Авторы

  • X. To‘xtaboyev
    Qar DU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.87662

Ключевые слова:

Oliy ta'lim ilmiy-tadqiqot faoliyati universitetlararo hamkorlik ilmiy salohiyat ta'lim metodikalari innovatsiya xalqaro dasturlar ilm-fan.

Аннотация

Maqolada, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dars berish metodikalarining zamonaviylashuvi, shuningdek, universitetlararo hamkorlik va innovatsiyalar joriy etilishi kabi omillar taqdim etilgan.


background image

4

OLIY TA’LIM SOHASIDA ILM-FAN RIVOJI (TARIXIY TAHLIL)

To‘xtaboyev X.

Qar DU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15400650

Annotatsiya

: Maqolada, oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot

ishlari, dars berish metodikalarining zamonaviylashuvi, shuningdek, universitetlararo
hamkorlik va innovatsiyalar joriy etilishi kabi omillar taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar

: Oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, universitetlararo hamkorlik, ilmiy

salohiyat, ta'lim metodikalari, innovatsiya, xalqaro dasturlar, ilm-fan.

Har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida oliy ta’lim juda katta

ahamiyatga ega. Oliy ta’lim muassasalarining hayoti va rivojlanish darajasi muayyan davlatda
madaniy taraqqiyotini qay ahvolda ekanligini aniqlashga yordam beradi. Oliy ta’limda fan rivoji
dolzarb masalalardan biri bo‘lib, u ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar samaradorligi va jamiyat
taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim islohoti” dasturi ishlab chiqilib,

oliy ta’lim muassasalarida joriy etilib, 1992-1993-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim ikki pog‘onali
o‘qish tizimiga o‘tkazildi[1]. Oliy o‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim asosida bakalavr va
magistr darajalarini egallash imkoni paydo bo‘ldi[2].

Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalari qatori Qarshi davlat

universitetida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-fevralda
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qabulda test usuli qo‘llanildi[3]. Bu bo‘yicha 1992-1993-o‘quv
yilidan boshlab, fakultetlarda maxsus chora-tadbirlar olib borildi[4].

Jumladan, Urganch davlat universiteti malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning

barcha shakllaridan unumli foydalanilmoqda. ilmiy ishlarni boshlayotgan iste’dodli yoshlar bir
yil muddatga stajyor-tadkikotchi lavozimiga tanlov asosida qabul kilib har yili 10 ta stajyor-
tadqiqotchi Respublikadagi yetakchi oliy dargoxlarda tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Mustaqillik
davrida 70 ga yaqin xodimlar Respublika boshka oliygoxlari qoshidagi doktoranturalarda,
kunduzgi, sirtki aspiranturalarda va mustakil ravishda ilmiy izlanishlar olib borgan[5].

Mustaqillik yillarida universitetning 10 dan ortik xodimi doktorlik dissertatsiyasi ishi

ustida ilmiy izlanishlar olib boryapti. Doktorlik dissertatsiyalari borasidagi ishlar
doktoranturaga chikmasdan kisman bevosita ukuv tarbiya jarayenidan ajralmagan xolda
kisman katta ilmiy xodim lavozimida bo‘lgan holda amalaga oshirilgan. Universitet
aspiranturasiga talabalarni kabul kilish tanlov asosida bulib, ular oliy ukuv yurtlarini imtiyezli
tamomlagan iktidorli yoshlar orasidan olingan. Aspirantlar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun
barcha shart sharoitlar yaratilgan. Ularga katta tajribaga ega bulgan bitta akademik, 20 dan
ortik fan doktori va bir nechta fan nomzodlari iliiy rahbarlik kilgan[6].

Shuningdek, universitetda 1996 yil xo‘jalik shartnomasi asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot

ishlarining umumiy hajmi 1387250 sumni tashkil kilgan. Bularning asosiy kismi Davlat kismi
fan va texnika komiteti bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilgan ilmiy izlanishlardir.
Jumladan, dolzarb bulgan Xorazm vohasi murlangan, utloki botqoq tuproqlar sharoitida suv-
energiya tejamlash jarayonini saqlagan holda bug‘doydan yuqori xosil olish muammosini
o‘rganish bo‘yicha "Tuproqshunoslik va ekologiya" tarmoq laboratoriyasida izlanishlar olib
borildi.[7]


background image

5

1992 1993 yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti ilmiy kengashi ilm-fan sohasini

rivojida muhim o‘rin tutdi. Mazkur Kengash tasdiqlangan reja asosida ish olib borib, yil
mobaynida 15 marotaba (shundan 3 tasi navbatdan tashqari) yig‘ilish o‘tkazdi va rejadagi
belgilangan barcha masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengashda asosan 90 dan ortiq masalalar ko‘rildi, jumladan o‘quv, ta’lim-tarbiya ishlari

(25), ilmiy-tadqiqot ishlari (11), universitet tarkibiy tuzilishini takomillashtirish bo‘yicha (5),
tanlov saylovi (12) va har xil masalalar (40 dan ortiq) ko‘rib chiqildi. Kengash barcha fakultetlar
va kafedralarda oliy ta’limni takomillashtirish borasidagi Nizomlarni, o‘quv, ta’lim-tarbiyaviy
va ilmiy ishlarni bajarilishini izchil nazorat qilib bordi. Universitetda bakalavr o‘quv rejalari va
dasturlari o‘quv yilining boshlanishidan oldin chuqur tahlil qilindi va shu asosda ishchi o‘quv
rejalar tuzildi.

Kengashda davlat imtihonlarini o‘tkazish, imtihon sessiyalari yakunlarini tahlil qilish,

sirtqi ta’lim tizimini yaxshilash borasidagi masalalar ham ko‘rib borildi. Bundan tashqari
fakultetlar tomonidan nomdor stipendiyalarga tavsiya etilgan talabalar tanlov saylovi,
professor-o‘qituvchilarni kontrakt-shartnomasini tasdiqlash, ilmiy unvonlar olish uchun
hujjatlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, shu yil 5 ta professor va 23 ta dotsent unvontalablarning
hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi OAKga tavsiya etildi.[8]

Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, Namangan davlat universitetida ilm-fan sohasining rivoji

muayyan yutuqlarga erishganini ko‘rish mumkin. Quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratish
lozim:

1. Ilmiy kadrlar tayyorlash yo‘nalishida 2 nafar olim doktorlik, 5 nafar olim nomzodlik

dissertatsiyalarini himoya qilgani universitetdagi ilmiy kadrlar sonining ortib borayotganidan
dalolat beradi.

2. Ilmiy nashrlar va ta’lim resurslari yo’nalishida 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 10 dan

ortiq metodik qo‘llanma va 2 ta o‘quv dasturi chop etilgani ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. 8
ta maqola nufuzli markaziy jurnallarda chop etilgan, 2 ta maqolaning Yevropa jurnallarida
nashr etilgani universitet olimlarining xalqaro ilmiy maydonga chiqayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, ilmiy anjumanlar va xalqaro hamkorlik yo‘nalish haqida gapirganda, 1994 yilda 1
ta xalqaro, 1 ta mintaqaviy, 1 ta respublika va 3 ta universitet miqyosidagi konferensiyalar
tashkil etilgan. Bu anjumanlar ilmiy fikr almashish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat
qiladi. Kelgusida xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, xorijiy universitetlar bilan
qo‘shma tadqiqotlar olib borish muhim. Ilmiy rahbarlik tizimini kengaytirish: Fan doktorlari va
nomzodlarini yosh izlanishchilar bilan faolroq ishlashga rag‘batlantirish.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish: Universitet olimlarining xalqaro ilmiy loyihalarda

ishtirokini oshirish, xorijiy konferensiyalarga qatnashish imkoniyatlarini yaratish[9]. Bu ilmiy-
tadqiqot ishi (ITI) Namangan viloyati ekologik muammolarini chuqur o‘rganishga qaratilgan
bo‘lib, geografiya fanining amaliy yo‘nalishda rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. Namangan
viloyati ekologik muammolari, xususan,

atrof-muhitning degradatsiyasi va ekologik

muvozanatning buzilishi

masalalari mintaqaviy barqarorlik uchun dolzarb hisoblanadi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash o’rinliki, oliy ta’lim tizimi fan rivojining muhim omillaridan

biri hisoblanadi. Universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari ilm-fan taraqqiyotining asosiy
markazlari bo‘lib, ular yangi bilimlarni yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.


background image

6

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Milliy arxivi, 2653-fond, 1-ro‘yxat, 6485-ish, 1 – 8-varaq.

2.

Йўлдашев Ж. Таълимимиз истиқлол йўлида. – Тошкент, 1996. – Б. 126.

3.

Тюриков В., Шагулямов Р. Независимая Республика Узбекистан: Памятные события

и даты (1991 – 1996). – Т., 1997. – С.73.
4.

QVDA, 683-fond, 1-ro‘yxat, 2-ish, 2-varaq.

5.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 21-varaq

6.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 21-varaq

7.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 19-varaq

8.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 145- yig‘majild, 9-varaq

9.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 145- yig‘majild, 4-varaq

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Milliy arxivi, 2653-fond, 1-ro‘yxat, 6485-ish, 1 – 8-varaq.

Йўлдашев Ж. Таълимимиз истиқлол йўлида. – Тошкент, 1996. – Б. 126.

Тюриков В., Шагулямов Р. Независимая Республика Узбекистан: Памятные события и даты (1991 – 1996). – Т., 1997. – С.73.

QVDA, 683-fond, 1-ro‘yxat, 2-ish, 2-varaq.

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 21-varaq

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 21-varaq

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 480- yig‘majild, 19-varaq

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 145- yig‘majild, 9-varaq

O‘zMA M-130-fond, 1-ro‘yxat, 145- yig‘majild, 4-varaq