53
DUKKAKLI MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH TENDENTSIYALARI
Qudratov Alisher Alijanovich
Guliston Davlat Universiteti, o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14724750
Annotatsiya:
Mamlakatimizda dukkakli mahsulotlar almashlab ekish uchun asosiy
o’simliklar hisoblanadi. Jumladan, mosh asosan dehqonlar tomonidan etishtirilib, almashlab
ekish uchun asosiy hisoblanadi. Bu mahsulot yuqori bozor qiymatiga ega bo’lib, tuproq namligi
kam bo’lsa ham oson o’sadi. Shuningdek, minimal mehnat sarfi bilan o’stirilishi mumkin bo’lgan
hayvonlar uchun ozuqa varianti ham hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
don va dukkakli ekinlar , iste’mol ratsionini, yumshoq bug’doy, duragay,
xosildorlik, gumos, o‘g’it takroriy ekin.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. Jumladan, dukkakli
mahsulotlarni etishtirish hajmi ham oshib bormoqda. Mamlakatimizda 2020 yilda 401612
tonna dukkakli don ekinlari etishtirilgan bo’lsada, 2022 yilga kelib etishtirilgan dukkakli
mahsulotlar hajmi 469483 tonnani tashkil etgan. Bu ko’rsatkich 2023 yilda 2020 yilga nisbatan
16,9 foizga oshgan (2.6-jadval).
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2020-2023 yillarda Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan
tashqari qolgan barcha hududlarda dukkakli don ekinlarini etishtirish hajmi oshganligini
ko’rishimiz mumkin. Ushbu davrlarda dukkakli don ekinlarini etishtirish hajmi Sirdaryo
viloyatida 37,5 foizga, Samarqand viloyatida esa 14,5 foizga kamaygan. Dukkakli don ekinlarini
etishtirish hajmi ayniqsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Buxoro viloyatida keskin oshgan.
Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasida 2020 yilda 8139 tonna dukkakli don ekinlari
etishtirilgan bo’lsa, 2023 yilga kelib bu ko’rsatkich 2020 yilga nisbatan 3,1 martaga oshib,
35027 tonnani tashkil etgan. Buxoro viloyatida ham ushbu davrlarda dukkakli don ekinlarini
etishtirish hajmi 3,0 martaga oshganini ko’rishimiz mumkin.
2.6-jadval
Mamlakatimizda etishtirilgan dukkakli don ekinlari dinamikasi, tonna
1
Viloyatlar nomi
Yillar
2023 y.ni
2020 y.ga
nisbati, %
2020
2021
2022
2023
Respublika bo’yicha
jami
401612
439835
469483
511400
127,3
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
8139
14845
25073
35027
3,1 marta
Andijon
27134
25996
29623
28531
105,1
Buxoro
8708
18769
18178
25345
3,0 marta
Jizzax
46614
48496
50086
54402
116,7
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат статистика агентлигининг маълумотлари асосида
ҳисоб-китоб қилинган.
54
Qashqadaryo
11445
11997
10659
12519
109,3
Navoiy
7225
8609
8914
8911
123,3
Namangan
50089
65097
69741
86124
171,9
Samarqand
112549
105376
91161
96209
85,5
Surxondaryo
25440
29811
31261
36711
144,3
Sirdaryo
43287
40100
52549
27064
62,5
Toshkent
15998
20651
25352
25320
158,2
Farg’ona
41182
43355
52323
70114
170,2
Xorazm
3802
6733
4563
5123
134,7
Shuningdek, monografik tadqiqot sifatida o’rganilgan Sirdaryo viloyatida ham dukkakli
don ekinlarini etishtirish hajmi oshgan. Jumladan, viloyatda 2020 yilda 43287 tonna, 2021 yilda
40100 tonna, 2022 yilda 52549 tonna, dukkakli don ekinlari etishtirilgan. Bu ko’rsatkich 2023
yilda 2020 yilga nisbatan 37,5 foizga tushib ketgan, 27064 tonnani tashkil etgan. Bundan
ko’rinib turibdiki, viloyatda 2023 yil yog’ingarchilik kuz oyida yuqori bo’lganligi va dala
maydonlarini sug’orishda suv muammosi hisobiga dukkakli don ekinlarini etishtirish va hosilni
yig’ib olishda hosilni keskin kamayib ketishi kuzatilgan.
Mamlakatimizda etishtirilgan dukkakli mahsulotlarning orasida no’xat, mosh va loviya
yuqori o’rinni egallaydi. Ayniqsa, mosh etishtirish katta ahamiyatga ega. Jumladan,
mamlakatimizda 2022 yilda 332443 tonna mosh etishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilga
nisbatan 22,6 foizga oshgan. 2020 yilda etishtirilgan mosh hajmi 286007 tonnani tashkil etib,
bu ko’rsatkich jami dukkakli mahsulotlarning 71,2 foizini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich 2021
yilda 69,4 foiz va 2022 yilda 70,8 foizga teng (2.7-jadval).
2.7-jadval
Mamlakatimizda etishtirilgan dukkakli mahsulotlarning hajmi, tonna
2
Mahsulotlar nomi
Yillar
2023 y.ni
2020 y.ga
nisbati, %
2020
2021
2022
2023
Jami dukkakli mahsulotlar
401612
439835
469483
511400
127,3
sh.j.: no’xat
32933
34287
40368
36300
110,2
jamiga nisbatan, %
8,2
7,8
8,6
7,0
-
Mosh
286007
305468
332443
360409
126,0
jamiga nisbatan, %
71,2
69,4
70,8
70,4
-
Loviya
77269
73688
79561
93500
121,0
jamiga nisbatan, %
19,3
16,8
16,9
18,2
-
boshqa dukkakli don ekinlari
5403
26392
17110
21191
4 marta
jamiga nisbatan, %
1,3
6,0
3,7
4,1
-
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, dukkakli mahsulotlarni etishtirish hajmida moshdan keyin
loviya yuqori o’rinda turadi. Jumladan mamlakatimizda 2020 yilda 77269 tonna, 2021 yilda
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат статистика агентлигининг маълумотлари асосида
ҳисоб-китоб қилинган.
55
73688 tonna va 2022 yilda esa 79561 tonna va 2023 yilda 93500 tonna loviya etishtirilgan. Bu
ko’rstakich 2023 yilda 2020 yilga nisbatan 121,0 foizga oshganligini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu ko’rsatkichlar jami dukkakli mahsulotlarga nisbatan olganda, mos ravishda 19,3, 16,8 va
16,9 foizni tashkil etadi.
Oxirgi yillarda dukkakli mahsulotlar ichida no’xat etishtirish hajmi oshib bormoqda.
Jumladan, mamlakatimizda 2020 yilda 32933 tonna no’xat etishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich
2023 yilda 2020 yilga nisbatan 10,2 foziga oshib, 36300 tonnani tashkil etgan. 2020 yilda
etishtirilgan no’xat hajmi jami dukkakli mahsulotlarning 8,2 foizini tashkil etadi. Shuningdek,
bu ko’rsatkich 2021 yilda 7,8 foizni, 2022 yilda esa 8,6 foizni va 2023 yilda 7,0 foizni tashkil
etmoqda.
Shu bilan birga, no’xat, mosh va loviyadan tashqari mamlakatimizda 2020 yilda 5403
tonna boshqa dukkakli mahsulotlar etishtirilgan. Bu ko’rsatkich 2023 yilda 21191 tonnani
tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 4 martaga oshgan. Etishtirilgan boshqa dukkakli
mahsulotlarning ulushi jami dukkakli mahsulotlarga nisbatan 2020 yilda 1,3 foiz, 2021 yilda
6,0 foizni va 2022 yilda 3,7 foizni va 2023 yilda 4,1 foizni tashkil etadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, mamlakatimizda dehqonlarda boshqa dukkakli mahsulotlarni etishtirish bo’yicha
tajriba ortib bormoqda.
Dukkakli mahsulotlar orasida mosh alohida ahamiyatga ega bo’lganligi bois, 2020-2023
yillarda mamlakatimizda mosh etishtirish hajmi ortib bormoqda. Ayniqsa, bu ko’rsatkich
Qoraqalpog’iston Respublikasida 3,7 martaga, Buxoro viloyatida esa 3,0 marta, Qashqadaryo
viloyatda 2,9 martnii tashkil etgan. Lekin, shu davrlarda Sirdryo viloyatida mosh etishtirish
42,5 foizga, Samarqand viloyatida esa 19,0 foizga kamaygan. Bundan ko’rinib turibdiki, oxirgi
yilda mamlakatimizda mosh etishtirish hajmi Sirdryo viloyatida keskin pasaygan. Qolgan
hududlarda shu davrlarda mosh etishtirish hajmi turli darajada o’sish ko’rsatkichiga erishilgan
(2.8-jadval).
2.8-jadval
Mamlakatimizda etishtirilgan mosh hajmi, tonna
3
Viloyatlar nomi
Yillar
2023 y.ni
2020 y.ga
nisbati, %
2020
2021
2022
2023
Respublika bo’yicha
jami
286007
305468
332443
360409
126,0
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
6353
11781
20877
23940
3,7 mart
Andijon
20871
18470
20412
22645
108,4
Buxoro
4253
13235
10593
12779
3 marta
Jizzax
36365
38165
38738
51953
142,8
Qashqadaryo
2842
5211
4603
6250
2,9 marta
Navoiy
4322
5443
6438
7089
164,0
Namangan
32794
32185
50732
62100
189,3
Samarqand
69684
71252
47569
56456
81,0
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат статистика агентлигининг маълумотлари асосида
ҳисоб-китоб қилинган.
56
Surxondaryo
22733
26002
26519
27613
121,4
Sirdaryo
41640
36326
44747
23976
57,5
Toshkent
9504
10114
18416
19251
2,5 marta
Farg’ona
31343
31051
39112
41147
131,2
Xorazm
3303
6233
3686
5210
157,7
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mosh etishtirish hajmi Qoraqalpog’iston Respublikasi va
Buxoro viloyatidan keyin Qashqadaryo, Namangan, Toshkent va Navoiy viloyatlarida yuqori
o’sish tendentsiyasiga erishilgan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2020 yilda 2842 tonna
mosh etishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2023 yilda 2020 yilga nisbatan 2,9 marta oshib, 6250
tonnani tashkil etganini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, Namangan viloyatida 2023 yilda
2020 yilga nisbatan 89,3 foiz ko’p, ya’ni 62100 tonna mosh etishtirilgan. Navoiy viloyatida esa,
mosh etishtirish hajmi 2023 yilda 2020 yilga nisbatan 64,0 foizga oshgan. Sirdaryo viloyatida
2020 yilda 41640 tonna, 2021 yilda 36326 tonna va 2022 yilda 44747 tonna mosh etishtirilgan.
Bu ko’rsatkich 2023 yilda 2020 yilga nisbatan 42,5 foizga tushib ketganini ko’rishimiz mumkin.
References:
1.
Zotikov V.I. Nauchnoe obespechenie proizvodstva zernobobovo’x i krupyano’x kultur v
RF: sostoyanie i perspektivo’ G’G’ Zernobobovo’e i krupyano’e kulturo’. - 2013. - № 2 (6). - S.
11-18.; 44-47.
2.
Mazloev
V.Z.
Otsenka
vozmojnostey
subsidirovaniya
otechestvenno’x
selxoztovaroproizvoditeley v usloviyax chlenstva Rossii v VTO G’G’ Ekonomika
selskoxozyaystvenno’x i pererabato’vayuhix predpriyatiy. - 2012. - №7. - S.30-33.
3.
To’raev A. Kuzgi bug’doy va takroriy ekinlar. – “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnali, 2001.
- 6-son. – B. 40 b.
4.
Ergashev N. Takroriy ekilgan moshning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi. - “AGRO ILM”
jurnali, 2017. - 5-son. – B. 34.
5.
Xoliqov B., Iminov A. G’alladan bo’shagan maydonlarda mosh etishtirish. - “O’zbekiston
qishloq xo’jaligi” j, 2016. - 6-son. – B. 6.
6.
Arjhel Domingo.
Mung bean production as a source of livelihood among farmers in a
municipality in the Philippines: Challenges and opportunities.
Asian Journal of Agriculture
and Rural Development, 13(2) 2023: 130-137.
7.
Qudratov A.A. Sug’oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning iqtisodiy ko’rsatkichlari
G’G’ “Xorazm ma’mun akademiyasi” jurnali. – Xiva, 2023. - № 10G’1(107). - B. 120–123.