54
“DEVONU LUG‘OTIT-TURK” ASARIDA ICHIMLIK NOMLARIGA XOS
LEKSEMALAR
Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
1-kurs tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12082653
Annotatsiya
Ushbu tezisda tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida qo‘llangan
ichimlik nomlariga oid birliklar o‘rin olgan. Aytish lozimki, “Devon” da qo‘llangan ichimlikni
ifodalovchi leksik birliklar eski turkiy til xususiyatlarini o‘zida namoyon etgan bo‘lib, ularning
ba’zilari hozirgi kunda ham nutqiy muloqotimizda keng qo‘llaniladi. Ba’zi o‘rinlarda ularning
shakldoshlik xususiyati namoyon bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.
Kalit so‘zlar
: “Devon”, Mahmud Koshg‘ariy, ichimlik nomlari, leksik tahlil, leksema.
“Devonu lug‘otit-turk” asari ulkan qomusiy manba hisoblanadi. Ushbu asar xususida xilma-xil
ta’riflar mavjud. “Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariyning kamtarlik bilan lug‘at deb atagan bua sari
yolg‘iz bu kungi ma’nodagi lug‘atgina emas, balki shu bilan birga, o‘sha davr tilining fonetika,
morfologiya, leksika va dialektologiyasini mukammal izohlab bergan to‘la ma’nodagi filologik
asar, bebaho bir qomusdir. Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarini ko‘p yillar yurtma-yurt yurib, xalq
og‘zidan to‘plagan materiallar asosida tuzdi. Bu usul bir tarafdan unga o‘sha davr tilidagi butun
so‘zlarni va har qanday so‘z turlarini mukammal qamrab olishga imkon bergan bo‘lsa,
ikkinchidan, bu materiallar o‘z navbatida unga o‘sha davr tilining har bir sohasiga doir boy
namunalar to‘plami bo‘lib ham xizmat qildi. Mahmud Koshg‘ariy so‘z ma’nosini izohlar ekan,
yo‘l-yo‘lakay so‘zlarning har qanday grammatik xususiyatlari va u so‘zlarning qaysi qabilaga
mansubligi haqida ham ma’lumot bera boradi, umumlashtirilgan qoidalar tuzadi”, degan edi S.
Mutallibov. Demak, Mahmud Koshg‘ariy birgina tilshunoslik sohasida amaliy ish olib boribgina
qolmay, balki xalqda mavjud deyarli barcha ilmlarga oid atamalarni o‘z “Devon”ida yig‘ishga
harakat qilgan qomusiy olimdir. Asardan o‘rin olgan grammatik qoidalar ham aynan ilk
tilshunoslikka doir qoidalar sifatida til tarixidan muqim o‘rin egalladi, desak aslo mubolag‘a
bo‘lmaydi.
“Devonu lug‘otit-turk” asari taom, oziq-ovqat mahsulotlari nomlarini o‘zida aks ettiruvchi
muhim ensiklopedik manba hisoblanadi. Ta’kidlash o‘rinliki, taom nomlari ishtirok etishi orqali
biz faqatgina yeyish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni nazarda tutmasdan, balki ichish uchun
ham zarur bo‘lgan mahsulotlarni ham anglashimiz darkor. Demak, asardan o‘rin olgan oziq-
ovqat mahsulotlari nomlari o‘z ichida yeyish va ichishni bildiruvchi istilohlarni ham
birlashtirgan.
“Devon”da qayd etilgan mavjud ichimlik nomlari eski turkiy til xususiyatlarini o‘zida namoyon
etgan bo‘lib, ularning ba’zilari hozirgi kunda ham nutqiy muloqotimizda keng qo‘llaniladi. Ba’zi
o‘rinlarda ularning shakldoshlik xususiyati namoyon bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu mavzu
xususida to‘xtalar ekanmiz, dastavval,
ichimlik
leksemasining o‘ziga ham alohida diqqat
qaratish o‘rinli. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
ichimlik
ifodasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“
Ichimlik – ichiladigan narsalar(mas.suv, sharbat). Spirtli ichimliklar. Chanqovbosdi ichimliklar
1
”.
Demak, ichimlik ichish uchun yaroqli bo‘lgan leksemalarning umumiy nomi hisoblanadi.
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti. II jild, 2006. – B 192.
55
Ichimlik
leksemasining etimologik xususiyatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ushbu so‘z
quyidagi yasalish tarziga ega ekanligining guvohi bo‘lamiz:
ich+im+lik
2
. Biroq hozirgi o‘zbek
tilida
ichim
so‘zi mustaqil holda qo‘llanilmaydi. Eski turkiy til leksik qatlamini o‘zida aks
ettirgan “Devonu lug‘otit-turk” asarida “
ichim
(I, 149)” so‘zi mustaqil qo‘llanilgan bo‘lib,
“ichimlik” ma’nosini ifodalagan.
“Devon”da ichimlik nomlarining xilma-xil ko‘rinishlari aks ettirilgan. Xususan,
suv
leksemasini
misol sifatida ko‘rib chiqsak. Wikipedia online lug‘atida bu ifodaga quyidagicha ta’rif berilgan:
I.
Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik;
tabiatda muz va bug‘ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va ko‘pgina
moddalarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Qor suvi. Dengiz suvi.
II.
Shunday suyuqlik ichimlik sifatida. Mineral suvlar.
III.
Soy, ko‘l, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida. Suv bo‘yi.
IV.
Tirik organizm va a’zolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira. Oshqozon suvi
3
.
Biz uchun
suv
leksemasining ikkinchi, ya’ni “shunday suyuqlik ichimlik sifatida” ma’nosi muhim
hisoblanadi.
Suv
so‘zi qadimgi turkiy tilda ham mavjud bo‘lib, u dastlab
sub
shakliga ega
bo‘lgan
4
. Keyinchalik, ya’ni eski turkiy tilda biroz fonetik o‘zgarish asosida bu leksema
suw
ko‘rinishida qo‘llanila boshlagan:
sub>suw>suv
. Lug‘atda bu so‘z ishtirok etgan maqol ham
qo‘llanilgan:
Suw bermǟskǟ sṻt ber
–
suv bermasga sut ber, ya’ni senga yomonlik qilganga sen
yaxshilik qil. Chunki sening yaxshiliging uni senga tobe qiladi, demakdir
5
.
Ushbu leksema
qatnashgan sintaktik butunlik ham asar tarkibidan joy olgan:
suw iḉȁdḯ
–
suv ichmoq istadi
6
.
Bundan tashqari,
suw
leksemasi sifatlovchilar bilan qo‘llangan o‘rinlar ham mavjud:
saɤ
suw(16; b358)
– mazali va tiniq suv. Mumtoz adabiyotda Lutfiy g‘azallarida
suv
leksemasining
badiiy asar talabiga binoan
suv
holatida qo‘llangan o‘rinlari ham mavjud:
Tuturmen kȍzki, kȍrsȁm oraziἠni,
-Ki derlȁr: “Oqqan arḯqqa oqar su(v)
7
.
Alisher Navoiy asarlarida ham ushbu so‘z
suv
ko‘rinishida ifodasini topgan:
Qušiniἠ naɤmasi hijron surudḯ,
Oqar suv barća seli ašk rudḯ
8
.
“Devonu lug‘otit-turk”da ifodalangan
uxaq(16; b62)
ifodasi o‘rik turshagidan siqish yo‘li bilan
olinadigan suvga nisbatan qo‘llanilgan.
Qayd etish lozimki, “Devon”dan o‘rin olgan ba’zi ichimlik nomlari o‘zida shakldoshlik
xususiyatini ham namoyon qilgan, jumladan,
süćḯg(III, 378)
leksemasi. Ushbu so‘zning uch
ma’nosi mavjud. Birinchi ma’nosi “sharob” hisoblansa, ikkinchi ma’nosi “sharbat” hamda
uchinchi ma’nosi “shirin” demakdir. Uch ma’noni o‘zida ifodalagan
süćḯg
so‘zi asarda o‘zaro
omonimlik hodisasini yuzaga keltirgan.
2
3
Suv - Vikipediya (wikipedia.org)
4
5
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. – Toshkent:G‘afur G‘ulom nashriyoti,2017. – B 367.
6
Mahmud Koshg‘ariy. Ko‘rsatilgan asar. – B 354.
7
https://tafakkur.net/ayoqingga-tushar-har-lahza-gisu/lutfiy.uz
8
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://fayllar.org/alisher-navoiy-1-library-ziyonet-uz-
v3.html%3Fpage%3D2&ved=2ahUKEwjl8o_EtLz7AhVQ6CoKHTwiCn8QFnoECBQQAQ&usg=AOvVaw1eA_tQ-
RZosT7-yT3ao_XN
56
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asaridan
o‘rin olgan ichimlik nomlari davr tili xususiyatidan kelib chiqqan holda aks ettirilgan. Ulardagi
leksik shakldoshlik ularning lingvistik sifatiga asoslangan holda namoyon bo‘lgan.
References:
1.
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. – Toshkent:G‘afur G‘ulom nashriyoti,2017.
2.
Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Тошкент: Фан,
1985.
3.
Бобожонов Й. Жанубий Хоразм этнографиклексикаси. – Тошкент: НДА, 1997.
4.
Болтабоев Ҳ., Дадабоев Ҳ. Девону луғотит турк, I,II,III жилдлар. – Тошкент, 2006-
2008.
5.
Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. I, .СПБ, 1969, II.
СПБ.
6.
Воҳидов Эркин. Сўз латофати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.
7.
Гумилев. Л.Н. Қадимги турклар. – Тошкент: Фан, 2007.
8.
Дадабаев Ҳ., Насыров И., Ҳусанов Н. Проблемы лексики староузбекского языка. –
Ташкент: Фан, 1990.
9.
Дадабоев Ҳ. “Девону луғотит-турк”нинг тил хусусиятлари. – Тошкент: ТДШИ, 2017.
10.
Дадабоев Ҳ. Қадимги туркий ёдгорликлардаги атамалар ҳақида // Адабий мерос.
1998. №1-2.
11.
Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи. –
Тошкент: Фан, 2007.