81
DRABBLLAR: TUZILISHI VA TARAQQIYOTI
DRABBLES: STRUCTURE AND DEVELOPMENT
ДРАББЛЫ: СТРУКТУРА И РАЗВИТИЕ
Kosimova Azizaxon Botirali qizi
Farg‘ona davlat universiteti, chet tillari fakulteti tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari
kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi.
998905349130
https://doi.org/10.5281/zenodo.12182336
Annotatsiya
Ushbu maqola dunyo adabiyotida, xususan, o‘zbek va ingliz adabiyotida drabbllarning kelib
chiqishi, ularning tuzilishi hamda taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari
drabbll janrida ijod qilib kelayotgan yozuvchilarning asarlari ham ko‘rib chiqiladi.
Аннотация
В данной статье анализируется происхождение драбблов, их структура и этапы
развития в мировой литературе, особенно в узбекской и английской литературе. Кроме
того, будут рассмотрены произведения писателей, творящих в жанре драббла.
Abstract
This article analyzes the origin of drabbles, their structure and stages of development in
world literature, especially in Uzbek and English literature. In addition, the works of writers
who have been creating in the drabble genre will also be considered.
Kalit so‘zlar:
Adabiyotshunoslik, adib,
drabbll, hikoya, kichik hikoya, mitti hikoya, yaproq
hikoya, janr, uslub, yo‘nalish.
Ключевые слова:
Литературоведение, писатель, драббл, рассказ, новелла, жанр, стиль,
направление.
Key words:
Literary studies, writer, drabble, story, short story, genre, style, direction.
KIRISH
Jamiyat muntazam o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Inson psixologiyasi o‘zi taassurot
oladigan narsalardagi bir xillikni yoqtirmaydi. Shuning uchun rang-baranglik va muntazam
taraqqiy etib borish barcha san'at turlariga xos xususiyatdir. Adabiyot ham san’at turi sifatida
mazkur jarayonlarga hamohang yashab kelmoqda. Badiiy asarlardagi strukturaviy
o‘zgarishlar, mazmuniy va g‘oyaviy yangilanishlar tabiiy hamda doimiy holat bo‘lib, asarning
mukammallik darajasi o‘z o‘rnida yozuvchining mahoratiga ishora qiladi. Ana shunday
mukammallik talab etiladigan zamonaviy, yangi adabiy janrlardan biri drabllardir. Drabll
hikoyaning biri turi sifatida paydo bo‘ldi va taraqqiyot davomida alohida o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘la boshladi. Jahon adabiyotshunosligida drabll bugungi kunda alohida
janr sifatida shakllanib ulgurgan.
Adabiyotda hikoya janri qamrovning va ifoda ko‘lamining kichikligi bilan yirik janrlardan
farqlanadi. Hikoya qisqa tasvirlarda yirik g‘oyalarni ilgari surishga, kichik epizodda katta
muammolarni ochishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jahon san'atshunosligida hikoya
janrining belgilangan talabidan ham qisqa shakllarda dolzarb g‘oyalarni ilgari surish, muhim
muammolarni ochib bera olish talab etila boshlandi. Bu harakatlar o‘z o‘rnida drabllning
82
paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. O‘z o‘rnida drabllar ham birdan paydo bo‘lgan narsa emas.
Ularning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ham ta'siri seziladi. Dunyo adabiyotida
drabbllarning vujudga kelishida maqol va latifa janrlari asos vazifasini bajargan. Bu
janrlarning ahamiyatli jihati shundan iboratki, maqollardagi umumiy xulosa drabbllarda
tasvirlangan voqelikning xulosasi bilan o‘xshashdir. Bundan tashqari kichik hikoya hamda
masal janri ham bir-biriga hamjman va mazmunan juda yaqin hisoblanadi. Drabbllar XX
asrlardan janr sifatida rivojlanishni va dunyo bo‘ylab keng tarqalishni boshlagan bo‘lsa,
drabbllga o‘xshash kichik hikoyalar yoki ibratli fikrlar xalq og‘zaki ijodida ham yashab
kelmoqda. “Maqol va latifa janrlarining mitti hikoylar vujudga kelishidagi ta’sirini sezish qiyin
emas. Bu xalq og‘zaki ijodi janrlari barcha qadimiy xalqlar folklorida mavjud”. [1.2]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Kichik hikoyalar ingliz tilida “flash fiction” deb nomlanib, bu hajman juda qisqa badiiy asar
hisoblanadi. Bu hikoyalar xususiyatlari va ularning tasniflari haqida turli manbalarda bir
qator fikrlar ilgari surilgan. Jumladan, bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan ijtimoiy
tarmoqlardagi talablarga ixtisoslashgan holda “Umumiy hajmi 280 belgidan iborat bo‘lgan
hikoya (“Twitterature” nomi bilan mashxur, sababi aynan Twitter ijtimoiy tarmog‘iga
joylanadigan maksimal belgidir)” [4.1] tarzida baholanadigan asarlar ham mavjud. Biroq bu
holatlar adabiy nazariyalar asosiga qurilmaganligi bilan farqlanadi.
Yana bir kichik hikoyachalarga oid qarashlarda “dribble”- bu aynan 50 ta so‘zdan iborat kichik
hikoya” [4.1] ekanligi ta'kidlanadi. Mazkur nazariy qarash ham adabiyotshunoslar tomonidan
umume'tirof etilgan qoidalarga mos kelmasligi bilan ajralib turadi.
“750 so‘zdan oshmaydigan hikoyalar “favqulodda asar” (sudden fiction) hisoblanadi” [6.1]. Bu
qarash ham biz tadqiq qilayotgan kichik hajmdagi mitti hikoyaning janr talablariga mos
kelmaydi. “Mikro – hikoya” (micro – story) esa 1000 so‘zni o‘z ichiga oladigan hikoya turi
hisoblanadi. [7.1]. Mitti hikoyalarni nisbatan fikrlarning bunday turlichaligi kichik hajmli
asarlarning taraqqiyot bosqichlari sifatida e'tirof etilishi mumkin. Masalan, “Hajmi 100 ta
so‘zdan oshmaydigan hikoyalarga esa drabbllar nomi berilgan” [5.1] kabi qarashlar, yagona
to‘xtamga, yagona shaklga kelgunga qadar bosib o‘tilgan yo‘llardagi izlanishlar, albatta,
mukammal nazariyaning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi.
Yangi janr bo‘lishiga qaramay so‘nggi yillarda kichik hikoya janrida ijod qilayotgan
yozuvchilar soni ko‘paymoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan hikoyalardan keng tarqalgan turi
drabbllar hisoblanadi. Jahon adabiyotida XX asrlarda shakllangan kichik hikoyalarga “drabbll”
nomi beriladi. Drabbll so‘zi inglizcha “drabble” so‘zidan olingan bo‘lib, “parcha”, “bo‘lak”
degan ma’noni anglatadi.
“Dastlab, drabbll atamasi Monty Pythonning 1971- yilda yozilgan “Big Red Book” asarida
keltirilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘rtasida roman yozish bo‘yicha so‘z o‘yini sifatida ta’rif
berilgan”. [8.1] Drabbllning vatani Buyuk Britaniya hisoblanib, kelib chiqishi haqida turli
qarashlar mavjud. Lekin drabbllarning janr sifatida rivojlanishi 1980-yillarga borib taqaladi.
Aynan shu davrda Birmingem universiteti talabalari o‘rtasida tashkillangan so‘z o‘yini
drabbllarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shundan so‘ng, drabbllar ingliz gazeta matnlarida
ham ko‘rinishni boshlaydi. 1987-yilda “New Times” jurnali asoschisi Stiv Moss tomonidan
tashkil etilgan kichik hikoyalar tanlovi ham dunyo bo‘yicha drabbllarning rivojlanishiga katta
xizmat ko‘rsatgan.
83
Angliya yozuvchilariga umumiy hajmi 100 ta so‘zdan oshmagan, tugal yechimga ega kichik
asar yaratish talabi qo‘yiladi va shu tariqa drabbllar boshqa qator davlatlarda ham sekin-asta
yoyilishni boshlaydi. Drabbllar asosan musobaqalar orqali yaralgan bo‘lib, musobaqalarda
yozuvchilarga qo‘yiladigan asosiy talab berilgan mavzuga ma’lum bir vaqt mobaynida 100 ta
so‘zni qamrab olgan kichik asar yaratish hisoblangan.
“Mitti hikoyalardagi hajm talablari yozuvchilardan so‘zlar va belgilarni qisqartirib, ko‘proq
ma’no ifodalashga majbur etadi hamda kitobxonlarning asl badiiyat namunasidan bahra
olish, hayrat lazzatini tuyishlari uchun imkon beradi”. [9.65]
“Lekin mitti hikoyalar - drabbllarni jahon adabiyotshunosligida alohida janr sifatida emas,
balki juda qisqa hikoya (mini – hikoya) sifatida talqin etish hollari ham uchrab turibdi”.
[10.20]. Lekin adabiy jarayon uchun eng muhimi, shu tipdagi asarlar paydo bo‘ldi va
kitobxonlar unga qiziqish bildirmoqda. Adabiyotshunoslar esa bu mitti hikoyalarning shakliy
va mazmuniy o‘ziga xosliklarini tadqiq etishmoqda. “Toshkent – non shahri” qissasining
muallifi bo‘lgan Aleksandr Sergeyevich Neverov ijodida “Tomchi suv” drabblli mavjud. Unda
bir chumchuq misolida insonlar har qanday vaziyatda ham qo‘lidan kelgancha yaxshilik
qilishga harakat etishi lozimligi yoritilgan:
“O‘rmon yonardi. Chumchuq og‘ziga suv olib, o‘rmon tomon uchar va tag‘in daryoga qaytardi.
O‘rmonning yonishini ilojsiz kuzatib turgan hayvonlardan biri kulib baqirdi:
-
Hey, o‘rmonni bir tomchi suv bilan qutqarasanmi?
Chumchuq javob berdi:
-
Nima qilay, qo‘limdan keladigani shu-da!”. [2.6]
Yozuvchining ushbu drabblli orqali uning mahoratini yaqqol sezishimiz mumkin. Sababi,
ushbu kichik asar drabbllarga xos bo‘lgan uch xususiyatni o‘zida jamlagan. Unda berilgan
“O‘rmon yonardi”
jumlasi voqelikning tarixi hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, tarix bizga
o‘tmishni so‘zlaydi. Hikoyadagi bu jumlada o‘rmonga o‘t ketishi tasvirlangan. Ushbu drabbllda
yozuvchi obyekt sifatida nega aynan o‘rmonni tanlagan? Sababi, o‘rmonda daxshatli va kuchli
yong‘inlar bo‘ladi. Shuningdek, ushbu jumla orqali voqelik juda og‘ir va qiyin vaziyatni, u
yerdagi barcha hayvonlar ilojsiz qolgani tasvirlangan. Yuqoridagi kichik hikoyada berilgan
keyingi jumla “nima qilay, qo‘limdan keladigani shu-da!” voqelikning kutilmagan yechimi
hisoblanadi. Sababi, yozuvchi o‘rmondagi yong‘inni o‘chirishga harakat qiladigan jonzot
sifatida bejizga chumchuq obrazini tanlamagan. O‘rmonda boshqa kuchli hayvonlar bo‘lishiga
qaramay, barcha jonzotlar ichida eng nozik va kuchsizi chumchuq hisoblanadi. Yozuvchi
ushbu asari orqali o‘rmon yonishiga chumchuqni ilojsiz kuzatib tura olmasligini tasvirlab, zid
belgilar orqali
mahorat bilan yoritib bergan. Bundan tashqari, butun o‘rmondagi hayvonlar
o‘rmon yaqinida daryo bo‘lishiga, ya’ni o‘tni o‘chirishga imkoniyat mavjud bo‘lishiga
qaramay, o‘z uylari yonayotganini, shunchaki, ilojsiz kuzatib turishi, birgina chumchuq
og‘zidagi bir tomchi suv bilan o‘rmondagi yong‘inni bartaraf etishga harakat qilgani
voqelikning kutilmagan yechimidir.
Аsar qisqa va tugal voqelikga ega. O‘rmonda sodir bo‘lgan kichik bir epizod asarning
voqeligini tashkil etadi. Mazkur qisqa manzara orqali yozuvchi vatanparvarlik, mardlik,
mas'uliyatlilik g‘oyalarini ilgari surgan. Birgina chumchuq obrazi orqali muammolar
qarshisida harakatsiz to‘xtab qolgandan ko‘ra, imkon qadar muammo yechimiga yo‘l topish
lozimligi ta'kidlanadi.
84
Bu drabbllni tahlil qilar ekanmiz chumchuq obraziga yanada e’tibor bersak. Chumchuq uchish
qobiliyatiga ega bo‘lib, har qanday xavfli hududdan uchib keta oladi. O‘rmondagi bunday
vaziyatdan o‘z jonini saqlash maqsadida u yerdan uchib ketishi mumkin edi. Ammo, u o‘z
vatanini tashlab keta olmadi, boshqa kuchli hayvonlardan farqli ravishda u o‘z o‘rmonini
qutqarishga harakat qildi. Aleksandr Sergeyevich Neverov tomonidan yaratilgan ushbu
drabbllning asosiy g‘oyasi har qanday og‘ir vaziyatda ham barcha insonlar birdek harakat
qilib, bu dunyoni qutqara olishlari mumkinligini anglatadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Jahon adabiyotida mashhur yozuvchilar tomonidan juda qisqaligi bilan e’tiborni tortadigan
drabbllar yaratilgan. Jumladan, ingliz yozuvchisi Ernest Hemingvay qalamiga mansub
faqatgina 6 ta so‘zdan iborat drabbll mavjud.
“For sale: baby shoes, never worn”. [3.4] (“hech qachon kiyilmagan chaqaloq oyoq kiyimi
sotiladi”).
Oddiy tuyulgan, lekin juda katta ma’no yashiringan ushbu kichik asarda drabbllarga xos
bo‘lgan barcha xususiyatlarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qisqacha tarix berilganligi,
kutilmagan yechim borligi hamda qisqa voqelikning berilishidir. Ushbu drabblldagi qisqacha
tarix “never worn” ya’ni “hech qachon kiyilmagan” jumlasi hisoblanadi. Sababi, ushbu jumla
orqali kitobxon nega aynan “kiyilmagan chaqaloq oyoq kiyimi sotiladi” savoliga javob izlaydi.
Bunga ko‘plab sabablarni keltirishimiz mumkin. Masalan, yangi oyoq kiyimlar ko‘pligi sababli
yoki muhtojlik sababli sotilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin voqelikning asl zamirida o‘z
farzandidan ayrilgan ona farzandining oyoq kiyimini sotayotgani tasvirlangan. Drabblldagi
“baby shoes”, ya’ni “chaqaloq oyoq kiyimi” jumlasi esa kutilmagan yechim hisoblanadi.
Yozuvchining drabbll yozish mahorati yuqori ekanligini uning ushbu mitti asariga chaqaloqni
obraz sifatida olganligidan bilishimiz mumkin. Buning asosiy sababi shundaki, chaqaloq
obrazi boshqa personajlarga qaraganda kutilmagan tarzda ta’sirli yetib boradi. Masalan, bu
drabbllni “hech qachon kiyilmagan ayollar oyoq kiyimi sotiladi” desak, hech bir kitobxon
ta’sirlanmaydi hamda hech qanday his-tuyg‘u his qilmaydi. Va nihoyat, asardagi farzandidan
ayrilgan onani vafot etgan bolasining kiyilmagan oyoq kiyimini sotishga qaror qilgani
hikoyaning eng qisqa va tugal yechimi hisoblanadi. Sababi, ona farzand dog‘i nima ekanligini,
uning achchig‘ini va hattoki bu og‘riqning yechimi sifatida farzandini kiyilmagan oyoq
kiyimini sotish deb biladi. Bir so‘z bilan aytganda kichik hikoyalar qisqa bo‘lishiga qaramay
juda katta ma’no- mazmunga ega bo’lishi kerak.
XULOSA
Shunday qilib, jahon hamda o‘zbek adabiyotshunosligiga yangi janr sifatida kirib kelib
kitobxonlar orasida ommalishishga ulgurgan drabbllar yangi va zamonaviy janr hisoblanib,
kichik asar bo‘lishiga qaramay katta maydonni egallab kelmoqda. Tuzilishi jihatidan boshqa
janrlardan keskin farq qiluvchi ushbu janrda ijod qilayotgan ijodkorlar va kitobxonlarni bir
maqsadga yo‘naltirmoqda. Eng quvonarli jihati, o‘zbek va ingliz adabiyotidagi mashhur
yozuvchilar tomonidan drabbll sohasida ham ijod qilindi hamda keyingi davr yosh
qalamkashlari uchun keng yo‘l ochildi. Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, adabiyotshunoslikda
tarbiyaviy jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan drabbllar muhim sanaladi.
References:
85
1.
. Genesis of flash fiction genre in the world literature. “International
Journal on Integrated Education”. 2019
2.
Драббллар. Dunyoning eng kichik hikoyalari. “O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”,
2018. — 6 б.
3.
Garson O'Toole
"For Sale, Baby Shoes, Never Worn"
. (January 28, 2013).
4.
Maddie Crum.
"Twitter Fiction Reveals. The Power of Very, Very Short Stories"
The
Huffington Post
. (May 7, 2015).
5.
Graham
"Flash fiction - all you ever wanted to know, but were afraid to ask..."
The
Bridport Prize
. (March 8, 2013).
6.
"Flash Fiction: What's It All About?"
The Review Review
.
7.
, "Two Micro-Stories by
, 1995,
no. 1, pp. 99-103.
8.
http://www.ansible.co.uk/writing/drabbles.html
9.
Sustana, Catherine. "Flash Fiction Definition and History." ThoughtCo, 2019. P.65.
10.
Жилина Л. В. Короче! Short-short story в современной японской литературе
// Окно в Японию. 2005.