Авторы

  • Xilola Abdullayeva
    Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.63379

Ключевые слова:

imkoniyati cheklangan bolalar nomoddiy madaniy meros psixologik yordam ijtimoiylashuv jamiyatga integratsiya.

Аннотация

Ushbu maqola kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun nomoddiy madaniy merosdan foydalanishning psixologik yordamdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan boʻlib, unda nomoddiy madaniy meros elementlari (musiqa, ertaklar, raqslar) bolalarning ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishda qanday rol o‘ynashi haqida yozilgan.


background image

57

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA

PSIXOLOGIK YORDAM BERISHDA NOMODDIY MADANIY MEROSDAN

FOYDALANISH

Abdullayeva Xilola Urazaliyevna

Mustaqil tadqiqotchi

a_khilola@bk.ru

Tel.: +998908065747

https://doi.org/10.5281/zenodo.14724798

Annotatsiya.

Ushbu maqola kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar

uchun nomoddiy madaniy merosdan foydalanishning psixologik yordamdagi ahamiyatiga
bag‘ishlangan boʻlib, unda nomoddiy madaniy meros elementlari (musiqa, ertaklar, raqslar)
bolalarning ruhiy barqarorligi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishda qanday rol o‘ynashi haqida
yozilgan.

Kalit so‘zlar:

imkoniyati cheklangan bolalar, nomoddiy madaniy meros, psixologik

yordam, ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya.

USING INTANGIBLE CULTURAL HERITAGE IN PROVIDING PSYCHOLOGICAL

SUPPORT TO PRIMARY SCHOOL-AGED CHILDREN WITH DISABILITIES

Abstract.

This article is dedicated to the significance of using intangible cultural heritage

in providing psychological support to primary school-aged children with disabilities, focusing
on the role of intangible cultural heritage elements (music, fairy tales, dances) in developing
the psychological resilience and social activity of children.

Keywords.

Children with disabilities, intangible cultural heritage, psychological support,

socialization, integration into society.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НЕМАТЕРИАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ В

ОКАЗАНИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОМОЩИ ДЕТЯМ МЛАДШЕГО

ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ

Аннотация.

Данная статья посвящена значению использования нематериального

культурного наследия в психологической поддержке детей младшего школьного
возраста с ограниченными возможностями, где рассматривается роль элементов
нематериального культурного наследия (музыка, сказки, танцы) в развитии
психологической устойчивости и социальной активности детей.

Ключевые слова.

Дети с ограниченными возможностями, нематериальное

культурное наследие, психологическая помощь, социализация, интеграция в общество.


Kirish.

Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga samarali qo‘shish, ularning psixologik

holatini mustahkamlash hamda ijtimoiylashuviga yordam berish bugungi kunda muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda nomoddiy madaniy meros vositalari samarali
yordam beradi. Xalq an’analari, folklor va ijodiy tadbirlar bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini
oshirib, ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari
bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning
huquqlarini himoya qilish masalalariga katta e’tibor qaratilishi bilan ahamiyatlidir. U oʻz


background image

58

nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun
maxsus dasturlar va shart-sharoitlar yaratish haqida so‘z yuritdi. Bunda alohida ehtiyojga ega
bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimini kengaytirish; bunday shaxslarni san’at, sport, kasbiy
ta’lim va boshqa sohalarda rivojlantirishga ko‘maklashish; imkoniyati cheklangan shaxslarning
mehnat bozori talablariga mos keladigan kasblarni egallashi uchun imkoniyatlar yaratish
masalalari taʼkidlandi.

Insonning psixologik rivojlanishi hayotning har bir bosqichida turli xil o‘zgarishlarni o‘z

ichiga oladi. Kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar rivojlanishida turli xil
psixologik o‘zgarishlar kuzatilib, ular jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy jihatlardan sogʻlom
bolalardan farq qiladi. Avvalambor, ularda hissiy barqarorlikning pastligi kuzatiladi. Bolalar
tez-tez stress, qo‘rquv va xavotirni boshdan kechiradi. O‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi
yaqqol namoyon boʻladi. Hayotga yoki biror narsaga motivatsiya va qiziqishning sustligi
seziladi. Ayniqsa, ta’lim jarayoniga bo‘lgan motivatsiya past bo‘lishi mumkin. Shu tifayli yangi
bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari aqliy
cheklovlar bolalarning o‘rganish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy
imkoniyatlarining cheklanganligi esa ularning atrof-muhit bilan samarali muloqot qilishini
qiyinlashtiradi. Bu yoshda imkoniyati cheklangan bolalar hatto oʻz hissiyotlarini tushunish va
ifoda etish qobiliyatining sustligidan aziyat chekadi. Atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga
moslashishda sekinlik kuzatiladi.

Bu psixologik oʻzgarishlar imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida

turli xil muammolarni yuzaga chiqaradi. Bu muammolar darajasi asosan ularning jismoniy va
psixologik holati, shuningdek, jamiyatdagi qabul qilish darajasiga bog‘liq. Boshqa bolalar bilan
teng muloqot qilish qobiliyatining pastligi, o‘z qobiliyatlariga mos kelmaydigan muhitda
o‘zlarini cheklangan his qilish, jamoaviy mashg‘ulotlar yoki o‘yinlarda ishtirok etishda
qiyinchilik, yetakchilik qilish yoki jamoada rol o‘ynash qobiliyatining pastligi, ko‘pincha boshqa
bolalar tomonidan to‘liq qabul qilinmaslik holatlari ularda izolyatsiya hissini kuchaytiradi va
ijtimoiy rivojlanishni cheklaydi. Mustaqillikning past darajasi qiyin vaziyatlarda qaror qabul
qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hayotiy ko‘nikmalarning sust rivojlanishi sababli
doimiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezishadi. Kichik maktab yoshidagi imkoniyati cheklangan
bolalar rivojlanishida psixologik va ijtimoiy qiyinchiliklar ularning hayot sifatiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun:

Har bir bolaning ehtiyojlariga mos tarzda yondashish va ta’lim dasturlarini

shaxsiylashtirish;

Oila, jamiyat va ta’lim tizimining bolalarga ko‘proq e’tibor qaratishini taʼminlash;
Nomoddiy madaniy meros elementlaridan: xalq ertaklari, milliy qo‘shiqlar va madaniy

mashg‘ulotlar orqali ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishini rag‘batlantirish zarur.

Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda psixologik yordam ularning shaxsiy

rivojlanishi va ijtimoiy moslashuviga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu jarayonda nomoddiy madaniy
meros elementlaridan foydalanish bolalarning ruhiy va hissiy holatini yaxshilashga xizmat
qiladi. Milliy musiqalar, xalq ertaklari, raqslar va urf-odatlar orqali bolalar o‘z milliy ildizlarini
anglab, jamiyatning faol a’zolariga aylanishlari mumkin.

Nomoddiy madaniy meros bu xalqning madaniy boyligi, jumladan, milliy qo‘shiqlar,

raqslar, hunarmandchilik, ertaklar va an’analar demakdir. Bu elementlar imkoniyati
cheklangan bolalarning ruhiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Maʼlumki, milliy


background image

59

qo‘shiq va kuylar bolalarni tinchlantiradi, ularda ichki barqarorlik hissini uyg‘otadi. Xalq
ertaklari va hikoyalar esa bolalarda hissiyotlarni anglash va ifoda etish qobiliyatini,
fantaziyasini rivojlantiradi. Jamoaviy raqs va o‘yinlar bolalarning birgalikda ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirsa, madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali bolalar o‘zlariga bo‘lgan
hurmat va ishonchni oshiradi.

Madaniy tadbirlar va guruhli mashg‘ulotlar imkoniyati cheklangan bolalarning empatiya,

hamkorlik va ijtimoiy faollik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vositadir. Masalan:

-

An’anaviy xalq o‘yinlari bolalarning emotsional holatini yaxshilashda faol rol o‘ynaydi.

O‘yin jarayonida bolalar bir-birlari bilan muloqot qilishni o‘rganadilar, bu ularning ijtimoiy
aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi.

-

Folklor qo‘shiqlari va rivoyatlari bolalarning hissiy tajribasini boyitish va ularning

dunyoqarashini kengaytirish uchun qo‘llaniladi. Ular orqali bolalar axloqiy qadriyatlar bilan
tanishadilar.

-

Interaktiv mashg‘ulotlardan qo‘l mehnati, hunarmandchilik yoki teatr sahnalarida

ishtirok etish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirib, o‘z-o‘zlariga bo‘lgan ishonchni
oshiradi.

Madaniy tadbirlarning yana bir afzalligi shundaki, ular orqali bolalar jamoada o‘zlarining

o‘rnini his qiladilar. Bu o‘z navbatida ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirib, jamiyat
bilan bog‘liqlik hissini kuchaytiradi.

Imkoniyati cheklangan bolalar ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan kam deb his qiladilar.

Nomoddiy madaniy merosga asoslangan mashg‘ulotlar ularning o‘z kuchlarini qayta kashf
qilishlari uchun platforma yaratadi:

-

Mashg‘ulot davomida bolalarning erishgan yutuqlari maqtalsa, ularning o‘z kuchlariga

ishonchi oshadi. Masalan, hunarmandchilik buyumlari yaratishdagi sa’y-harakatlari uchun ular
rag‘batlantirilishi mumkin.

-

Teatr sahnalarida o‘zini namoyon qilish bolalarga ijtimoiy rollarni o‘rganish va o‘z

qobiliyatlarini namoyish etish imkonini beradi. Masalan, xalq qahramonlari rollarini ijro etish
ularda g‘urur va mas’uliyat hissini oshiradi.

-

Guruhli mashg‘ulotlar bolalarga jamoaviy ishlashni o‘rgatadi va o‘zlarini boshqalar bilan

teng his qilishga yordam beradi.

Nomoddiy madaniy meros elementlari imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun davo.

Biroq har bir bolaning imkoniyatlari turlicha bo‘lgani uchun, ular uchun qaysi elementlar
foydali ekanini aniqlash kerak, buning uchun individual yondashuv zarur. Ammo, umumiy bir
nechta yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Musiqa terapiyasi: maqom, kuylar, dutor, tanbur kabi milliy cholg‘u asboblarida ijro

etiladigan musiqa bolalarning emotsional holatini yaxshilaydi, stressni kamaytiradi va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bolalar uchun maxsus yozilgan yoki xalq og‘zaki ijodidan olingan
qo‘shiqlarni xorda yoki yakka holda ijro etish bolalarning o‘zlarini ifoda etish imkonini beradi.

2. Raqs terapiyasi: lazgi, farg‘ona, andijon raqslari kabi milliy raqslar bolalarning jismoniy

rivojlanishiga yordam beradi, muvozanatni saqlash ko’nikmasini shakllantiradi va
koordinatsiyani yaxshilaydi. Musiqa ostida erkin harakatlanib, improvizatsiya qilish
bolalarning ijodiy fikrlashini va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

3. Ertaklar va afsona terapiyasi: xalq ertaklari bolalarning tasavvurini rivojlantiradi,

axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi va murakkab hayotiy vaziyatlarda qanday yo‘l tutish


background image

60

kerakligini o‘rgatadi. Milliy qahramonlar haqidagi afsona va rivoyatlar bolalarda
vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otadi va ularga o‘rnak bo‘ladi.

4. Hunarmandchilik va amaliy san’at: so’zana, kashtachilik, bezakchilik – bu kabi

hunarmandchilik turlari bolalarning mayda motorikasini rivojlantiradi, diqqatni jamlashga
yordam beradi va estetik didiga ta’sir qiladi. Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi kabi ishlar
bolalarning fazoviy tafakkurini rivojlantiradi va ularda mehnatga bo‘lgan muhabbat uyg‘otadi.

5. Tabiat bilan muloqot: tabiat qo‘ynida bo‘lish bolalarning stressni kamaytirishi, ruhiy

holatini yaxshilashi va immunitetini mustahkamlashi isbotlangan. O‘simliklar va hayvonot
olami haqidagi xalq bilimlari bolalarning tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshiradi va ekologiyaviy
ongni shakllantiradi.

Qaysi elementlar aniq bir bolaga foydali ekanini aniqlash uchun bolaning yoshi va ruhiy

rivojlanish darajasi; bolaning qiziqishlari va qobiliyatlari; imkoniyatlarining cheklangan turi;
psixologning tavsiyasi kabi omillarni hisobga olish kerak. Muhim jihati shundaki, nomoddiy
madaniy meros elementlarini bolalar bilan ishlashda ularning individual xususiyatlarini
hisobga olish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Maqsadimiz bolalarda
o‘zgacha qobiliyatlarni rivojlantirish, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamiyatga
moslashishiga yordam berish.

Nomoddiy madaniy merosga asoslangan terapiya (NMMT) alohida yondashuvga ega

bo‘lib, boshqa terapevtik usullar bilan qiyoslanganda quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

-

Terapiyaning asosi milliy va mahalliy madaniyatning xalq qo‘shiqlari, ertaklari, raqslari,

urf-odatlari kabi elementlariga tayanadi. Ushbu elementlar orqali hissiy va psixologik
barqarorlikka erishish maqsad qilingan.

-

Davolash jarayonida milliy qadriyatlar orqali shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya

mustahkamlanadi. Terapiya ishtirokchilari o‘zlarini millatning ajralmas qismi sifatida his
qilishadi.

-

Xalq musiqasi, qo‘shiqlar, raqslar, hunarmandchilik kabi ijodiy faoliyatlar terapiya

jarayonining asosini tashkil qiladi. San’at orqali ichki hissiyotlarni ifoda etish va ruhiy
barqarorlikka erishish maqsad qilinadi.

-

Ko‘pincha jamoaviy faoliyatlar, masalan, raqs jamoalari yoki folklor ijrosi orqali

ijtimoiylashuv va jamoa bilan integratsiya rivojlanadi.

-

Terapiyaning asosiy maqsadi shaxsni jamiyatga integratsiya qilish va uning ijtimoiy

o‘rnini mustahkamlashdir. Ushbu yondashuv jamiyat bilan muloqotni kuchaytiradi.

-

Madaniy meros elementlari shaxsning ehtiyojlariga moslashtiriladi. Masalan, bola uchun

ertaklar, o‘smirlar uchun raqslar va kattalar uchun xalq musiqalari ishlatiladi.

-

Milliy meros va qadriyatlar orqali shaxsning hissiy barqarorligi va ichki uyg‘unligi

mustahkamlanadi. Bu yondashuv etnoterapiya tamoyillariga yaqin.

Nomoddiy madaniy merosga asoslangan terapiya boshqa terapiya turlaridan o‘zining

milliy qadriyatlarga asoslanganligi, ijtimoiy integratsiyaga yo‘naltirilganligi va estetik
elementlarni qo‘llashi bilan farq qiladi. Bu yondashuv, ayniqsa, alohida ehtiyojli shaxslarning
rivojlanishida samarali bo‘lib, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan bolalarga psixologik yordam

ko‘rsatishda nomoddiy madaniy merosdan foydalanish samarali va innovatsion yondashuvdir.
Milliy musiqalar, xalq ertaklari, raqslar va boshqa madaniy elementlar bolalarning ruhiy
barqarorligi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu


background image

61

yondashuv bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, jamoaviy ishlash
qobiliyatlarini oshiradi va ularni jamiyatning faol a’zolariga aylanishlariga yordam beradi.
Nomoddiy madaniy meros elementlaridan foydalanish orqali bolalarda tasavvur, ijodkorlik,
hamkorlik va empatiya kabi muhim fazilatlarni rivojlantirish mumkin. Shuningdek, bu usul
alohida ehtiyojli bolalarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilish va ularning hayot sifatini
oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar ishlab
chiqish, ota-onalar va pedagoglarni bu sohada tayyorlash va madaniy tadbirlarni keng targ‘ib
qilish zarur. Nomoddiy madaniy merosni psixologik yordamning asosiy qismiga aylantirish
bolalar bilan ishlash jarayonini yanada samarali va mazmunli qiladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 22-fevral kuni BMT

Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi.
2.

Vohidov M. Bolalar psixologiyasi. T.: 1974

3.

Rakhimov R. Madaniy meros va ijtimoiylashuv jarayonlari. T.:2018.

4.

Hasanov B. Imkoniyati cheklangan bolalar va ijtimoiy integratsiya. T.: 2019.

5.

Yusupova M. Nomoddiy madaniyat va uning bolalar rivojiga taʼsiri. Samarqand: 2021.

6.

Abduraximova D. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishining o‘ziga xos

xususiyatlari. Andijon: 2024

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 22-fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi.

Vohidov M. Bolalar psixologiyasi. T.: 1974

Rakhimov R. Madaniy meros va ijtimoiylashuv jarayonlari. T.:2018.

Hasanov B. Imkoniyati cheklangan bolalar va ijtimoiy integratsiya. T.: 2019.

Yusupova M. Nomoddiy madaniyat va uning bolalar rivojiga taʼsiri. Samarqand: 2021.

Abduraximova D. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Andijon: 2024