Авторы

  • Hilolа Sаypillаyevа
    Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti, Pedаgogikа-psixologiyа vа musiqа yo‘nаlishlаridа mаsofаviy tа’lim kаfedrаsi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52117

Ключевые слова:

Ixtisoslik modullari innovatsion klaster o‘qitish tamoyillari pedagogik texnologiyalar didaktik qonuniyatlar modulli ta’lim modulli texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning metodik modeli modullarni o‘qitish jarayoni mexanizmlari  refleksiv (qayta aloqaga va o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirilgan) metodlar va axborot muhiti talablari (ma’lumotlarni izlash, to‘plash, qayta ishlash, manzilli qo‘llash)ning o‘zaro integrativ muvofiqlashuvi orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashning motivasion, faoliyatli va monitoring bosqichlari mazmuni kаbi dolzаrb mаsаlаlаr yoritib berilgаn.


background image

16

OLIY TA’LIMDA IXTISOSLIK MODULLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Sаypillаyevа Hilolа Bаrot qizi

Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti, Pedаgogikа-psixologiyа vа musiqа

yo‘nаlishlаridа mаsofаviy tа’lim kаfedrаsi o‘qituvchisi

Pochtа mаnzili: hsаypillаyevа@mаil.ru

+998507730775

https://doi.org/10.5281/zenodo.14235311

Аnnotаtsiyа.

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning

metodik modeli modullarni o‘qitish jarayoni mexanizmlari refleksiv (qayta aloqaga va o‘z-
o‘zini baholashga yo‘naltirilgan) metodlar va axborot muhiti talablari (ma’lumotlarni izlash,
to‘plash, qayta ishlash, manzilli qo‘llash)ning o‘zaro integrativ muvofiqlashuvi orqali ularni
kasbiy faoliyatga tayyorlashning motivasion, faoliyatli va monitoring bosqichlari mazmuni kаbi
dolzаrb mаsаlаlаr yoritib berilgаn.

Kаlit so‘zlаr.

Ixtisoslik modullari, innovatsion klaster, o‘qitish tamoyillari, pedagogik

texnologiyalar, didaktik qonuniyatlar, modulli ta’lim, modulli texnologiyalar.

Абстрактный.

В данной статье рассмотрены методическая модель организации

самостоятельной деятельности студентов, механизмы модульного процесса обучения,
рефлексивные (обратная связь и самооценка) методы и требования информационной
среды (поиск, сбор, обработка данных, адресуемые через взаимную интегративной
координации деятельности образовательных учреждений, освещены такие актуальные
вопросы, как содержание мотивационного, активного и контрольного этапов
подготовки их к профессиональной деятельности.

Ключевые слова.

Модули специализации, инновационный кластер, принципы

обучения, педагогические технологии, дидактические правила, модульное образование,
модульные технологии.

Аbstrаct.

In this article, the methodical model of organizing students' independent

activities, the mechanisms of the module teaching process, reflexive (feedback and self-
assessment) methods and the requirements of the information environment (data search,
collection, processing, addressable through the mutual integrative coordination of the
educational institutions, relevant issues such as the content of the motivational, active and
monitoring stages of preparing them for professional activity have been highlighted.

Keywords.

Specialization modules, innovation cluster, teaching principles, pedagogical

technologies, didactic rules, modular education, modular technologies.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022 –

2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmonida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, aholini yangi ish o‘rinlari va
kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash kabi bir qator
muhim vazifalar belgilab berilgan[1.1]. Shuningdek, taraqqiyotlar strategiyasining asosiy
ustuvor yo‘nalishlaridan biri inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish nazarda tutilgan. Belgilangan vazifalar va
yo‘nalishlarda adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bosh me’zon
hisoblanadi. Shu ma’noda sohaning yetakchi olimlari va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli


background image

17

muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab
chiqish masalasi ham 2026-yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan muhim ishlardandir.
Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktabrida PF-5847 “O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Farmondaa “O‘zbekiston Respublikasidagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times
Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi
1000 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv
jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berildi[1].

Shu ma’noda yoshlarning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, sohani yangi bosqichga olib

chiqishga qaratilgan hamda ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar
strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda
sog‘lom dunyoqarashni umummilliy harakatga aylantirish borasidagi olib boriladigan ishlar
ham nechog‘liq muhimligini izohlashga hojat yo‘q. Zero, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil
etishning ta’sirchan, kreativ va innovasion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida
amalga oshirish choralarini ko‘rish strategiyaning natijadorligini ta’minlaydi. Belgilangan
«Mahalla — tuman — viloyat — respublika» prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-
ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirishning oliy ta’lim muassasalari
misolidagi inkosi “bola-o‘quvchi-talaba-mutaxassis” yoki “oila-bog‘cha-maktab – OTM – ishlab
chiqarish” tamoyilida namoyon bo‘ladi. Aynan mana shu integratsiya pedagogik ta’lim
innovasion klasterining asosiy tamoyillaridan hisoblanib, so‘nggi besh yillik islohotlari
natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi, degan fikrni asoslaydi.

Yuqorida keltirilgan huquqiy asoslar oliy ta’lim tizimi jarayonida ixtisoslik modullarini

o‘qitish samaradorligini oshirishning me’yoriy- nazariy asoslari sifatida ta’lim yo‘nalishlari
ixtisoslik modullarini o‘qitishning tashkiliy-metodik aspektlarini pedagogik jihatdan ilmiy
tadqiq qilish zaruratini belgilaydi. Shunday qilib, kasbiy ta’limning nazariy asoslari ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning umumiy tendensiyalari, g‘oyalari, umumlashmalari va xulosalari,
bilishning falsafiy nazariyasi, inson (kasbiy) faoliyati nazariyasi, shaxs rivojlanishi, ilmiy-texnik
taraqqiyot tendensiyalari, kasbiy ta’limning rivojlanish istiqbollaridan iborat.

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitish uning mazmun

tuzilishigina emas, balki uning tashkiliy tomonini ham o‘z ichiga oladi. Pyedagogika va
psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning amaliy va ilmiy ahamiyati, ixtisoslik
modullarini o‘qitish tamoyillarini pegagogik muammo sifatida o‘rganish bugungi kunda
jamiyatimizda ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash sifati bilan mehnat bozori
talablari o‘rtasida nomuvofiqlik shuningdek, kasb-hunar ta’limining o‘quv-ishlab chiqarish
tarmog‘i sifati, sharoit va imkoniyatlari hamda ulardan maqbul foydalanish, bitiruvchilarning
kasbiy kompetentligini oshirish, malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash masalalari
dolzarb hisoblanadi[2.72].

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotlar strategiyasining 42-maqsadida, 2026 yilga qadar

o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda
joriy etishdan iborat bo‘lib, Milliy o‘quv dasturiga asosan shu davrda 699 nomdagi, yangi
darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish


background image

18

belgilab qo‘yilgan. Shular qatoriga dastur bo‘yicha yangi metodikalar asosidagi 769 ta
videodars yaratishni ham kiritish mumkin[1].

Malakali mutaxassislarni tayyorlashga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, kasblar va

mutaxassisliklarni ishlab chiqarish tuzilmalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qayta
yo‘naltirish, ta’lim mazmunini o‘zgartirishni va o‘qitishga innovasion yondashuvlarni joriy
etish zamon talabidir. Respublikamizda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning pedagogik
muammolari Sh.R.Axliddinov, U.Sh.Begimqulov, R.H.Jo‘rayev va boshqa tomonidan tadqiq
etilgan.

Uzluksiz ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish masalalari

V.P.Bespalko, M.V.Klarin va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida yoritilgan. Tahlillarga ko‘ra,
ko‘plab tadqiqot materiallari zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari,
ta’lim jarayonini tashkil etishning amaliy va nazariy jihatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, uning
o‘zagi, davlat ta’lim standartini amalga oshirish va shaxsiy rivojlanish uchun zarur shart-
sharoitlarni belgilaydigan o‘quv texnologiyalari hisoblanadi[4.87].

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, axborot va kompyuter inqilobi, bilim va g‘oyalar sanoatining

shakllanishi, yangi texnologiyalarning rivojlanishi, iqtisodiy inqiroz ta’lim oldiga yangi
vazifalarni qo‘ymoqda. Kasbiy tayyorgarlikning maqsadlari tobora ko‘proq faoliyatga
yo‘naltirilganligi, moslashish qobiliyati va nafaqat insonning kasbiy xususiyatlarini, balki uning
turmush tarzini, madaniyat darajasini va intellektual rivojlanishini belgilaydigan shaxsiy
fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Demak, pedagogik texnologiyalar nafaqat
ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha bilimlarni egallashga, balki talabalarning shaxsiy sifatlari
kompleksini rivojlantirishga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy ilm-fanning talablari,
tendensiyasiga ko‘ra, talaba shaxsi, kognitiv va ehtiyoj sohalarining rivojlanishi ta’lim faoliyati
jarayonida sodir bo‘ladi.

Kasbiy ta’limning nazariy asoslari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy

tendensiyalari, g‘oyalari, umumlashmalari va xulosalari, bilishning falsafiy nazariyasi, inson
(kasbiy) faoliyati nazariyasi, shaxs rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyot tamoyillari hamda
kasbiy pedagogik ta’limning rivojlanish istiqbollaridan iborat. Pedagogika va psixologiya
yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning strategik yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni
sanab o‘tish mumkin: yangi pedagogik tizimning falsafiy shartlarini aniqlash; tarixiy- ijtimoiy,
texnik va texnologik, pedagogik-psixologik jihatlarni qamrab olgan ushbu tizimning ishlash
qonuniyatlari va tamoyillarini ishlab chiqish; yangi ta’lim tashkilotini loyihalash, sinovdan
o‘tkazish va joriy etish va boshqalar.

Ma’lumki, pedagogika va psixologiya fanlari o‘zining predmeti va qonuniyatlarini hamda

taraqqiyot tamoyillarini belgilash uchun: sotsiologiya, gnoseologiya, mantiq, kibernetika,
fiziologiya, texnika va texnologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Didaktik
qonuniyatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular fan, texnika, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi
barqaror bog‘liqlikni aks ettiradi. Mahalliy va xorijiy olimlar asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki,
pedagogika va psixologiya o‘zining an’anaviy shaklida asta-sekin o‘zgarib, zamonaviy o‘qitish
texnologiyalari bilan almashtiriladi[3.12].

Pedagogik ta’lim texnologiyasini o‘quv jarayoniga tadbiq etish uchun ta’limni

rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini, kasb-hunar pedagogikasini fan sifatida va yangi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni aniqlashdan iborat.
Mahalliy va xorijiy amaliyot blok-modullarda nazariy materialni o‘rganish, o‘quv faoliyatini


background image

19

algoritmlashtirish, bilish davrlarining to‘liqligi va izchilligi bilan tavsiflangan modulli o‘qitish
istiqbollarini ko‘rsatadi. Modulli ta’lim zamonaviy pedagogik innovatsiyalardan biri
hisoblanadi va shu bois, pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini
o‘qitishning tashkiliy-metodik aspektlarini ko‘rib chiqish va imkoniyatlarini tahlil qilish muhim
hisoblanadi.

Avvalo, pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning amaliy

va ilmiy ahamiyati xususida fikr yuritadigan bo‘lsak, modulli texnologiya ta’limning yangi
yondashuvlari va odatiy dars paydo bo‘lganidan beri to‘plangan an’analarni birlashtirishi,
ushbu texnologiyalar samarasi esa, asta-sekin sezilishi va uni o‘zlashtirish bosqichlarida
talabalar uchun qulaylik yaratishini alohida ta’kidlash joiz. Modulli texnologiya talabalar
orasida ortiqcha tushunmovchilik, vahimalarning oldini oladi, chunki doimiy va muttasil
ravishda talablarning vazifalarni bajarilishida fikrlash, rejalashtirish va ta’lim jarayonining
holati haqida ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Texnologiya o‘quv faoliyatini shunday tashkil etishni nazarda tutadi, unda talabaning o‘zi

ta’lim mazmuni bilan ishlaydi, bu, albatta, materialni yanada mustahkam va ongli ravishda
o‘zlashtirishga olib keladi. Shu ma’noda ta’lim texnologiyalarini pedagogik nazariya va
amaliyotda to‘plangan narsalarni birlashtiruvchi, talaba faoliyati, g‘oyasi va uning aniq
mantiqiy harakatlari jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish asosida uzluksiz rivojlanishni
ta’minlaydi hamda o‘quv-bilish faoliyatining individual sur’atini modellashtiriuvchi ta’lim
nazariyasining ta’siridir, degan xulosaga kelish mumkin. Modulli texnologiya rivojlanuvchi
ta’lim nazariyasi bilan faoliyatning indikativ asosi - aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich
shakllanishi g‘oyasi bilan bog‘liq. U o‘z-o‘zini rivojlantirishning keng doirasiga egaligi bilan
doimo rivojlanayotgan tizim energiyasini o‘z ichiga oladi hamda muqarrar ravishda o‘qituvchi
va talabalar uchun kompetensiyaning oshirishga olib keladi.

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning mazmun

tuzilishigina emas, balki uning tashkiliy tomonini ham o‘rganish muhim hisoblanadi.
Shuningdek, modul va umuman modulning ta’lim elementlari mazmuniga qurilishining asosiy
tamoyillari, taxminiy dars jadvalidan foydalangan holda talabalar va o‘qituvchilar faoliyatini
tahlil qilish strategiyalari ham o‘qituvchi uchun shubhasiz foyda keltiradi.

P.A.Yusyavichenening “Modulli o‘qitish nazariyasi va amaliyoti” monografiyasi,

M.A.Choshanovning muammoli modulli ta’limning nazariy va uslubiy asoslarini aniqlashga
asoslangan ishlarida muammoli modulli ta’lim texnologiyasini qurishning dastlabki uslubiy
pozisiyasi hamda fundamental tizimlarning umumiy nazariyasi o‘rganilgan. Insonning psixik
faoliyatining turli belgilar tizimlari (lingvistik, ramziy, grafik va boshqalar) bilan ifodalangan
funksional tizimlari negizida tizimni kvantlash, masalalarni yechish va modullilik tamoyillari
yotadi[3.13].

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitish tamoyillari umumiy

pedagogik va didaktik adabiyotlarda keng muhokama qilinadi. Masalan, V.P.Bespalkoning
ta’rifiga ko‘ra, ushbu texnologiyaning eng murakkab jihati - maqsadni belgilash bo‘lib, uning
asosiy vazifasi o‘rgatish ya’ni, diagnostik, faoliyat maqsadini qo‘yish va unga erishish darajasini
tekshirishdan iborat. Maqsadni to‘g‘ri belgilash ustuvorligi masalalari M.V.Klarinning
asarlarida ham o‘rganib chiqilgan.

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishda bir qator asosiy

qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:


background image

20

-

malakali mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan talab va o‘quv jarayonida ta’lim siyosatini

tashkil etishning eski shakllaridagi imkoniyatlari o‘rtasida;

-

talaba shaxsining kasbiy rivojlanishini ta’minlash zarurati bilan maxsus fanlar bo‘yicha

o‘quv jarayonining nisbatan tor, asosan texnologik yo‘naltirilganligi o‘rtasida;

-

pedagogika fani va tajribasida to‘plangan pedagogik texnologiyalarning salmoqli miqdori

bilan ularning kasbiy ta’lim amaliyotiga yetarlicha kirib kelmaganligi o‘rtasida;

-

ta’lim muassasalarida talabalarga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish amaliyotining ehtiyojlari

va ta’lim dasturi hujjatlarida ushbu komponentning zaif rivojlanganligi o‘rtasida;

-

maxsus fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurati va bunday

maqsadli yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarning yo‘qligi o‘rtasida.

Bu qarama-qarshiliklar, ayniqsa, pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik

modullarini o‘qitish imkonini beradigan ta’lim jarayonini shunday tashkil etishga o‘tish
bosqichida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Barcha qayd etilgan qarama-qarshiliklar pedagogika va
psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning tashkiliy-metodik aspektlarini
o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitish samaradorligini

oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:
- kasbiy malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy talablar asosida pedagogika
va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitishning tashkiliy-metodik maqsadlarini
ishlab chiqish;
- fan vositalari orqali Davlat standarti talablarini va talabalar shaxsini rivojlantirish bo‘yicha
pedagogik faoliyatni hisobga olgan holda maxsus fanlar mazmunini modellashtirishni amalga
oshirish;
- mazmunli va kasbiy darajada o‘qitishga motivasion yondashuvni amalga oshirish,
talabalarning o‘quv jarayonidagi har qanday faoliyatigp motivatsiya berish;
- barcha talabalar tomonidan majburiy o‘quv materialini o‘zlashtirishni tashkil etish;
- kasbiy, kognitiv va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish orqali talabalarning
individual xususiyatlarini aniqlash asosida rivojlanishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishni ta’minlash.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, bularning barchasi pedagogika va psixologiya

yo‘nalishi talabalarida ixtisoslik modullarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishni
ta’minlaydi hamda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ixtisoslik modullarini o‘qitish
sifatini, mehnat bozorida talabalarning harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish
hamda o‘quv jarayonida mikroiqlimni o‘zgartirish, ya’ni, talabalarning o‘qishini davom ettirish
va ularning kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. 2022 — 2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-sonli farmoni –
2022-yil.

2.

H.Saypillayeva. // ILIM hám JÁMIYET

Ilimiy-metodikalıq jurnal // oliy ta’limda ixtisoslik

modullarini oʻqitish samaradorligini oshirish texnologiyalari – 2024-yil, №1/2, 72-73 bet.
3.

H.Sаypillаyevа. // Аmericаn Journаl of Interdisciplinаry Reseаrch аnd Development

//

Didаctic opportunities of integrаtion in the content of speciаlty modules – 2024 yil 11-bet.


background image

21

4.

H.Sаypillаyevа. // KАSB-HUNАR TА’LIMI // Ixtisoslik modullаrini o‘qitishdа individuаl

tа’lim tаmoyillаrining qo‘llаnilishi – 2024-yil 2-son, 87-bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-sonli farmoni – 2022-yil.

H.Saypillayeva. // ILIM hám JÁMIYET Ilimiy-metodikalıq jurnal // oliy ta’limda ixtisoslik modullarini oʻqitish samaradorligini oshirish texnologiyalari – 2024-yil, №1/2, 72-73 bet.

H.Sаypillаyevа. // Аmericаn Journаl of Interdisciplinаry Reseаrch аnd Development // Didаctic opportunities of integrаtion in the content of speciаlty modules – 2024 yil 11-bet.

H.Sаypillаyevа. // KАSB-HUNАR TА’LIMI // Ixtisoslik modullаrini o‘qitishdа individuаl tа’lim tаmoyillаrining qo‘llаnilishi – 2024-yil 2-son, 87-bet.