O’ZBEKISTONDA TURIZIMNING BARQAROR RIVOJLANISH YO’NALISHLARI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizmning barqaror rivojlanish yo’nalishlari va holati va taraqqiyoti industriyasi,ichki turizmni rivojlantirishning dolzarbligi va mamlakatning turizm infratuzilmasi tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va strategiyasini amalga oshirish jarayonida muhim tarmoqlardan biriga aylanib ulgurgan soha hisoblanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
30-33
23

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xudoyberdiyeva, H. . (2025). O’ZBEKISTONDA TURIZIMNING BARQAROR RIVOJLANISH YO’NALISHLARI. Innovative Research in the Modern World: Theory and Practice, 4(4), 30–33. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/66045
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizmning barqaror rivojlanish yo’nalishlari va holati va taraqqiyoti industriyasi,ichki turizmni rivojlantirishning dolzarbligi va mamlakatning turizm infratuzilmasi tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va strategiyasini amalga oshirish jarayonida muhim tarmoqlardan biriga aylanib ulgurgan soha hisoblanadi.


background image

30

O’ZBEKISTONDA TURIZIMNING BARQAROR RIVOJLANISH YO’NALISHLARI

Xudoyberdiyeva Hilola Himmatovna

Navoiy Viloyati Turizm boshqarmasi PR, marketing tadqiqotlari,

xalqaro aloqalar va reytinglar bilan ishlash bo’yicha bosh muhaxasis

https://doi.org/10.5281/zenodo.14835558

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizmning barqaror rivojlanish

yo’nalishlari va holati va taraqqiyoti industriyasi,ichki turizmni rivojlantirishning dolzarbligi
va mamlakatning turizm infratuzilmasi tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek,
turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati va strategiyasini amalga oshirish
jarayonida muhim tarmoqlardan biriga aylanib ulgurgan soha hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

turizmni rivojlantirish, turizm yo‘nalishi, sayohat, turist, ichki turizm,

turizm imkoniyatlari.

Аннотация:

В данной статье направления, состояние и развитие развития

туризма в Узбекистане уделяют особое внимание деятельности по развитию туризма в
рамках отрасли и туристической инфраструктуры страны, большой, сфера, вышедшая
на одно из важных направлений в процессе реализации государственной политики и
стратегии развития экономического туризма.

Ключевые слова

: развитие туризма, туристическое направление, путешествие,

турист, внутренний туризм, туризм.

Bugungi davrda turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotga eng tez daromad keltiruvchi

sohalardan biri bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar milliy iqtisodiyotini, shu jumladan, mamlakatimiz
turizmdan keladigan daromadlardan oshirishga harakat qilmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston
ham juda katta turistik salohiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekistonda turizm sohasining
rivojlanishi Ma’lumki turizm iqtisodiyotning asosiy serdaromad tarmoqlaridan biridir. Turizm
va rekreatsiya faoliyati rivojlangan ayrim davlatlar turistlarining to‘xtovsiz oqimi natijasida
o‘zlarining iqtisodiyotini ancha yaxshilab olishgan. Yurtimizda ham hozirgi kunda ushbu
sohani taraqqiy ettirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda turizm komplekslarni innovatsion rivojlantirishda

xorijiy davlatlar tajribalarini o‘zlashtirish va amaliyotiga qo‘llash mazkur sohani yanada
yuksalishiga sabab bo‘ladi. Aksariyat rivojlangan davlatlarda rekreatsion faoliyatni yo‘lga
qo‘yish jarayonlari rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan oldinroq boshlangan va ularda bu
sohada boy tajriba to‘plangan. Mazkur davlatlar tajribalaridan respublikamiz rekreatsiyasini
yanada rivojlantirishda qo‘llash, ulardan rekreatsion xizmatlarni tashkil etishda foydalanish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, bugungi kunda Turkiya davlati Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p turistlar

boradigan mamlakatlaning birga aylandi. Turkiya davlatining asosiy kurortrekreatsiya zonasi
Qora dengiz bo‘yi hisoblanadi. Ushbu hudud jahonning kurort zonalari orasida o‘zining
rekreatsion resurslarining boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda, birinchi navbatda inson
salomatligi uchun iqlimining qulayligi ko‘plab rekreantlarni o‘ziga jalb etadi. Shuningdek, bu
davlatda Marmar dengizi (Bursa, Istanbul turistik markazi), Egey qirg‘oqlari (Bodrum va
Marmaris aholi punktlari), O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari (Antaliya, Alaniya, Kemar, Side) kabi
hududlarida shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan qumloq qirg‘oq (plyaj)larning mavjudligi
rekreatsiyani rivojlantirishga ososiy omil hisoblanadi Mustaqilllik va undan keyin davrlarda


background image

31

qator o‘zgarishlar yillar davomida rivojlanib bordi va turizm dunyodagi eng tez suratlarda
rivojlanayotgan iqtisodiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu albatta zamonaviy turizm
rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq.

Dunyo miqyosida turizm sohasida mamlakatlar duch keladigan muammolar juda ko‘p va

murakkabdir. Biroq, ushbu muammolarni hal etish O‘zbekistonga ega bo‘lgan resurslarni
namoyish qilish uchun yuqori darajadagi hamkorlik va muvofiqlashtirishni talab qiladi,
xalqning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va yuksaltirish, milliy an’ana va urf-
odatlarni, respublikaning diqqatga sazovor joylarini tiklash va obodonlashtirish bilan bir
qatorda bu sohada sezilarli yutuqlarga erishildi.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish haqida so‘z yuritar ekanmiz, turizmni

joylashtirish modeli va modernizatsiya qilish, xizmatlarni tizimlashtirish va turizm
infratuzilmasi yetkazib beruvchilarining jahon turizm bozoriga integratsiyalashuvi
bosqichlari, sohaga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni asosiy sifatida qayd etishimiz lozim.
So‘nggi yillarda mintaqaga tijorat qiziqishi sezilarli darajada o‘sdi, yaqin Sharq va Osiyo
o‘rtasidagi infratuzilmasi va ishlab chiqarish sarmoyalari savdosining ko‘payishi bilan
jonlandi.

YUNVTO ma‘lumotlariga ko‘ra, hukumat infratuzilmani yaxshilash va uning ulanishini

osonlashtirish, axborot kompyuter texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish va harakatchanlikni
oshirish mamlakatning turizm sohasi uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratishi kerak deb
hisoblamoqda. Shunga qaramay, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qator to‘siqlar
to‘sqinlik qilmoqda. Viza va chegarani kesib o‘tish rasmiyatchiliklari, transport infratuzilmasi,
koorporativ boshqaruv va sifatni ta‘minlash Ipak yo‘li tashkilotining global turizm tavsiyalari
(“Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda turizm salohiyatini
oshirish bo‘yicha strategegik tavsiyalari” 2012), bundan tashqari, turizm sohasi
mutaxassislari va mutaxassislarini yaxshi biznes imkoniyatlarini yaratish va hududda turizm
yo‘nalishini joylashtirish hisobiga soha va sanoatni modernizatsiya qilish va
integratsiyalashtirish, marketing va manzillarni boshqarish, investitsiyalar bo‘yicha takliflar
va ushbu muammolarni hal qilish uchun sayohatni osonlashtirish kabi masalalarga e’tibor
qaratish lozimligini ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, turizmni rivojlantirish sohasidagi
chora-tadbirlar, ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlar
imkoniyatlarini oshirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush
darajasini yaxshilash sezilarli ahamiayat kasb etmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 16-
avgustdagi “2018– 2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi
choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qarorga
ko‘ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag‘ishlangan
alohida dastur tasdiqlandi va uning to‘liq ijrosini ta’minlash va sohada olib borilayotgan
ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo‘yicha
muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.

Ko‘plab xalqaro nashrlarning fikriga ko‘ra, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibador

sayyohlik joylaridan biriga aylangan. Shu yili Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi
tashrif buyurish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Shular qatorida bizning
Toshkent shahri ham kiritilgan. O‘zbekistonda turizm sohasining izchil rivojlantirilishi
mamlakatimizni ushbu yo‘nalishdagi yuqori ko‘rsatkichli xalqaro reytinglarga kiritish
imkonini berdi. Xususan, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 10 ga yaqin nufuzli nashrlar (“The


background image

32

New York Times” (AQSh), “The Guardian” (Buyuk Britaniya), reyting kompaniyalari va
portallari (“CrescentRating”, “Wegoplace”) tomonidan eng sayohatbop turistik
mamlakatlardan biri sifatida tan olindi. Eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblangan
“WTTC” reytingida O‘zbekiston 183 o‘rinni egalladi.

2022- yilda O‘zbekiston Respublikasiga MDH davlatlaridan 4 968,1 ming kishi tashrif

buyurib, bu jami kelganlarning 94,9 % ini tashkil etdi, boshqa davlatlardan – 264,7 ming kishi
tashrif buyurgan. Xorijiy fuqarolarning respublikamizga eng ko‘p oqimi quyidagi davlatlardan
tashrif buyurganini ko‘rishimiz mumkin: Qozog‘istondan – 1 551,1 ming kishi, Tojikistondan –
1 448,0 ming kishi, Qirg‘iz Respublikasidan – 1 356,9 ming kishi, Rossiyadan – 567,6 ming
kishi, Turkiyadan – 75,5 ming kishi, Janubiy Koreyadan – 20,0 ming kishi, Germaniyadan –
17,7 ming kishi, Hindistondan – 16,8 ming kishi, Belarus Respublikasidan – 13,7 ming kishi,
AQShdan – 13,2 ming kishi, Isroildan – 11,3 ming kishi, Ukrainadan – 11,1 ming kishi,
Fransiyadan – 10,9 ming kishi va Buyuk Britaniyadan – 10,4 ming kishi. Qolgan 108,6 ming
kishi O‘zbekistonga boshqa xorijiy davlatlardan kelganlarni tashkil qildi. O‘zbekistonga
bundada ko‘proq turistlar oqimini jalb qilish maqsadida mamlakat aeroportlari
modernizatsiya qilinmoqda va kengaytirilmoqda.

Yurtimizda moddiy ashyolarni asrash bino va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal

rivojlantirish bo’yichaham qator ishlar olib borildi va bu borada Madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida alohida qonun sifatida belgilab qo’yildi.
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo‘lmish madaniy
meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat. diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak
mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik
qimmatga ega bo‘lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy
manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar,
yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan imoratlar, xotira joylari,
tabiiy landshaftlar, shuningdek ko‘hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar
imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar; yodgorliklar
— tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ayrim imoratlar, binolar
va inshootlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati
asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari,
shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar,
monumental san’at asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari,
antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari,
kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san’at
asarlari, arxiv, qo‘lyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qo‘lyozma kitoblar, harf terish usulida
chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va
memorial xususiyatga ega bo‘lgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga o‘yib solingan tasvirlar,
arxeologiya yodgorliklari; madaniy meros obyektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros
obyektlari; moddiy madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy
qimmatga ega bo‘lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;nomoddiy madaniy
meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf-
odatlar, xalq ijodiyoti (so‘z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy
hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog‘liq bilimlar, ko‘nikmalar, asbob-anjomlar,


background image

33

artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash va ularda rekanstruksiya ishlarini olib borishga
keng ahamiyat qartildi.Bularning ortidan ko’zlagan maqsad esa Ichki turizmni rivojlantirish
qolaversa ajdodlar ruhini shod qilish desam mubolag’a bo’lmaydi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki Mustaqillik yillarida yurtimiz ijtimoiy hayotida olib

borilgan barcha maʼnaviy va maʼrifiy ishlar salmog’i sezilarli darajada ortdi asrlar davomida
yo’qolib borayotgan urf-odat,qadiryat va an’analar qayta tiklandi, va biz yoshlar uchun ulkan
marra va zafarlar quchishimizda harqanday zaruriy choralar ko’rildi.Yuzlab sport
majmualari,kutubxonalar,yangidan yangi ish o’rinlari tashkil qilindi.Mamlakatimiz hududidagi
diqqatga sazovor joylarga tashrif ichki turizimni rivojlantirish moddiy ashyolarni asrash bino
va inshoatlar rekanstruksiyasini jadal rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan olib borilgan
islohatlar yuzasidan to’xtalib o’tadigan bo’lsak yurtimiz hududida judaham ko’plab qadimiy
inshoatlar bunyod etilgan.Bugungi kunga kelib esa ularning ayrimlarini qayta tiklash ularning
atrofi va moddiy bazasini shakillantirishga katta e’tibor qaratildi.Shaxsan men 2021-yil
Xorazm viloyati Urganch shahriga sayohatga borgan vaqtimda anashunday qayta tiklash
ishlarni samarasini o’z ko’zim bilan ko’rib judaham hursand bo’lganman.Sababi olib borilgan
ishlarni ortidan qadimiy binolarni,qadimgi shaharni anashu davirdagidek ko’rishga va biroz
bo’lsada moziyga qaytib anashu davr havosidan nafas olishga muyassar bo’lganman.Albatta
bunday ishlarni yurtimizning har bir nuqtasidan ko’rib kuzatishimiz mumkin. Bularning
barchasi barchasini mamlakatimiz rivoji uchun xizmat qilishi shak shubhasizdir.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 5-yanvardagi

“O‘zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5611-son farmoninh 1-ilovasidan.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi “2018-

2019-yillarda turizm sohasidagi rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qaroridan.
3.

Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh.,Tursunova G.R. Turizm asoslari.-T.: Fan va

texnologiya, 2014.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son farmoninh 1-ilovasidan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasidagi rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan.

Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh.,Tursunova G.R. Turizm asoslari.-T.: Fan va texnologiya, 2014.