Авторы

  • Abduraxım Xasanov
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.89497

Ключевые слова:

norma ijodkorligi idoraviy huquq ijodkorligi rejalashtirish normativ-huquqiy hujjat ichki ishlar organlari qonunchilik texnikasi hujjatning qonuniyligi.

Аннотация

Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Muallif normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli tayyorlanishini hamda qonuniylikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari norma ijodkorligi faoliyatini muttasil takomillashtirish zarurligi haqida xulosaga kelgan.


background image

69

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI HUQUQ IJODKORLIGI FAOLIYATINING

SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Abduraxım Xasanov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15450001

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining

samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Muallif normativ-huquqiy hujjatlarning
loyihalari sifatli tayyorlanishini hamda qonuniylikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar
organlari norma ijodkorligi faoliyatini muttasil takomillashtirish zarurligi haqida xulosaga
kelgan.

Kalit so‘zlar:

norma ijodkorligi, idoraviy huquq ijodkorligi, rejalashtirish, normativ-

huquqiy hujjat, ichki ishlar organlari, qonunchilik texnikasi, hujjatning qonuniyligi.

Ijro hokimiyatining organi sifatida ichki ishlar organlari ham faol norma ijodkorligi

subyekti sanaladi. Shu sohada yetuk huquqshonos olim Y.Arzamasovning fikricha, idoraviy
normativ huquqiy hujjatlar har doim ham qonuniylik namunasi bo‘lmaydi, ular ko‘pincha
davlat hokimiyati organlari, davlat xizmatchilari va fuqarolarga vazifalar yuklatadi, bu esa
inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish va ta’minlash sohasida
muammolarni vujudga keltiradi. Bugungi kunda amaliyotda ko‘plab masalalar idoraviy
normativ huquqiy hujjatlar shaklini tanlash muammosi bilan bog‘liq, chunki ular qonun bilan
mustahkamlanmagan va ijro etuvchi hokimiyatning turli davlat organlarida idoraviy normativ
hujjatlarni tayyorlashning o‘z qoidalari amal qiladi. Masalan, ichki ishlar organlari, bojhona
organlari, atrof muhitni muhofaza qilish organlari va boshqalar

1

.

So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar miqdor tarkibining tahlili

qiziqarli tendensiyani aniqlash imkonini beradi. Qonunlar soni barcha normativ-huquqiy
hujjatlarning juda kam qismini tashkil etadi, qolgan hujjatlar qonun osti xususiyatiga ega.
Shunday qilib, eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi lozim bo‘lgan qonunlar
huquqiy hujjatlar umumiy miqdorining juda oz miqdorini tashkil etadi, lekin aynan qonunlarni
qabul qilish tartib-taomillari qonun hujjatlarida ayniqsa mufassal tartibga solingan va aksincha,
jami hujjatlarning aososiy qismini tashkil etuvchi qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarni
qabul qilish tartib-taomillari ularda deyarli aks ettirilmagan. Binobarin, qonunchilikni
takomillashtirish chog‘ida bunday “nomutanosiblik” sabablarini aniqlash va idoraviy norma
ijodkorligi tartib-taomillariga yanada qat’iyroq tus berish lozim.

Qisqa vaqt ichida, ichki ishlar organlarining davlat boshqaruvi oqilona amalga

oshirilishini, IIV tizimining tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa muammolari yechilishini
ta’minlash maqsadida ancha yirik normativ-huquqiy baza yaratildi. Shu bilan birga, normativ
baza ichki ishlar organlari tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini lozim darajada ta’minlamaydi,
huquqni muhofaza qilishga doir va tizim doirasidagi munosabatlar majmuini lozim darajada
tartibga solishni amalga oshirish imkonini bermaydi.

Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijobiy

natijalar bilan bir qatorda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. IIVda ishlab chiqilgan va

1

Арзамасов Ю.Г. Теория и практика ведомственного нормотворчества в России: Монография. – М.,

Юрлитинформ, 2013. – C. 4.


background image

70

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar qonuniylik talablariga har doim ham javob
bermasligi mumkin. Huquqni qo‘llash faoliyatida ustuvor tamoyillar o‘zgarganiga qaramay,
ishlab chiqilayotgan hujjatlarga ba’zan fuqarolarning huquqlarini cheklovchi yoki
munosabatlar subyektlarini teng bo‘lmagan sharoitlarga solib qo‘yuvchi normalar uchrab
turadi.

Hozirgi vaqtda zarurat bo‘lmagan holda yuqori turuvchi organlarning hujjatlarini

takrorlovchi turli idoraviy hujjatlar amal qiladi, ayrim hujjatlarning qoidalari deklarativligi va
mavhumligi bilan ajralib turadi, yuridik texnika qoidalariga mos kelmaydi. Qonun osti norma
ijodkorligining sustkashligi ichki ishlar organlari bo‘linmalarining ish samaradorligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.

2016-yilda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida huquq ijodkorligi munosabatlarini
yanada aniqroq tartibga solish imkonini berdi. Qonunning qabul qilinishi idoraviy huquq
ijodkorligining rivojlanishiga ko‘maklashdi. Bu ishning zarurligi idoraviy huquq ijodkorligining
mohiyati, xususan qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, qonunlardagi blanket
normalarni amalga oshirish, IIV vakolatlari doirasiga kiritilgan ijtimoiy munosabatlar sohalari
normativ mustahkamlanishini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanadi. Bu yerda idoraviy huquq
ijodkorligi siyosati, shuningdek uning muhim talablaridan biri – huquq ijodkorligi faoliyatining
qonuniyligi muhim rol o‘ynaydi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul

qilinishi hamda unda nazarda tutilgan yangi qoidalar, hususan, Konstitutsiyaning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri amal qilishi hamda insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari,
ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi lozimligi kabi
normalar bevosita ijro organlari huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatiga yangi
talablarni qo‘ymoqda.

IIV huquq ijodkorligi faoliyatining qonuniyligini ta’minlash, (qonunlarni amalga oshirish,

ularga rioya etish shakli sifatida) nomigagina rioya etish emas, chunki huquq ijodkorligi
jarayoni (va tartibi)ning qonuniyligi darajasining o‘ziga mavhum baho berish bilan
kifoyalanish, idoraviy normalar mazmunining qonuniyligini e’tibordan qochirish mumkin
emas. Bu idoraviy huquq ijodkorligining qonuniyligi muammolarini a) idoraviy huquqiy
normalar mazmunining qonuniyligi va b) idoraviy hujjatlarni yaratish va qabul qilish
tartibining qonuniyligi nuqtai nazaridan o‘rganishni taqozo etadi.

Bundan tashqari, idoraviy normalar shaxs huquqiy maqomini cheklovchi normalarni

amalga kiritishi (yoki amaldagi normalarni o‘zgartirishi) mumkin emas. Ichki ishlar
organlarining idoraviy hujjatlari sirtga tatbiq etilmasligi tufayli, ular organ doirasidan chetga
chiqadigan munosabatlarni tartibga solishi mumkin emas. Nihoyat, idoraviy normativ-huquqiy
hujjatni qabul qilish asoslangan bo‘lishi, ya’ni uning normalariga ehtiyoj bo‘lishi lozim.

Ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun qonun chiqaruvchi IIV maqomini aniqlovchi

vakolat beruvchi hujjatlarda vakolatlar ro‘yxatini va ularni amalga oshirish usullarini
ko‘rsatishi lozim. Idoraviy normalar IIV faoliyati sohasiga kirsa-da, lekin qonun darajasidagina
tartibga solinadigan munosabatlar – Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslar va qonunga binoan
qonun osti hujjatlarining aralashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri man etiladigan boshqa munosabatlarni
tartibga solishi mumkin emas.


background image

71

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish tartibining qonuniyligi,

avvalo, uni huquqiy hujjatlarda tashkiliy-huquqiy jihatdan mustahkamlash yo‘li bilan
ta’minlanadi. Huquq ijodkorligi munosabatlarini amalga oshirishdagi kamchiliklar, shu
jumladan, IIV tizimida ham norma ijodkorligi tartib-taomillariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu
muammo bo‘yicha mavjud hujjatlar (masalan, Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashga doir
metodik tavsiyalar) barcha muammolarni hal qilmaydi va ancha eskirgan. Fikrimizcha, metodik
tavsiyalar norma ijodkorligi sub’ekti zarur malaka orttirishi uchun zarur va yordamchi rol
o‘ynaydi. Norma ijodkorligi jarayonini tartibga solish, uni “qonuniylashtirish” uchun norma
ijodkorligi tartib-taomillarini aniq belgilovchi maxsus normativ-huquqiy hujjat zarur.

Shunday qilib, quyidagilar idoraviy huquqiy hujjat sifatini belgilovchi mezon-talablar

hisoblanadi: 1) hujjat normalarining huquqiy qimmati; 2) hujjat mazmunida manfaatlar
to‘qnashuviga chek qo‘yilganlik darajasi; 3) normativ manfaatlarning himoyalanganligi; 4)
qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi: hujjat matnining aniq, sodda va savodli tili, lozim
darajadagi bayon etish uslubi, shuning tarkibiy jihatdan yaxlit va tugallanganligi; 5) hujjat
yuridik normalarini belgilash va ifodalashning to‘liqligi; 6) hujjatning belgilangan talablarga
mazmun va shakl jihatidan muvofiqligi; 7) hujjatda mustahkamlangan huquqiy tartibga solish
vositalarining optimalligi; 8) hujjat mazmunining uni qabul qilgan sub’ekt vakolati va
maqomiga muvofiqligi; 9) hujjatning qonuniyligi 10) mamlakatda olib borilayotgan
islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi.

Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, idoraviy huquq ijodkorligi jo‘shqin hodisa bo‘lgani bois,

IIV norma ijodkorligi faoliyatini muttasil takomillashtirish zaruriyati tug‘iladi. Quyidagilar bu
jarayonning ustuvor vazifalari bo‘lishi mumkin: a) zamonaviy huquq ijodkorligi texnologiyasini
ishlab chiqish; b) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning avtomatlashtirilgan ma’lumot-
huquqiy tizimini yaratish va uni IIV barcha darajadagi bo‘linmalari faoliyatida keng joriy etish;
v) IIV normativ-huquqiy hujjatlarining rasmiy to‘plamlarini vaqti-vaqti bilan nashr etish; g)
huquqiy hujjatlar massivini shu jumladan nizomlar, ustavlar, qoidalar sifatidagi normativ-
huquqiy hujjatlarni kodekslashtirish yo‘li bilan mumkin qadar kamaytirish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni //

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
3.

Арзамасов Ю.Г. Теория и практика ведомственного нормотворчества в России:

Монография. – М., Юрлитинформ, 2013. – C. 4.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son

Арзамасов Ю.Г. Теория и практика ведомственного нормотворчества в России: Монография. – М., Юрлитинформ, 2013. – C. 4.