Авторы

  • Bibioliya Saidboboyeva
    Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.63840

Аннотация

Genderga oid audit o‘tkazish tushunchasi va uning huquqiy asoslariga bugungi kunda ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida gender tengligiga erishish hamda uni jamiyatda ta’minlash kun tartibiga qo‘yilayotgan asosiy maqsadlardan biriga aylanib borayotganligini ko‘rish mumkin.


background image

97

GENDERGA OID AUDIT O‘TKAZISH METODOLOGIYASI

Bibioliya Axmadjonovna Saidboboyeva

Toshkent davlat yuridik universitetining

Xalqaro huquq va inson huquqlari yo‘nalishi magistranti

bsaidbabaeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14752309

Kirish

Genderga oid audit o‘tkazish tushunchasi va uning huquqiy asoslariga bugungi kunda

ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida gender tengligiga erishish hamda uni jamiyatda
ta’minlash kun tartibiga qo‘yilayotgan asosiy maqsadlardan biriga aylanib borayotganligini
ko‘rish mumkin.

Jumladan, mamlakatimizda so‘nngi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga

singdirish bilan bog‘liq islohotlar diqqatga sazovor hisoblanadi. Jumladan, oxirgi o‘n yillik
ichida, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va
jamiyat boshqaruvida rolini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni,
Prezidentning 9 ta Farmon va qarori, hukumatning 18 ta qarori qabul qilindi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori bilan “2030-yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq
etilmoqda.

1

Butun dunyo bo‘ylab barcha sohalarda gender tenglikka erishish yuzasidan chora

tadbirlar, qarashlar va ilg‘or tajribalar genderga oid kompleks yondashuv (gender
mainstreaming) sifatida shakllantirilib, aksariyat mamlakatlarning gender tenglikka erishish
borasidagi siyosatlari ham aynan ushbu kompleks yondashuv asosida yuritilmoqda. Genderga
doir kompleks yondashuv -xalqaro darajda tenglikka erishish strategiyasi hisoblanib, u o‘z
tarkibiga ayollar va erkaklar uchun tenglikni ta’minlash, kamsitishning har qanday shakllarini
bartaraf etish bo‘yicha siyosat, tartibga solish choralari va harajatlar dasturlarini tayyorlash,
ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashga oid gender nuqtai nazari
bo‘yicha integratsiyalashuvni o‘z ichiga oladi.

Genderga doir kompleks yondashuvni amalga oshirish shartlari amalga oshirish rejasi,

bevosita ishtirok etuvchi tuzilmalar, moliyaviy resurslar, javobgarlik mexanizmlari, bilimli va
salohiyatli kadrlar, gender ekspertiza, manfaatdor tomonlarning ishtirokidan iborat.

Genderga oid audit-genderga doir kompleks yondashuvning asosiy usul va vositalaridan

biri hisoblanadi. Genderga oid audit-gender jihatlarini inobatga olgan holda byudjetlashtirish
va mablag‘larni yo‘naltirishdan so‘ng ajratilgan mablag‘larning gender tamoyilini ta’minlash
bo‘yicha mavjud qonun va qonunosti hujjatlariga qay darajada to‘g‘ri yo‘naltirilganligini
o‘rganib chiqish mavjud hisobotlarni va moliyaviy holatni emas, balki tashkilotning
boshqaruv jarayoni va mehnat munosabatlarida gender tenglik normalariga amal qilishini
o‘rganadi va tavsiyalar beradi.

Genderga oid audit bu ish beruvchi va ishchilar o‘rtasidagi faol ish jarayoni bo‘lib,

genderga oid auditda ushbu tizim tashkilotlarining ish faoliyatida gender tamoyillari amalda
qay darajada qo‘llanilayotganligini aniqlash bo‘yicha ko‘mak beradi. Umumiy qilib aytganda,
genderga oid audit korxona va tashkilotlarning siyosatida, dasturlarida, tashkiliy

1

“2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining tasdiqlash haqida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-297-IV-sonli qarori. 28-may 2021-yil.


background image

98

tuzilmalarida va qaror qabul qilish jarayonida, moliyalashtirishda gender tengligi tamoyillari
ta’minlanayotganligiga ahamiyat beriladi.

Gender audit o‘tkazilishidan asosiy maqsad: tashkilotlarda gender yondashuvining

qanchalik samarali ekanini, shuningdek ularni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlovchi,
tizimning turli yo‘nalishlarida moslashuvchanligini, gender tengligi yuzasidan nisbiy
o‘zgarishlarni tahli etadi, baholaydi, sohadagi gender tengligini joriy qilishga to‘siq hamda
muammolarni aniqlaydi, aniqlangan muammolar yuzasidan aniq takliflar berib, samarali
bo‘lgan yangi strategiyalar taqdim etadi, gender tengligiga erishish bo‘yicha ijobiy tajribalarni
umumlashtiradi.

Bugungi kunda genderga oid auditni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar, asosan, ikki

yondashuvdan foydalanadilar: hamkorlikdagi gender audit- (PGA) va gender integratsiya
mezonlari (gender integration framework-GIF) va mazkur yondashuvlar bir-biridan
farqlanadilar.

Genderga oid auditni birinchilardan bo‘lib o‘tkazgan tashkilotlardan biri bu Xalqaro

Mehnat Tashkiloti bo‘lib, hamkorlikdagi gender auditi (PGA) metodologiyasidan foydalangan
holda tahlilni amalga oshiradi. Ushbu auditning maqsadi gender tengligini joriy etishga
qaratilgan tashkiliy ta’limni rivojlantirishdan iborat.

Hamkorlikdagi genderga oid audit yordamida tashkilot o‘z muassasalarida, mehnat

jarayonida, o‘z siyosati, kadrlar siyosati, taqdim etayotgan loyiha va xizmatlarida genderga
doir kompleks yondashuv talablari qay darajada bajarilganligini baholaydi.

Ikkinchi yondashuv- 1999-yilda AQSHdagi eng yirik nodavlat tashkilotlar birlashmasi

bo‘lgan InterAction tomonidan ishlab chiqilgan.

2

Genderga oid audit o‘z navbatida ikki qismdan iborat hisoblanadi, ular ichki va tashqi

qism bo‘lib, ichki auditda asosan, tashkilotning tashkiliy, boshqaruv tuzilmasi va ichki faoliyati
doirasida gender tengligi tamoyillarining qanchalik ta’minlayotganligini baholashni bildirsa,
tashqi auditda esa, tashkilot faoliyatining mazmuni, amalga oshirish va baholash nuqtai
nazaridan o‘z siyosati, dasturlari, loyihalari va xizmatlariga gender masalasini qanchalik
muhim yo‘nalish sifatida kiritishini baholashni nazarda tutadi.

Xulosa qilib aytganda, genderga oid audit mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash

bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning ajralmas qismi hisoblanadi.

Genderga oid audit natijalari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanuvchi ochiqlik va
shaffoflik tamoyili asosida e’lon qilinishi lozim. Xalqaro maydonda ham mazkur tajriba keng
qo‘llaniladi va har bir davlat organi va tashkilot faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan genderga oid
audit natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining rasmiy veb-
saytiga joylashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘z navbatida milliy qonunchiligimizga genderga oid audit tushunchasining kiritilishi,

uni o‘tkazish tartibi, auditni o‘tkazuvchi organ va nazorat qilish shaklining belgilab qo‘yilishi
mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning
yanada samarali bosqichga chiqishiga xizmat qilishi shubhasiz.

2

InterAction, The Gender Audit Handbook: A tool for organizational self-assessment and transformation, 2010.


background image

99

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son Qonuni.
2.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ- 809-sonli Qonuni
3.

Aliyeva K. O‘zbekiston Respbulikasida gender tengligining tarixi va rivojlanish

tendensiyalari// Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli
va gender tengligi mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plami-Toshkent,
2021.
4.

T.Narbaeva, N.Egamberdieva, X.Saydivalieva, S.Alimov Genderga oid audit o‘tkazish

metodologiyasi.-Toshkent, 2023.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ- 809-sonli Qonuni

Aliyeva K. O‘zbekiston Respbulikasida gender tengligining tarixi va rivojlanish tendensiyalari// Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli va gender tengligi mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plami-Toshkent, 2021.

T.Narbaeva, N.Egamberdieva, X.Saydivalieva, S.Alimov Genderga oid audit o‘tkazish metodologiyasi.-Toshkent, 2023.