120
OLXO‘RI NAVLARI MEVALARINING SAQLANUVCHANLIK XUSUSIYATLARI VA
SAQLASH DAVOMIDA BIOKIMYOVIY TARKIBINING O‘ZGARISHLARI
Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna
Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti
layloxudayberdiyeva1984@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14709423
Annotatsiya:
tezisda respublikamizda yetishtirilayotgan olxo‘ri mevalarining turgor
holatini va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan, uzoqroq muddat davomida saqlash
yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Bunda olxo‘rining saqlashga
yaroqli navlarini tanlab olish asosiy vazifa bo‘lib, keyingi o‘rinlarda saqlashning turli xil
maqbul usullari ustida tadqiqotlar olib borilgan. Bunda yig‘ib olingan mevalarga turli ishchi
eritmalarda avvaldan ishlov berish usullari va ishchi eritmalarning maqbul konsentratsiyalari
hamda ishlov berish muddatlari tajriba variantlari sifatida qo‘llanilgan. Foydalanilgan ishchi
eritmalar konsentratsiyalarining saqlangan mahsulot sifatiga ta’siri o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
olxo‘ri, navlar, ishchi eritma, saqlash, muddat, hosil, konsentratsiya,
usullar, turgor, biokimyoviy.
ХРАНИТЕЛЬНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ СОРТОВ СЛИВ И ИЗМЕНЕНИЕ
БИОХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ПРИ ХРАНЕНИИ
Худайбердиева Лайло Абдисаматовна
Докторант Ташкентского государственного аграрного университета
Аннотация:
в диссертации описаны результаты исследований по длительному
хранению плодов сливы, выращенных в нашей республике, без изменения их
тургорного состояния и биохимических показателей. При этом основной задачей
является подбор сортов слив, пригодных для хранения, а в следующих местах
проводились исследования различных приемлемых способов хранения. В качестве
экспериментальных вариантов при этом использовались способы предварительной
обработки урожая плодов в различных рабочих растворах и оптимальные
концентрации рабочих растворов и сроки обработки. Изучено влияние концентрации
используемых рабочих растворов на качество хранимого продукта.
Ключевые слова:
слива, сорта, рабочий раствор, хранение, срок, урожайность,
концентрация, методы, тургор, биохим.
CHANGES IN THE STORAGE PROPERTIES AND BIOCHEMICAL COMPOSITION
OF THE FRUITS OF PLUM VARIETIES DURING STORAGE
Laylo Khudaiberdieva Abdisamatovna
Doctoral student of Tashkent State Agrarian University
Abstract:
the thesis describes the results of research on the storage of plum fruits
grown in our republic for a longer period of time, without changing the turgor condition and
biochemical indicators. In this case, the selection of viable varieties of plums is the main task,
and research has been carried out on various optimal methods of storage in the next place. In
this case, pre-processing methods and optimal concentrations of working solutions and
processing deadlines were applied to the harvested fruits in different working solutions as
experimental options. The effect of the concentrations of working solutions used on the
quality of the stored product has been studied.
121
Keywords:
plum, varieties, working solution, storage, term, yield, concentration,
methods, turgor, biochemical.
Кириш.
Dunyo aholisining oziq-ovqat rasionida sifatli saqlangan va quritilgan
mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholini yil davomida sifatli mahsulot bilan ta’minlash uchun mevalarni sifatli saqlash va
quritish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Alohida takidlash joizki, respublikamizda bu ko‘rsatkich davlat statistika agentligi
ma’lumotiga ko‘ra 2023 yilda 34 ming tonna va 2024 yilning yanvar-may oylarida 9,3 ming
tonna quritilgan olxo‘ri mahsulotlari eksport qilingan.
Respublikada so‘nggi yillarda aholi turmush darajasini yaxshilashni oshirish, sog‘lom
ovqatlanishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining sifatli saqlangan va quritilgan mevalarga bo‘lgan
talabini to‘la-qonli qondirish bilan bir qatorda, saqlangan va quritilgan meva mahsulotlari
eksporti salohiyatini yanada oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Biroq, biz tayyorlab,
eksport qilayotgan mahsulotimiz hajmi qoniqarli darajada emas. Meva turlari orasida olxo‘ri
mevasi o‘z o‘rniga ega bo‘lib, unga dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ham qiziqish yuqori.
Shu sababli ushbu meva turini sifatli va uzoqroq muddat saqlash, quritilganda va qayta
ishlanganda ham tarkibidagi vitamin va mineral moddalarni o‘zida saqlab qolgan holda,
quritishning innovatsion usullarini takomillashtirish va ishlab chiqish muhim vazifalardan
biri hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi
olxo‘rining saqlashga yaroqli navlarini tanlash.
Tadqiqot vazifalari:
-
olxo‘ri navlari mevalarini saqlash jarayonida biokimyoviy tarkibining o‘zgarishlarini
aniqlash;
-
olxo‘ri navlari mevalarini saqlash jarayonida tabiiy kamayish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
Tadqiqot ob’ekti
sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya
etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan olxo‘rining Qora olu, Berton,
Vengerka fioletovaya, Vengerka domashnyaya va Superior navlari tanlab olingan.
Ma’lumki, olxo‘ri navlarining mevalari pishib yetilish darajasiga bog‘liq ravishda
ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlari o‘zgarib boradi. Olxo‘ri mevalarini saqlanish
davomida ularning iste’molbopligi va ma’lum bir sifat ko‘rsatkichlari ortib boradi va
shirinroq, xushbo‘yroq hamda tovar ko‘rinishi darajasi sekinlik bilan ortib boradi. Mevaning
qobig‘i (ekzokarpiy) bir oz rangi to‘qlashib, meva eti (mezokarpiy) yumshab, iste’molga
tayyor tovar holatga ega bo‘ladi. Olxo‘ri mevalarini qobig‘i esa turli xil tusga ya’ni navlararo,
och qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir yoki to‘q qo‘ng‘ir rangga kirishi kuzatiladi. Ushbu o‘zgarishlarga asosiy
ta’sir etuvchi omil - bu olxo‘ri navlarining genotipi va yetishtirish hududlariga bog‘liq bo‘ladi.
Olxo‘ri navlari mevalarining pishib yetilish muddatlariga qarab, tovarbopligi,
biokimyoviy tarkibi va organoleptik ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lishi aniqlangan. Ma’lumki,
olxo‘ri navlarining texnik pishib yetilgan mevalarini qisqa muddat davomida saqlash mumkin
bo‘ladi. Ertapishar olxo‘ri navlari, asosan, yangiligicha iste’molga yo‘naltirilib, ko‘p holatlarda
qisqa muddat saqlashga va qayta ishlash uchun ham tavsiya etiladi. Tajribalarimizda
olxo‘rining kechpishar navlarini saqlashga yaroqlilik jihatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar
olib borildi. Bunda asosan olxo‘rining Qora olu, Berton, Vengerka fioletovaya, Vengerka
122
domashnyaya va Superior navlarining mevalari saqlashga joylashtirilib, ularning
saqlanuvchanligi va saqlash jarayonida mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi turli omillar aniqlandi.
Olxo‘ri navlari mevalari texnik bir pishib yetilish darajasiga bog‘liq holda saqlash uchun
yig‘ib olindi. Bunda mevalar sentabr oyining birinchi dekadasida yig‘ib-terib olindi. Ushbu
terib olingan olxo‘ri navlarini turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqqoslandi. Tajribalarimizda
o‘rganilayotgan olxo‘ri navlarning xususiyatini o‘rganishda asosan mevalar yangi uzilgan
vaqtda iste’molga va qayta ishlash uchun yo‘naltirilishi bo‘yicha ham tahlillar olib borildi.
Tajribalarimizda o‘rganilgan kechpishar olxo‘ri navlari mevalari tarkibidagi quruq
modda miqdori va qandlilik darajasi o‘zaro taqqoslanganda quruq modda miqdori Qora olu
navida 15,5%, Berton navida 17,2%, Vengerka fioletovaya navida 16,5%, Vengerka
domashnyaya navida 16,7%, va Superior navida esa 15,6%, tashkil etdi. Ushbu tajribalarda
laboratoriya sharoitida meva tarkibidagi quruq modda miqdorini aniqlashda refraktometr
asbobidan foydalanildi (1-rasmga qarang).
1-rasmda olxo‘ri navlari mevalari tarkibidagi quruq modda miqdorini
refraktometr asbobida aniqlash jarayoni
Qand miqdorining ko‘rsatkichlari esa Qora olu navida 13,8%, Berton navida 16,4%,
Vengerka fioletovaya navida 15,5%, Vengerka domashnyaya navida 15,3%, va Superior
navida esa 14,2%, ko‘rsatkichda bo‘lganligi aniqlandi.
Asosan olxo‘ri navlari mevalarining tarkibidagi qand miqdori ushbu kechpishar
navlardan Qora olu navida 13,8%, va Superior navida esa 14,2% bo‘lib, olxo‘rining boshqa
o‘rganilayotgan navlari mevalariga taqqoslaganimizda ushbu navlar mevalarida bir oz past
ko‘rsatkichda bo‘lganligi kuzatildi.
Saqlashpob olxo‘ri navlarining meva tarkibini saqlashdan oldingi holatini o‘rganish
uchun, asosan mevalar sentabr oyining birinchi dekadasining birinchi yarmida, ya’ni mevalar
texnik pishib yetilish davrida ushbu tajribalar amalga oshirildi.
Olxo‘ri navlari mevalari tarkibidagi qandlilik ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida
xromatografiya uskunasida aniqlandi. Xromatografiyada tahlil qilish vaqtida xromatograf
kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuent bilan birga turli vaqt oralig‘ida
alohida-alohida bo‘lib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezuvchi asbob
detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, ya’ni egri chiziq holida yozib
olinadi (2-rasmga qarang).
123
Olxo‘ri mevalarini saqlashdan olingan sof foyda esa Qora olu navidan 6 mln 544 ming
so‘m, Berton navidan 7 mln 800 ming so‘m, Vengerka fioletovaya navidan 6 mln 860 ming
so‘m, Vengerka domashnyaya navidan 6 mln 918 ming so‘m va Superior navidan ham 6 mln
654 ming so‘m sof foyda olishga erishildi.
Olxo‘ri mevalarini saqlashda rentabellik darajasi olxo‘rining turli navlarini
taqqoslanganda turlicha ko‘rsatkichda bo‘ldi. Bunda Qora olu navida 49,2%, Berton navida
50,9% Vengerka fioletovaya navida 47,9%, Vengerka domashnyaya navida 52,0%, Superior
navida esa 50,0% rentabellikka erishildi.
15,5
17,2
16,5
16,7
13,8
16,4
15,5
8
10
12
14
16
18
20
O L X O ' R I N AV L A R I M E VA L A R I N I S A Q L A S H D A N O L D I N G I Q U R U Q
M O D D A VA Q A N D K O ' R S AT K I C H L A R I
quruq modda miqdori,%
qand miqdori, %
2-rasm. Olxo‘ri navlari mevalari tarkibidagi quruq moddalar va qand miqdori
ko‘rsatkichlari mahsulotlarni saqlashga joylashtirishdan oldingi holati,%.
Bu ko‘rsatkich xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga
yuborilgandan to chiqqungacha bo‘lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy ravishda bir
xil elyuentda belgilab olinadi. Xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri
chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga
olgan holda o‘lchanadi va maxsus usulda hisoblab qayd etib boriladi. Ma’lumki, bunda
mahsulotning sifat nazorati, aniq va ishonchli o‘lchovlar asosida aniqlanadi. Aytish joizki,
xromatografiyadagi yechimlarimiz har bir tahlil natijalarini tezroq va aniqroq olish imkonini
berdi.
Tadqiqotlar davomida saqlashga joylashtirilgan olxo‘ri navlarining mevalari har 20 kun
o‘tgach tarkibidagi quruq modda miqdori va qand miqdorining ko‘rsatkichlari aniqlanib tahlil
etib borildi. Bunda saqlash davomiyligida ma’lum bir tinim davrini o‘tagan olxo‘ri navlari
mevalarida ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori navlararo taqqoslanganda turlicha o‘zgarib
borishi kuzatildi.
Xulosa.
1. Olxo‘ri navlari mevalari 60 kun davomida saqlangandan so‘ng mevalar tarkibidagi
quruq modda miqdori va qandlilik darajasi tahlil etilgan bo‘lib, bunda saqlashga joylashtirish
vaqtidagi ko‘rsatkichlarga taqqoslanganda katta tafovut bo‘lmasada, olxo‘rining turli navlari
124
mevalarida ma’lum bir miqdorda meva tarkibidagi quruq modda va qand miqdorlarining
turlicha o‘zgarganligi aniqlandi. Bunda Qora olu navida 16,5%, Berton navida 18,6%,
Vengerka fioletovaya navida 17,7%, Vengerka domashnyaya navida 16,8%, va Superior
navida esa 16,4%, miqdorda quruq moddalar ko‘rsatkichi o‘zgargan.
2. Olxo‘ri navlari mevalari tovar navlarga ajratilganda nazorat sifatida olxo‘rining Qora
olu navida I-nav tovar mahsulot 73,3%, II-nav tovar mahsulot 8,8%, III-nav tovar mahsulot
4,8%, talabga javob bermaydigan qoldiq mahsulot esa 3,3% ni tashkil etganligi aniqlandi.
Berton I-nav tovar mahsulot 81,1%, II-nav tovar mahsulot 5,8%, III-nav tovar mahsulot 3,4%,
talabga javob bermaydigan qoldiq mahsulot esa 2,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich
Vengerka fioletovaya I-nav tovar mahsulot 79,3%, II-nav tovar mahsulot 6,2%, III-nav tovar
mahsulot 3,7%, talabga javob bermaydigan qoldiq mahsulot esa 2,8% ni tashkil etdi.
3. Olxo‘ri navlari mevalarida eng yuqori tabiiy yo‘qotishlar navlararo taqqoslanib tahlil
etildi. Bunda olxo‘ri navlari mevalarini saqlanuvchanligi va saqlash davomida ma’lum bir
ko‘rsatkichlarida turlicha farqlanishlar kuzatilib, tabiiy kamayishlar miqdori navlararo bir-
biridan farqlanganligi sababli olxo‘ri saqlashda Berton va Vengerka fioletovaya navlari eng
maqbul navlar deb topildi.
References:
1.
"Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo’jaligi vazirligi ҳamda “Denizbank”
ҳamkorligida tayyorlangan “100 ta kitobdan” iborat to’plami.
2.
Bo’riyev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va
navshunosligidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.
3.
Xudayberdiyeva L.A. “Olxo’ri navlarini zamonaviy-an’anaviy usullarda saqlash va tashish
texnologiyasi”. Toshkent: “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal., 2023.
4.
Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Studying the process of
phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of
Namangan region”. E3S Web of Conferences
486
, 02012 (2024)
AGRITECH-IX 2023.
5.
Xudayberdiyeva L.A., Xo‘janazarova M.Q. “Olxo‘rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish
hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”. «Eurasian Journal of Academic
Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). – Evroosiyo akademik tadqiqotlar jurnali.
2023.
6.
Xudayberdiyeva L.A. “Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida
yetishtirilgan olxo‘rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat
ko‘rsatkichlarini o‘rganish”. “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal.
“Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion texnologiyalar
asosidagi yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. – Toshkent. 2023.
7.
Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Исследование
промышленных сортов слив и совершенствование технологий хранения и сушки”.
“UNIVERSUM:ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ” xalqaro ilm-fan jurnali. – Moskva, 2023.
8.
Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., “Olxo'ri (g’ayloli) navlari va ularni qayta ishlash
usullari”. Лучшие интеллектуалные исследования”.
международный научный
электронный журнал част-12 том-2.январ – 2024.
9.
Our preservative can prolong shelf-life of plums by 1.5-3 times." Manager Li.Shandong
125
Aoweite Biotechnology Co., Ltd.
10.
Sagi- Kiss Virag, Sim S.Fong and Richard G. Brereton,“Prediction of Moldy Spoilage of
Fruits”
11.
Sangeeta Dwivedi, Palash Prajapati, Narendra Vyas, Sapna Malviya, Anil Kharia,(2017).
“A Review on Food Preservation: Methods, harmful effects and better alternatives”. Asian
Journal of Pharmacy and Pharmacology
12.
Preservation Techniques of Plums – A Review, M. R. Sharmin, M. N. Islam and M. A. Alim,
(2015)
