanday imkoniyatlarni yaratish, hamda bozor raqobatida muvaffaqiyatli bo‘lish
uchun qanday strategiyalarni ishlab chiqish kerakligi haqida qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun bu kitob raqamli marketingni amalga
oshirishda muvaffaqiyatli yondashuvlarni ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.
Parker C., Möller K., Molloy M. ning "Digital transformation in manufacturing: A
framework for strategic adaptation" asari sanoat korxonalarida raqamli transformatsiyani
boshqarish va strategik moslashuvni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bu asar sanoat korxonalari
uchun raqamli marketing vositalarining joriy etilishidagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish
bo‘yicha tavsiyalar beradi. Qashqadaryo viloyatidagi raqamli transformatsiya jarayonini
muvaffaqiyatli amalga oshirishda amaliy yondashuvlarni taqdim etadi.
Smith P.R. tomonidan yozilgan "Raqamli marketing strategiyalari" kitobi raqamli
marketingning turli vositalarini qo‘llashning samarali usullarini tushuntiradi. Ushbu asar
raqamli marketingni sanoat tarmoqlarida joriy qilish uchun strategik yondashuvni yaratishga
qaratilgan bo‘lib, marketingning turli usullarini ishlab chiqishda foydalidir. Bu, ayniqsa,
Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanishni
ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu adabiyotlar tahlili, sanoat tarmoqlarida raqamli marketingni joriy qilishda mavjud
muammolar va imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qashqadaryo
viloyatidagi raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanish uchun mavjud to‘siqlarni va
bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun zaruriy strategiyalarni belgilashda ilmiy adabiyotlar katta
ahamiyatga ega. Ma'lumotlar va tavsiyalar, viloyatdagi sanoat korxonalari uchun raqamli
marketingni muvaffaqiyatli joriy qilishda muhim yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot metodologiyasi, ushbu maqolada ko‘rilgan masalalarning asosiy tahlili va
ishlanma metodlarini belgilashga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Qashqadaryo
viloyatidagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalaridan foydalanish
darajasini aniqlash va samaradorligini tahlil qilishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi
tadqiqot metodlari va usullari qo‘llaniladi.
Empirik tahlil (Sanoat korxonalari so‘rovnomasini o‘tkazish) bo’yicha sanoat
korxonalarining raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanayotganligini aniqlash uchun
empirik tahlil o‘tkaziladi.
Tadqiqot metodologiyasining xulosasi bu
-
ushbu metodologiya yordamida, Qashqadaryo
viloyatidagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalarining qo‘llanilish
darajasi tahlil qilinadi va ularning samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Empirik va statistik tahlilning integratsiyasi, sifatli yondashuvlarning qo‘llanilishi va iqtisodiy
baholash metodlari birgalikda to‘liq va chuqur tahlilni ta'minlaydi.
Natija va Muhokama
52
Tadqiqot natijalari Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalaridan qanday
foydalanilayotganini, ularning samaradorligini va mavjud to‘siqlarni aniq ko‘rsatdi. Tadqiqot
davomida to‘plangan ma'lumotlar va amalga oshirilgan tahlillar natijasida quyidagi asosiy
xulosalar va muhokamalarni keltirish mumkin:
To‘siqlar va muammolar
:
Raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishidagi asosiy
to‘siqlarni tahlil qilish orqali bir necha muammolarni aniqlash mumkin.
Texnologik infratuzilmaning yetishmasligi: Ko‘plab sanoat korxonalari zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llashga tayyor emas. Ularning ko‘pchiligi internetga kirish, raqamli
vositalarni yangilash va marketing texnologiyalarini joriy etishda qiyinchiliklarga duch
kelmoqda.
Kadrlar malakasi va raqamli ko‘nikmalar: Sanoat korxonalarida xodimlarning raqamli
ko‘nikmalari ham hali to‘liq rivojlanmagan. Ko‘plab korxonalarda marketing bo‘limi
xodimlarining raqamli marketing vositalarini samarali qo‘llash uchun zarur bilimlarga ega
emasligi aniqlangan.
Raqamli marketing bugungi tez o‘zgaruvchan global bozor sharoitida har qanday biznes
yoki tashkilot uchun asosiy muvaffaqiyat omillaridan biriga aylanmoqda. Internet
auditoriyasining barqaror o‘sib borishi, mobil qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng
tarqalishi natijasida an’anaviy marketing usullari yetarli natija bermay qolmoqda. Ayniqsa,
pandemiya va so‘nggi yillarda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida, raqamli marketing
korxonalarga iste’molchilar bilan masofadan samarali aloqa o‘rnatish, xaridorlarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chiqish va ular ehtiyojlarini tahlil qilish imkonini berdi.
So‘ngi tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, sun’iy intellekt, Big Data, avtomatlashtirilgan
reklama va shaxsiylashtirilgan marketing texnologiyalari marketing sohasida inqilobiy
o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu texnologiyalar marketing jarayonlarini
optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va natijalarning aniqligini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanish brendning bozordagi
raqobatbardoshligini oshiradi, yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlarni ushlab qolishda
muhim rol o‘ynaydi.
Raqamli marketingga o‘tish jarayoni sezilarli miqdorda investitsiyalarni talab qiladi. Bu,
ayniqsa, kichik va o‘rta sanoat korxonalari uchun moliyaviy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Samaradorlik: Raqamli marketingni joriy etgan sanoat korxonalari o‘z bizneslarida sezilarli
o‘sish va samaradorlikni kuzatishdi. Internet marketing vositalari orqali mahsulotlarining
bozorda tanilishini oshirishda, reklama xarajatlarini qisqartirishda va yangi mijozlar jalb
qilishda katta yutuqlarga erishildi. Masalan, raqamli marketing vositalarini qo‘llagan
korxonalar o‘rtasida sotuvlarning o‘sishi 40-60% atrofida bo‘ldi. Bu, ayniqsa, internet reklama,
SEO (search engine optimization), va ijtimoiy media marketingi (SMM) kabi vositalardan
foydalanish orqali amalga oshirildi.
O‘zbekiston sharoitida ham raqamli marketingdan foydalanish sur’ati tezlashib, barcha
sohalarda biznes muhitiga chuqur kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning davlat siyosati
darajasida ham keng targ‘ib qilinishi, elektron tijorat va internet xizmatlarining rivoji, yangi
kasblar va biznes modellarining paydo bo‘lishiga turtki bermoqda. Bu esa mazkur mavzuni
chuqur ilmiy o‘rganish, zamonaviy tendensiyalar va samaradorlikni baholash orqali yangi
ilmiy-amaliy natijalarga erishish imkonini beradi.
53
Shu nuqtai nazardan, raqamli marketing vositalaridan foydalanish samaradorligi va yangi
tendensiyalarini o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham bugungi kunda dolzarb
va zarur hisoblanadi.
Global tajriba shuni ko‘rsatadiki, yangi raqamli texnologiyalar marketing sohasida muhim
o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan reklama tizimlari,
shaxsiylashtirilgan kontent va ma’lumotlar tahlili yordamida kompaniyalar xaridorlarga o‘z
vaqtida va samarali yetib borish imkoniyatiga ega. Ayniqsa, pandemiya va so‘nggi yillardagi
iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida, korxonalar mijozlar bilan masofaviy tarzda tezkor aloqa
o‘rnatish va ularning ehtiyojlarini aniq aniqlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida
mahsulot va xizmatlarni moslashtirish, sotuvlarni oshirish va mijoz sadoqatini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Raqamli marketing vositalari, jumladan, ijtimoiy
tarmoqlar, qidiruv tizimi optimallashtirish, e-mail va mobil marketing, onlayn reklama va
kontent marketingi, so‘nggi yillarda yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Ularning yordamida
marketing harakatlarini qisqa vaqt ichida keng auditoriyaga yetkazish, reklama xarajatlarini
kamaytirish va natijalarni real vaqt rejimida monitoring qilish imkoni paydo bo‘ldi. Bu esa har
bir korxona va tashkilotga resurslarni tejash va marketing strategiyasini samarali boshqarish
imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida ham bu jarayonlarni
kuzatish mumkin. So‘nggi yillarda mamlakatda internet xizmatlari hajmining oshishi, elektron
tijoratning rivojlanishi va raqamli marketing sohasiga qaratilayotgan e’tibor marketing
muhitining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Raqamli platformalar yordamida yangi
mijozlarni jalb qilish, bozor ulushini kengaytirish va brend mavqeini mustahkamlash bo‘yicha
sezilarli natijalarga erishilmoqda. Quyidagi jadvalda zamonaviy raqamli marketing vositalari
ko‘rsatilgan (1-jadval).
Raqamli marketingning joriy etilishi viloyatdagi sanoat tarmoqlarida turlicha
yondashuvlar bilan amalga oshirildi. Ba'zi tarmoqlar, masalan, yengil sanoat va oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, raqamli marketing vositalaridan samarali foydalanishga
muvaffaq bo‘lishdi. Biroq, og‘ir sanoat tarmoqlarida, masalan, qurilish materiallari ishlab
chiqarish va energetika korxonalarida raqamli marketingning joriy etilishi juda sekinlashgan.
Bu tarmoqlar ko‘pincha an'anaviy marketing usullarini afzal ko‘rishadi, chunki ular uchun
raqamli vositalarga o‘tish ko‘proq vaqt va resurslarni talab qiladi.
1-jadval
№
Marketing vositasi
Qisqacha tavsif
Afzalliklari
1
SEO (Search Engine
Optimization)
Veb-saytlarni qidiruv
tizimlarida yuqoriga chiqarish
Uzluksiz oqim, uzoq
muddatli natija
2
SMM (Social Media
Marketing)
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama
va kontent joylash
Keng auditoriya,
samaradorlik
3
Kontent marketing
Maqola, blog, video va
boshqalar orqali targ‘ibot
Brend imijini
oshirish, SEO
4
Influencer marketing
Mashhurlar orqali mahsulot
reklama qilish
Tez ishonch hosil
qilish
5
Kontekstli reklama
Qidiruvda yoki veb-saytlarda
pullik reklama
Aniq auditorini
nishonga olish
54
6
Mobel marketing
Mobel ilovalar va xabarlar
orqali marketing
Tezkorlik,
interaktiv
zamonaviy raqamli marketing vositalari
1
Tavsiyalar va istiqbollar:Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyatidagi raqamli
marketingni yanada samarali joriy qilish uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Texnologik infratuzilmani yaxshilash: Korxonalar raqamli vositalardan samarali
foydalanish uchun zarur infratuzilma yaratishi lozim. Bunda internet tarmoqlarining tezligi,
texnologik qurilmalar va platformalarning yangilanishi muhim omil hisoblanadi.
Xodimlarning malakasini oshirish: Sanoat korxonalarida marketing bo‘limlari uchun
raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarur. Ularning raqamli
marketing vositalaridan samarali foydalanishini ta'minlash uchun treninglar va o‘quv
dasturlarini tashkil qilish lozim.
Moliya va investitsiyalarni jalb qilish: Raqamli marketingga o‘tish jarayonida kichik va
o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus moliyaviy dasturlar va subsidiyalar
yaratish, bu sohada investitsiyalarni jalb qilish zarur.
Marketing strategiyalarini diversifikatsiya qilish: Sanoat korxonalari o‘z marketing
strategiyalarini diversifikatsiya qilish orqali, yangi bozorlarni jalb qilish va mavjud bozorlar
uchun raqamli marketingning turli usullarini qo‘llash orqali raqobatbardoshlikni oshirishi
mumkin.
Tadqiqot natijalari, Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli
marketing vositalarining joriy etilishi va samaradorligi masalasini chuqur tahlil qilishda
yordam beradi. Raqamli marketingning ahamiyati tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, hali ham
ko‘plab to‘siqlar mavjud. Biroq, viloyatdagi sanoat korxonalari raqamli vositalarni qo‘llashni
davom ettirsa, ular bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash va raqobatbardoshlikni oshirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, bu jarayonni boshqarish va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
hamkorlik va qo‘llab-quvvatlashning muhimligi ta'kidlanadi. Raqamli marketingning
rivojlanishi, barcha sohalarda innovatsion yondashuvlar va samarali strategiyalarni ishlab
chiqishni talab etadi.
Xulosa va Takliflar
Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalaridan foydalanishning joriy holatini
va uning samaradorligini batafsil tahlil qilishga imkon berdi. Tadqiqot davomida aniqlangan
asosiy xulosalar quyidagilardir. Raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi: Viloyatdagi
sanoat korxonalari orasida raqamli marketing vositalarini qo‘llash darajasi turlicha.
Korxonalarning faqat 35% dan ortig‘i to‘liq raqamli marketingga o‘tgan bo‘lsa, qolganlari hali
an'anaviy usullarga tayanib ishlashmoqda. Samaradorlik va iqtisodiy foyda: Raqamli marketing
vositalarini joriy qilgan korxonalar o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilishda sezilarli samaradorlikka
erishgan. Ularning sotuvlari va brend tanilishi oshgan, reklama xarajatlari qisqarishi, va yangi
mijozlar jalb qilinishi kuzatilgan. To‘siqlar: Raqamli marketingni joriy etishdagi asosiy to‘siqlar
texnologik infratuzilmaning yetishmasligi, kadrlar malakasining pastligi va moliyaviy
cheklovlardan iborat. Ko‘plab sanoat korxonalari uchun raqamli marketingga o‘tish katta
investitsiyalarni va tayyor xodimlarni talab qilmoqda. Sanoat tarmoqlarining farqlari: Raqamli
1
O‘rganishlar natijasida muallif ishlanmasi
55
marketingning qo‘llanilishi turli sanoat tarmoqlarida farqlanadi. Yengil sanoat va oziq-ovqat
ishlab chiqaruvchi korxonalar raqamli marketingni samarali qo‘llagan bo‘lsa, og‘ir sanoat
tarmoqlari ko‘proq an'anaviy usullarga tayanadi.
Texnologik infratuzilmani yaxshilash: raqamli marketing vositalaridan samarali
foydalanish uchun zarur infratuzilma yaratishi kerak. Internet tezligi, texnologik qurilmalar va
platformalarning yangilanishi muhim ahamiyatga ega. Sanoat korxonalariga texnologik
yangilanishlar va infratuzilmani yaxshilashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur.
Xodimlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish: marketing bo‘limlari xodimlarining
raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Ushbu xodimlar uchun malaka oshirish kurslari,
seminarlar va treninglar tashkil etish orqali ularning raqamli marketing vositalaridan samarali
foydalanishi ta'minlanadi.
Moliya va investitsiyalarni jalb qilish: Raqamli marketingga o‘tish jarayoni kichik va o‘rta
sanoat korxonalari uchun katta moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, kichik
va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus davlat dasturlari va subsidiyalarni joriy
qilish zarur.
Raqamli marketing strategiyalarini diversifikatsiya qilish: Xar ishlab chiqarish
korxonalari o‘z marketing strategiyalarini diversifikatsiya qilish orqali, turli raqamli vositalarni
qo‘llash va yangi bozorlarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishi kerak. SEO, SMM, kontent
marketing va onlayn reklama kabi vositalarni birgalikda qo‘llash orqali raqobatbardoshlikni
oshirish mumkin.
Mahalliy va xalqaro bozorlarni o‘rganish: Raqamli marketing vositalarini qo‘llash orqali
sanoat korxonalari nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham raqobatbardoshligini
oshirishlari kerak. Mahalliy sanoat mahsulotlari uchun raqamli marketingni global miqyosda
amalga oshirish orqali eksport imkoniyatlari ham kengaytiriladi.
Ijtimoiy media va onlayn platformalardan samarali foydalanish: Ijtimoiy media va onlayn
reklama platformalari orqali sanoat korxonalari o‘z mahsulotlarini yanada kengroq
auditoriyaga taqdim etishlari mumkin. Ushbu platformalar orqali brendni tanitish, mijozlar
bilan aloqani mustahkamlash va marketing strategiyalarini amalga oshirish juda samarali
bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatidagi raqamli marketing vositalarining qo‘llanilishi davomida
mavjud bo‘lgan to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish orqali ularning biznes faoliyatini
samarali rivojlantirish mumkin. Shu bilan birga, raqamli marketingning muvaffaqiyatli joriy
etilishi viloyatning sanoat tarmoqlarining global raqobatbardoshligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish orqali sanoat
korxonalari raqamli marketing vositalaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishadilar.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kotler F., Armstrong G. Marketing asoslari. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2021.
2.
Hasanov U.B. Raqamli marketing: nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: “Innovatsiya ziyo”,
2022.
3.
Karimov T.S. Sanoat mahsulotlarini eksportga chiqarishda raqamli marketingning o‘rni.
4.
// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023, №1. – B. 65–72.
56
5.
Xudoyberganov N. Marketing strategiyasining raqamli transformatsiyasi. – Samarqand:
“Ilm ziyo”, 2020.
6.
Jabborov A. Raqamli marketing vositalarining sanoat korxonalarida qo‘llanishi. –
Toshkent: “Yoshlar nashri”, 2021