133
MAQOLLARDA AYOLLARNING MILLIY-MADANIY ETАLON SIFATIDA AKS
ETISHI
Rohilabonu G‘o‘chchiyeva
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14759733
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek frazeologik qatlamlari gender
tadqiqotlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Mazkur madaniyatlarda ayollik va erkaklik olami
lisoniy tasvirining gender tahlili har xil til vakillarining umumiy va farqli xususiyatlarini
aniqlash imkonini beradi. Ingliz va o‘zbek frazeologik birliklari va paremiyalarining gender
tahlili natijalariga koʼra har ikki tilda ham ayolning salbiy ifodasi uning ijobiy ifodasidan ustun
turishi aniqlanadi. Bu jamiyat aʼzolarining salbiy xususiyatga nisbatan munosabatini
belgilaydigan alomatdir.
Kalit so‘zlar:
maqol, gender tilshunosligi, ayol obrazi, ijobiy obraz, salbiy obraz, gender
ko‘rsatgich, lingvomadaniyatshunoslik, mintalitet.
Ingliz frazeologik birliklarida gender ko‘rsatkich faqat leksik-semantik jihatdan
namoyon bo‘ladi, buni ingliz tilida rod grammatik kategoriyasining yo‘qligi sababli aniq
bo‘lgan rod farqlarining mavjud emasligi bilan izohlash mumkin. Gender ko‘rsatkichlar
sifatida ayol va erkak jinsini ifodalovchi leksemalar yoki frazeologik birliklar semantikasida
mavjud bo‘lgan ma'noli komponentlar namoyon bo‘ladi.
Rod grammatik kategoriyasiga ega bo‘lmagan tillarda tabiiy jins til tizimida grammatik
ifodaga ega emas va asosan leksik semantika orqali ifodalanadi. Bundan kelib chiqib, tadqiq
etilayotgan til manbalarining ifoda va mazmun plani gender ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak
[6].
Ingliz tilida grammatik rodning mavjud emasligini hisobga olganda, frazeologik
birliklarning ifoda jihatidagi gender ko‘rsatkich muhim hisoblanadi.
I.V. Zikova ifoda jihatining leksemalari majmuini quyidagi uch asosiy guruhga ajratadi:
1) antropometrik leksemalar;
2) qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar;
3) antroponimik leksemalar [7].
Antropometrik leksemalar A.V. Silinskiyning “Речевая вариативность” (1995)
monografiyasida tilga olinadi va uning ostida shaxslarning jinsi va yoshiga qarab nomlovchi
otlar nazarda tutiladi” [1]. I. Zikova fikriga ko‘ra, girl – boy, lady – gentleman, Miss – Mrs – Mr
va h.k. so‘zlar anropometrik leksemalar guruhiga kirib, bu guruhga kiruvchi so‘zlarning asosiy
qismini juft so‘zlar, ya'ni maskulin rod so‘zlari va ulardan yasalgan feminin rod so‘zlari tashkil
etadi, masalan: prince – princess; duke – duchess va h.k. Supletiv shakllangan genderli juft
so‘zlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi: boy – girl, gentleman – lady kabi.
Oila va qarindoshlik munosabatlirini ifodalovchi gender ko‘rsatkichli leksemalarning
barchasini suppletiv shakllangan oppozitsion juftliklar tashkil qiladi: mother – father,
daughter – son, aunt – uncle kabilar.
Genderli antroponimlarning vujudga kelishi quyidagicha izohlanadi:
1) Kommunikativ jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan antroponimlar Tom, Dick and Harry
– har kim, hamma, birinchi uchragan, oddiy odam.
134
2) Ijtimoiy hayotning har xil sohasida mashhur shaxslarning tarixiy faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan antroponimlar [2].
Tadqiqotimiz uchun asosiy manba bo‘lib A.V. Kuninning “Англо-русский
фразеологический словарь” (1984) va Oxford Soncise Dictionary of Proverbs (2003)
lug‘atlari xizmat qildi. Ushbu lug‘atlardan yaxlit tanlab olish metodiga asosan mingga yaqin
frazeologik birlik tanlab olindi. Tanlov mezoni sifatida frazeologizmlarning formal-semantik
jihati xizmat qildi, boshqacha qilib aytganda, ifoda va mazmun planida gender ko‘rsatkichlarni
qamrab olgan frazeologizmlar tanlab olindi. Masalan:
The man is as old as he feels, the woman
as she looks – erkak kishining yoshi o‘zini qanday his etishiga qarab aniqlanadi, ayolniki esa
ko‘rinishiga qarab.
Maqolada ingliz va o‘zbek tillari frazeologizmlari va paremiyalari quyidagi semantik
jihatdan ajratilgan konseptual qatlamlarda tahlil etildi: erkak va ayollarning ijtimoiy
xususiyatlarini (ijtimoiy maqomi, ijtimoiy faoliyati) ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va
erkaklarning psixologik xususiyatlarini (fe'l-atvori, xulqi) ifodalovchi konseptual qatlam, ayol
va erkaklarning fiziologik xususiyatlarini (tashqi ko‘rinish) ifodalovchi konseptual qatlam.
Insonning ijtimoiy maqomi uning demografik belgilari bilan birgalikda jamiyatda tutgan
o‘rni bilan ham belgilanadi, ya'ni iyerarxik dunyoda shaxsning ijtimoiy faoliyati, oilaviy va
ijtimoiy maqomi kabi belgilarning o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqildi.
Erkaklarning ijtimoiy faoliyatini tasvirlovchi frazeologik birliklarning tahlil natijasi
qiziqarli maʼlumot berdi:
brother in arms – “jangovor doʼst”; gentleman at large – “zodagon”.
Erkak mard, jasur shaxs sifatida: a knight in shining armour –
“ritsar, oliyhimmat inson,
oliyjanob kishi”; a man’s man – “mard, qoʼlidan har ish keladigan odam”.
Rahbar shaxs sifatida:
old man – “xoʼjayin, shef”; man on horseback – “hukmdor”; strong
man – “yakka hokim, oʼz amrini oʼtkazuvchi”; lord of creation – “yaratuvchi erkak”.
Huquqshunos, siyosatchi, madaniyat arbobi, shifokor va h.k. sifatida:
gentleman of the
long robe – “mantiyalik jentlmen, yurist”; a butter and egg man – “teatr sahnalarini mablagʼ
bilan taʼminlovchi ishbilarmon odam”; advance agent – “kontrakt tuzuvchi agent, vakil”
medicine man – “tabib” [4, 1].
Erkaklar masʼuliyatli lavozimlarni egallash bilan birga, jinoyatchilik, oʼgʼrilik, qalloblik v
h.k. lar bilan shugʼullanishga moyil boʼlishgan va bularning barchasi erkaklarga xos kasbi-kor
hisoblangan, chunki buning uchun ham maʼlum darajada aql kerak boʼlgan:
a confidence man –
tovlamachi, firibgar; a broken man – qonundan tashqari deb eʼlon qilingan oʼgʼri; knight of the
pad – bosqinchi; Mr. Big – jinoyatchilar doirasi korchaloni, “yuqori martabali amaldor”.
Shuningdek, erkaklar har xil turdagi kasb-hunar bilan shugʼullanishgan. Ularning kasbi
va xarakteridagi turli-tumanlikni tasvirlash uchun maqol va matallar ham qoʼllanilgan.
Masalan:
a bad workman finds fault with his tools – yomon hunarmand qurolidan ayb topar;
what is a workman without his tools? – qurolsiz usta usta emas; the workman is known by his
work – ustani qilgan ishidan bil [4, 1].
Jamiyatning demokratlashtirilishi, feministik harakatning vujudga kelishi tildagi mavjud
frazeologik birliklarga ham oʼz taʼsirini oʼtkazdi. Buning natijasida ayollarni erkaklar bilan bir
xil kategoriyada tasvirlovchi frazeologik birliklar paydo boʼla boshladi. Masalan
:
Mr. Right –
boʼlajak qalliq/ Miss Right – boʼlajak rafiqa; a man of the world – donishmand erkak/ a woman
of the world – dono, tajribali ayol; His Reverence – hazrati oliylari (ruhoniyga nisbatan) / Her
135
Reverence – katta hurmatga sazovor rafiqa; Master of situation – “vaziyat egasi” (erkak kishi
haqida) / Mistress of situation – “vaziyat egasi”, oʼzi mustaqil qaror qila oladigan ayol [4, 1].
Oʼzbek tili frazeologizmlarida esa, erkaklarning ijtimoiy faoliyati bogʼdorchilik,
dehqonchilik, chorvachilik, zargarlik, ovchilik, kosibchilik, qassoblik kabi kasb-hunarlarda
tasvirlangan [8]. Bu kabi faoliyatlarni ifodalovchi maqollarda esa erkaklar “bogʼbon, dehqon,
choʼpon, zargar, kosib, ovchi, qassob” kabi ot soʼz turkumiga oid soʼzlar bilan ifodalanganlar.
Masalan:
Bogʼbon bogʼini tuzar, Dehqon dalasini suzar; Choʼponning tayogʼi – otlining oyogʼi;
Kosib tikkanini maqtar; Zar boʼlmasa, zargar xarob, Yer boʼlmasa, dehqon xarob; Qassobga oq
qoʼy ham bir, qora qoʼy ham bir [1].
Аyol va erkaklarning ijtimoiy maqomini aks ettiruvchi frazeologik birliklarning baʼzilari
tanlab olindi.
“Ijtimoiy maqom” deganda erkak va ayollarning oilaviy ahvoli nazarda tutiladi, unda
turmushga chiqqan va chiqmagan ayol, uylangan va uylanmagan erkak, shuningdek,
qarindoshlik munosabatlarini aks ettiruvchi frazeologizmlar tahlil etiladi [9].
Har ikki til vakillari uchun turmush muhim voqea. Ingliz tilida:
Marriage makes or mars
the man – turmush inson hayotini yo yaxshi tomonga oʼzgartiradi, yo yomon tomonga.
Oʼzbek tilida aynan turmush qurishning afzalligini, muhimligini tasvirlovchi maqollar
asosan “xotin” leksemasi orqali yoritilgan:
Uylangan – oʼgʼil-qizga quvongan; Xotinsizlik
mehnat; Xotin – umr yoʼldoshi; Xotin – uyning chirogʼi [4, 1].
Keltirilgan misollar turmushning afzalligini tasvirlasa, har ikki tilda buning aksini ham
kuzatish mumkin:
Umringdan uch kun qolsa eshak ol, bir kun qolsa xotin ol; If you would be
happy for a week take a wife; if you would be happy for a month kill a pig; but if you would be
happy all your life plant a garden – bir haftalik baxt uchun xotin ol, bir oylik baxt uchun
choʼchqa soʼy, bir umrlik baxt uchun bogʼ yarat; first thrive and then wife – avval mablagʼ toʼpla,
soʼng uylan; Honest man merry soon but wise man never – aqlli odam hech qachon uylanmaydi;
Marry in haste and repent at leisure – shoshilib uylangan tez afsuslanadi (yaʼni, shoshilgan qiz
erga yolchimas); Be sure before you marry of house wherein to tarry – turmush qurishdan oldin
yashaydigan (boʼlajak) uying haqida qaygʼur [4, 1].
Yuqoridagi maqollarni quyidagi birgina misol bilan izohlash mumkin: Umr savdosi –
qiyin savdo. Maqollarda ayolning eriga bogʼliqligi, uning oldida ojizligini tasvirlovchi
frazeologik birliklar ham yoʼq emas [9]:
a clinging vine – zaif, yordamga muhtoj ayol; the
cobblers wife is the worst shod – “etikdoʼz xotinining oyoq kiyimi hammanikidan eng yoomon”.
Oilaviy munosabatlarga qaytar ekanmiz, quyidagi leksemalarni tahlil etish maqsadga
muvofiq: ota – ona; oʼgʼil – qiz; aka –singil; togʼa-xola; qaynona – qaynota; kuyov – kelin; quda;
oʼynash va h.k.
“Oʼgʼil” va “qiz” leksemalari frazeologik birliklarda quyidagicha tasvirlanadi. Oʼgʼil: the
prodigal son – noqobil oʼgʼil, oqpadar; son of a bitch – ablah, yaramas. Qiz: a daughter of the
horse leech – (qonmas) toʼymas tovlamachi. Biroq qiz oʼgʼil bilan qiyoslanganda qizning ijobiy
baholanishi kuzatildi:
My son is my son till he gets him a wife, but my daughter's my daughter all
the days of her life – Oʼgʼil xotin olguncha oʼgʼil, qiz esa bir umrga qiz.
Oʼzbek tilida esa bu leksemalar qiyoslanganda ularning har ikkisi ijobiy tasvirlanadi:
Oʼgʼil uyning bulbuli, qiz – uyning guli; Oʼgʼilli uy – farishta, qizli uy – sarishta.
136
Oʼzbek tilida qiz – ota-onaning joni, davlati, oʼgʼil esa – faxri, avlodini davom ettiruvchisi
va aynan shuning uchun ham u qizga nisbatan zoriqib kutiladi:
Qiyshiq boʼlsa ham yoʼl yaxshi,
Yomon boʼlsa ham oʼgʼil [1].
Leksikografik manbalarni kuzatuv davomida farzand; bola; chaqaloq; child; baby; infant
komponentlari qatnashgan frazeologik birliklarga ham duch keldik. Tahlil qilinayotgan
tillarda bu otlar aynan bir aniq jinsga bogʼlanmagan, yaʼni oʼgʼilga nisbatan ham qizga nisbatan
ham qoʼllanilishi mumkin [3].
Odatda, xalqimizda singilni eʼzozlashni oʼgʼilga yoshligidan uqtirib kelinadi:
Onangni
kaftingda tutsang, Onangni sirtda saqlasang, Singlingni boshingda tut. Singlingni kaftda saqla
[1].
Аyolning oilada tutgan ijtimoiy maqomlaridan biri “kelin”ga oʼzbek tilida ijobiy va baʼzan
juda salbiy baho beriladi.
Ingliz tilida ayolning ijtimoiy maqomi erkaklarnikiga nisbatan yorqin ifodalanmagan.
Balki erkaklar ayol kishini masʼuliyatli ishlar, ilm-fan bilan shugʼullanishga qobiliyatli
boʼlmagan inson sifatida tasavvur qilib, uni jiddiy ishlar bilan shugʼullanishiga toʼsqinlik
qilganlar. Shuning uchun, ularga nisbatan muhim kasblarni ifodalovchi til birliklari
qoʼllanilmagan. Oʼzbek tilida esa ayolning ijtimoiy maqomi asosan “uy bekasi”, “ona”, “xotin”,
“qiz”, “kelin” timsollarida namoyon boʼladi. Аmmo “rahbar ayol”, “fan arbobi” kabi
maqomlarining mavjud emasligi, ayollarning qadr – qimmatini tushirmaydi, chunki oʼzbek
erkaklari ayollarni zaif jins sifatida asrab-avaylab, eʼzozlab yurishni xohlaydilar. Ularga,
avvalo, saranjom – sarishtali uy bekasi, maslahatchi turmush oʼrtogʼi, mehribon ona kerak:
“Xotining yaxshi boʼlsa, bu dunyoning charogʼi”.
References:
1.
Mirzayev T. O’zbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2012.
2.
Manser Martin H. The Facts on File Dictionary of Proverbs. – 2007. – 499 pp.
3.
Simpson J.A. The Concise Oxford Dictionary of Proverbs. – Oxford, 2003.
4.
Smith W.G. The Oxford dictionary of English proverbs. – Oxford, 2008.
5.
Tumanishvili K. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli
Institute of Georgian Literature. – Volume l, 2007.
6.
Носирова М. Лингвокультурологический анализ паремий, вербализующих
концепт «труд–безделье» в пословицах //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 188-197.
7.
Носирова М. О. Национальная специфика отражения социальных ценностей в
пословицах разносистемных языков //Konferensiyalar| Conferences. – 2024. – Т. 1. – №.
10. – С. 594-598.
8.
Носирова
М.О.
Паремиология:
лингвокультурологический
и
лингвоаксиологический потенциал // Материалы международной научной
конференции «Вселенная Э. Тенишева: тюркология и жизнь в науке». – Казахстан, 2024.
– С.52-60.
9.
Носирова М.О. Пословичная языковая картина мира как объект аксиологических
исследований в языкознании //Янги Ўзбекистон: инновация, фан ва таълим, 7-қисм. –
С. 35.
137
10.
Сташкова М.А. Функционирование пословиц и антипословиц с гендерным
компонентом в современном английском языке: автореф. дис. ... канд. филол. наук. –
Москва, 2015. – 22 с.