21
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI MISOLIDA OLIY
TA’LIM MUASSASALARIDA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH MEXANIZMI
Ruzmetova Gulira'no Atabekovna
Bank-moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15411014
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali misolida
oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni rejalashtirish mexanizmi har tomonlama tahlil qilingan.
Rejalashtirish bosqichlari, samaradorlikni baholash formulalari, moliyaviy smetalar va
simulyatsiya markazlari xarajatlari real misollar asosida yoritilgan. Dinamik tahlil orqali 2020
va 2024-yillar kesimidagi xarajatlar taqqoslab, investitsiya ustuvorliklari asoslab berilgan.
МЕХАНИЗМ ПЛАНИРОВАНИЯ РАСХОДОВ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ
ЗАВЕДЕНИЯХ НА ПРИМЕРЕ УРГЕНЧСКОГО ФИЛИАЛА ТАШКЕНТСКОЙ
МЕДИЦИНСКОЙ АКАДЕМИИ
Рузметова Гулираъно Атабековна
магистрант Академии банковского и финансового дела
Аннотация.
В статье рассматриваются механизмы планирования расходов в
высших учебных заведениях на примере Ургенчского филиала Ташкентской
медицинской академии. Описаны этапы планирования, формулы оценки
эффективности, структура бюджета и расходы на симуляционные центры на основе
реальных данных. Динамический анализ сравнивает показатели 2020 и 2024 годов и
обосновывает инвестиционные приоритеты.
THE COST PLANNİNG MECHANİSM İN HİGHER EDUCATİON INSTİTUTİONS:
A CASE STUDY OF THE URGENCH BRANCH OF THE TASHKENT MEDİCAL
ACADEMY
Gulirano Atabekovna Ruzmetova
Master's Student, Academy of Banking and Finance
Annotation.
This article provides a comprehensive analysis of cost planning mechanisms
in higher education institutions, exemplified by the Urgench branch of the Tashkent Medical
Academy. It discusses planning stages, efficiency formulas, budget structures, and simulation
center costs based on real data. A dynamic comparison between 2020 and 2024 illustrates
financial priorities and investment trends.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida raqobatbardoshlik, sifat va barqarorlik
mezonlariga javob beruvchi boshqaruv tamoyillari asosida xarajatlarni rejalashtirish
mexanizmlari shakllanmoqda[1]. Bugungi global ta’lim muhitida samarali moliyaviy
rejalashtirish oliy ta’lim muassasasining nafaqat faoliyatini, balki strategik rivojlanishini ham
belgilovchi omilga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda respublikada oliy ta’limni
modernizatsiya qilish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va xalqaro standartlarga mos tizimni
22
shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning
muhim jihatlaridan biri – bu oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy boshqaruvni
takomillashtirish, xususan, xarajatlarni samarali rejalashtirish tizimini joriy etishdir.
O‘zbekiston Respublikasida Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yo‘riqnomalari asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatini moliyaviy jihatdan mustahkamlash yo‘lga qo‘yilgan[2]. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligining yo‘riqnomalari asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini
moliyaviy jihatdan mustahkamlash yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2020-yildan boshlab oliy ta’lim
muassasalariga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik berilishi, ularning o‘z byudjetlarini
shakllantirish va sarflash huquqi kengaytirilgan. Bu esa xarajatlarni rejalashtirish mexanizmini
yanada dolzarb va zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirishni talab qiladi.
Mavzu bo’yicha abiyotlar tahlili
Tahliliy jihatdan, maqolada foydalanilgan adabiyotlar turli manbaalardan — xalqaro
tashkilotlar hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va Toshkent
tibbiyot akademiyasining ichki hujjatlaridan iborat. OECD[5] tomonidan chop etilgan xalqaro
nashrlar global miqyosdagi ta’lim moliyasini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni yoritadi. Bu
manbalar maqolada taqdim etilgan mexanizmlarni xalqaro mezonlar bilan solishtirish
imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari esa oliy ta’lim
tizimini moliyaviy mustaqillikka o‘tkazish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga
qaratilgan islohotlarning normativ asosini belgilab beradi. Xususan, 2020-yil 31-dekabrdagi
824-sonli qaror oliy ta’lim muassasalarida resurslardan foydalanish tartibini aniqlab,
rejalashtirish jarayonida huquqiy asos yaratadi. Shuningdek, TTA Urganch filialining
simulyatsiya markazi bo‘yicha ichki hujjati (2020-yilgi smeta) maqolada real raqamlar asosida
dinamik tahlilni amalga oshirish uchun foydalanilgan asosiy empirik manba hisoblanadi. Bu
ma’lumotlar asosida 2020 va 2024-yillardagi xarajatlar strukturasining o‘zgarishi tahlil qilinib,
investitsiya ustuvorliklari aniqlangan. Shunday qilib, adabiyotlar maqolaning nazariy,
metodologik va amaliy bazasini shakllantirib, asoslangan ilmiy yondashuvga xizmat qiladi.
Metodologiya
Tadqiqotda sifatli va miqdoriy yondashuvlar qo‘llanildi. Empirik ma’lumotlar sifatida TTA
Urganch filialining 2020-yilgi va 2024-yilgi xarajatlar smetasi asos qilib olindi. Moliyaviy
samaradorlikni baholash uchun quyidagi formulalar ishlatildi:
Talabaga to‘g‘ri keladigan yillik xarajat
O‘qituvchilar mehnat unumdorligi
Grantlar ulushi
Bundan tashqari, xarajatlarning yo‘nalishlar bo‘yicha grafik va jadval ko‘rinishidagi
taqsimoti ham tahlil qilindi.
Tahli va natijalar muhokamasi
Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy samaradorlikni aniqlash, mavjud resurslardan
maksimal darajada foydalanish, budjet smetasini puxta shakllantirish va investitsiya
ustuvorliklarini belgilashda turli matematik formulalar va ko‘rsatkichlar muhim o‘rin egallaydi.
Bu formulalar orqali oliy ta’lim muassasasining moliyaviy faoliyati nafaqat umumiy darajada,
balki alohida sohalar ta’lim sifati, infratuzilma, ilmiy izlanishlar va professor-o‘qituvchilar
mehnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Xarajatlarning asoslanganlik
23
darajasini aniqlash, grantlar va tashqi moliyaviy manbalar ulushini baholash, har bir talaba
uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik xarajatni hisoblash, shuningdek, o‘qituvchilarning
o‘rtacha yuklamasini aniqlash orqali xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha qarorlar qabul
qilinadi. Shu sababli quyidagi formulalar oliy ta’lim muassasalarida keng qo‘llanilmoqda (1-
rasm):
Talabaga to‘g‘ri keladigan yillik xarajat:
Bu yerda:
C
t
- bir talabaga to‘g‘ri keladigan xarajat;
X
umumiy
– umumiy yillik xarajatlar summasi;
N
t
- talabalarning umumiy soni.
O‘qituvchilar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi:
Bu yerda:
𝑈
𝑜
– o‘qituvchilar mehnat unumdorligi;
𝑆
𝑡
– yil davomida o‘tilgan umumiy dars soatlari;
𝑂
𝑞
– o‘qituvchilar soni.
Grantlar ulushi:
Bu yerda:
𝐺
𝑢
– grantlar ulushi;
G
tushum
– grantlar asosidagi tushumlar summasi;
X
umumiy
– umumiy xarajatlar.
1 – rasm. Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy samaradorlikni baholovchi asosiy
formulalar modeli
Mazkur jadval asosida oliy ta’lim muassasalari xarajatlarining tarkibi, ustuvorliklari va
tahliliy ko‘rsatkichlari shakllantiriladi. Ushbu ko‘rinishda xarajatlar strukturasi vizual tarzda
24
aks ettirilgan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha moliyaviy oqimlarni aniqlash, xarajatlarni
optimallashtirish va ustuvorliklarni qayta ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2 – rasm. Xarajat turlari bo‘yicha namunaviy jadval va grafik tahlil (2024-yil)
Xarajat turi
Miqdori (mln so‘m)
Ulushi (%)
O‘qituvchilarga ish haqi
15 000
35
Infratuzilma xarajatlari
10 000
23
Ilmiy tadqiqot loyihalari
5 000
12
Simulyatsiya markazlari
7 000
16
Ma’muriy xarajatlar
3 000
7
Boshqa (trening, o‘quv adabiyoti)
3 000
7
Jami
43 000
100
Statistik ma’lumotlar asosida xarajatlar dinamikasini yillik kesimda taqqoslash orqali
o‘zgaruvchan ehtiyojlarga moslashtirilgan moliyalashtirish siyosati ishlab chiqiladi. Formulalar
esa samaradorlikni baholashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Quyidagi grafikda xarajatlarning tuzilmasi vizual ko‘rinishda taqdim etilgan (2-rasm):
2 – rasm. 2024-yilda TTA Urganch filialining budjet xarajatlarining asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti (%)[4]
Mazkur grafik orqali xarajatlar tarkibida qaysi yo‘nalishlar ustuvor ekanligi aniqlanadi.
Bu esa oliy ta’lim muassasalariga resurslarni qayta taqsimlash, samarali yo‘naltirish va ustuvor
yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beradi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali (TTA UF) 2024-yil uchun O’quv-
simulyatsiya saqlash va rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar quyidagicha rejalashtirilgan (1-
jadval):
1 – jadval.
2024-yilda TTA UF O’quv-simulyatsiya markaziga ajratilgan xarajatlar turlari
bo‘yicha taqsimoti (mln so‘mda)[3]
Xarajat yo‘nalishi
Miqdori (mln so‘m)
Simulyator va jihozlar xaridi
2 500
Texnik xizmat va remont
1 000
Malaka oshirish va treninglar
800
O‘quv materiallari
500
Baholash platformalari
300
Jami
5 100
25
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, asosan zamonaviy jihozlar xaridi va texnik xizmat
xarajatlari ustunlik qiladi. Bu holat simulyatsiya markazining texnologik zamonaviyligiga
qaratilayotgan e’tiborni ko‘rsatadi. Moliyaviy samaradorlikni oshirish uchun esa baholash
platformalari va malaka oshirishga ajratiladigan mablag‘larni tizimli ravishda ko‘rib chiqish
lozim.
2 – jadval.
TTA UF O’quv-simulyatsiya markazi xarajatlarining 2020 va 2024-yillardagi
taqqoslamasi [4]
Xarajat yo‘nalishi
2020-yil (mln so‘m)
2024-yil (mln
so‘m)
O‘sish foizi
(%)
Simulyator va jihozlar xaridi
1 850
2 500
+35.1
Texnik xizmat va remont
600
1 000
+66.7
Malaka oshirish va treninglar
700
800
+14.3
O‘quv materiallari
350
500
+42.9
Baholash platformalari
200
300
+50.0
Jami
3 700
5 100
+37.8
Tadqiqotlarimiz davomida 2-jadvalda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
O’quv-simulyatsiya markazi uchun ajratilgan asosiy xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha 2020 va
2024-yillar kesimidagi taqqoslash keltirilgan.
Ushbu tahlildan ko‘rinadiki, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.
Eng katta o‘sish texnik xizmat (66.7%) va baholash platformalari (50%)ga to‘g‘ri kelmoqda, bu
simulyatsiya markazining texnologik infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan
strategik yo‘nalishni ko‘rsatadi. Bu dinamik tahlil kelgusi yillarda ham investitsiya
prioritetlarini belgilashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni
rejalashtirish tizimi nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi omil, balki ta’lim sifatini
oshiruvchi, ilmiy-innovatsion salohiyatni kuchaytiruvchi, boshqaruvda shaffoflikni
ta’minlovchi va xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni mustahkamlovchi strategik vosita
sifatida qaralmoqda. Ushbu tizim orqali resurslardan oqilona foydalanish, byudjet intizomini
kuchaytirish, natijadorlikka asoslangan yondashuvni joriy etish hamda davlat-xususiy sheriklik
asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari kengayadi. Natijada oliy ta’lim
muassasalari zamonaviy, ochiq, samarali va xalqaro standartlarga mos boshqaruv modeliga ega
bo‘lishga intiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2020).
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
. Qaror
№824, 31-dekabr 2020-yil, Toshkent: Vazirlar Mahkamasi nashriyoti.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2020).
Oliy ta’lim tizimini bosqichma-bosqich
moliyaviy mustaqillikka o‘tkazish to‘g‘risida
PQ–4563-sonli qarori.
26
3.
Tashkent Medical Academy, Urganch branch (2020).
Simulyatsiya markazi uchun yillik
xarajatlar smetasi (2020-yil yakuni)
. Ichki hujjat, Urganch: TTA Urganch filiali.
4.
Tashkent Medical Academy, Urganch branch (2020-2024).
Simulyatsiya markazi uchun
yillik xarajatlar smetasi (2020 va 2024-yil yakuni)
. Ichki hujjat, Urganch: TTA Urganch filiali
5.
OECD (2021).
Public spending on education: Efficiency, effectiveness and equity
. OECD